O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy majlisga murojaatnomasi Choriyev Baxtinur
Hurmatli senator va deputatlar!
Qadrli yurtdoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasini bayon etishga ruxsat bergaysiz.
Bugun biz shiddat bilan oʻzgarib borayotgan zamonda yashamoqdamiz. Dunyo miqyosida manfaatlar kurashi, raqobat tobora avj olib, xalqaro vaziyat keskinlashib bormoqda.
Biz kelgusi yil uchun amaliy rejalar tuzar ekanmiz, xalqaro maydondagi ana shunday murakkab vaziyatni hisobga olgan holda, taraqqiyotimizning ustuvor yoʻnalishlarini aniq-ravshan belgilab olishimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |