O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Muso Turkistoniy.
U lug‘ Turkiston fojiasi. Madina, 1979, 107-108-betlar.
2Ayblov xulosasidan. 0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 91-ish, 53-61-
varaqlar.
448
www.ziyouz.com kutubxonasi


14 
may kuni kechqurun Muhammad Ali xalfaning uyida ken- 
gash bo‘lib, unda Farg‘ona viloyatining turli b o ‘lislaridan kelgan 
kishilar qatnashdi. Kengashda eshon m a’lum qilgan rejaga binoan 
vodiydagi uch shahar - Andijon, M arg‘ilon va 0 ‘shdagi harbiy 
lagerga bir kunda hujum qilinishi kerak edi. Bu hujum muvaffaqiyatli 
tugasa, Q o‘qonni ham olib, vodiyda xonlik tuzumi tiklanardi. 
So‘ngra mustamlakachilar Samarqand, Toshkent va Chimkentdan 
ham hay dab chiqarilardi.
Oradan ikki kun o ‘tgach, yana eshon xonadonida kengash 
bo‘lib, unda mingga yaqin odam qatnashdi. Shu kengashda, qo‘z- 
g ‘alonning qachon boshlanishiga va eshonning o ‘n to ‘rt yoshli jiyani 
Abdulaziz (Musulmonqul) xon qilib ko‘tarilajagiga kelishildi.
17 may kuni shorn namozida Tojik qishlog‘idagi masjidga juda 
ko‘p odam to ‘plandi. Namoz paytida eshon xalqqa murojaat qildi: 
Bu murojaat Muso Turkistoniy asarida quyidagicha aks ettiriladi: 
«Ey muhtaram musulmonlar! Ey birodarlar! Hammangizga m a’lum- 
dirki, yurtimiz musulmon, el musulmon, xalq musulmon, xon mu- 
sulmon, shariatning hukmi joriy, amri nofiz edi. Hukumatni Alloh 
taolo o ‘zi biladur, kofirlami musallat qildi, yurtimizga o ‘rus keldi. 
Xudoyorxon o ‘miga Kaufman, Umarxon taxtiga Chem ayuf o ‘ltirdi. 
Farg‘ona xonligi yerida Moskva xonligi - oq podshoh hukmron 
b o ‘ldi.
0 ‘rus vatanimizni istilo etdi. So‘ng tilimizga istilo qildi. Sekin- 
asta dinimizga istilo qilmoqga boshladi. Bilasizlarki, musulmonlar- 
ning axloqi buzildi. 0 ‘risning kelg‘oniga o ‘ttiz yil to ‘lmay, 
musulmonlar riboga odatlandi, halol-harom farq qilmas bo‘ldi. 
Qozilarimiz bo‘yniga but taqadig‘on b o ‘ldi. Xulosa, shariatimiz xor, 
musulmonchilik g ‘arib bo‘ldi. Hurriyatimiz g ‘oib bo‘ldi, istiqlolimiz 
mahv b o ‘ldi, o ‘zimiz o ‘tmas, so‘zimiz kesmas b o ‘ldik. Ey voh!..
Ey musulmonlar! Bunga sabab o ‘zimiz b o id ik . Bu holimizga 
Alloh ham rozi emas, Rasul ham rozi emas. Bu asorat va mahku- 
miyat-ga kimsa rozi emas, ins ham, jins ham rozi emas. Ey birodarlar, 
tek turaversak, bu kofir yana battar qiladur. Voy bizning holimizga!
Tarixda o ‘tgan muazzam bir saltanat qurg'on qahramon 
pahlavonlar avlodimiz - bu zillatga hech qanday zireh chidamas. 
Qani bizdagi shijoat, qani ajdodlarimizdagi basolat, Sizlarga nima 
b o ‘ldi?
... 400 olimimiz bordir, hammasi musulmon, hammasi turk, 
hammasining ismi Muhammad. Hammasi hanafiy mazhabdir. Bu 
ismda, bir mazhabda, bir qabristonda bu qadar olimlami to ‘plagan 
Turkistonni dini taqdimda, din odimlarini yetishtirishda na darajada 
xizmatlari sabqat etganligi o ‘quvchilar diqqatiga arz o ‘rindur.
15-1796
449
www.ziyouz.com kutubxonasi


Jahon tarixida, yer yuzida, ko ‘k yuzida bu misli k o ‘rilm og‘ondir. 
Turkistonliklar har qancha ifitixor etsa arziydur, bajodur, ey 
birodarlar! Bizlar shundoq ajdodning nabiralarimiz. 0 ‘luk uyqusida 
uxlaysizmi?!» - deb hazrat eshonning so‘zi bu joyga kelg‘onda zori 
boshlandi. Hozir turg‘onlar h o ‘ng-ho‘ng yig‘lash bilan eshonning 
amriga omoda ekanliklarini bildirdilar. Alam ing hayajonlarini 
bosish uchun hazrat eshon so‘zida davom etdi:
Ey musulmonlar, ey xudoning bandalari, ey payg‘ambar ummati! 
Chin m o‘min b o ‘lsangizlar, sizlarga jihod lozimdur, jihod! E ’tiqod 
Alloh y o ‘lida jihod qilamiz, o is a k - shahid, o ‘ldirsak - g ‘ozi b o ‘la- 
miz. Jihod qilmaguncha yelkamizga mingan bu ro ‘dapo o ‘rusdan 
qutulish y o ‘q.
Ey m o‘minlar, ko‘zingizni oching! G ‘aflatdan bedor b o ‘ling! 
Kofirlardan huquqimizni olaylik.
Ey birodarlar, hurriyatimizni olaylik, o ‘z Vatanimiz, o ‘z 
yurtimizda o ‘zimiz hukumat quraylik. Buning uchun bizdan g ‘ayrat 
istaydur, himmat istaydur, xohi jihod istaydur, fiysabillilloh jihod 
vaqtikeldi!
Hayyu a ’lal jihod!
Hayyu a ’lal falah!
Shu holda xonaqohni to ‘ldirgan musulmonlar «Jihod! Jihod!... 
Jihodga hozirmiz, molimiz, jonim iz jihodga fido b o ‘lsin. Hazrat 
eshon, amringizga hozirmiz!» deb bir ovozdan baqirdilar.
Hazrat eshon yana so‘zga og‘iz ochdi:
- Borakalloh, borakalloh, shundoq xizmat lozim Alloh yo‘lida.
So‘ng eshon shahid b o ig a n lar o ‘luk emasdur, alar tirikdur,
degan mazmunni ifodalovchi ushbu oyatni o ‘qidi: «Valatakulu 
liman y o ‘qtalu fisabialillohi amvatun bal ay ahysun va laekin la 
tishuruna». Ey birodarlar, ajal bordur, qirq yil qirongarchilik b o ‘lsa 
ham ajali yetgan o ‘ladur, xudo rizosi uchun jihodga hozir b o ‘linglar.
Hayyu a ’lal g ‘azo, hayyu a ’alal falah, hayyu a ’lal jihod! Allohu 
akbar! Alloxu akbar! Allohu akbar!»1.
Bu kalimani hamma barobar takrorladi. Hazrat eshon nutqi 
oxirida:
- Hammangiz hozirlaning, bu kecha huftondan keyin Hujum! -
dedi.
Keyin yaqin qishloqlarga chopar y o ‘lladi, hazrat eshon amrlari 
bilan jihod fiysabililloh e ’lon qilindi. Choparlar kimki musulmon 
b o ‘lsa, bu oqshomdan qolmay jihodga hozir b o ‘lsin!», deb nido 
qilishdi.


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish