Hurmatli yurtdoshlar! Yakuniga yetib borayotgan yil barchamiz uchun muqaddas Vatan timsoli boʻlgan qishloqlarimiz, mahallalarimizni obod qilish boʻyicha ulkan ishlar boshlangan yil boʻldi. Xususan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Joriy yilda bu boradagi qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Natijada 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega boʻldi. Oʻtayotgan yilda hayotimizning boshqa sohalarida, jumladan, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, madaniyat va sanʼat, sport sohalarini rivojlantirish yoʻlida ham muhim qadamlar qoʻyildi. Ayniqsa, yurtimiz yoshlari Indoneziyada boʻlib oʻtgan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida, Argentinada oʻtkazilgan oʻsmirlar Olimpiadasida yuqori oʻrinlarni olgani barchamizni quvontirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |