Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi



Download 47,08 Kb.
bet11/30
Sana31.12.2021
Hajmi47,08 Kb.
#202624
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
oliy-majlisga-murojaat

Yettinchidan, iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligi va daromadlari oʻsishini taʼminlaydigan eng muhim sohalardan biri boʻlgan qishloq xoʻjaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish zarur.

Tarmoqdagi hozirgi oʻsish surʼatlari bizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Bu borada bozor mexanizmlarini keng joriy etib, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirmas ekanmiz, biz kutgan sezilarli oʻzgarish boʻlmaydi. Shu boispaxta va gʻalla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtamiz. Agar bu yoʻldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin boʻlmaydi, ular oʻzlari kutganlaridek manfaat koʻrmaydi, hokimlarning esa ish uslubi oʻzgarmaydi.

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini isloh qilib, agrar sohaning boshqa tarmoqlariga ham arzon kreditlar ajratish yoʻlga qoʻyiladi.

Kelgusida Qishloq xoʻjaligi vazirligi soha korxonalariga koʻrsatma berish, resurslarni taqsimlash, reja belgilash kabi eski ish usullaridan mutlaqo voz kechishi zarur. Buning oʻrniga vazirlik servis tashkilotiga aylanishi, xususiy agrosanoat tashkilotlariga yer holatini aniqlash, ekin turlari va urugʻni toʻgʻri tanlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, moliyaviy koʻmaklashish, mahsulot bozorini topish boʻyicha xizmat koʻrsatishi kerak.

Agrar tarmoqda fermerlik harakatini qoʻllab-quvvatlash bilan birga, paxta va gʻalla yetishtirishni klaster shakliga bosqichma-bosqich oʻtkazish boʻyicha izlanishlarimizni davom ettiramiz.

Meva-sabzavot, sholichilik, chorvachilik, ipakchilik kabi boshqa tarmoqlarda ham bugungi kun talabiga javob beradigan klasterlarni tashkil etish ishlarini davom ettiramiz.

Bu yil 2 milliard dollarlik, keyingi 5-7 yilda esa 3-4 barobar koʻp meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun mahsulot yetishtirishni keskin koʻpaytirish choralarini koʻrish zarur.

Parlamentimiz ushbu islohotlarimizning huquqiy asosi boʻlgan “Kooperatsiya va klasterlar toʻgʻrisida”gi yangi qonunni tezroq qabul qilsa, ushbu katta reja va niyatlarimizga mos ish boʻlur edi.

Bu yil meva-sabzavotchilik, uzumchilik, urugʻchilik, chorvachilik, agro-logistikani rivojlantirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari, soha uchun malakali kadrlarni tayyorlashga 3 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltiramiz. Chorvachilik, qorakoʻlchilik, baliqchilik, parrandachilik kabi sohalarda naslchilikka alohida eʼtibor qaratilib, uni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlari tatbiq etiladi.

2020-yilda 44 ming gektar yerda yoki oʻtgan yilga nisbatan qariyb 4 barobar koʻp maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etamiz. Buning uchun davlat byudjetidan 300 milliard soʻm subsidiya ajratiladi. Shuningdek, suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarish jarayonlarini, suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish tizimini avtomatlashtirish zarur.

Ushbu masalalar Suv xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasida oʻz aksini topishi kerak. Vazirlar Mahkamasi joriy yil 1-aprelga qadar ana shu konsepsiya loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.


Download 47,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish