O’zbekiston respublikasi o’rta maxsus va oliy ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»



Download 232.22 Kb.
bet1/2
Sana08.09.2017
Hajmi232.22 Kb.
  1   2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI O’RTA MAXSUS VA OLIY TA’LIM VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha

prorektor, professor

Teshayev O.R.______

«____»___________2012 yil
Kafedra: Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya
Fan: Travmatologiya-ortopediya

4-kurs Tibbiy profilaktika fakulteti uchun


YaGONA USLUBIY TIZIM
Skolioz va tug’ma deformasiyalar.

TMI - Tug’ma va ortirilgan ortopedik kasalliklar.


9 MAVZUSI bo’yicha amaliy mashg’ulot




T A ‘ L I M T E X N O L O G I YA S I

Toshkent - 2012



Tuzuvchilar:

Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya

kafedrasi mudiri: t.f.d. Karimov M.Yu.

O’quv ishlari buyicha mas’ul ass., t.f.n. Salohiddinov F.B.


Ko'rib chiqildi va kelishildi.

Azizova F.X.- TTA o'quv bo'limi boshlig'i, professor
Muhokama qilindi va tasdiqga tavsiya etildi

TTA "Tibbiy-profilaktika fanlari

siklopredmet seksiyasi" raisi, professor______________ B.M. Mamatqulov
"_____" _____________ 2012 yil

Mashg’ulot № 8

O`QUV MASHGULOTIDA TA`LIM TEXNOLOGIYASI MODELI

Mavzu: Skolioz va tug’ma deformasiyalar.

TMI - Tug’ma va ortirilgan ortopedik kasalliklar.

Ta`lim berish texnologiyasi (amaliy mashg`ulot)

Vaqt: 225 minut (5 soat akadem soatlarda)

Talabalar soni:10-12

O’quv mashg’ulotining shakli va turi

Amaliy mashg’ulot

O’quv mashg’ulotining tuzilishi

1. Kirish qism

2. Nazariy qism

3.Analitik qism:

-Loyiha proyekti

-Testlar

4. Amaliy qism.



O’quv mashg’uloti maqsadi:

Talabalarni skalioz va tug’ma deformatsiya etiologiyasi, patogenezi, klinik ko`rinishini, erta simptomlarni aniqlash, tashxis qo’yish, davolash usullari va profilaktikasi bilan tanishtirish.

Talaba bilishi lozim:


  • Skalioz haqida tushuncha berish.

  • Tug’ma deformatsiyaga tushuncha berish.

  • Skaliozning formalarini bilish.

  • Skaliozning birinchi ko`rinishini bilish.

- Skalioz va boshqa ortirilgan kasalliklarni davolash usullarini

bilish.


- Skaliozning profilaktikasi

Talaba bajara olishi lozim:


Amaliy mashulotlarni bajara olishi: skolioz bilan og’rigan bemorga gipsli korset yasash.

Pedagogik vazifalar:

Skolioz va tug’ma deformastiyalarni o’rgatish;

birlamchi dispanserizastiyani tashkil etish;

erta simptomlarni aniqlash usullari;

UASh uchun o’rni va ahamiyatligi.


O’quv faoliyati natijalari:

Skolioz va tug’ma deformastiyalar ko’rsatadilar;

Skolioz va tug’ma deformastiyalar turlari tasniflaydilar va bilimlarini shakllantiradilar, tashxis qo’yish;

Skolioz va tug’ma deformastiyalar klinik tekshirish;

- birlamchi dispanserizastiyani o’rni va axamiyatini tartibli ravishda ochib beradilar.



Ta’lim usullari

Ruchka stolning o`rtasida” o’yini, ma’ruza, axborot berish, namoish, interaktiv ish o’yinlari. Loyiha proyekti

Ta’lim shakli

Jamoaviy, guruhlarda ishlash («Ruchka stolning o`rtasida »), yakka tartibli

Ta’lim vositalari

Amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun: rengent tasvirlar, skelet, jarroxlik anjomlari.

Yangi axborot texnologiyasi vositalari, ko’rgazmali qurollar, videofilmlar.

Ta’lim berish sharoiti

Guruhli shakllarda ishlashga mo’ljallangan xonalar

Monitoring va baholash

Og’zaki so’rov: tezkor-so’rov, yozma so’rov: test


Skolioz va tug’ma deformasiyalar o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqich-lari va vaqti

225 daq


Faoliyat

ta’lim beruvchi

ta’lim oluvchilar

1-bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish

10 daqiqa

5 daqiqa


    1. Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar: shikast turlari, klinikasi, profilaktikasi va davosi to’g’risida tushuncha beradi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.

    2. Adabiyotlar ro’yxatini beradi (ilova №9)

    3. Talabalarni aqliy hujumga tortish uchun jonlantiruvchi savollar beradi. Amaliy mashgulot rejasi va tuzilishiga qarab ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibi bayon qilinadi.

1.4. Amaliy mashg’ulotda talabalar faolligini baholash mezonlarini e’lon qiladi (ilova №5):




Tinglaydilar va yozib oladilar.

Tinglaydilar va yozib oladilar


Savollarga javob beradi.

Tinglaydilar


2-bosqich.

Asosiy qism

30 daqiqa

5 daqiqa
45 daqiqa


40 daqiqa


15 daqiqa
45 daqiqa
5 daqiqa

45 daqiqa


20 daqiqa




2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida mavzuning asosiy tushunchalari bo’yicha tezkor-so’rov o’tkazadi

2.2. Loyiha materiallarini muhokama qilishni tashkillashtiradi, ishlash qoidasi, vaziyatlarni tahlil qilish chizmasi, muammolarni ifodalanishiga e’tibor berishlariga qaratadi

Tanaffus
2.3. Vaziyatni mustaqil tahlil qilishni, muammoni ifodalashni, yechish yo’llarini aniqlashni, so’ngra uni yechish topshirig’ini beradi( Ilova№3).
Tanaffus
2.4. Testlarni yakka tartibda ishlaydilar

2.5. Talabalarga ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish

(slaydlar, prezentastiya, videofilmlar va bq.), ularni izoxlash
Tanaffus

2.6. Talabalarga amaliy ishning rejasi va qadamma- qadam bajarilishi tushuntiriladi.

2.7. Talabalar o’z qo’llari bilan amaliy ishni mustaqil bajarishadi va natijalarni daftarlarga bayonnoma tarzida yozishadi.

2.8. TMI mavzusi e’lon qilinadi va muxokama qilinadi


Kasallik tarixi yozish uchun bemorlar kurastiyasi va muxokama kilish.

Savollarga javob beradilar.
Muhokama qiladilar, aniqlashtiruvchi savollar beradilar

Amaliy qism materiallarini muhokama qiladilar,

aniqlaydilar, savollar beradilar.

Mustaqil ravishda tahlil qilish varag’ini to’ldiradilar, muammoni echadilar.

Vaziyatli masalalarni muhokama qiladilar

taqdimot qiladilar boshqa talabalar munozarada ishtirok etadilar, savollar beradilar



3-bosqich.

Yakuniy


10 daqiqa

3.1. Xulosa: Mavzu bo’yicha xulosa qiladi.

3.2. Faol talabalar baholanadi Gurux bo’yicha baxolash mezonlari e’lon qilinadi

3.3. Mustaqil tayyorgarlik ko’rish uchun savollar va topshiriqlar beriladi


Tinglaydi

O’z o’zini baholaydilar.

Savollar beradilar

Topshiriqni yozadilar








1.Kirish qism:
1.1 Mashg’ulotni o’tkazish joyi va jihozlanishi:

  • Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya auditoriyalari.

  • Amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun: rentgen tasvirlar, skelet, gipsli bog’lamlar, bint.

  • Yangi axborot texnologiyasi vositalari, ko’rgazmali qurollar, vedieofilmlar.






1.2 Motivatsiya

Dars olib borishda talabalar skalioz va tug’ma deformatsiya kasalliklari etiologiyasi, patogenezi, klinik kechishi, bundan tashqari skalioz haqida tushuncha tug’ma deformatsiya va skaliozning formalari, skaliozning birinchi ko`rnishi skalioz va ortirilgan deformatsiya, skaliozning rivojlanishi, davolash usullari va profilaktikasi haqida bilib oladilar. Bu mavzu orqali talabalarga UASH ish faoliyatida uchrovchi bu kasalliklar bo’yicha amaliy ko’nikmalar shakllantiriladi va ish faoliyatini to’g’ri tashkillashtirishiga yordam beradi. Talabalar skalioz va tug’ma deformatsiyalar mavzusi haqida to’liq tasavvurga ega bo’lish va to’liq ma’lumotga ega bo’lish bu kasalliklarni davolashni to’g’ri olib borish va zamonaviy davolash usullarini ishlab chiqish hamda kasalliklarni oldini olishga yordam beradi.




1.3. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik:

Ushbu mavzu bo’yicha talabalarni o’qitish odam anatomiyasi, topografik anatomiya va operativ jarrohlik, radiologiya bilimlariga asoslangan.






2. Nazariy qism:

2.1 Mashg’ulotning qisqacha mazmuni.


QAD-QOMAT NUKSONLARI. SKOLIOZ QOMAT NUQSONLARI

Tog`ri stomat bosh va umurtqa pog’onasining to’g’ri holati, dumba burmalarining simmetrik joylashishi, umurtqalar qirrali o’simtalarining tik xolati, yonbosh suyagi qirralarining gorizontal joylashishi, sagittal sathda umurtka pog’onasining to’g’ri fiziologik

egik oyoq uzunligining bir xilligi va oyoq, panjalarining tug`ri holati bilan tavsiflanadi (287-rasm, /).

Qomatning patologiyasini aniqlash usullari juda ko’p bo’lib, amaliy ish uchun bola qomatining fochanokuratini olish kifoya qiladi.

Qomatning asosiy nuqsonlari quyidagilardir:



Bukchaygan orsta (287-rasm, II) — umurtqaning ko’krak qismidagi fiziologik kifozning kattalashishi, bel lordozi va chanoq yotiqdigi



Dumalost orqa — ko’krak qismida kifozning kattalashishi umurtka pogonasi bel sohasi lordozi bilan uygunlashadi (287-rasm, 111).

Yassi orqa — umurtqaning bo’yin va ko’krak qismidaga egikliklari uncha ko’zga tashlanmaydi, bel lordozi to’liq tekislanib ketadi. Yassi va yassi-botik orqada tananing o’qi umurtqa pog’onasi bo’ylab o’tadi (287-rasm, IV). Bu turdagi qomat ko’proq; skolioz deformastiyasiga moyil.

Kifoz — umurtqa pog’onasi ko’krak qismining VII ko’krak umurtqasida orqa tomonga ko’proq bukilishi. Bola ko’zdan kechirilganda frontal sathda umurtqalarning qirrali o’simtalari o’rta chiziqdan qisman o’tganligini aniqlash mumkin (287-rasm, V).

Asimmetrik qomat — mushaklarning taranglashishi hisobiga to’g’rilanuvchi umurtqa pog’onasining frontal sathi bo’yicha funksional zaif og’ishi. qomatning bu turdagi buzilishi darajali skoliozdan rentgen suratida aniqlanadigan o’zgarishlarning umurtqada yo’qligi bilan farqlanadi.

Qomatning buzilishini aniqlashda bola organizmida mavjud bo’lib, muvozanatga ta’sir qiluvchi patologiyaga (ko’rishning yomonligi, quloqlardan bittasining garangligi, nafas olishning buzilishi) ahamiyat berish kerak. Bolalarda harakat faolligining o’zgarishi natijasida (o’qish boshlanib, maktabda o’qiy boshlaganda) va juda tez o’sish, jinsiy balog’atga yetish davrida qomatning buzilishi yuzaga keladi va rivojlanadi.

Organizmda hech qanday patologik o’zgarishlar bo’lmasdan qomat buzilgan bo’lsa, shifokor, eng avvalo, uning sababini (katta bo’g’imlarning kontrakturasini aniqlashdan boshlab) topishi kerak

Katta bo’g’imining kontrakturasi asosan shu siz ko’zga yaqqol tashlanadigan bel lordozi namoyon bo’lmasligi uchun qo’lni yuqoriga ko’tarish qobiliyati yo’q, olganda katta ko’krak mushaklarining refaksiyasi tufayli paydo bo’ladi. Kontrakturani aniqlashning to’g’ri yo’li quyidagacha: bolani taburetkaga (kursiga) o’tkazib, yelkasini devorga markam qisib qo’yiladi. Undan keyin bolaning ikkala qo’li yuqoriga ko’tariladi. Shunda bel lordozi aniqlanadi, ko’tarilgan qo’l bilan devor orasidagi burchak o’lchanadi. Bu elka bo’g’imi kontrakturasining darajalardagi o’lchovini aniqlash imkonini beradi (288-rasm).

Ko’krak bo’limi uzoq, vaqtgacha patologik holatda bo’lganda fiksatsiyalangan ko’krak kifozi paydo bo’ladi, uni bemorni yotgan holatidan o’tirish holatiga o’tkazilganda aniqlanadi. Tekshiruvchining ko’krak bo’limi ostiga ko’yilgan qo’li to’g’ri o’siqlar orasidagi odatdagi harakatchanlikni sezmaydi, ko’krak bo’limida esa rotatsion xarakatlar bo’lmaydi.



Chanoq-son bo’g’imlari kontrakturasiga katta dumba mushaklari kuchsizligi, sonni yozuvchilarning giperfunkstiyasi yoki kuymich-son (bertini) boylamining qisqarishi sabab bo’lishi mumkin.

Chanoq-son bo’g’imi kontrakturasi Tomas simptomi bilan tekshiriladi. Buning uchun bemor chalqancha yotgan xolatda bukilgan oyog’ini qorniga qo’yadi, shunda son oyoq kontrakturaning burchagicha ko’tariladi.

Mahkamlangan bel lordozi ikkala oyoq bir vaqtda ko’taril-ganda lordoz yuqolganida va ularni qoringa tortilib qisilgan holda tekshiriladi.

Qo’ymich-tizza mushaklarining kontrakturasi ko’p kuzatiladi, bunga ikki boshli, yarmi payli, yarmi pardali son mushagining qisqarishi sabab bo’ladi. Bu patologiyaning o’ziga xos simptomlari: bemor turgan

holda qo’l panjalari uchini polga tekkiza olmaydi yoki oyog’ini uzatib polda o’tirganda qo’li oyoq, panjalariga yetmaydi (289-rasm). Ba’zi vaqtda ko’krakning quyi qismida ko’zga ko’rinadigan kifoz hosil bo’ladi.

Patologik qomatga olib keluvchi sinib egilgan kontrakturalar ko’pmi-ozmi xolatga, ba’zan ko’krak qafasi va qorin bo’shliqidaga a’zolarning faoliyatiga ta’sir qiladi.



Patologik qomatni aniqlash uchun V.Dega tomonidan 31 test-savollar taklif qilingan. Bunda bemor to’g’risidagi umumiy ma’lumotdan (bo’yi, tana og’irligi va boshqalar) tashqari, maxsus tekshirish natijalari va ko’rinadigan o’zgarishlar (qorinning katta-kichikligi, oyoq panjasi gumbazining yassilanishi va boshqalar) kirgan bo’lib, tekshirish funksional (o’pkaning hayotiy sig’imi va boshqalar) testlar bilan to’ldiriladi.

D a v o l a sh. Ortopedik davolashning maqsadi — «xushqomatlik xissini» singdirishdir. Buning uchun

bola qomatini o’zgartirishga majbur sabablarni yo’qotish (ko’z oynak yordamida ko’rishni yaxshilash, burui x.alkumini sanastiya qilish va boshqalar) kerak Bo’g’imlar kontrakturasini to’g’rilashga, krmatni rostlovchi mushaklarni mustaxkamlashga qaratilgan davolovchi badantarbiya mashki katta ahamiyatga ega. Badantarbiya deformastiya maxkamlanguncha yoki to’liqbartaraf kdlinmagunicha muntazam ravishda (odatda 16-18 yoshgacha) davom ettiriladi. Suzish mashgulotlari tavsiya etiladi. Bunda bolaga o’z krmatining xolatini o’zi nazorat qilishi zarurliga uktiriladi.

SKOLIOZ

Skolioz (skolioz kasalligi) — umurtka pogonasining umurtka tanalarining majburiy aylanishi (rotastiyasi) bilan birga sodir bo’ladigan yon tomonga qiyshayishidir. Uning o’ziga xos xususiyati — bolaning yoshi va o’sishiga qarab zo’rayib borishidir.

Dispanserizastiya qilishda shifokorning oldida qomatning nuqsoni bilan skoliozni farqlash muammosi turadi. Differen stial tashxis qo’yishda, eng avvalo, ko’zga ko’rinadigan patologiyani bemorning o’zi yoki shifokor tomonidan bartaraf qilish va yotgan holatda qilingan rentgenofammada umurtqa pog`onasi qiyshayishining yo’qligidir. Haqiqiy skolioz hatto rivojlanishiningboshlang`ich bosqichida umurtka pogonasiga kuch ta’sirida va bemorning xolatiga bog’liq bo’lmagan deformastiyasi bilan tavsiflanadi.

Etiologiyasi va patogeneziga ko’ra skoliozning quyidagi: tug’ma (jumladan displastik), nevrogen, statik va idiopatik turlari farqlanadi.



Tug’ma skoliozning paydo bo’lishiga umurtqa suyak skeletidagi o’zgarishlar natijasida rivojlangan deformastiya: qovurg`alarning bir tomonlama sinostozi, qo’shimcha qovurg`a va yarim umurtka, qirrali yoy o’simtalarining sinostozi, umurtqa yoyi ildizlari nuksoni, bel-dumg’aza sohasining displaziyasi sabab bo’ladi.

Displastik skoliozning paydo bo’lishiga spondiloliz, umurtqa yoyi ildizlarining bitmasligi, bir tomonlama sakralizastiya yoki lyumbalizastiya sabab bo’ladi. Tug’ma kelib chiqishining umumiyligi etiologik jihatdan bu ikki tushunchani tug’ma skoliozning bitta turiga birlashtiradi.

Nevrogen skolioz asosan poliomielit bilan og`rish natijasida paydo bo’ladi. Uning sababi orqa mushaklari va qorin qiyshik mushaklari tomonidan muvozanatning buzilishidir. Shuningdek bundan tashqari, nevrogen skolioz guruhiga miopatiya, siringomieliya, neyrofibromatoz, spastik falajdan keyingi skoliozlar xam kiritiladi.

Statik skolioz aksariyat oyoq bo’g’imining shikastlanishi (ankiloz, son bo’g’imining tug’ma chiqishi va boshqalar) tufayli paydo bo’ladi va oyoqning kalta bo’lib qolishi natijasida umurtqa pog`onasining turg`un o’zgarishi sodir bo’ladi.

Idiopatik skolioz - eng ko’p tarqalgan bo’lib, kelib chiqishi hozirgacha noma’lum. Ayrim mualliflar raxitik skoliozni idiopatik skoliozga qo’shishadi. Lekin bir kator biokimyoviy jarayonlarning xususiyatlari idiopatik skoliozning asosida gormonal sabab borligini tan olishga imkon berdi. Ko’pchilik mualliflar esa bu turdagi skoliozda asab-mushak muvozanatining buzilishini e’tirof etib, kasallikning kelib chiqish sababi poliomielit yoki qandaydir neyrodistrofik (ayniqsa, mushak to’qimasida) jarayonda deb xisoblaydilar. Shuning uchun ba’zi ortopedlarning idiopatik skoliozni displastik va tusha skoliozlar bo’limiga kiritishga moyilliklari tushunarlidir.

Skoliozlar oilaviy (irsiy) va raxit tufayli paydo bo’lgan skoliozlarga bo’linadi.

Xozirgi vaktda M.V.Volkov, E.KNikiforova va AF.Kaptelinlar tomonidan taklif etilgan tasnif eng ma’kul tasnifdir. Ular skolioz bilan ogrigan xamma bemorlarni ikki guruxga: tuta va orttirilgan guruxlarga bo’ladilar. Tug’ma skoliozlarga umurtka rivojlanishining tug’ma anomaliyasi, bel-dumg’aza qismining displaziyasi, oilaviy skolioz va boshqalar, orttirilgan skoliozlarga esa raxitdan, falajdan keyingi statik va idiopatik skoliozlar kiradi deb xisoblaydilar.

T a sh x i s. Skoliozni aniqlash rivojlanishining erta bosqichlarida juda muhimdir, chunki o’z vaqtida boshlangan davo qiyshayishning oldini oladi. Anamnez yig’ilganda patologiyaning irsiyligi ehtimolligini aniqlash kerak Umurtka deformastiyasi qaysi yoshda payqalganligi, qanday rivojlanganligini bilish muhimdir.

Umurtqa pog`onasi deformastiyaga uchraganiga shubha bo’lgan bolalar tikturgan, yotgan va o’tirgan holatlarda tekshiriladi. Ektimol tug’ilgan deformastiyalarni aniqlash uchun mo’ljal suyaklarga: hamma umurtqalarning qirrali o’simtalari, kurakning pastki burchagi (qirrasi), kurakning yuqori qirralari, yonbosh suyagi qirrasi, o’mrov, to’shning bo’yinturuq chuqurchasiga rangli belgi qo’yib chiqiladi.

O’tirgan holatda chanoqqiyshiqligining bor yoki yo’qdigi aniqlanadi: umurtka pog`onasi bel lordozining darajasi, tananing yon tomonga o`sishi va umurtka pog`onasining yon tomonga qiyshayishi o’lchanadi.

Tik turgan xolatda qirrali o’simtalarning joylashishi baholanadi. Umurtka pog`onasining yon tomonga qiyshayishini aniqlash uchun VII bo’yin umurtkasi qirrali o’simtasining uchi sohasidagi teri ustiga uchiga tosh bog’langan ip leykoplaster yopishtirib qo’yiladi. Umurtqalar qirrali o’simtalarining bir tomonga qiyshayish darajasi, tosh bog’langan ipda santimetr bilan o’lchanadi. Agar skolioz bo’lsa, bir tomondagi elka sohasi ikkinchi tomondagidan baland turadi. Buni kuraklar va o’mrov suyaklarining joylashish sathidan bilsa bo’ladi. Kiyshayishning botik tomonidagi kurak burtiq tomondagi kurakka nisbatan kdorali o’simtalarga yaqin joylashgan bo’ladi. VII bo’yin umurtqasi qirrali o’simtasi uchidan kurakning burchagigacha bo’lgan masofa bo’rtib turgan tomonda botiq tomoniga nisbatan kam bo’ladi. Oldingi tomondan qaralganda to’sh suyagi xanjarsimon o’simtasining xolati va oldingi qovurg’a bukurligining bor-yo’qligi aniqlaniladi.

Tik turgan xolda, shuningdek oyoqlarning uzunligi, chanok-son, panja, tizza, bo’g’imlarining kontrakturasining bor-yo’qdigi aniqlanadi, lordozning o’zgarishi o’rganiladi, umurtqaning bel soxasidagi xarakatchanlik darajasi aniqlanadi. Deformastiyaning barqarorlik darajasini aniqlash uchun bemorni boshidan ushlab ko’tarib ko’riladi.

Bemor orqasi bilan yotgan ,olatda qorin mushagining funkstional holati, funkstiyasi, qoringa yotgan holatda qiyshayish yoylarining birlamchi va kompensatorligi aniqlanadi.

Rentgen surati, albatta, yotgan va turgan holatda 2 ta ko’rinishda olinadi.

Skolioz kasalligining og’irligi o’zgarish darajasiga qarab tavsiflanadi. Shu bilan birga, ba’zi ortopedlar buni klinik ko’rinishi va qiyshayishining og’ir-yengilligiga qarab, boshqalari esa rentgen suratlariga asoslanib, qiyshayish burchagi kattaligiga ko’ra darajani aniqlashadi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligida skoliozning V.D.Chaklin taklif qilgan tasnifidan foydalanadilar. Bunda: 1darajali skoli­oz — rentgen suratida yon tomonga 10° gacha og`ish va torsiya (qovurg’aning o’z o’qi atrofida aylanishi) ning boshlanishi bilan (290-rasm, a) tavsiflanadi; II darajali skolioz — ogish 11-25° gacha torsiya kompensator yoyining mavjudligi bilan namoyon bo’ladi.



Klinik jihatdan umurtqalarning torayishi natijasida hosil bo’lgan mushakli bolish, qovurg’adagi katta bo’lmagan bukurlikka (290-rasm, b) xosdir; III darajali skolioz- 25-40° atrofida yon tomonga og`ish va katta qovurg`a bukurligi mavjud bo’lgan, ancha yaqqol ko’rinadigan deformastiya va katta bukurlik Rentgen suratida qiyshayishning cho’kkisida ponasimon umurtqa aniqlanadi (290-rasm, v); IV darajali skolioz — umurtqa pog`onasi ko’krak qismi kifoskoliozi, yakkol ko’rinuvchi qovurg’a bukurligi, chanoq deformastiyasi, tana og`ishi balan tavsiflanuvchi tananing qo’pol deformastiyasi. asosiy qiyshayish burchagi 41-90° (290-rasm, g).

Qiyshayish burchagini aniqlashning juda ko’p usullari mavjud bo’lib, ular orasida Kobb usuli ko’prok qo’llaniladi. Bu usul qiyshayish yoyi so’ngga umurtqalari tomonidan tashkil topgan burchakni aniqlashga asoslangan. To’g’ri proekstiyadagi rentgen suratidan neytral (yoki betaraf) umurtqalar asosidan umurtqalararo bo’shliq. (yoki tirkish) ga parallel qilib ikkita chiziq o’tqaziladi. O’tkazilgan chiziklarga perpendikulyar tushiriladi. Perpendikulyarlar orasida hosil bo’lgan burchak umurtqa pog`onasining qiyshayish darajasini tashkil qiladi.

Tug’ma skolioz bilan tug’ilgan bolalarda nafas olish a’zolari va yurak qon tomir sistemalarida o’zgarishlar bo’ladi. Agar skolioz ko’krak qismida bo’lsa, deformastiyaga uchragan umurtqalar o’ziga birikkan qovurg’alarni ilashtirishi natijasida qovurg`alar bukuri rivojlanib, ko’krak kafasi deformastiyasi kelib chikadi.

Skoliozni davolashda ortopedlarning e’tibori asosiy qiyshayishni aniqlashga va uni to’g’rilashga qaratilgan bo’lishi kerak

Skolioz uzoq, vakt davolanmasa, mustahkamlanib, barqarorlashaveradi.

Deformastiyaning barqarorligini aniqlashning eng sodda usullari quyidagilardir: 1) qirrali o’simtalarni belgilab chiqib, so’ngra bemorni har tomonga (chap va o’ngga) qiyshaytirish (yoki egish); 2) kalladan tortib umurtqani cho’zish; 3) bemorni yonboshga (botik tomoniga) yotqizish; 4) qo’l bilan bo’rtib chikkan tomonni bosish; 5) rentgen suratini olish: a) yotgan va tikturgan xolatlarda olingan suratlarni solishtirish; b) o’tirgan va tikturgan, shuningdek egilgan holdagi suratlarni solishtirish.




Bunda: a — bemor yotgan xolatda olingan rentgen suratidagi qiyshayish yoyining kattaligi; a1bemor tik turgan xolatdagi o’sha burchak

A.I.Kazmin usuli bo’yicha deformastiya barkarorligi indeksini Xisoblash nisbatan ancha qo’lay. U yotgan va tikturgan xolatda olingan rentgen suratidan kuyidagi tenglama bo’yicha x,isoblanadi:

Barkarorlik indeksi 1 dan (deformastiya to’liqmustaxkamlangan) go 0 (kiyshiklik mutlak xarakatchan) gacha o’zgarib turadi. Odatda, indeks 0,3 dan 1,0 gacha o’zgarishi mumkin.

Skoliozda deformastiyaning kuchayishi bemorning yoshiga, kiyshayishning darajasi va turiga, shuningdek etiologiya siga xam bog’liq,. Deformastiyaning kuchayishi odatda bolaning juda tez o’sish davriga to’g’ri kelib, o’sish to’xtashi bilan tugaydi. Lekin bu xolat poliomielitdan keyin paydo bo’lgan skoliozga taallukdi emas, chunki bu xolatlarda u o’sish to’xtagandan keyin ham rivojlanishi mumkin. Demak bola kancha erta kasal bo’lsa, deformastiyaning kuchayish xavfi shuncha ko’p, kancha kech ogrigan bo’lsa, skoliozning rivojlanishiga sharoit shuncha kam bo’ladi. Skoliozning rivojlanishi bola o’sishi bilan kuchayib borib, eng yuqori cho’kkmsi balogatga etish davriga: kmzlarda 11-13 yoshga, o’gil bolalarda 14-16 yoshga to’g’ri keladi. Shu vaktdan boshlab rivojlanish darajasi asta-sekin kamayib borib, o’sish davrining oxirida (17-20 yoshlarda) tugaydi.

Bola o’sishining to’xtashini yonbosh suyagi kanotining (Risser zonasining) suyaklanish testiga ko’ra kuzatish mumkin, yonbosh suyagi bilan o’sish zonasining («o’rok»ning) to’liqbirikib ketishi o’sishning to’xtaganligidan dalolat beradi.

Elektromiografik tekshirish yoki mushaklarning xronaksimetriyasi mushak sistemasining xolatini aniqlash imkonini beradi. Neyrogen turdagi skoliozlarda bu juda muximdir.

Ko’pchilik mualliflar siydik va konning biokimyoviy ko’rsatkichlariga ko’p ahamiyat berishadi. Chunki ular kandaydir darajada skolioz kelib chiqishining sabablarini, ba’zan esa skoliozda bo’ladigan chukur o’zgarishlar (aminokislotalar va mukopolisaxaridlar almashinuvining buzilishi) va boshqalarni aniqlashga yordam beradi.

Kasallikning oldini olish va davolash. Skolioz rivojlanishining imkoniyatini xisobga olib va uning taxminan paydo bo’lish vaktini bilib, ko’pchilik xollarda esa uning kelgusida qanday kechishini bilgan xolda kasallikning oldini olish choralariga katta ahamiyat berish kerak

Bola 3 yoshga to’lgunga kadar uni to’g’ri ovkatlantirish, ochiq xavoda bo’lishi, uxlash gigienasi, bolani chiniktirish ex.timol tutilgan raxitning oldini olishda katta ahamiyatga ega. Jarayon rivojlanishga moyil bo’lsa, tana mushaklarini silash, vanna, gipsli yotokda yotish tavsiya etiladi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning yotok o’rni ularning bo’yiga to’g’ri kelishi kerak Bola qattiq tushakda boshiga kichkina yostik ko’ygan xolda uxlashi va bola yonboshi bilan yotganida kiyshayish yoyi ostiga bolishcha qo’yish kerak Maktab o’kuvchilariga jiddiy e’tibor berish kerak Chunki 7-9 va 12-14 yoshda skoliozning eng kuchli rivojlanish davri kuzatiladi. Agar kasallik kuchaymasa, ambulatoriyada davolash mumkin. Vakti-vakti bilan davolovchi badantarbiya mashki bilan (umurtka pogonasining boylam apparatini cho’zuvchi mashkdar mumkin emas) shugullanish kerak Sport bilan shugullanish foydali: changida yurish, basketbol va voleybol, suzish tavsiya etiladi. Maktablarda korrekstiyalovchi gimnastika bilan shugullanuvchi maxsus guruxlar tashkil qilish kerak Mashgulotlar krrniga, orqasiga yotgan, emaklagan xolda, tayok bilan bajariladigan mashkdar bilan birgalikda olib boriladi.

So’nggi 20 yil ichida dunyoning ko’p mamlakatlarida, shuningdek Mustakil Davlatlar xamdo’stligida skolioz kasalligi bilan ogrigan bolalar uchun maxsus maktab-internatlar tashkil qilinayapti. Bu maktablarda mashgulotlar bolalar biron jism bilan krringa yotgan xolda olib boriladi; tanaffus vaktida gimnastika mashklarini bajarishadi, kechasi gipsli yotoklarda uxlashadi.

Konservativ davolash. Skolioz kasalligini konservativ usul bilan davolashning maqsadi: kompensator kiyshayishni xosil qilish va dastlabki kiyshayishni tuzatish (redressastiya qilish) dir. Konservativ davolash usullari skolioz deformastiyasining katta-kichikligiga va barkarorligiga, mustaxkamligiga bog’liq..

Xayotining dastlabki 3 yoshida skoliozni davolashning asosiy usuli bolani to’g’ri yotkizishdan, gipsli yotokda tanasini korrekstiya xolatida max.kamlashdan iborat. Xaetining dastlabki oylarida doimo faqat shunday yotokda, kattarok bo’lganda faqat uxlagan vaqtida yotadi. Yosh bolalardagi skoliozning natijasi, odatda, yaxshi bo’ladi.

1-11 darajali skoliozda kasallikning oldini olish uchun ish joyini to’g’ri tashkil qilib, bola xayotida bo’lishi mumkin bo’lgan nokulay omillarni yo’q,otish kerak Stol va stullarning balandligi bolaning bo’yiga moe kelishi, yoruglik optimal bo’lishi kerak Bolalar qattiq, tekis erda yotishi kerak (matrastning tagiga fanerli taxta ko’yiladi). Sport mashgulotlaridan xarakatchan o’yinlar, kishda changida yurish, umurtkaning rotastion (buralish) xarakatlari bo’lmagan usulda suzish tavsiya etiladi.

Umurtka pog’onasini cho’zishga mo’ljallangan, ilgari qo’llanilgan funkstional davolash (davolovchi badantarbiya mashki) skoliozning o’sishini 2 marta zo’raytiradi.

Dinamik kuzatuvda skoliozning zo’rayishi sezilsa, bolani davolash o’kitish bilan birga olib boriladigan maxsus maktab-internatga yuborish kerak Bu maktablarda muolajalar kun davomida olib boriladi: bolalar maxsus yogoch yotoklarda yotib o’kishadi; badantarbiya mashki ko’p vaktni egallaydi. Shu bilan birga, xrvuzda cho’miladilar. Egiluvchi ortopedik korset (291-rasm), korrekstiyalovchi gipsli yotokdan foydalaniladi.

Ortopedik korsetlarning afzalligi shundaki, kasal korrekstiya kdpingan xalda korsetda bemalol yura oladi. Bolalar korsetni faqat


kechasi echadilar va detorsion yostikcha ko’yilgan gipsli yotokda uxlaydilar.

Fizioterapevtik davolardan tashqari, sanatoriy va kurortlarda davolanish x,am katta ahamiyatga ega.

So’nggi yillarda kiyshayishning bo’rtib chikkdn tomovddagi kuchsiz mushaklarning tonusini tiklash uchun kkchik mikdordagi impulsli toklardan foydalanish tavsiya etilyapti.

Konservativ ortopedik davolash (davolovchi badantarbiya, silash), fizioterapiya, sanatoriy-kurortda davolanish, shuningdek rastional ovkatlanish, medikamentoz terapiya ko’p lollarda, ayniksa, kasallikning boshlangich davrida yaxshi natija beradi.

Jarrohlik yo’li bilan davolash. Skoliozni jarrdaushk yo’li bilan davolashga II darajali zo’rayishda skoliozning uzoq, vakt konservativ davolashning muvaffakiyatsiz-ligi turtki bo’ladi. III va IV darajali skoliozlarda va kifoskoliozlarda umurtkani korrekstiya qilish va jarrohlik yo’li bilan mahamlash talab qilinadi.

Davolashning juda ko’p usullari taklif qilinganligiga qaramay, jarroxlik xar doim x,am kutilgan natijani beravermaydi. Skoliozni davolashda kuyidagi jarro?ushk usullari qo’llaniladi: umurtstaning pay-boylam apparatidagi jarrohlik ~ orqa qirrali o’simtalararo ustki va oralik boylamlarni, umurtkalararo bo’g’imlarning kapsulalarini kesish; disklardagi jarroxlik — disklarni deformastiya cho’kkisida diskotomiya, enukleastiya qilish; umurtsta tanalaridagi jarroxlik — Kazmin usuli bo’yicha panasimon rezekstiya qilish, epifizeodez.

Jarro)u1ikning bu 3 turi umurtka pogonasini orqa tomondan suyakli plastik mustahkamlash — metall konstrukstiyalar (Kazmin, Xarrington distraktori, Rodnyanskiyning plastinkasimon o’zini-o’zi to’krilovchi fiksatori) dan foydalangan x,olda to’g’rilash operastiyalari bilan birga olib boriladi.

Kobirga bukuri mavjud bo’lganda juda bo’rtib chikkan kovurgalar rezekstiya yoki torakoplastika qilinadi.

Kasallik etiologiyasini xmsobga olib, sanab o’tilgan usullarning ayrim komponentlarini o’z ichiga oluvchi jarro)u1ikning murakkab usullari qo’llaniladi.

Bolalar ortopediyasidan so’ng ular o’sish davri tugaguncha kompleks davolanishlari kerak.

TROPIZM VA UNING ANOMALIYALARI

Bel umurtqalari bo’g’im o’simtalarining tug’ma anatomik varianti bo’lib xisoblanadi. Rentgenologik ko’rinishda bo’g’imlar asimmetrik holatda ko’rinadi: umurtkalararo bo’g’imning bir tomoni sagittal holatda, boshqa tomoni frontal xolatda joylashadi. Tropizm anomaliyasiga umurtkalararo bo’g’imlar konfigurastiyasining o’zgarishlari ham kiradi: a) bo’g’imning bir tomonlama rivojlanmasligi (bir tomondagi bo’g’im normal rivojlangan yoki gipertrofiyaga uchragan, boshqa tomondagi bo’g’im o’simtasi o’smay kalgan); b) bo’g’imlarning kongruentlik polati buzilgan.

Tropizm ko’pincha ko’krak bel, V va I dumg’aza umurtkalari orasida uchraydi, kamrok IV va V umurtkdlari orasida, juda kam xollarda III va IV bel umurtkalari orasida uchraydi. Tropizm anomaliyasi taxminan 18-20% odamlarda kuzatiladi, ammo klinikasi keyinrok namoyon bo’ladi, buning sababi bel-dumg’azadagi orrikdarni aniq; tashxis kila olmaslikdir.

Tropizm anomaliyasida yumshoq to’qimalarda chandikdanish kabi o’zgarishlar, xatto suyaklanish xolati ham kuzatiladi, umurtkalararo bo’g’imlarni o’rab turgan to’qimalarda, bundan tashqari, osteofitlar, chashshklar umurtkdlararo teshikning ikkilamchi torayishiga sabab bo’ladi. So’nggi xolat ko’pincha asab tolalari (ildizlari) faoliyatining buzilishiga olib keladi.

Klinika. Tropizmda orik bel va dumg’aza soxasida, bemorlar og’ir yuk ko’targanda, ayrim xollarda shikastlanganda, uzoq, vakt sovuqda qolganda bel umurtkasining buqilishida paydo bo’ladi. Umurtkalar xarakatchanligi chegaralanib koladi, asosan bel umurtkalari sohasida. Tashki ko’rinshida qovurg’a yoyi bilan yonbosh suyagi kanoti oraligining kiskarib kolganligini kuzatish mumkin. Ayrim hollarda pay refleksining pasayib kolish holati kuzatiladi, bu asab tolasining bosilib qolishi bilan bog’liq.bo’ladi. Tropizmni aniqlash uchun uch ko’rinishda rentgen surati olinadi: bittasi to’g’ridan va ikkitasi yarim yonbosh holatida.

D a v o l a sh. Konservativ usulda asosan umurtka pogonasiga og’irlik tushishini kamaytirish — tortma o’rnatish va kasallik birinchi xuruj qilgan kunlari, albatta, yotib davolanish kerak Ayrim lollarda xuruj davrida umurtkaga tushadigan og’irlikni ikkita qo’ltiktayokda yurish bilan kamaytirish, qattiq yuza sat\i te kis bo’lgan joyda yotish, novokain bilan okriksizlantirish (asosan asab tolasi chikadigan joyiga yoki umurtkalararo teshik sohasiga) tayinlanadi. Parafin bilan bel umurtkalari soxasini o’rash, novokain yoki Parfenov aralashmasi bilan elektroforez, trilona B bilan fonoforez va V12 vitamini in’ekstiyalari.




Kasallikning o’tkir davrida igna refleks terapiyasi va manual terapiya yaxshi natija beradi. Albatta, bemor shtangachining charm kamarini bog’lab yurishi yoki Leningradda tayyorlab chiqarilgan korsetni kiyib yurishi kerak 5-7 kundan keyin massaj, LFK aloe, shishasimon tana bilan davo qilish kerak Kurort sharoitida balneologik vannalar kddish, ayniqsa, tarkibida serovodorod bo’lgan suvlar bilan yaxshi natija beradi.

Jarroxlik yuli bilan davolash umurtkalarni bir-biriga maxkam-lab ko’yish bilan yakunlanib, anomaliya bor joyda, lekin juda kam xollarda, jarayon eskirib, konservativ yul bilan davolash natija bermaganda o’tkaziladi.



YARIM YON UMURTQA

Yarim umurtqalar bir joyda, ikki joyda va xatto uch joyda uchrashi mumkin, ko’proq bo’yin-ko’krak yoki bel umurtkalari qismida. Ko’krak qismida yarim umurtqada ortiqcha qovurg`a bo’ladi. Kar bir ortikcha ponasimon umurtqa o’zida epifiz plastinkalarini saqlagani tufayli bir tomonda joylashgan umurtqaning o’sishi bu umurqaning deforma-stiyaeiga olib kelib, yonboshga karab kiyshayishiga sababbo’ladi va skoliozni keltiribchiqaradi (284-rasm).



spondiloliz

Spondiloliz - bir tomonlama umurtqalar anomaliyasi bo’lib, bu o’zining umurtqha tanasi bilan ravogining bir-biriga suyaklanmaganligi (yopishmaganligi) bilan yuzaga chikhadi. Spondiloliz 2% dan 7% gacha 20 yoshgacha uchraydi. Bu patologik o’zgarish erkaklar va ayollarda bir xil uchraydi (20 yoshdan keyin spondiloliz erkaklarda 2 borobar ko’prok namoyon bo’ladi).

Klinik a. Ko’pincha, spondiloliz biron-bir belgilarsiz o’tadi, ayrim x,ollarda simptomlari suet bo’ladi, bu bel soxasida suet og’riq, paydo bo’lishi, gokr ogrihning o’tirganda yoki turganda vakti-vaktida kuchayishi kuzatiladi; ayrim x.ollarda yonboshlaganda kuchayadi; bel sohasida lordoz x,olatining ko’payishi kuzatiladi. Bel sohasining V umurtka o’tkir o’sigini urib ko’rilganda og’riq. kuchayadi. Rentgenologik kuzatuvdadumBazaninggorizontal x,olati kuzatiladi, yonboshdan olingan rentgen suratida ravokning bo’yin qismida yorik ko’rinadi.

Davolash. Umurtka pogonasini to’g’ri tutib turish uchun «mushaklardan korset» yaratish kerak Og’riqning oldini olish uchun past chastotali magnit maydoni hosil qilinib, «Polyus-1» apparatidan foydalaniladi. Spondilolizda og’ir jismoniy ishlar bajarish man etiladi.



SP0NDIL0LISTEZ

Spondilolistez — umurtka tanasining o’zidan yuqori turgan umurtkalar bilan birga siljib ketishi. Ko’pincha, V bel umurtkasi I dumg’aza umurtka siga nisbatan siljib ketadi (285-rasm). Umurtkaning orqa tomonga siljib ketishi kamdan-kam lollarda IV bel umurtkasi zimmasiga xam tushishi mumkin, ikkala yon tomonga siljib ketishi xam kuzatiladi.

Spondilolistez tug’ma, orttirilgan va aralash xolatda bo’ladi. Tug’ma spondilolistez, umurtka ravogi suyaklanish yadrosining rivojlanishi yakunlanmasligi sababli (spondiloliz) kelib chikadi, bu bo’g’im o’simtalari oldida bo’lib, umurtka tanasi va ravok orasidagi yorikni bitib ketmasligi natijasida yuz berib, bir yoki ikki tomonlama bo’lishi mumkin. Orttirilgan spondilolistez umurtkalararo bo’g’im o’simtalari asosida, tanasining ravokxa o’tayotgan joyidagi yorikning doimo mikrotravmaga uchrashi

natijasida bo’ladi. Aralash spondilolistez etiologiyasi ravok bo’g’im o’simtalari oldidagi yorikning anomaliya yoki mikrotravma natijasida xosil bo’lishi umurtkaning siljib ketishiga bog’liq. bo’ladi.

Spondilolistezning boshlanishi va rivojlanishida spondiloliz asosiy manba xisoblanib, uni 6-8 yoshdan avval bilib bulmaydi (suyaklanish yadrosi yakunlanishidan); bu xolatni 10-20 yoshlar orasida, spondilolistezni esa 20 yoshdan keyin aniq, va mukammal aniqlash mumkin bo’ladi.

Spondiloliz taxminan 65% xollarda spondilolistezga olib keladi, asosiy sababi travma hisoblanadi, ammo bu etiologik omil bo’lib xizmat kilmaydi. Ko’pincha spondilolistez V bel umurtkasiga (67,7%), kamrok1U (25,8%) bel umurtkyasiga taallukli. Kancha yuqoriga karab ko’tarilsa, umurtkalarning siljib ketish imkoniyati shuncha kam bo’ladi; I bel umurtkasi atigi 0,4% lollarda siljib ketadi. Spondilolistezning eng muxim belgisi umurtkaning burchak hosil qilib siljib ketishidir.

Klinika. Bu kasallikni klinik-rentgenologik belgilari bir nechta darajaga bo’linadi (Meyerding bo’yicha): 1 darajada umurtka tanasi 1/4 qismiga siljib ketadi. II darajada — 1/2, III darajasida — 1/3 va IV darajada 1 dumg’aza umurtkasiga nisbatan to’liq siljib ketadi Bu kasallikning asosiy simptomlari kuyidagicha bo’linadi:


  • o’z-o’zidan og’riq.bel va bel-dumg’aza soxasida paydo bo’ladi, og’riq.
    o’tirganda, umurtkd pokonasi xarakatga kelganda kuchayadi (asosan
    buqilib, egilib turganda), og’riq. umurtkaning bel qismida o’tkir
    o’simtani bosilganda paydo bo’ladi;

  • bo’saga simptomi — V bel umurtkasining siljib ketishi
    natijasida o’tkir o’simtasi chiqib turadi, bu tik turgan o’simta ostida
    chukurcha xosil bo’ladi, shu bilan bir vaktda yuqoridagi umurtkalar
    soxasida kifoz xolati yuzaga keladi;

  • bel sohasida lordoz xolatining kuchayib ketishi shu soxa
    mushaklarining taranglanishidan bo’ladi;

  • dumg’aza suyagi gorizontal xolatga kelib qoladi;

  • butun tana chiqishi va chakdon kirishi natijasida tana
    qisqaradi;

  • ko’krak qafasi, keyinchalik krrin xam oldinga bo’rtib chikadi;

  • bel soxasida shu kasallikka xos burmalar xosil bo’ladi,
    keyinchalik ular oldingi krrin devoriiga o’tadi;

  • bel soxasida xarakat cheklanadi, asosan oldinga egilishda;

  • bemorning yurishi o’zgaradi, «dorbozlar» yurishiga o’xshab, oyoq
    tizza va chanoq bo’g’imida biroz bukiladi, oyoq, kaftlari bir chizik
    bo’ylab xarakat kiladi;

  • asab tolasi ildizlari kitiklanadi, ba’zan butun kuymich
    nervining kitikdanishiga olib keladi.

Nevrologik belgalaridan, ko’pincha, mushaklar atrofiyasi uchraydi, reflekslar susayadi yoki yo’q;oladi, gipesteziya holati kelib chikadi. Kattalarda ko’pincha nevrologik simptomlar sezilarli kupayadi, bu umurtkalararo osteoxondroz jarayoni kuchayayotganligini bildiradi va umurtka pogonasida bekarorlikni kuchaytiradi. Shu paytda subaraxnoidal bo’shliq. o’tkazuvchanligini bilish talab qilinadi, spondilolistez kasalligi bilan okrigan bemorlarda nevrologik o’zgarishlar, ayniqsa, parez xolati bo’lsa, klinik ko’rinishi kuchayadi. Buni bilish uchun likvorodinamikva rentgenokontrast tekshiruvlar o’tkazish kerak

Spondilolistez 5-6% bolalarda uchraydi. Klinik ko’rinishi, ko’pincha, kattalarda uchraydigan kasallik belgilariga o’xshaydi. Avvaliga bolalar bel soxasidash noxush xolatdan shikoyat kiladilar, keyinchalik turgun bo’lmagan og’riqka o’tadi. Bolalarda spondilolistez kasalligini bilish uchun kuyidagi simptomlarni aniqlash kerak



Rotenpiller simptomi: sog’lom bola tanasini yonbosh tomonga bukkanda, mushaklari yonboshlagan tomonida bo’shashadi, karama-karshi tomonda esa taranglashadi; kasallik dumg’aza-bel soxasida bo’lsa, mushaklar bo’shashishi kuzatilmaydi.

Tomas musbat simptomi: bitta son buqilganda ikkinchisi xam bukiladi. Spondilolistez kasalligiga shubx.a qilinganda rentgenologik metod bilan kuzatish, albatta, shart, chunki faqat shu kuzatish yo’li bilan umurtkaning siljiganligini bilish mumkin bo’ladi va etiologik omillar aniqlanadi. Rentgenogramma umurtkaning yon tomonidan, oldidan, yarim yonbosh xolatidan olinadi, ayrim lollarda funkstional, ya’ni oldinga egilgan, orqaga karab buqilgan xolatda rentgen suratlari olinadi.

D a v o l a sh. Konservativ davolash faqat 6% bemorlarda yaxshi natija beradi, 62,9% bemorlarda vaktinchanlik tuzalish bo’ladi. Konservativ terapiya yoshni xisobga olgan xolda, siljishi darajasiga ko’ra va klinik-nevrologik ko’rinishiga karab o’tkaziladi, bu tekshiruv va kuzatuvlar davrida amalga oshiriladi. Bunga doimo tik turmaslik kup yurmaslik yoki og’ir yuk ko’tarmaslik chanoq-son va tizza bo’g’imlari buqilgan xolatida kutarib ko’prok yotish kerak korsetdan foydalanishi shart. Keyinchalik bu davolashga bel mushaklarini bo’shashtirish, krrin mushaklarini taranglashtirish uchun massaj, umurtkaning kasallangan joyiga, ko’ndalang o’simtalar asosiga novokain bilan blokada qilish kerak Bemorga V guruxidagi (Vr V6, V12) vitaminlar berish tavsiya etiladi, shishasimon tana, analgin, reopirin, parafin bilan bel soxasini o’rash, sho’r-igna-bargli o’simlik bilan vanna qilish, novokain bilan elektroforez, diodinamik tok ultratovush kabi muolajalar o’tkaziladi. Albatta, umurtka pogonasiga davolovchi badantarbiya mashkdari (LFK) qilish, Sochi, Nalchik Pyatigorsk va boshqa balneologik kurortlarda davolanish kerak

Spondilolistez kasalligining kelib chiqish sabablarini aniqlash va uni yaxshi davolash uchun shu sabablarni yo’q.otish yoki paydo bo’lish sabablarini kamaytirish kerak bu faqat jarroushk yo’l bilan amalga oshiriladi.

Spondilolistezni jarrohlik yuli bilan davolash ikki xil ■ bo’ladi, palliativ muolaja - bu umurtka ravogining bo’g’im o’simtalari qismidagi yorikni yo’q.otish, har xil yo’l bilan umurtka orasidagi yorikdarni suyak plastikasi operastiyasi yo’li bilan bartaraf qilinadi va radikal usul, bunda umurtkalararo diskdagi o’zgarishlarni yo’q qilish natijasida siljiydigan umurtka to’liq fiksastiya qilinadi. Buning uchun Chaklin, Korj, Olbi, Merser va boshqalarning usullaridan foydalaniladi (286-rasm).





Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa