O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Sirojiddin Ahmad.
M unavvar qori. «Sharq yulduzi», 1992, 5-son, 107-bet.
~ 0 ‘zR MDA, 461-jam g‘arma, 1-ro‘yxat, 1902-ish, 64-varaq.
380
www.ziyouz.com kutubxonasi


Andijonda tashkil topib butun o ik a d a o ‘z tashkilotlariga ega 
bo‘lgan «Taraqqiyparvarlar» firqasi ham Turkiston milliy burjuaziyasi 
yordamiga tayangan1.
Turkiyaga borib ta’lim olgan yoshlardan biri, keyinchalik 
mashhur shoir, adib va olim A bdurauf Abdurahim o ‘g ‘li Fitrat edi. 
Afg'onistonlik mashxur mutafakkir Jamolidin A fg‘oniy, misrlik 
Muhammad Abduh, qrimlik Ismoilbek G ‘aspirinskiyning siyosiy 
qarashlari, hur fikrlari, Turkiyadagi turk yoshlarining «Turk o ‘chog‘i», 
«Ittihod va taraqqiy» tashkilotlari va boshqa siyosiy harakatlaming 
istiqlol xususidagi maqsad va maslagi ingliz va rus mustamlakachilari 
zanjirini uzib, butun musulmon mamlakatlariga tarqalgan edi. 
Ayniqsa, Ismoil G ‘aspiralining «Dorulrohat musulmonlari» asarining 
Buxoro va Turkistonda yoyilishi ziyolilar ongida inqilob uyg‘otadi. 
Ana shu ilg‘or shaxsning ta ’siri bilan Buxoroda «Tarbiyayi atfol» 
(Bolalar tarbiyasi), Toshkentda «Turon» jamiyatlari vujudga keldi. 
Atoqli olim Ahmad Zakiy Validiy To‘g ‘on «Bugungi turk eli: 
Turkiston va uning yaqin tarixi» kitobining «Erli turklarda siyosiy 
tashkilot» bobida shunday yozgan: «1910 yili Buxoroda mudarris 
Hoji Rafiy, mirzo Abduvohid, H am idxo'ja Mehriy, Ahmadjon mah- 
dum, Usmonxo‘ja 2 va Mukammaliddin mahdum kabilar «Tarbiyayi 
atfol» jamiyati qurdilar. Bu jam iyat Istanbulda bir sho‘’ba ocharoq, 
1911 yili o ‘n besh, 1912 yili 30 talaba yubordi. Bu sho‘’ba Buxoroda 
«Ta’lim m aorif jamiyati» otila rasmiy bir jam iyat shaklini oldi. 1910 
yili Eron y o ii-la Istanbulga kelgan shoir Fitrat ila Muqimiddin va 
Rusiya yo‘li-la kelgan U sm onxo‘ja, g ‘uljalik Abdulaziz, Sodiq 
Ashur o ‘g i i bu jamiyatning quruvchilaridan edilar. Fitrat Istan­
bulda forscha «Munozara», «Sayyohi hmdi» otli tanqidiy va hajviy 
asarlarini bostirdi».
Fitrat 1909-1913 yillarda Istanbulda tahsil olib qaytish cho- 
g ‘ida Hindiston va A fg'onistonda b o ia d i. U Istanbuldan mutlaqo 
yangi tug'ilgan odamday b o iib qaytadi. Shu bois o ‘ziga «Fit­
rat» - «T ugilish» deb taxallus oladi.Bu o ‘rinda Andijondagi 
«Taraqqiyparvarlar»ning tahsinga sazovor tashabbuslaridan birini 
eslash ham joizdir. 1917 yilning 19 fevralida shahardagi mahalliy 
jamoat arboblari, m a’rifatparvar tashkilotlar vakillari, jadidlam ing
O 'z R M D A , 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 1144-ish, 35-varaq.
: U sm onxo'ja P o ia tx o 'ja e v Buxoro jadidlari yetakchilaridan, 1920-1921 
iillarda Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi M arkaziy Ijroiva Q o'm itasi raisi bo'lib 
xizmat qilgan, A fg‘onistonga o ‘tib ketgan, 1968 yili Turkiyada qazo qilgan. Q a r 
a n g: Shamsutdinov R. U sm onxo'ja Vatan xoim emasdi. «Xalq so‘zi», 1991 yil 15 
sentyabr.
381
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farg‘ona vodiysida zamonaviy institut ochishga bag‘ishlangan 
yig‘ilishi bo ‘ldi. Yig‘ilish kechqurun soat yetti yarimda boshlanib 
tungi 3 gacha davom etdi. P. M. Tumeev, P. N. Sheremetevskiy, 
V. A. Chaykin va boshqa koLplab notiqlar o ‘z so‘zlarida Farg‘ona 
oliy texnika maktabi ochish zarurligini har jihatdan asoslab berdilar. 
Soat 11 ga borib jam oat tashkilotlari va ayrim shaxslardan institut 
ochish uchun 40000 rubllik xayriya jam g ‘armasi tashkil b o ‘ldi. Bu 
jam g ‘armaga tarkibida k o ‘plab taraqqiyparvarlar b o ig a n m a’rifat 
havaskorlari jamiyati 5000 rubl, millioner boy, jadid Ahmadbek 
hoji Temirbekov 25 000 rubl hadya etdilar. «Sahovatli boy, o ‘zbek 
milliy sarmoyadorlarining tipik vakili Ahmadbek hoji keyin yana 
k o ‘p m ablag‘ ajratishga v a ’da qildi... Y igilishda institut ochishni 
hal etish uchun 15 nafar a ’zodan iborat tashkiliy qo‘mita saylandi.... 
Xuddi shunday tashkiliy qo‘mitalar, institut ochish xayriya fondlari 
vodiyning Q o‘qon, Namangan, 0 ‘sh, Skobelev shaharlarida ham 
tashkil etilib, ulaming jamiyatlari da jadidlar xizmati katta bo id i...» 1.
0 ‘zbek m a’rifatparvarlarining qudratli gumhining faoliyati 
haqida ms maxfiy polisiyasi TRMB katta m a iu m o t to ‘plagan edi. 
U Turkiston yoshlarining Turkiya bilan aloqasidan cho‘chigan va 
yosh turklar ta’sirini yo ‘qotish choralarini izlagan. TRMB arxivida 
Mirza Ahmad Qushbegievning «Taraqqiyparvarlar jam iyati g ‘oyalari 
ocherki» deb nomlangan m aium otnom asi bu jihatdan diqqatga 
sazovordir. «Taraqqiyparvarlar jamiyatining bosh g ‘oyasi, - deb 
yozgan A. Qushbegiev, - yosh turklar taraqqiyotiga taqlid etishdir. 
Ulaming rejasi xalqqa siyosiy va ichki erkinlik berish, aholi o ‘rtasida 
ular o ‘z e ’tiborlarini siyosat va din zaminidagi harakatlari bilan 
amalga oshirishni rejalashtirishgan. Ular o ‘zlarini xalqni rus va 
mahalliy m a’muriyat zulmidan xalos etishga qaratilgan siyosatni 
olib bomvchilar qilib k o isatish g a intilishadi, ms tili va m aium otini 
egallagan va ms elementlari doirasida yumvchi yoshlaming 
ko‘pchiligi ularga xayrixoh va g ‘oyalarini tarqatishda yaqindan 
yordamlashadi»2.
TRMB turklarga xayrixoh yoshlar safidan eng xavflisi deb 
M unavvar qoridan so‘ng uning do‘sti Ubaydulla Asadullaxo‘jaevni 
bilgan va uni tezda ro ‘yxatga olgan. U, maxfiy ayg‘oqchi ta ’rificha, 
«ms tili va m aium otini egallagan yoshlardan» edi. Toshkent eski 
shaharining «Q oryog‘di» mahallasida bog‘bon Asadulla mahsum 
oilasida dunyoga kelgan Ubaydullaxo‘ja ms-tuzem maktabini
1 «Туркестанский голос», фквраль, 1917 г.
: 0 ‘zR MDA, 461-jam g‘arma, 1-ro‘yxat, 1968-ish, 13-varaq.
382
www.ziyouz.com kutubxonasi


bitirgach, kelishtiruvchi sudya idorasida tilmoch sifatida faoliyatini 
boshlagan. Uning uquvliligi, aql-idroki va bilimga chanqokligi sudya 
e ’tiborini o ‘zigajalb qildi. Saratov shahriga jo ‘nashga to‘g ‘ri kelganda 
Ubaydullani ham o ‘zi bilan olib ketib, unga ustoz b o iishining sababi 
ham shu edi. Saratovda u adliya bo‘yicha mutaxassislikni o ‘rganib, 
ham nazariy, ham amaliy bilimlami egalladi. 0 ‘sha yillarda u rus 
inqilobiy g ‘oyalarigaqiziqib, eserlar bilan yaqinlashdi.Ubaydullaxo‘ja 
1909 yilda Lev Tolstoyga xat yozgani va uning ta’limoti haqida o ‘z 
fikr-mulohazalarini bildirgani diqqatga sazovor. Buyuk adibning 
yosh o ‘zbek yigiti maktubiga javob yozib, Saratovga yo‘llagani ham 
Ubaydullaning aql-zakovati ulug‘ yozuvchi e ’tiborini jalb qilganidan 
dalolat beradi. U sosial-demokrat, eserlar dasturi bilan tanishadi va o ‘z 
dunyoqarashini shakllantirishda ulaming tajribasidan foydalanadi.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish