O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


M a h a lliy m u lk d o rla r to ifa sin in g sh a k lla n ish i



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

M a h a lliy m u lk d o rla r to ifa sin in g sh a k lla n ish i
v a u la rn in g m afk u ra si
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston o ik a si savdo- 
sotiq markazlarida mahalliy sarmoyador-mulkdorlar toifasi shakllana 
boshladi. Qishloqlarda esa o ‘rta sarmoyali mulkdorlar soni ko‘paya 
boshladi.
Eng so‘nggi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, XX asr boshlarida 
Turkiston qishloqlarida paxtachilik rivojlangani va o ‘ta xarid 
qobiliyati yangi ijtimoiy qatlam, o ‘rta mulkdorlami vujudga keltirdi: 
1,5 tanobgacha (desyatina) yerga ega kam bag‘allar qishloq aholisining
45,6 %, 1,5 dan 5 tanobgacha yer egalari - o ‘rta mulkdorlar 38,9 %, 
o'ziga to ‘q o ‘rta hollar: (5-10 tanobli) 10,6 %, boylar (10 tanobdan
1 H. Махкаиова.
Средние собственники в колониальном Туркестане 
в начале XX века. Тенденции развития и социальная роль в обществе. Мате­
риалы международной конференции «Социальная жизнь народов Ц ентраль­
ной Азии в первой четверти XX века: традиции и инновации» (Ташкент, 12-13 
сентября, 2008 г.). Ташкент, 2009, стр. 53-56.
311
www.ziyouz.com kutubxonasi


ortiq) 4,9 %ni tashkil etdi. Shu tariqa Turkiston qishloqlarida o ‘rta 
mulkdorlar dehqon xo‘jaliklarining 50 %ni qamrab oldi1. Ular xususiy 
mulkdorlar o ‘zagi va baquvvat qatlami bo‘lib fermer xo‘jaliklari 
shakli tomon rivojlanmoqda edilar.
Sanoat ishlab chiqarishda o 'rta mulkdorlar toifasini asosan 
kosiblar va hunarmandlar tashkil qilgan. 1897 yilda Toshkentda 1699 
kosibchilik korxonalari va ularda ishlovchi 3.300 xodim ro ‘yxatga 
olingan. Ulardan har birining yillik unumdorligi 1-3 ming rublni 
tashkil qilgan.
Savdo-sotiq doirasida ham o ‘rta mulkdorlar salmoqli o ‘rinni 
egallashgan. Toshkentda 1878 yilda berilgan savdo guvohnomalaridan 
224 tasi yirik mulkdorlarga, qolgan 3689 tasi o ‘rta sarmoyali 
savdogarlarga berilgan. 1904 yilda Farg'ona viloyatida 26512 savdo 
guvohnomalaridan 48 tasi ko‘tara savdoga oid boTsa, 747 tasi 
chakana, 25717 tasi kichik savdoga tegishli b o ig an .
Shunday qilib, Rossiya imperiyasi savdo-sotiq doiralarining 
paxtaga katta ehtiyoji, to‘qimachilik sanoati korchalonlarining 
Turkiston paxtasiga qo‘ygan yuqori narxlari dehqon xo‘jaliklarini 
paxtachilikni rivojlantirishga katta turtki berdi.
Qishloqlarda 
va 
shaharlarda 
o‘rta 
mulkdorlar 
toifasini 
shakllantirdi. Huddi shu toifa Turkiston iqtisodida barqarorlikni 
saqlab turuvchi asosiy omil edi.
Yirik mulkdorlar soni ham, kapitalistik sarmoyasi ham ko‘- 
payib bordi. Mashhur o ‘zbek davlat arbobi
Fayzulla X o'jaevning otasi Ubaydulla X o'jayev Buxoro amiri 
Said Abdulahadxon bilan jahon qorako‘1 teri savdosida yetakchi 
o ‘rinni egallagan. K o‘p millionli sarmoyalari chet el banklari 
operasiyalarida ishtirok qilgan.
Farg‘ona vodiysida esa shunday yirik sarmoyadorlar qatorida 
Temirbek hoji va Mirkomil M irm o‘minboyev bimchi o ‘rinda 
turishgan.
Rus va chet el kapitalistlari bilan hamkorliqdagi faoliyat davo­
mida tijorat ilmini o ‘zlashtirgan bu mulkdorlar jahon bozoriga 
chiqishga ham urina boshlagandi. Andijonlik Mirkomil M irm o‘min- 
boy hoji o ‘g i i (1860-1919) ana shunday yirik o ‘zbek mulkdorlari- 
ning yorqin namoyandasi edi. XX asr boshlarida uning shaxsiy boy- 
ligi 15 millionga yaqin b o ig a n va u «Aka-uka Shlyusberg», «Кпор», 
«Aka-uka Stensum» firmalari, Moskva hisob banki, Rus - Xitoy 
banki, Rus - Osiyo banki va boshqa savdo-sotiq firmalari hamda 
banklari bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsata boshladi. Mirkomil- 
boyning 5 ta paxta tozalash zavodi, 5 ming tanob yeri, 300 
dan ortiq do‘konlari, 4 ta katta bog‘-uzumzori. 6 milliondan ortiq
312
www.ziyouz.com kutubxonasi


naqd puli, qimmatbaho qog‘oz, aksiyalari b o ig a n 1. Rus kapita- 
listlarining vositachi xizmatkori b o iib o ‘z xalqini talashda qatnash- 
gan, sudxo‘rlik qilgan va har xil y o ila r bilan boylik orttirgan boshqa 
tijoratchilardan farqli o ia ro q , u rus va chet el kapitalistlari bilan 
muvaffaqiyatli raqobat qila olgan, tadbirkor va m a’rifatparvarligi 
bilan ham o ‘z birodarlaridan keskin ajralib turgan. Rus mustam- 
lakachilari uni yomon ko‘rishsa ham u bilan hisoblashishga majbur 
boiishgan. Shu bois unga qarshi doimiy, beto‘xtov tazyiq, ta’qib 
olib borilgan, har bir qadami, xatti-harakati chor m a’murlari kuza- 
tuvida b oigan .
1911 yildayoq Turkiston rayon muhofaza b o iim i o ‘zining 
maxsus ishlar bo‘yicha hisob-ro‘yhatiga Mirkomilboy M irmo‘min- 
boevni ham tirkab qo‘ygan. Unga olingan anketada Mirkomilboy- 
ning 52 yoshdaligi, mashhur millioner, paxta tozalash zavodlari 
egasi, musulmon, Andijon shahridanligi koisatilgan. Anketaning 
orqa betiga Andijon uezdi b o sh lig i vazifasini bajaruvchi pod­
polkovnik Ivanovning 1911 yil 3 mayda o ‘zining Farg‘ona viloyati 
harbiy gubematori nomiga y o ilag an 133-sonli xatini ilova qilib, 
Turkiston rayon muhofaza b o iim i b o sh lig ig a y o ilag an 136-sonli 
xati yuborilgani qayd etilgan. Unda 1898 yilgi qo‘zg‘alon yomon 
qurollangan yerlilar tomonidan amalga oshirilgani mahalliy aholi 
orasida qo‘zg‘alonning m agiubiyatga uchrashining asosiy sababi 
qo‘zg ‘alonchilami yomon qurollanganligidan b o id i degan ishonch 
tug‘dirdi deyilgan. G ‘azovotdan so‘ng o ‘z qismatidan q o iq ish
natijasida mutaassiblar boshchiligidagi aholi kelajakda qo‘zg‘alonni 
tayyorlash uchun tugilayotgan har erkak bola hisobidan 5 rubldan 
pul to ‘plashga kelishib olingani, bu ishning tepasida Andijon uezdida 
yerlilardan iborat maxsus tashkilot turgani, to ‘planayotgan mablag‘ 
bo ‘yicha alohida hisob-kitob o ‘matilgani. bu m ablag‘ga qurol sotib 
olish boshlangani, bu tashkilot tarkibiga Andijon uezdi sartlaridan 
1. Mirkomil M irmo‘minboev - tashkilot boshchisi: 2. Yaqinda 
Andijon shahar katta oqsoqoli lavozimidan kasalligi uchun bo‘sha- 
tilgan Said T o ia ; Z.Pedaoxun; 4. To‘xta Kal; 5. Abdurahmonlar 
kirgani, ulaming hammasi Andijon shahridanligi; 6. Yorboshi volosti, 
Ekin-tikin qishlogidan Xolbotir, hazinachi Alimqul b o ig an i, uning 
oiim id an so‘ng bu lavozimni Mirkomil qabul qilgani aytilgan.
Arxiv hujjatlarida Mirkomilboy faoliyati va hayotining ko‘plab 
qirralari aks ettirilgan. Ana shular haqida biroz to ‘xtab o iish n i joiz 
bildik.
10 ‘zR MDA. 19-jamg‘arma, 4 -ro ‘yxat, 178-ish. 97-varaq.
313
www.ziyouz.com kutubxonasi


1910 
yilda sotib olingan qurol turli joylarda saqlangani, shaharda 
Oftobachi madrasasida, shu madrasa qarshisida yerto‘lada. qabr 
yodgorligi oldida, Ekin-tikin qishlog‘ida Xolbotir va Mirkomilning 
uylaridan birida saqlanayotgani xatda keltirilgan. Bu m a’lumotlar 
kuni kecha olingani, shu bois uni tekshirish imkoni b o ‘lmagani, 
yashirin so‘roq va tintuv qilish tashkil etilmagani, bu xatni hech kimga 
bermasdan sir saqlash lozimligini, bu ishni tekshirib chiqish uchun 
rayon muhofaza boiim idag i ofiserlardan Andijonga yuborilishini 
Ivanov so‘ragan.
0 ‘sha kuni Andijon shahrining Olayliq dahasida yashovchi 
mahalliy boy Mirkomilda ishonchli kishi b o ‘lib xizmat qilgan 
Abdullahakim mahsum Yoqubboevni men so‘roq qildim. Bundan 
ikki oy oldin savdo ishlari bo'yicha uni xo‘jayni bilan oralarida 
tushunmovchilik bo‘lgan, shundan so‘ng Mirkomildagi xizmatni tark 
etgan. U Mirkomilda xizmat qilgan vaqtida xo‘jayini Turkiya yoki 
uning emissarlari bilan qandaydir aloqasi borligi haqida hech narsani 
sezmagan.
1913 yil mayning oxirida Mirkomil andijonlik boy Ibaydulla 
O rifxo‘jaev va Q o‘qon boylaridan Yoqub hoji Jahonov va uning 
Abdulhakim ismli sherigi bilan birga Moskvada bir hafta b o ‘lishgan, 
keyin Abdulhakim uyga qaytib kelgan, qolganlar esa davolanish 
uchun chet elga Karlsbadga borishgan, bir oyda ular ham qaytib 
kelishgan.1914 yil 1 avgustda soqchilik tartibida, guvoh sifatida 
so ‘roq qilingan Orenburglik meshchan, tul ayol Mariya Eduardovna 
U gryum ovashundayko‘rsatm abergan:«Q ishdabizlarIlinko‘chasidagi 
kvartirada Masalixovda yashaganmiz, shunda erim bizga dala xovlisi 
kerakligini bilib shahardan 5-6 chaqirim joydagi dala xovlisini taqdim 
qilgan va biz bundan foydalanganmiz va 30 aprel kuni bolalar bilan 
ko‘chib kelganmiz. 16 may kuni 8 bola bilan beva qoldim, biroq dala 
hovli bolalar uchun yaxshi bo'lgani va yashash arzon b o ‘lgani tufayli 
men butun yoz bo ‘yi o'sha joyda qoldim, 1 avgustgacha qolmoqchi 
edim. Ammo 20-nchidan 21-inchiga o ‘tar kechasi ikki ishchining 
o ‘zbek tilida «Mana endi ruslardan qutulish va ulami o ‘ldirish payti 
keldi, endi ms askarlari oz, hammasi ketib qoldi, o ‘zbeklarga esa 
qirg‘izlar ham qo‘shilmoqda, barcha qishloqlarda xalq to ‘planib 
kim qanchagacha qodir bo‘lsa, shuncha pul hadya etmoqda» deb 
gaplashgani qulog‘imga chalindi. Ular Andijonning boyi, o ‘z banki 
va paxta tozalash zavodiga ega bo‘lgan Mirkomilni esladilar, ular 
tayyorlanayotgan qo‘zg ‘alon to ‘g'risida bevosita gaplar aytilayotgan 
chog‘da u haqda gapirdilar. Shu bois menda bu ishga Mirkomilning 
ham aloqasi bordek fikr tug‘ildi, men u bilan shaxsan tanish emasman,
314
www.ziyouz.com kutubxonasi


ammo uni Andijonda yashayotganimda, erim Moskva Savdo bankida 
xizmat qilayotganda koiganm an».
Bu Ugryumova bilan o ‘tkazilgan so‘roq bayonnomasining 
bir nusxasi rayon muhofaza boiim idagi Mirkomilga ochilgan 
ish haqidagi m a’lumotni qo‘shib, 1914 yil 5 avgustda polisiya 
departamenti direktoriga va Turkiston general-gubemator kanselyariya 
boshqamvchisiga taqdim etiladi.
1915 yil 10 yanvarda kelgan agentura m a’lumotida Mirkomil 
mslarga nisbatan juda ham dushmanlik kayfiyatidaligi qayd etilgan.
Uch yil muqaddam tergov b o iim i Mirkomilning uyida tintuv 
o ‘tkazadi. Ish uchun zam r bo‘lgan hujjatlar sandiqda saqlangan, uning 
kaliti Mirkomilning aytishicha, yo‘qolib qolgan sandiq muhrlanib 
uning uyida qoldirilgan, biroq ertasi kuni sandiq ochilganida unda 
hech narsa topilmagan.
1915 yil 4 noyabrda Toshkent shahrida Turkiston general- 
gubematorligi Mirkomil M irmo‘minboevni davlat jinoyatchisiga 
daxldorligi haqidagi m a’lumotni olib, uni davlatni himoya qilish 
to‘g ‘risidagi 1881 yil 14 avgustdagi Nizomiga asoslanib Toshkent 
viloyat turmasidagi alohida xonaga qamashga qaror qilinadi va bu 
qaror bilan shaxsan Mirkomil M irmo‘minboevni tanishtirish kerakligi 
ko‘rsatiladi.
Bu haqda Turkiston rayon muhofaza boTimi boshlig‘i podpol­
kovnik Volkov xabar qilgan.
1915 
yil maydagi agentura m a’lumotida podpolkovnik Prigara 
paxta operasiyalari bilan shug‘ullanib ketma-ket o ‘zining ishlari 
bo‘yicha Farg‘ona viloyatlari qishloqlariga kelib ketayotgani, mahalliy 
kishilami Germaniya musulmonlaming haqiqiy himoyachisi eka- 
niga ishontirib, shu bois musulmonlar o ‘zlarining asriy dushmani 
ruslarga qarshi qo‘zg ‘alon qilishlari kerakligi, oqibatda ularning 
zulmidan xalos b o ‘lishlari mumkinligini targ‘ib-tashviq qilgani qayd 
etilgan.
Fon-Kegel mahalliy tilni yaxshi bilgan va mahalliy boy kishilarga 
ta ’siri bo'lgani ham hujjatda ko'rsatilgan.
Andijon uezdi boshlig'ining bu xatiga 16 mayda Turkiston rayon 
muhofaza bo'lim i javob qiladi. Unda xatdagi hech qanday faktik 
material bilan tasdiqlanmagan dastlabki m a’lumotlarni tekshirish 
uchun b o ‘lim ofiserini yuborishning imkoniyati yo‘q, bu ish yuzasidan 
hozirgi vaqtda hech qanday tergov harakatlari olib borish mumkin 
emas. Uezd boshlig'i qo'lidagi dastlabki m a’lumotlar yashirin y o ‘1 
bilan batafsil tekshirib chiqilgandan so‘ng bu ishda aniqlik topilsa, 
u haqda b o iim g a xabar qilinsa, shunda rayon muhofaza bo‘limidan
315
www.ziyouz.com kutubxonasi


zarur miqdordagi xodimlar Andijonga yuborilishi mumkinligi 
aytiladi.
Turkiston 
general-gubematori 
mahkamasi 
boshqaruvchisi
1911 yil 26 maydagi 633 sonli xatida hamda Buxorodagi Rossiya 
imperatorligi Siyosiy Agentligining o ‘sha yili 20 maydagi 122-sonli 
xatida polisiya amaldori Volmak tomonidan eski Buxoroda tintuv, 
keyin tergov o ‘tkazilganida Buxoroda va Turkiston o ‘lkasida 
islomchilik va turkchilikni targ‘ibot qilishni maqsad qilib olgan 
bir qator komitetlar tashkil etilgani, bunday tashkilotlar Q o‘qon. 
Samarqand, Andijon va boshqa shaharlarda faoliyat olib borayot- 
gani, Andijon komitetining rahbari Mirkomilboyligi, uning bir 
k o ‘zi k o ‘rmasligi qayd etilgan.
Agenturaning yana bir axboroti ham qiziq. «Mirkomil aqlliy 
odam, epchil, chapdast, uddaburon, ayyor, ruslarga nisbatan juda ham 
dushmanlik kayfiyatida, buni yashirib bo im aydi, buni undagi ms 
xizmatchilar (misol uchun Timofeev) ham isbotlaydi, uni tekin malay 
va ablah mslardan deb aytgan.
Mirkomil Andijonga tramvay keltirish uchun m hsat olish 
orqasidan yuribdi, tramvay sotib olish uchun chet elda Abdulla 
Maxsum b o id i. Natijasi m a iu m emas. Gubematorga yaqin turgan 
mahalliy m a’muriyat amaldori uni himoyasiga olmoqda. Mirkomil 
ochiqdan-ochiq musulmon boylari orasida o ‘z hukmronligi bilan 
maqtanadi, hatto uezd b o sh lig i podpolkovnik Ivanovni joyidan 
haydab yuborgani, bu uning shaxsiyati uchun ko‘ngilsizlik b o ig a n
edi.
Barcha tuzemlar har doim m a’muriyat sudlov ishlar b o ‘yicha 
o ‘z tilmochlari orqali pulga yashirin spravka (m aium otnom a) yozib 
berayotganliklaridan boxabar. Bundaylar Sulaymon Kelginboev va 
Yusufjon Chorishevlardir. Mirkomilda Abdulhokim Maxsumning 
tovlamachilikda ayblangani haqidagi xalq sudining hukmi bor va u 
bu qaromi Maxsumga zarurat qolmaydigan vaqtgacha saqlab va 
doimiy ravishda uni sud hukmini ijro etish bilan q o iq itib turmoqda.
Mirkomil Andijondagi yerlilar orasidagi nufuzli odam, 1912 
yilda b o is a kerak, u to ‘y qilgan, unda bir necha m slar ham ishtirok 
etishgan va bu joyda ulami mazah qilgan. To‘ydan keyin yashirin 
uylardan birida ichib mast b o ia d i. atrofiga buzuq ayollami to'plab 
oladi va ular bilan ko‘chaga chiqib dod-voy soladi va janjal- 
to'polon koiaradi. 0 ‘tib ketayotgan pristav Bajenov so ‘z orqali 
haqoratlanganidan so‘ng Mirkomilni qamoqqa oladi. Bundan Andijon 
uezdi b o sh lig i yordamchisi, hozirda Skobelevda uezd b o sh lig i 
yordamchisi Lebedev shahardagi nufuzli va boy b o ig a n i uchun
316
www.ziyouz.com kutubxonasi


telefon orqali zudlik bilan Mirkomilni ozod qilishni buyurgan. Chunki 
Lebedev Namangandagi ko‘chmas mulk hisobidan Mirkomildan 
garovga 5000 rubl olgan edi. Bundan notarius voqif bo'lgan. Bundan 
xabar topgan uezd boshlig‘i podpolkovnik Ivanov 64-modda bo‘yicha 
Mirkomilni 14 kunga hibsga olishga buyruq bergan. Biroq Mirkomil 
Lebedevning ko‘magi bilan yashiringan, tergov qabulxonasiga 
berkinib olgan, uning yordamchisi Sulaymon yordami bilan tunda 
otlarda Asaka stansiyasiga ketadi va u yerdan poezd bilan Skobelev- 
ga, gubematorga kelgan. Otlami Sulaymon va Lebedev topganlar.
Mirkomil gubemator Gippiusga podpolkovnik Ivanov undan 
pora sifatida 5000 rubl talab qilganini aytgan, lekin u bu m ablag‘ni 
bermagan, natijada qamoqqa olinib tergov, tekshirish va tintuv qilish 
belgilangan. Podpolkovnik buym g‘i bekor qilinadi. Mirkomilga 
berilgan 14 kunlik qamoqni gubemator hukumati uch kunga 
qisqartiradi, podpolkovnik Ivanovga xayfsan bergan, shunda unga 
nisbatan ta’zyiq boshlangan, tez orada amali pasaytirilib X o‘jandga 
ishga o ‘tkazilgan.
Mirkomilning m a’muriyatga ta’siri tufayli musulmonlar uchun 
nafratli va ziyonli kishi podpolkovnik Ivanovni Andijondan olib 
tashlangani bilan maqtangan.
Mirkomilda bir necha bor tintuv o ‘tkazilgan, bu tintuvlar 
tilmochlar orqali oldindan xabar qilib turilgan, prokuror nazorati 
ishtirokida ham tintuvlar o ‘tkazilgan. Yonmaydigan seyfdan veksel 
va yasama hujjatlami olib qo‘yish maqsadida o ‘tkazilgan ana 
shunday tintuvlardan birida xo‘jayinning o ‘zi bo‘lmaganligidan tintuv 
qiluvchilar tarkibi tintuv o ‘tkazilayotgan xonada mehmon b o ‘lishni 
xohlamay m a’lum vaqtga tashqariga chiqadilar. Shu vaqtda uyidagi 
sobiq xizmatchisida seyf kaliti bo‘lgan, hukumatdagilar yashirin 
holda seyfdan ayblov hujjatlarini olib, ulami hovlining bir joyiga 
yashirib qo‘yadi. X o‘jayin kelishi bilan tintuv natijasiz b o ‘lib 
chiqadi.
Andijon uezdi sobiq boshlig‘i podpolkovnik Ivanov M irkomil­
ning ko‘chadagi no‘maqulchiliklari uchun ikki haftaga qamoqqa 
olishga topshiriq beradi, biroq Mirkomil qamoqqa olingunga qadar 
yashirinib olib, arz bilan Farg‘ona harbiy gubematori huzuriga 
keladi. Bu ish bo‘yicha tintuv o ‘tkazish maxsus topshiriqlar bo‘yicha 
chinovnik Kroshkovga topshiriladi. U o ‘sha vaqtda Namangan 
shahrida uezd boshligi edi va u vakolatli shaxs. Mirkomildan 5000 
m bl pul olgan va ishni unga m a’qul boiadig an darajada bajargan. 
Podpolkovnik Ivanovning Mirkomilni qamoqqa olish to‘g‘risidagi 
qarori bekor qilinadi. Podpolkovnik Ivanov o ‘zi lavozimni tark
317
www.ziyouz.com kutubxonasi


etishga majbur b o ‘ladi. Uning o ‘miga uezd boshlig‘i etib polkovnik 
Yu.A.Brjeziskiy tayinlanadi. Mirkomilboy u bilan til topisha olgan 
edi1.
Mirkomilboyga o ‘xshash tadbirkor, vatanparvar va keng dunyo- 
qarashli yirik mulkdorlar Q o‘qon, Toshkent va boshqa shaharlarda 
ham bo‘lgan.
Mirzo Abdullaboy Isamuhammad o ‘g4i, Yusuf boyvochcha, 
Said Azimboy, Boqijon Dadajonov kabi yirik mulkdorlar shular 
jumlasidandir. «Turkiston viloyati gazeti» 1887 yil 14 avgust sonida 
Mirzo Abdullaboy xususidagi maqola diqqatga sazovor. U qay 
tariqa savodini chiqargani, fors va rus tillarini egallagani hamda 
tijorat bobidagi muvafaqqiyatlari haqida hikoya qilinadi. Mirzo 
Abdullaboyning Shayxovandtohur dahasi Tamovboshi mahallasidagi 
uyi savdogarlar, olim va shoirlar to ‘planadigan markaz ekanligi 
ta ’kidlanadi. Gazetaning 1914 yil 20 noyabrdagi sonida «Toshkentlik 
Mulla Yusufinng Rossiyaga sayohati», Tojimuhammad Tujjoming 
1900 yilda e ’lon qilingan «Sayohatnoma»si ham o ‘zbek savdogarlari 
dunyoqarashi va mafkurasi haqida keng tasavvur beradi2.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish