Andijon mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti Buhgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi K 17-22 guruh talabasi Boltaboyev Abduvohidning O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI (Taqdimot shaklida) O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasidagi ko’rilgan ustuvor masalalar Reja : - Pandemiya oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish
- Tadbirkorlikni keng qo`llab-quvvatlash bo`yicha ko`plab imtiyoz va yengilliklar
- Yangi O`zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi
Oliy Majlisga va xalqimizga yo`llanayotgan bu yilgi Murojaatnoma, o`tgan yillardan farqli ravishda, murakkab bir davrga to`g`ri kelmoqda. - Oliy Majlisga va xalqimizga yo`llanayotgan bu yilgi Murojaatnoma, o`tgan yillardan farqli ravishda, murakkab bir davrga to`g`ri kelmoqda.
- Barchamiz yaxshi bilamizki, bugungi kunda butun insoniyat koronavirus pandemiyasi degan global ofatni boshidan o`tkazmoqda. Bunday ulkan falokat jahon miqyosida so`nggi yuz yilda ro`y bermagan, desak, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz.
- Oxirgi ma’lumotlarga ko`ra, dunyoning 191 mamlakatida 81 million kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 1 million 765 ming nafari vafot etgan.
- Pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun – shunga e’tibor bering – har oyda qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar keltirmoqda. Bugungi kunga qadar dunyo bo`yicha 500 millionta ish o`rni yo`qotilgan.
- Afsuski, bu ofat butun insoniyat qatori xalqimiz uchun ham kutilmagan tashvish va murakkab muammolarni keltirib chiqardi. Buxoro va Sardobada yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlar ham el-yurtimizning irodasini yana bir bor sinovdan o`tkazdi.
Xalqimizning bukilmas irodasi, fidokorona mehnati va matonati, aholi va davlat organlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib o`tmoqdamiz. - Xalqimizning bukilmas irodasi, fidokorona mehnati va matonati, aholi va davlat organlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib o`tmoqdamiz.
- Xabaringiz bor, pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab butun boshqaruv tizimi va barcha tibbiyot muassasalari favqulodda ish rejimiga o`tkazildi.
- Qisqa muddatda Toshkent shahri va hududlarda barcha sharoitlarga ega bo`lgan qariyb 30 ming o`rinli davolash maskanlari tashkil etildi. Ular zarur dori-darmon, himoya va eng zamonaviy diagnostika vositalari bilan ta’minlandi. Pandemiyaga qarshi kurashish uchun 200 mingdan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan, chet ellik 150 nafar yuqori malakali shifokor va mutaxassislar jalb etildi.
- Xorijdan 600 mingdan ortiq vatandoshlarimiz yurtimizga olib kelindi. Chet elda qiyin ahvolga tushib qolgan 100 mingga yaqin fuqarolarimizga zarur yordamlar ko`rsatildi.
- Pandemiya oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish uchun davlat tomonidan jami 82 trillion so`mlik kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Inqirozga qarshi jamg`arma tashkil etilib, koronavirusga qarshi kurashish, aholi va korxonalarni qo`llab-quvvatlash bilan bog`liq tadbirlarga byudjetdan 16 trillion so`mdan ortiq mablag` yo`naltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |