Til orqaga biroz oldiga siljigan: [ a:, u ]
Tilning vertikal harakatiga ko’ra unli tovushlar quyidagidek:
Ochiq unlilar (til qattiq tanglay tomoniga ko’tarilmadi, erkin holatda pastki tishlar asosida joylashgan): [ a:,ɔ,ᴧ,ӕ ]
Yarim ochiq unlilar (til biroz qattiq tanglay tomoniga ko’tarilgan): [ е,ә:,ә,ɔ: ]
Yopiq unlilar (til qattiq tanglay tomoniga ancha ko’tarilgan,ammo qattiq tanglayga tegmaydi,ya’ni to’siq hosil qilmaydi): [ i:,u,u:,i ].
Unli tovush hosil qilinganda,lablar ishtirokiga ko’ra unlilar:
Lablangan: [ ɔ,ɔ:,u,u: ]
Lablanmagan:[ i:,i,e,a:,ӕ,ә:,ә ] bo’ladilar.
Lablangan unlilami talaffuz qilish jarayonida lablar doira shaklga keladilar,ammo cho’chchaymaydilar.
Ingliz unli tovushlari cho’ziq va qisqa bo’ladilar va cho’ziq tovushlar qisqa tovushlarga nisbatan ko’proq vaqt talaffuz qilinib, til talaffuz jarayonida orqa tomonga biroz siljiydi.
Qisqa unlilar o’zbek unlilaridan ikki marta qisqa talaffuz qilinadilar: [ i, e , ә, u, ᴧ, ә, ӕ ]
Cho’ziq unlilar o’zbek unlilaridan ikki barobar cho’ziq talaffuz qilinadilar: [ i:,a;,ɔ:,u:,ә: ].
Do'stlaringiz bilan baham: |