O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Mavzuga doir ocherk
XIX asr ikkinchi yarmida Turonzaminning Rossiya tomonidan 
nisbatan osongina bosib olinishi sabablari xususida gap borganda, 
k o ‘p hollarda, oik ad ag i Q o‘qon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligi 
hukmfarmolari o ‘zaro ahil b o im agani masalasi ta ’kidlanadi. Bu 
fikr muayyan darajada to ‘g ‘ri. Negaki, Rossiya bosqinidan oldingi 
davrlarda ham bu uch xonlik orasida turli nizolar chiqib, ular 
bir-birlarining yerlariga hujum qilgan, aholini talon-toroj etgan. 
Biroq Rossiya imperatorlari Markaziy Osiyoni bosib olish fikrini 
qatiylashtirganlaridan keyin muttasil ravishda xonliklami bir-biriga 
gij-gijlash, ular orasida o ‘tib b o im as choh paydo qilish maqsadini 
amalga oshirishga intildilar. Arxiv materiallari ham buni tasdiqlaydi.
Gapni olis davrlardan boshlamay, XIX asming birinchi va ikkinchi 
choragida yuz bergan voqealarga nazar tashlay qolaylik. Rossiya 
hukmron doiralari savdogar, sayyoh niqobida ketma-ket josuslar 
y o ila b , xonliklardagi haqiqiy ahvoldan puxta xabardor b o ig a ch , 
ulaming bosqinchilik rejalarida aldam-qaldam «diplomatiya» tobora 
k o ‘proq o ‘rin egallay boshlaydi. Jumladan, ular, bir tomondan, 
Rossiyaga yuborilgan Q o‘qon, Buxoro va Xiva elchilaridan o ‘z 
yovuz maqsadlarini yashirib, xonliklarga yaqin hududlarda harbiy 
istehkomlar qurish, daryo portlarini kelajakdagi hujumlari uchun 
muvofiqlashtirish kabi nomatlub ishlarini go‘yo xonliklar maifaatini 
ko‘zlab qilinayotgandek k oisatm oqchi boiadilar. Ikkinchi tomon-
66
www.ziyouz.com kutubxonasi


dan, Turonzaminga bosqin onlari yaqinlashgani sari uch xon orasidagi 
nizoni ataylab kuchaytirishga qaratilgan manfur diplomatiyani 
imperator va uning eng yaqin a ’yonlari ishtirokida amalga oshirishga 
erishadilar.
Bu siyosiy nayranglardan biri 1842 yil bahorida Q o‘qon xonligi 
amir Nasrullo tomonidan bosib olinib, talon-toroj qilinib, ommaviy 
qatl o ‘tkazilib, bu ham yetmagandek, butun xonlik hududi Buxoro 
amirligining tarkibiy qismi, deya rasman e ’lon etilishidan keyin 
Rossiya imperatori Nikolay birinchi tomonidan amirga y o ‘llangan 
maktub edi. Ikki xonlik o ‘rtasidagi bu adolatsiz urushning bosh 
sababchisi amir Nasrullo ekanligini yaxshi bilgan imperator amiming 
Q o‘qondagi g ‘alabasidan mamnun ekanini bildirgan va unga go‘yo 
iltifot ko‘rsatayotgandek bunday deb yozgandi: «Q o‘qondagi taxt 
uchun kurashlami bartaraf qilish zarur. Shundan keyin Turkiston va 
Toshkent bilan Sirdaryo bo‘yigacha, Jizzaxdan boshlab 0 ‘ratepa, 
X o‘jand, Q o‘qon, M arg‘ilon va Qoshg‘ar chegarasigacha bo‘lgan 
erlar siz hazrati oliylarining q o ilarid a b o iib , hukmronlik qilishingizni 
istaymiz».
Vaholanki, bu maktubdan atigi uch oy chamasi a w al, 1842 
yilning 25 fevralida xonlik elchisi Muhammad Xalil Sohibzoda 
orqali Muhammad Alixonga y o ilag an maktubida ayni shu Nikolay 
birinchining o ‘zi: «Sizning qudratli Rossiya davlati bilan muntazam 
ravishda do‘stona aloqalarda b o iis h istagingizni bilish biz uchun 
g‘oyat yoqimli b o id i. Sizning bu yaxshi niyatlaringizni o ‘z 
tomonimizdan kamoli ehtirom ila qabul etamiz. Ishonamizki, sizning 
o ‘zaro do‘stona qo‘shnichilik aloqalarini y o ig a qo‘yish haqidagi 
samimiy g ‘am xo‘rligingiz kelgusida muvaffaqiyatli natijalarga 
olib keladi. Sizga barcha ezguliklarii tilab qolamiz» (O ‘zbekiston 
Markaziy Davlat arxivi, 715-jamg‘arma, 1-qayd, 4-ish, 16-sahifa), 
deb yozgan edi.
Ana subutsizligu, ana surbetlik! Rossiyadek olamga tanilgan, 
qudratli davlatning imperatori uch oygina a w a l dunyoning barcha 
yaxshiliklarini tilab qolgan Q o‘qon xonligiga endi hech bir insof- 
adolatga to ‘g ‘ri kelmaydigan yomonliklami ravo ko‘rib oiirsa-ya! 
Nikolay birinchi Q o‘qon xonligining barcha hududlari amir N as­
rullo tasarrufida b o iish in i aytib, go‘yo unga katta iltifot k o ‘rsatgan- 
dek taassurot qoldiradi. Lekin oradan bir-muncha vaqt o ‘tib, xuddi 
shu hududlar Rossiya askarlarining o y o g i ostida toptaldi: Buxoro 
amirligi va Xiva xonligi imperatorlikning vassaliga aylantirilishidan 
tashqari, Q o‘qon xonligining nomi jahon xaritasidan butunlay 
o ‘chirildi.
67
www.ziyouz.com kutubxonasi


Amir Nasrullo tomonidan 1842 yili Q o‘qon xonligida amalga 
oshirilgan xunrezlikni mutlaqo oqlab b oim aydi. Nega? Shuning 
uchunki, o ‘sha vaqtdagi Q o‘qon hukmdori o ‘z yurtining amirlik 
tomonidan shafqatsizlarcha bosib olinishi, o ‘zi, ukasi, volidasi, xotini, 
farzandlari va boshqa yaqinlari bilan olomon oldida vahshiylarcha 
qatl etishga arziydigan biror ish qilmagan edi.
0 ‘sha davming haqgo‘y muarrixlari bu xususda bizga aniq 
m aiu m o tlar qoldirishgan. Ular bu mudhish bosqinni tuzatib b o im as 
xato sifatida baholashgan. Tarixiy manbalardan m aium k i, amir 
Nasrullo o ‘z bosqinchilik yurishini oqlash uchun go‘yo Muhammad 
Alixon otasi uylanmoqchi b o ig a n kanizakni nikohiga olib, shariatga 
xilof ish tutdi, degan d a’vo bilan chiqqan. 0 ‘sha davming zukko 
muarrixi Ishoqxon to ‘ra Ibrat «Tarixi Farg‘ona» asarida amir 
Nasmlloning bu ishiga aslida nimalar sabab b o ig a n i xususida 
quyidagicha yozadi: «Muhammad Alixon enosini oldi degan so‘z rost 
boim ay, buxoriylar qatllarini aybini satri uchun qilg‘an qabihalarini 
tavjig‘a chiqarilmish so‘zlari ekan. Asl muddao b o ia k ekan. Chu- 
nonchi, Umarxon «olaman» degan Poshshoxon oyimni husnini 
eshitub, g ‘oyibona maftuni jam ol b o iu b , muni ancha sabab qilib 
kelgan ekan... M uhammad Alixonni xalqni k o ‘ziga osiyu gunohkor 
k o ‘rsatib, shariatni poymol qildi, tanbeh darkor, deb kelib, qancha 
xonzodau mazluma oyimlami qatli bag‘ayri haq qilib, oxirulamr 
murod o ‘shal oyim ekan, olub, muddaosig‘a yetib, Buxorog‘a olib 
ketdi».
Mirzoolim Mushrifniig «Ansob us-salotin va tavorix ul-xavo- 
qin»ida esa, amir Nasrullo bosqinining boshqa bir sababiga urg‘u 
beriladi: «1252 sanada (milodiy 1836-1837 yil) Farg‘ona xoni 
Muhammad Alixon birla amir Nasrullo oralarida Bashog‘ir nom qal’a 
ta ’miri xususida munozaat (nizo) b o id i... Bashog‘ir qal’asi muno- 
ze’i va ham boshqa sabablar ila amir Nasrullo Bahodirxon qo‘shin 
jamlab, Farg‘ona o ik a sig a yurush qilib, nizomiy askarlari birla 
osonlik ilam B ashog‘irg‘a istilo qilib, andin 0 ‘ratepa va H o‘jand 
shaharlarig‘a doxil b o iu b , andin dorulmulki Farg‘ona b o iu b turgai 
H o‘qand ustiga kelib, qatl aylab Buxoroga jo ‘nadi».
0 ‘sha davr muarrixlarining barchasi amir Nasmlloning Q o‘- 
qonga qilgan bu bosqini sababini, avvalo, Muhammad Alixon 
Q o‘qon xoniigi sarhadlari daxlsizligi uchun amirlikka chegaradosh 
B ash o g ir qal’asini mustahkamlaganida, qolaversa, Muhammad 
Alixon nikohiga olgan kanizak - Poshshoxonning husn-jamoli 
ta ’rifini eshitgan amir unga g‘oyibona «oshiq» b o iib qolganida 
k o ‘radilar.
68
www.ziyouz.com kutubxonasi


Amir Nasrulloning bu vahshiyligi va boshqa ko‘pdan-ko‘p 
nomatlub ishlari borasida gap borganda, o ‘sha davr tarixchilari xalq 
undan qattiq norozi b o iib , amimi o ‘z ismi bilan emas, balki «Botir 
qassob» laqabi bilan atay boshlaganini qayd etadi. Aksar muarrixlar 
fikricha, amir Nasrullo a ’yonlari ichida unga maslahat ko‘rsatishga, 
haqiqiy ahvolni yuziga aytishga ju r‘at eta oladigan biror kishi 
boim agan. Biroq o ‘sha davrda yaratilgan ayrim tarixiy asarlarda 
boshqacha m aium otlar ham uchraydi: amir Nasrullo qanchalar 
o ‘jar, kaltafahm va jallodtabiat b o im asin , uning atrofida amimi 
dahshatli ishlardan qaytarishga intilgan, hatto uning yuziga tik boqib, 
bu ishlar qanday mudhish oqibatlarga olib kelishi mumkinligini 
ayta olgan jasorat egalari ham b o ig an . Masalan, Ishoqxon Ibrat 
«Tarixi Farg‘ona»da, Mulla Olim Maxdum «Tarixi Turkiston»da 
bunday ulkan jasorat, insof va aql egalaridan ikkitasi xususida 
alohida to'xtaladi. Ulaming birinchisi - sarkarda Abdusamad noib, 
ikkinchisi asa, shoir Junaydullo Hoziqdir. Amir Nasrullo bosqiniga 
tob berolmay, ukasi Mahmudxon bilan birga qochgan Muhammad 
Alixonni uning huzuriga tutib keltirganlarida ro ‘y bergan voqeani 
Ibrat quyidagicha tasvirlaydi: «Amir darhol katlg‘a xukm qilg‘anda 
o ‘z vazirlaridan Abdusamad noib degan hushmand kishi amirga 
«Janobi oliylariga maloli xotir b oim asa, bir kalima so‘z aytsam» 
deganda, amir «Nima so‘zdur?» degan ekan. Aytibdurki, «Holo 
H o‘qand zabt o id i, Farg‘ona katta mamlakatdur, qancha askam, 
sipohu xazina sarf o iu b olindi, alholda Rusiyani kelmagi mahali 
xavfdur. Agarda xonni onti akid berib, tavba qildumb, H o‘qandg‘a 
qo‘yub, Buxorog‘a tobe’ qilinsa, bir mulk b o iu b , bizlarga kelgan 
dushmanlarga bir qalqon b o iu r erdi», deg‘anda so‘zi amirga maqul 
boim ay, og‘zig‘a kafsh bilan urdurg‘on ekan».
Abdusamad noibning chinakam jasorat va tengsiz donolik 
namunasi b o ig a n bu so‘zidagi ikki jihatga alohida e ’tibor berish 
lozim b o iad i. Avvalo, Rossiya Oqmasjidni bosib olishidan o ‘n bir 
yil ilgari Abdusamad bu xavfni yaqqol idrok etib, d a f etish mushkul 
b o ig a n ana shu xavfdan amimi ogohlantirishga ju r ‘at etgan. 
Ikkinchidan esa, bu gapni oddiy noib emas, balki harbiy sohada katta 
mutaxassis b o ig a n , o ‘zi inglizcha ta iim g a berib, inglizcha qurollar 
bilan ta’minlangan 200 chamasi askari kuchga ega shaxs aytmoqda. 
Ammo johil va nodon amir o ‘ylamay-netmay aql-idrokda, bilim- 
donlikda, insof-adolatda k o ‘pchilikka namuna b o iad ig an Abdu­
samad noibni xaloyiq oldida qattiq beobro‘ qiladi va jazolaydi. 
Kekchi amiming bu jazosi hali xamir uchidan patir edi...
69
www.ziyouz.com kutubxonasi


A mir bilan Abdusamad noib o ‘rtasidagi munosabatlar ana shu 
jazolash voqeasidan so‘ng qanday tus olgani va noibning keyingi 
fojeali taqdiri borasida M ulla Olim Mahdum o ‘z kitobida keng 
m a’lumot beradi:
«1250 (milodiy 1834 yil) sanada Eroniston tarafidin Abdusamad 
Tabriziy nom zot Buxorog‘a keldi. Ul odam dono va fozil va g ‘oyatda 
hunarmand va zakiy va sohibroy edi. Oning sa’yi va dalolati ila 
Buxoro mamlakatida b o ig a n Eron asirlarini sotib olib va boshqa 
vajhlar ilan olib, ikki yuzga yaqin jamlab, inglis tartibida nizomlik 
askar tartib qilib va boshqa urush asboblarini xozirlab, otlarg‘a 
ta iim berib, adadi oz b o is a ham yaxshi muntazam askar ahdos 
qildi... Abdusamadg‘a noiblik rutbasi berilib, amir Nasrullo nazdida 
maqbul, g ‘oyatda e ’tiborlik b o id i. Bir necha zamonlardan keyin 
hassod va dushmanlari k o ‘payib, har xil makruh tadbirlik so‘zlar 
ilan amir Nasrulloni oning xususidagi ixlos va muhabbatini qaytarib 
(noibning asosiy aybi Q o‘qonda amirga maslahat k o isatish g a ju r‘at 
etgani ekanligidan muallifning xabari yo‘q chamasi), oxir to ‘pxona 
rayosatini bir nodon, johil sarkardag‘a topshurub, Abdusamadni oning 
farm onig‘a qo‘ydi. Abdusamad bu ishdin g ‘oyatda oru nomus qilib, 
nihoyatda ko ‘ngli ranjib, oralarida kudurat paydo b o iu b , amiming 
yam on niyatidin xavfu talo sh g ‘a tushub, Buxorodan qochm oq fikri 
ilan Shahrisabz hokimi ilan axdu paymon qilib, amir Nasrulloning 
Shahrisabz urushida Abdusamad o ‘z tabaqasi va to ‘plari ila amirdin 
k o ‘b ilgari ketganlikdin amir vahima qilib, to'xtam oqqa amr berib, 
kishi yuborsa ham quloq solmay ketib turg‘omda, amir ketidin askar 
yuborub, Shaxrisabzg‘a yaqin kelganda muhoraba qilib, olib qaytib, 
oni zindong‘a solib, oxiri muni ham qatl qildi».
Amirga bir martagina to ‘g ‘ri maslahat berishga ju r‘at etgan, 
amirlik uchui suv va havodek zarur b o ig a n dono va zukko sarkardani 
qatl etish bilan amir Nasrullo aslo kechirilmas gunoh qilgani, uning bu 
azim gunohi amirlikka qanchalar qimmatga tushgani haqida keyinroq 
fikr yuritamiz.
B o ia r-b o im asg a hadiksirayveradigan, nodon, johil, kekchi 
amiming Q o‘qon yurishidagi qilmishlari tarix oldida uning yuzini 
qaro qilajagini bashorat qilgan va bu haqdagi fikrini amir yuziga 
qaqshatgich bir bayt bilan aytgan mislsiz jasorat sohibi Hoziqning 
hayoti ham fojiali tugamasligi mumkin emas edi. Bu xususda «Ansob 
us-salotin va tavorix ul-xavoqin»da Mirzo Olim M ushrif quyidagicha 
m a iu m o t beradi: «(X o‘qanddin) necha manzilu marohil tay aylab 
Buxorog4 a yaqin borg‘anda... amir Bahodirxon xursandlik qilib, Mirzo 
Junaydullo Maxdum Hoziq mulaqqabkim, shayxulislom Hirotiyning 
o ‘g ‘ullari erdi, amiri Buxorog‘a kecha-kunduz hamnishin erdilar,
70
www.ziyouz.com kutubxonasi


ziyoda gustoh ekanlar, amir farmoyish qildikim: «Bizni bu safardin 
bozafar kelganimizg‘a bir fard bayt mashq qilib, bir nimarsa ayting», 
dedilar. Darhol bu baytni o ‘qudilarkim, nazmi Hoziq:
Buridi bar qadi xud az malomat,
Libose to ba domoni qiyomat.
(Tarjimasi: 0 ‘z qaddingga yomonliklardan shunday bir libos 
bichtirib kiydingki, u ustingda qiyomatgacha qoladi.)
Amiming jahli kelib, rangida qatra qon qolmadi, to o ‘rdasig‘a 
doxil bo‘lg‘uncha so‘zlamadi. Maxdum Hoziq tavahhumg‘a qoldilar 
va o ‘shal kecha otlanib, Shahrisabzg‘a o ‘tib kettilar... Amiri Buxoro 
darg‘azab bo‘lub, necha muddatdin beri Dushaboy degan bir o ‘g ‘rini 
zindon qilib qo‘yub erdi, ani chaqirib bir farmoyish qildikim: «Sen agar 
Maxdum Junaydni va eshon Shofeni boshlarini olib kelsang, banddin 
ozod qilaman», dedi. U ham qabul qilib Shahrisabzga keldi...
Qazoro bir kun Dushaboyni bir odam kasal suratida olib kelib, 
«Taqsir, bunga dom bering, kasal boiubdur», deb. Shul kecha yotib 
boshlarini olib, kechalab amiri Buxorog‘a manzur qildi ersa, in’om- 
ehsoni bilo nihoyalar sarafroz ayladi».
Xullas, amirNasrulloni ko‘pdan-ko‘p nojo‘ya ishlariningmudhish 
oqibatlari borasida ogohlantirishga ju r‘at etgan saroy a ’yonlari oz 
b o is a ham uchraydi. Ular o‘z boshlarini qotil qilichi ostiga qo‘yib 
boisa-d a, shunday fidoyilik ko‘rsatganlar. Ammo johil amir o ‘zining 
m ash’um gunohlari, ulam iig fojeiy oqibatlari haqida o ‘ylab ko‘rishni 
xayoliga ham keltirmagan.
Yuqorida biz Abdusamad noib amimi mudhish qotillikdan 
qaytarishga ju r‘at etgani xususida so‘z yuritgan edik. Dono noib 
o ‘z mulohazasini Rossiya hujumi xavfi muqarrar b o iib qolgani, bu 
xavf nihoyatda jiddiyligi bilan izohlab, uni bartaraf etish tadbirini 
ham k o ‘rsatgan edi. Biroq amirlikning harbiy kuch-qudratiga haddan 
tashqari yuqori baho bergan amir, bu maslahatni nazar-pisand 
qilmaganidan tashqari, noibni oshkora jazolab, aqli noqisligini yana 
bir marta namoyish etadi.
Boz ustiga, xuddi o ‘sha kezlari imperator Nikolay Birinchi 
amiming Q o‘qon xonligida qilgan barcha yaramas ishlarini 
m a’qullab, hatto xonlik hududida amir hukmfarmolik qilishini 
istashini bildirib, elchi orqali rasmiy maktub yo ilag an i amir 
Nasmlloning beboshligini yanada oshirib yuborgan va u endilikda 
Rossiya bosqinidan xavf-harosni yig‘ishtirib, butkul beparvolikka, 
aysh-ishratga berilib ketgan edi.
Rossiya Turonzaminni bosib olishga qat’iy qaror qilganidan 
voqif b o ig a n Angliya hukumati o ‘z manfaatlaridan kelib chiqib, 
bunga y o i qo‘ymaslik rejalarini tuzgan edi. Bu rejaga ko‘ra, Q o‘-
71
www.ziyouz.com kutubxonasi


qonda amir amalga oshirgan qonli voqealardan ilgariroq 0 ‘rta 
Osiyodagi uch xonlikka o ‘zining ikki zobitini - polkovnik Stoddart 
bilan kapitan Konollini yuborgan edi. Stoddartga Buxoro amirligida, 
Konolliga esa Xiva xonligida hamda Q o‘qon xonligida yurt 
hukmdorlari bilan uchrashib, ulami Rossiya bosqiniga qarshi birga­
likda kurashishga tayyorlash, bu ishda ularga ingliz hukumatining 
amaliy yordami qanday b o iish in i tushuntirish vazifasi yuklangan 
edi.
M ashhur Ismoilbek G ‘aspirali «Tarjumon» gazetasining 1906 
yilgi sonlarida e ’lon qilingan «Tarixi jadidai Turkiston», M ulla Olim 
M axdum esa, keyinroq, «Turkiston viloyatining gazeti»da chop 
etilgan «Tarixi Turkiston» asarlarida bu missiyaning bosh maqsadi 
nimalardan iborat b o ig a n i xususida fikr bildiradilar.
«Stoddartning maslagi, - deb yozadi I.G ‘aspirali, - inglizlar 
tomonidan Buxoroga biror qasd yoki zarar keltirilmasligiga janobi 
amimi ishontirib, boshqa bir davlatning qasd va tajovuzidan mudofaa 
etish istaklari bayonidan iborat edi. Shuningdek, agar amir munosib 
k o ‘rsa, Buxoro askarini yangi va tezotar to ‘plar ila aslaxalantirmoq, 
askariy muallimlar bermoq va Rusiyaning yashirin harakat hamda 
maqsadidan Buxoro hukumatini xabardor qilmoq edi».
M issiyaning asosiy m aqsadi borasida M ulla O lim M axdum
kitobida ham shunga o ‘xshash fikrlar bayon etiladi.
M uarrixlaming shohidlik berishlaricha, xuddi shu maqsadda Xiva 
hamda Q o‘qongaborgan kapitan Konolli yurt hukmdorlari Olloqulixon 
va M uhammad Alixon bilan muzokaralar o ‘tkazib, Angliya qirollik 
hukumati takliflariga ulami k o ‘ndiradi. Ammo Buxoroga navbat 
kelganda, amiming tadbirsizligi va johilligi tufayli Rossiya bosqinidan 
omon qolishning tarix bergan birdan-bir imkoniyati butunlay barbod 
etiladi, har ikki elchi insof va adolatga zid ravishda qatl etiladi.
Voqea bunday b o ig a n edi: Rossiyaning Turonzaminni bosib olish 
rejasini amalga oshirish muddati tobora yaqinlashib kelayotganidan 
razvedka m aium otlari orqali xabardor b o ig a n Angliya hukumati 
o ‘z manfaatlariga zid keladigan bu bosqinning oldini olish payiga 
tushadi. Bu niyatini amalga oshirish uchun 1838 yili dastlab Buxoroga 
polkovnik Miralay Stoddart degan kishini maxsus topshiriq bilan 
yuboradi. Stoddartni ikki marta qabul qilib, u orqali ingliz hukumati 
niyatidan voqif b o ig a n amir elchi taklifiga hech qanday javob 
bermaydi. Oradan bir oz vaqt o ‘tgach, elchi ot ustida Registondan 
o ‘tganini eshitgan haddidan oshgan amir Nasrullo o ‘ylamay-netmay 
Stoddartni zindonga tashlatadi. Elchidan dom-darak y o ‘qligidan 
tashvishga tushgan ingliz hukumati turli kanallar orqali Stoddartning 
ahvolidan xabar topib, Rossiya hukumatidan vositachilik ko‘rsatishini,
72
www.ziyouz.com kutubxonasi


elchini Buxorodan chiqarib, o ‘sha vaqtlarda Angliya hukmronlik 
qilayotgan A fg‘oniston hududiga o'tkazib yuborilishiga erishishni 
so‘raydi. Rossiya hukumati esa, xuddi o ‘sha davrda boshqa bir 
yumush bilan Buxoroga yuborilgan o ‘z elchisi Butakovga ikki yil 
chamasi zindonda azob berilib, so‘ng bo‘shatilgan, ammo Buxorodan 
ketishiga yo'1 bermay ushlab turilgan Stoddart xususida amir bilan 
so'zlashib, Angliya hukumati iltimosini ado etishga ko‘maklashish 
xususida ko‘rsatma beradi. Biroq kibru havosi olamga sig‘magan 
amir bu vaqtda Q o‘qon xonligini bosib olish uchun jo'nayotgan 
bo‘lib, Rossiya elchisi Butakovni ham Registonda ot ustida kekkayib 
o ‘tirgan holida «qabul» qiladi. Shunday bir vaziyatda Butakovning 
Stoddart borasidagi iltimosi amalga oshmagani o ‘z-o‘zidan m aium .
Xullas, Stoddart masalasini hal etishni xohlamagan amir 
Q o'qon yurishiga otlanadi. Amir Nasrullo Q o‘qonda, to ‘g ‘rirog‘i, 
Mahramdagi o ‘z qarorgohida turgan chog‘ida uning huzuriga Angliya 
tomonidan Xiva hamda Q o‘qon xonliklariga xuddi Stoddartniki 
singari missiya bilan yuborilgan kapitan Konolli ilgariroq Xivaga 
borib, Olloqulixonni ingliz hukumati takliflariga ko'ndirgan, keyin 
aylanma y o ila r bilan Q o'qonga kelib, Q o‘qon xoni Muhammad 
Alixonni bu takliflarga asosan unatgan edi. Biroq Konolli hali 
Q o'qondagi ishlarini saranjomlab ulgurmay, amir Nasrullo m o‘ri 
malaxday qo‘shini bilan xonlik hududlarini egallab olgan va o'zi 
Mahramda qaror topib, Konollini huzuriga chaqirtirgan edi. Endi 
Konolli oldida ikki y o i turar, birinchi y o i - Q o‘qondan yashirincha 
qochib ketish, ikkinchisi esa, o iim xavfidan q o iqm ay, amir Nasrullo 
qarorgohiga borib, unga o ‘z maqsadini tushuntirishdan iborat edi. 
Konolliga xayrixoh b o ig a n Q o‘qon a ’yonlari unga xonlik hududidan 
xufiya ravishda jo 'n ab ketishni maslahat beradilar. Biroq Konolli nima 
b o is a ham, amir Nasrullo huzuriga borib, u bilan gaplashishga qaror 
qiladi. Amir bilan birinchi uchrashuvdayoq uning ishi chappasidan 
ketadi. Elchining niyatidan voqif b o ig a n amir Nasrullo darhol uni 
sarbozlar qoiiqchiligida Buxoroga, hamyurti va hamkasbi Stoddart 
tashlangan zindonga jo'natadi.
Q o‘qonda o'n kuncha turib shahami qonga botirgan, yuzlab 
begunoh erkagu ayolni, yoshu qarini qatl etgan, xazinani ham, xususiy 
kishilar boyliklarini ham egallab olgan, uch yuzga yaqin go'zal 
ayolni c h o ii sifatida o 'z yurtiga jo'natgan amir Nasrulloga xuddi 
o'sha kunlari Rossiya elchisi imperator Nikolay birinchining maxsus 
tabrik xatini olib kelib topshirgan edi. Rossiya imperatori tomonidan 
shishirilgan, aslida esa laqillatilgan amir Nasrullo K o'qon xonligini 
Sheralixon egallab olguncha o'tgan ikki yarim oy chamasi vaqt ichida
73
www.ziyouz.com kutubxonasi


yana ham pishqirib, bosar-tusarini bilmay qoladi, zulm-istibdodi har 
qachongidan oshib ketadi. Xuddi shunday bir sharoitda haq-nohaqni, 
yaxshi-yomonni, gunoh-savobni ajratishga sira ham qodir b o im a y
qolgan amir Nasrullo Angliyadek buyuk davlat tomonidan amirlikka 
hayot-mamot masalasida k o in a k berish taklifi bilan kelgan ikki elchi- 
zobitni o ‘z huzuriga chaqirtiradi.
Bu chaqirtirish voqeasi qanday fojia bilan tugagani xususida 
Mulla Olim Mahdum bunday xabar beradi: «Nasrulloxon H o‘qandni 
tor-mor qilib, ezib, Buxoroga qaytganda inglis elchilariga dini 
islomni qabul qilmoqqa taklif qildi. Inglislar javobida: «Hukumatimiz 
tarafidan Movarounnahrga m a’muriyat ila kelduk, din tark qilm oqg‘a 
yoki dinni qabul qilm oqg'a kelmaduk, umid qilamiz, shunga qarab 
muomala qilinsun», debdurlar. Bu rajolarig‘a qarshi jallodg‘a buyurub, 
elchilami boshin kesmoq ila muomala qilindi. Inglisning xayrixohona 
m uom alasig‘a bu tariqa javob berildi».
Ismoilbek G ‘aspirali ham bu xususda alohida iztirob bilan yozadi: 
«Xiva, Buxoro va X o‘qand xonlarini ittifoq etdirib, zamonaviy askar 
va qurol tayyorlatib Rusiya tajovuziga bas keladigan holni keltirishni 
istagan Angliya hukumatining4 elchilariga shu tariqa muomala 
qilindi».
Chindan ham, uch xonlikni Rossiya bosqiniga munosib zarba 
bera oladigan darajaga k o ‘tarishning, yurt mustaqilligini saqlab 
qolishning tarix bergan bir imkoniyati nodon hukmdoming johilligi 
va ahmoqona siyosati tufayli barbod etilgan edi.
Amir Nasrullo shaxsi masalasida kishini o ‘ylantiradigan yana 
bir jihat bor. Bu o ‘rinda gap Rossiyaning o ‘sha davrdagi eng yirik 
amaldorlari amiming takabburona va nodonlarcha siyosatidan 
mamnun boiganliklari, uning shaxsiga o ‘ta baland baho berganliklari 
haqida bormoqda. Orenburg korpusi qo‘mondoni general-ad‘yutant 
Bezak 1861 yil 10 yanvarda Rossiya harbiy vaziri Chemishevga 
yo‘llagan malumotnomasida amir Nasrullo haqida quyidagi so‘zlami 
yozadi:
«Ajoyib aql egasi, eng uddaburon va mohir siyosatchilardan 
b o ‘lmish Nasrullo Buxoroda hukmronlik qilgan 34 yil davomida 
Turkistondagi barcha xalqlar ustidan alohida bir jozibali qudratga ega 
b o ‘ldi» (RMD arxivi, 715-jam g‘arma, 1-qayd, 23-ish, 175-sahifa).
Chor amaldorlari amir Nasmlloga bunday baho berishi oqni 
qoradan, yaxshini yomondan, savobni gunohdan ajrata olmagan 
bu nodon hukmdor yurgizgan siyosat Rossiya hukumatining 
mustamlakachilik maqsadlariga muvofiq kelganligidan edi, deb 
hisoblash mumkin. Amim ing bu siyosati qanday dahshatlarga
74
www.ziyouz.com kutubxonasi


olib kelishi muqarrarligini tez orada yuz bergan voqealar yaqqol 
ko‘rsatdi.
1842 yil bahorida Q o'qon xonligini qonga botirib, uning barcha 
hududlarini Buxoro amirligi mulki deya e ’lon qilib, o ‘sha davr 
muarrixlari ta ’biricha, «Ibrohim xayol degan taryokiy»ni xonlikka 
noib sifatida qoldirgan amir Nasrullo tez orada kattiq zarbaga 
uchraydi, Q o'qonda taxtni Q o'qon xonlari avlodidan bo'lgan 
Sheralixon egallab oladi, Bundan darg'azab bo'lgan amir Nasrullo 
o'zinm g katta qo'shini bilan yana Q o'qon sari yo 'l oladi. Lekin bu 
safar xonlikni qayta bo'ysundirishning iloji bo'lm aydi. Amir Q o'qon 
qal’asi devorlari yonida ikki oy chamasi shaharni qamal qilsa ham o'z 
maqsadiga erisha olmay turgan bir vaziyatda Olloqulixonning o 'g 'li 
Rahimqulixon boshchiligidagi qo'shinlar Buxoro amirligi hududlariga 
bostirib kirib, qal’a va istehkomlami birin-ketin egallab olayotganlari 
haqida xabar keladi. Amir Nasrullo o'zqo'shinlari bilan orqaga qaytib, 
xivaliklarga qarshi urushishga majbur b o ia d i. Shu munosabat bilan 
muarrix Poyon Ravshanov bunday yozadi: «Amir xivaliklarga qarshi 
tirik jonning hammasini, qariyb yuz ming qora cherikni ja m ' qilgan 
bo‘lsa-da, mag'lubiyat. minglab odamlaming asir qilib olib ketilishi 
uni aqlan majruh etib qo'yadi. Buxoro qora cherigining Xivaga qarshi 
javob yurishi qilib, Hazorasp yonida butkul tor-mor qilinishi, amirning 
o'zi qochib z o 'rg 'a jon saqlashi uning keyingi hayotida mash'um
asoratlar qoldirdi... Amirning muttasil qahru g'azabda bo iishi, 
aytadilarki, Xiva xoni talonidan so'ng qariyb to 'rt yil davom etadi. 
Shu yillar ichida amir Nasrulloning biror marta kulganini, a ’yonlari 
bilan ochilishib gaplashganini hech kim ko'rm agan va bilmagan» 
(«Malika Kenagas oyim yohud amir Nasrulloning o'lim i qissasi»).
Zolimligi, aqli noqisligi va bem a’ni kibru havosi uchun amir 
Nasrulloning boshiga tushgan balo-ofatlar bugina emas. Hatto uning 
o'lim iga ham ana shu yaramas fei-atvori va qilmishlari sabab boiadi. 
Amirning cheksiz zulmlaridan to'yib ketgan xotini Kenagasbegim 
xalq qasosi amalga oshuviga erishadi. «Nasrullo Bahodirxon 5 
oktabr (1860)da Samarqanddan qaytishi bilanoq vafot etdi, - deb 
yozadi Orenburg korpusi qo'mondoni general Bezak 1861 yilning 
10-yanvarida Rossiya harbiy vaziriga y o ilag an m aium otnom asida. 
-Uning xotini, o 'z akasi maslahatiga ko'ra, Nasrulloning dorisiga 
zahar aralashtirganini chindan ham bo'yniga olgan. Buning uchun 
amir o'sha zahoti har ikki jinoyatchini hamda o 'z tabibini o'lim ga 
hukm etgan».
M ahalliy muarrixlar asarlarida esa amir Nasrullo mast holda uxlab 
yotgan chog'ida Kenagasbegim ismli xotini qulog'iga simob quyib
75
www.ziyouz.com kutubxonasi


o id irg an i aytiladi. P.Ravshanov amir qulog‘iga simob quyilganidan 
keyingi voqealami o ‘z kitobida quyidagicha bayon etadi: «Chalajon 
Kenagas oyimni ikki bolasi jasadi bilan qo‘shib, Ark yelkasidagi 
qadimiy Childuxtaron g o ‘rqudug‘iga tashlab yubordilar. Aytadilarki, 
bu quduq ichi pishiq g ish td an ishlab chiqilgan b o iib , borho-boriga 
tig ‘ qadab chiqilgan ekan.
Chuqurligi yigirma quloch b o ig a n quduqqa tashlangan inson 
tanasi to pastga yetguncha nimta-nimta b o iib kesilib tusharkan».
Dunyoga faqat yomonlik uchun kelgan amir general Bezak 
m aium otnom asida bitilganidek, o ‘zi o iim talvasasida yotgani 
holda ham tavba-tazarru1 o ‘miga xotini, qaynog‘asi va shaxsiy 
tabibini o id irtirib, so‘ngra jon berishi yoki P.Ravshanov kitobida 
yozilganidek, Kenagasbegimni ikki go‘dak farzandi bilan ajal 
q u d u g ig a tashlatishi har qanday kishini yoqa ushlatmay qo‘ymaydi. 
Katta yoshli muxoliflari chekkan azob-uqubatlari uchun amirdan 
o ‘ch olishgani balki to ‘g ‘ridir. Lekin amir Nasrulloning o ‘z pushti 
kamaridan b o ig a n ikki begunoh go‘dak uning farmoniga k o ia o iim
q u d u g ig a tashlanishiga qanday toqat qilish mumkin.
Amir Nasrulloniig barcha qilmishlari uning o ‘zi bilan qaro 
yerga k o ‘milib ketsa koshki edi. Lekin unday b o im ad i. Buxoro 
xonligini Rossiya asoratidan saqlab qolish maqsadida polkovnik 
Stoddart va kapitan Konollini bu o ik a g a yo ilag an, lekin o ‘z elchilari 
amir tomonidan hech bir asossiz qatl etilganidan g ‘azabga kelgan 
Angliya hukumati tez orada Buxoro xonligiga munosabatini keskin 
o ‘zgartiradi. Bu haqda ilgariroq nomi aytilgan Bezakning 1861 yil
29 noyabrdagi qaydlarida quyidagicha yozilgan: «Angliya huku­
mati Buxoro xonligini butunlay kuchsizlantirishni m oijallam oqda. 
Angliya A fg‘onistonni 0 ‘rta Osiyoning qudratli davlatiga aylan- 
tirishni ko‘zda tutib, unga Buxoro, Xiva hamda Q o‘qondan b a’zi 
viloyatlami qo ‘shib olmoqchi.
Agar biz Toshkentda qaror topib, Q o‘qon orqali Xitoy Turkis- 
toni bilan aloqani ta ’minlagunimizgacha inglizlar bunga ulgurishsa, 
ular 0 ‘rta Osiyoda t o i a hukmron b o iib oladilar, 0 ‘rta Osiyoning 
savdosi ham Xitoy Turkistoni savdosi bilan qaytmaydigan b o iib ular 
q o iig a o ‘tadi».
Amir Nasrulloning qilmishlari, kasofati shular bilangina 
tugamadi. Amir vafotidan olti oycha keyinoq o ‘sha Bezak Rossiya 
harbiy vaziriga bunday deb yozadi: «Muzaffar bahorda yana Qo ‘ qonga 
qarshi harbiy harakatlar boshlashga tayyorlanmoqdaki, shunday 
qilsa biz uchun g ‘oyat foydali b o ia rd i, albatta». Bu m aium otnom a 
chor mustamlakachilarining 0 ‘rta Osiyodagi xonliklar orasiga nizo
76
www.ziyouz.com kutubxonasi


solishdan iborat yovuz maqsadini yana bir bora ko'rsatadi. Amir 
Nasrullo siyosati esa, dushmanlarga q o i kelgan edi. Bu siyosat yillar 
davomida uning avlodlariga ham, butun Buxoro amirligiga ham katta 
falokatlar keltirishda davom etdi.
«Amir Nasrulloning bu xato siyosatining natijasi yigirma besh 
yildan keyin o ‘g i i amir Muzaffarxonning asrida ham davom etib, 
Toshkand va Samarqand Rusiya tarafiga o ig a n d an keyin jadal ta­
mom bo'ldi», deb yozadi Mullo Olim Maxdum «Tarixi Turkiston»da.
Samarqand va Toshkentdan tashqari, X o‘jand, 0 ‘ratepa, 
Jizzax kabi yirik viloyatlar Rossiya tomonidan bosib olinganidan 
cheksiz xavotirga tushgan amir Muzaffar bu kuchli dushmanga 
qarshi kurashishda o‘z qo‘shnilari - Q o‘qon va Xiva xonlaridan 
madad so‘rashga majbur b o iad i. Biroq amir Nasrulloning zamon- 
zamonlarga yetgulik yovuzliklarini unuta olmagan xonlar bu ilti- 
mosni rad etadilar.
Endi Muzaffarxonning bir vaqtlar yordam berishni astoydil 
istagan, lekin elchilari amir Nasrullo tomonidan xiyonatkorona qatl 
etilgan Angliya hukumatidan yerdam so‘rashdan b o ia k chorasi 
qolmagan edi. Nihoyat, amir Muzaffar Buyuk Britaniyaning Xin- 
distondagi oliy komissari lord Lourens huzuriga o ‘zining Abbos- 
xoja ismli elchisini maxsus maktub bilan jo ‘natadi.
Amir tomonidan yoilang an fors tilidagi bu iltijo-maktubda, 
jumladan, quyidagi so‘zlar bitilgan edi: «...Bir guruh odamlar 
bu yerni (Buxoro amirligi hududlarini demoqchi) o ‘z tasarrufiga 
olishga kirishdi va ikki tomon o'rtasida jang boshlandi. Islom ahli 
urush mahoratining yetishmasligi tufayli bosqinchilarga qarshi 
chiqa olmadi va natijada ayrim yerlami ruslar bosib oldi. Taqdir 
taqozosi bilan u yerlar ruslar q o ii ostiga o ‘tib qoldi... Hozirgi vaqtda 
islom ahli ruslardan qutula oladi va xalq manfaati y o iid a yordam 
so'rab Sizga murojaat etadi. Hozirda har bir harakat qulay vaziyatga 
b o g iiq . Siz bizning istaklarimizni qabul etish bilan xalqimizning 
manfaatlarini inobatga olgan b oiasiz».
Ammo lord Lourens tomonidan Angliya hukumatiga yetkazil- 
gan bu maktubga Londondan biror javob ham, ikki mamlakat 
munosabatlarida biror ijobiy o ‘zgarish ham boim aydi. Oqibatda, 
vaziyat tobora keskinlashib, oradan uch yil chamasi vaqt o ‘tgach, 
Rossiya Buxoro amirligi hududini butunlay bosib olib, uni o ‘z 
vassaliga aylantiradi.
Amir Nasrullo o ‘z hukmronligining atigi bir yilida - 1842 yili 
yo‘1 qo‘ygan ikki mudhish xato - avvalo, Q o‘qon xonligini bosib 
olib, qatliom oikazishi; nihoyat, Angliya hukumati tomonidan
77
www.ziyouz.com kutubxonasi


olijanob taklif bilan yuborilgan elchilar Stoddart va Konollini qatl 
ettirishining kasofati Buxoro xonligigagina emas, balki Q o‘qon hamda 
Xiva xonliklariga ham urib, butun Turonzamin Rossiya tomonidan 
osongina bosib olinishiga yo‘1 ochib berdi.
Angliyada Stoddart va Konolli nomi bilan tashkil etilgan maxsus 
qo‘mita ikki zobit taqdirini aniqlash uchun o ‘z odamlarini Buxoro, 
Xiva va 
Q c T q o n g a
yubordi. Ana shu qo‘mita nomidan 1844 yil 3 
noyabrda olim, tadqiqotchi hamda sayohatchi sifatida tanilgan, ayyor 
josus Iosif Volf Istanbulga keldi. Angliyaning bu yerdagi elchisi 
S. Kening unga Buxoro safari uchun zarur hujjatlami tayyorlab 
berdi. Turkiya sultonining Buxoro amiri, Xiva va Q o‘qon xonlariga 
yozilgan maktublari Volfning turk sultoni homiyligida ekanligini 
tasdiqlovchi hujjatlar vazifasini o ‘tashi lozim edi. Ana shu hujjat 
o ‘sha vaqtda Turkiya Rossiya istilosiga qarshi Angliya bilan ham- 
korlikda o ‘zbek xonliklarining ittifoqini vujudga keltirishga intilga- 
nidan dalolat beradi. 1844-1845 yillar davomida Buxoroda ish olib 
borgan I.Volf Londonga Q o‘qondagi voqealar, xonliklarning o ‘zaro 
munosabatlari xususida diqqatga sazovor axborotlar yuborib turdi.
Angliya Turkiya bilan hamkorlikda 0 ‘rta Osiyo davlatlarining 
harbiy ittifoqini vujudga keltirishga k o ‘p urindi. Ayniqsa, Qrim 
urushida (1853-1856) Angliya 0 ‘rta Osiyo xonliklariga, A fg‘onis- 
ton va Eronga o ‘z odamlarini yuborib, bu mamlakatlami Rossiyaga 
qarshi otlantirish harakatini kuchaytirdi. Ammo Turkiya ham, 
Angliya ham Rossiya xumjiga qarshi o ‘zbek xonlari birligini vujudga 
keltirishni ta ’minlashning uddasidan chiqa olmadi. Chunki xonliklar 
o ‘rtasida o ‘zaro nifoq-nizolar kuchli b o ‘lib, ulaming ildizi chuqur 
ketgan edi. Buning ustiga, Rossiya diplomatiyasi Buxoro, Xiva va 
Q o‘qon xonliklarini bir-biriga qarshi gij-gijlab, o ‘zining ig ‘vogarona 
siyosatini izchillik bilan yuritar edi. Rossiya bu yo‘lda sobit turib, 
To‘rg ‘ay viloyatini, 1846 yilning kuziga kelib, Sirdaryoning Orol 
dengiziga quyiladigan yeridagi Qozolini ishg‘ol etdi va 1847 yilda 
Raim, 1848 yilda Kazalinsk istehkomlarini qurdi. Bu ahvol Xivani 
tashvisnga soldi. Xon o ‘z noroziligim bildirib, elchilarini Peterburgga 
jo'natdi. Xiva elchilarini rus amaldorlari bu istehkomlar savdoni 
yo‘lga qo‘yish va cho‘lda tinchlik o ‘matish uchun qurildi, deb 
aldadilar. Xiva xoni bu istehkomlarni yo‘q qilishga harakat qildi, 
lekin Sirdaryo va Orolbo‘yidagi qozoqlar ms istehkomlaridagi 
qo‘shinlami yo'qotish xususidagi Xiva hukumatining maslahatlariga 
quloq solmadilar.
Xivaning qozoqlami o ‘z ta’siriga olish borasidagi urinishlari 
Rossiyani tashvishga solib, Orenburg general-gubematorini faol
78
www.ziyouz.com kutubxonasi


harakat qilishga undadi. U Orenburgning g ‘arbiy qismida yashovchi 
o ‘ziga tobe qozoq sultoni Boymuhammad Oychuvoqovga maxsus 
buyruq yuborib, Xiva xoni foydasiga tashviqot yuritayotgan qozoq 
biylariga qarshi keskin choralar k o ‘rishni talab qildi.
Rossiya hukumati 1841 yilda Xivaga yuborgan kapitan Nikiforov 
zimmasidagi asosiy vazifalardan biri Rossiya tobeligidagi qozoqlarga 
nisbatan Xiva ta ’sirini qirqish ekanligi bejiz emas edi. Rossiya 
hukumati tashqi ishlar vazirligining kapitan Nikiforov zimmasiga 
yuklagan vazifasi Xiva xonini rus qo‘shinlari tomonidan Sirdaryo- 
ning quyi qismini ishg‘ol qilish masalasida betaraf turishga, 
Sirdaryoning shimolidagi yerlarni va Kaspiy dengizining sharqiy 
qirg‘og‘ini Rossiyaga tobe’ deb e ’tirof etishga, Rossiya qaramog'idagi 
qozoqlarga hujum qilmaslik hamda ularning ichki idora ishlariga 
aralashmaslikka ko'ndirishdan iborat edi. Xon kapitan Nikiforovga 
Rossiya bilan Angliya munosabatlariga doir jiddiy savollar bergani 
Xivaning rus-ingliz raqobatidan yaxshi xabardorligidan dalolat 
beradi. Xiva xoni ras elchisi talablarini rad etgani ham uning 
Angliya va Rossiyaning O 'rta Osiyo masalasida o ‘zaro kurashidan 
foydalanishga uringanligini ko‘rsatadi. Ko‘p o ‘tmay, kapitan 
Nikiforovning uddalay olmagan ishini davom ettirish podpolkovnik 
G. Danilevskiy zimmasiga yuklatildi. Uning Tashqi ishlar vazirligidan 
olgan ko‘rsatmasida xonni Rossiyaning Xivaga nisbatan beg‘araz 
do‘stligiga ishontirish birinchi darajali vazifa sifatida qo‘yilgan edi.
0 ‘zbek xonliklarida faol ish ko‘rayotgan Angliyaning ta’sirini 
sindirish niyatida Rossiya Xiva xoni oddiga quyidagi ikki talabni 
qo‘ydi:
1. Bundan keyin xoh maxfiy, xoh oshkora suratda Rossiyaga 
qarshi hech bir dushmanlik munosabatida bo‘lmaslik.
2. Sahroda yohud Kaspiy dengizi atrofida talonchilik va
bosqinchilik ishlarini olib bormaslik. Bordi-yu Xiva xonligiga
tobe qabilalar tomonidan talonchilik ishlari sodir etilsa, aybdor 
kishilarga darholjazo berib, talangan mollami egalariga qaytarish.
1842 yil 27 dekabrda G. Danilevskiyning Xiva xoni bilan 
tuzgan shartnomasida «Rossiyaga tobe qochoq va isyonchilami 
Xiva hududida yashirmasdan, ulami darhol ras chegara komissariga 
topshirish» masalasi alohida o ‘rin olgan edi.
Shunga qaramay, Rossiya Xivaga nisbatan g ‘arazli niyatlarini 
amalga oshinshga qaratilgan siyosatini izchillik bilan davom ettirdi. 
1858 yilda polkovnik N. Ignatev boshchiligidagi diplomatik gurah- 
ga topshirilgan vazifalar bunga yaqqol misoldir. Bu guruhga beril- 
gan yo‘riqnomada saltanatning asl maqsadi ro ‘y-rost ifodalangan:
79
www.ziyouz.com kutubxonasi


- Xiva, Buxoro va qozoq cho‘llari haqida mumkin qadar k o ‘p- 
roq m a’lumot y ig‘ish;
- a w a l olingan xaritalami tekshirib, tuzatib chiqish va safar 
vaqtida kundalik yuritish;
- Amudaryoning Kaspiy dengiziga qo'yilgan eski o ‘zani 
to ‘g ‘risida m a iu m o t to ‘plash;
- turkmanlar va ulaming harbiy kuchlari, qo‘shni davlatlar bilan 
aloqalari, bir xonlikdan ikkinchi xonlikka o ‘tish y o ila ri haqida 
hamda 0 ‘rta Osiyo xonliklari va ularga qo‘shni b o ‘lgan mamla- 
katlaming harbiy qudrati haqida m aiu m o t to ‘plash;
- Amudaryoni har taraflama o ‘rganish.
Gumhning asl maqsadi josuslik qilish ekanligi ga polkovnik 
Ignatevning o ‘zi ham iqror b o ig a n edi.
0 ‘zbek xonliklarini zabt etish uchun Rossiya avval o ‘zining 
Kavkazda olib borayotgan istilochilik harakatlarini tugallashi kerak 
edi. Kavkazda esa to giik lam in g sardori imom Shomil musulmon 
istiqlolchilari bilan hamon ruslarga qarshi partizanlik urushini 
davom ettirmoqda edi. Sankt-Peterburg Kavkazdagi rus q o ‘shinlari 
faolligini kuchaytirish uchun harbiy-siyosiy doiralardagi nufuzli 
rahbarlardan A.I. Baryatinskiyni bosh qo‘mondonlikka tayinladi. 
Jangariligi bilan tanilgan bu general podshohga yozgan maktubla- 
rida Rossiyaning 0 ‘rta Osiyoda o ‘z ta’sir doirasini kengaytirish 
zarurligini alohida uqtirgan edi.
Rossiyaning urushqoq doiralari Orenburg va Sibir orasidagi 
yerlaming «himoyasini mustahkamlash uchun» Irg‘iz va To‘rg‘ay 
daryolarining b o ‘yida istehkomlar qurishni jadallashtirdilar. Ular 
o ‘zbek xonliklarini asta-sekin bosib olish uchun, birinchi navbatda, 
Q o'qon xonligining muhim strategik nuqtalarini egallashga diqqatni 
qaratdi. Oqmachit qal’asiga hujum shu tariqa boshlandi.
1852 yilning 16 aprelida shijoatli lashkarboshi Yoqubbek 
rahbarligidagi Oqmachit q al’asi himoyachilari dushmanga qarshi 
qahramonona jang qilib, ms askarlarini Orenburgga chekinishga 
majbur etishdi. Shundan so‘ng o ‘zbeklar bilan b o ig a n janglarda 
katta tajriba to ‘plagan Orenburg general-gubematori graf V. 
Perovskiy 1853 yilda tashabbusni o ‘z q o iig a olib, yana hujumga 
tayyorlandi. Perovskiy Oqmachit himoyachilariga maktub y o ila b , 
taslim b o iish n i taklif qildi: «Garchand sizlar qal’a ichida turgan 
b o isalaringiz ham Oqmachit olingan deb hisoblayvering. M en shu 
erda turiboq barchangizni bitta qo‘ymay qirib tashlashim mumkin. 
Ammo, men bunday qilmayman, chunki, biz bu yerga bir yoki ikki 
kunga emas, balki abadul abad keldik, endi orqaga qaytmaymiz».
80
www.ziyouz.com kutubxonasi


Q al’a mudofaachilari bu maktubga «biz bir tomchi qon va ko‘chada 
bir dona kesak qolguncha, hamma qurollarimiz sinib bitguncha 
kurashaveramiz», - deb javob berishdi.
Yordamchi kuchlar olib kelish uchun ketgan Yoqubbekning 
kechikishidan foydalangan ruslar yigirma ikki kunlik qurshovdan 
so'ng mudofaa ahamiyati juda katta b o ig a n Oqmachit qal’asini zabt 
etdilar.
Oqmachit halokati haqida «Tarixi amiri lashkar Alimqul» kito­
bida shunday m a iu m o t keltiriladi: «Bu orada 0 ‘rusiya askaridin 
bir katta sardor birmuncha askar va to ‘b-to‘bxona birlan kelib, 
Oqmachitda Abduvalini (qal’a hokimi) muhosara aylab... muxo- 
sarani qattig1 qilib, qo‘rg‘on devorig‘a naqb1 kavlab, doru to ‘kub, 
o ‘t qo‘yib qo‘rg‘onni yiqib, rahnadin askar shaharg‘a yugurib va 
Abduvali va necha tobe birla o iu b va yarador bo‘lg‘on. Rusiya 
askari qahr va g ‘alaba birla shaharg‘a to iu b ketdi»2.
Rossiya o ‘zbek xonliklari hududiga darvoza b o ig a n bu qal’ani 
«Perovskiy forti» deb qayta nomlaganida olisni ko‘zlab ish tutgan edi. 
Bu voqea xonlik amaldorlariga tegishli saboq b o im ad i. Shu xususda 
Muhammad Solih Toshkandiyning e ’tiroflari diqqatga loyiqdir: 
«Qo'qonda Oqmachit voqeasini esdan chiqarib aysh-ishrat, kayfu 
safo, o ‘yin-kulgi va parvosizlikka berilib, mamlakat ishidan ko‘z 
yumib, Q ozogistondagi xiroj, boj va zakotni g'ayridin millatlarga 
topshirib, hukmronlikni g ‘animat bilib, yomon odamlarni, o ‘g ‘rilami 
va harom kishilarni to ‘p!ab amaldor qilib va voliy belgilab, har bir 
shaharga yubora boshladilar. Ayrim johil mullalar va nodon ulamolar 
so'ziga ishonib, aholi shariatdan uzoqlashib, ilmsiz johillam i 
mansabdor qilib, qozi, rais, hokim, voliy lavozimlariga o ‘tqazdilar. 
P orax oilik va haromlik rivojlandi, ishni tekshirmay aytuvchilar 
so‘ziga amal qilinib, p oraxoilar, xushomadgo‘ylar va umuman 
nobop odamlar hokim va mansabdor boidilar. Aksincha, dono, aqlli, 
fozil va bilimdon kishilar x o ilan d i va oyoqosti qilindi. Kengash va 
maslahat bilan ish yuritishga yo‘1 berilmadi».
Amaldorlaming beboshligi va ichki siyosatni yuritishdagi 
adolatsizliklar xonlikni halokat yoqasiga keltirib qo‘ydi. Voqealar 
rivojini diqqat bilan kuzatayotgan Rossiya bundan o ‘zi uchun tegishli 
xulosa chiqarib oldi. Old Sirdaryodagi qozoqlami idora qiluvchi 
amaldoming Sirdaiyo liniyasi qoinondoniga 1858 yil 31 mayda


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish