O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi



Download 130,14 Kb.
bet9/36
Sana27.07.2021
Hajmi130,14 Kb.
#130178
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
Murojaatnoma 2021 yil

Oltinchidan, ehtiyojmand oilalarning farzandlari, chin yetim, nogironligi bo‘lgan va davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.

Hozirgi kunda respublikamizda alohida e’tiborga muhtoj 18 yoshgacha bo‘lgan 150 ming nafar farzandlarimiz bor. Ularning ta’lim olishi, aniq bir kasbni egallashi uchun ko‘maklashish, og‘ir kasallikka chalinganlarni davolash, chin yetimlarga hayotda o‘z o‘rnini topishga yordam berish, uy-joy bilan ta’minlash – nafaqat vazifamiz, avvalo, insoniy burchimizdir.

2021-yilda birinchi marta byudjetdan 900 nafar chin yetim yoshlarni uy-joy bilan ta’minlashga 50 milliard so‘m ajratiladi.

Umuman, bunday ezgu ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish uchun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etib, unga byudjetdan 100 milliard so‘m yo‘naltirsak, o‘ylaymanki, sizlar ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaysiz. Bu mablag‘lar yil davomida ko‘paytirib boriladi.

Bu tashabbus umumxalq harakatiga aylanishi, saxovatpesha hamyurtlarimiz ushbu xayrli ishga munosib hissa qo‘shishiga ishonchim komil.

Oliy Majlis palatalari Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini qonun darajasida mustahkamlab, bu borada faollik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizni rag‘batlantirishni ham nazarda tutishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, Bolalar Ombudsmani to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishning ham vaqti-soati keldi.

Umuman yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqorida qayd etilgan forumda juda ko‘plab masalalar yechimini kelishib oldik. Shuning uchun bugun ular to‘g‘risida batafsil to‘xtalmadim.

Barchamiz uchun endigi vazifa – ushbu tashabbus va takliflarni to‘liq amalga oshirishdan iborat.

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

2021-yil uchun yana bir muhim yo‘nalish sifatida belgilangan tibbiyot sohasida quyidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratiladi.




Download 130,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish