O’zbekiston respublikasi o’rta maxsus va oliy ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»



Download 0,57 Mb.
bet1/2
Sana07.04.2017
Hajmi0,57 Mb.
#6207
  1   2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI O’RTA MAXSUS VA OLIY TA’LIM VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha

prorektor, professor

Teshayev O.R.______

«____»___________2012 yil
Kafedra: Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya
Fan: Travmatologiya-ortopediya

4-kurs Tibbiy profilaktika fakulteti uchun
YAGONA USLUBIY TIZIM
Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari.
TMI - Bolalarda suyak shikastlarini o’ziga xosligi.


3 MAVZUSI bo’yicha amaliy mashg’ulot




T A ‘ L I M T E X N O L O G I YA S I


Toshkent - 2012

Tuzuvchilar:

Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya

kafedrasi mudiri: t.f.d. Karimov M.Yu.

O’quv ishlari bo’yicha mas’ul: ass. t.f.n. Salohiddinov F.B.


Ko'rib chiqildi va kelishildi.

Azizova F.X.- TTA o'quv bo'limi boshlig'i, professor
Muhokama qilindi va tasdiqga tavsiya etildi

TTA "Tibbiy-profilaktika fanlari

siklopredmet seksiyasi" raisi, professor______________ B.M. Mamatqulov
"_____" _____________ 2012 yil

Mashg’ulot № 3




O'QUV MASHG'ULOTIDA TA'LIM TEXNOLOGIYASI MODELI

Mavzu: Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari.

TMI - Bolalarda suyak shikastlarini o’ziga xosligi.

Ta'lim berish texnologiyasi (amaliy mashg'ulot)

Vaqt: 225 minut (5 soat akadem soatlarda)

Talabalar soni:10-12

O’quv mashg’ulotining shakli va turi

Amaliy mashg’ulot

O’quv mashg’ulotining tuzilishi

1. Kirish qism

2. Nazariy qism

3.Analitik qism:

-Loyiha proyekti

-Testlar

4. Amaliy qism.



O’quv mashg’uloti maqsadi:

Suyak sinishlarini, suyak siniqlarini fiksatsiya qilish metodlari bilan talabalarni tanishtirish, operatsiyaga qarshi ko’rsatmalar, metal asboblarini turlari va ishlatish usullari, suyak to’qimasini reparativ regeneratsiya bosqichlarini o’rganish.

Talaba bilishi lozim:


  • Osteosintez haqida tushuncha;

  • Jarrohlik amaliyot turlari;

  • Reparativ regenerastiya bosqichlari;

  • Shikast olganlarga birlamchi jarrohlik ishlovini berish.

Talaba bajara olishi lozim:

  • Amaliy mashg’ulotlarni bajara olishi, chap kurak ochiq sinishida birinchi yordam.

Pedagogik vazifalar:
-Suyak to’qimasining reparativ regenerastiyasini bosqichlarini o’rgatish va tanishtirish;

-Jarrohlik amaliyoti turlari tasnifini berish;

-Poliklinikalarda ambulator sharoitda o’tkaziladigan jarrohlik amaliyotlari o’rni va axamiyatini o‘rgatish.

-Ularni tibbiyot amaliyotidagi o’rnini o’rgatish.



O’quv faoliyati natijalari:

Jarrohlik amaliyoti turlarini ko’rsatadilar;

Suyak to’qimasining reparativ regenerastiyasini bosqichlarini tasniflaydilar va bilimlarini shakllantiradilar;

Poliklinikalarda ambulator sharoitda o’tkaziladigan jarrohlik amaliyotlari o’rni va ahamiyatini tartibli ravishda ochib beradilar.





Ta’lim usullari

Asalari uyasi” o’yini, ma’ruza, axborot berish, namoyish, interaktiv ish o’yinlari. Loyiha proyekti

Ta’lim shakli

Jamonaviy, guruhlarda ishlash («Asalari uyasi»), yakka tartibli

Ta’lim vositalari

Amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun: rentgen tasvirlar, skelet, jarrohlik anjomlari.

Yangi axborot texnologiyasi vositalari, ko’rgazmali qurollar, videofilmlar.

Ta’lim berish sharoiti

Guruhli shakllarda ishlashga mo’ljallangan xonalar

Monitoring va baholash

Og’zaki so’rov: tezkor-so’rov, yozma so’rov: test



Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari” o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi



Ish bosqichlari va vaqti

225 daq


Faoliyat

ta’lim beruvchi

ta’lim oluvchilar

1-bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish

10 daqiqa

5 daqiqa


    1. Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar: shikast turlari, klinikasi, profilaktikasi va davosi to’g’risida tushuncha beradi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.

    2. Adabiyotlar ro’yxatini beradi (ilova №6)

    3. Talabalarni aqliy hujumga tortish uchun jonlantiruvchi savollar beradi Amaliy mashg’ulot rejasi va tuzilishiga qarab ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibi bayon qilinadi.

1.4. Amaliy mashg’ulotda talabalar faolligini baholash mezonlarini e’lon qiladi (ilova №5.2):



Tinglaydilar va yozib oladilar.

Tinglaydilar va yozib oladilar


Savollarga javob beradi.

Tinglaydilar


2-bosqich.

Asosiy qism

30 daqiqa
5 daqiqa
45 daqiqa
40 daqiqa

15 daqiqa


45 daqiqa
5 daqiqa

45 daqiqa


20 daqiqa




2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida mavzuning asosiy tushunchalari bo’yicha tezkor-so’rov o’tkazadi

2.2. Loyiha materiallarini muhokama qilishni tashkillashtiradi, ishlash qoidasi, vaziyatlarni tahlil qilish chizmasi, muammolarni ifodalanishiga e’tibor berishlariga qaratadi

Tanaffus

2.3. Vaziyatni mustaqil tahlil qilishni, muammoni ifodalashni, yechish yo’llarini aniqlashni, so’ngra uni yechish topshirig’ini beradi( ilova№3).

Tanaffus

2.4. Testlarni yakka tartibda ishlaydilar

2.5. Talabalarga ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish

(slaydlar, prezentastiya, vedieofilmlar va bq.), ularni izohlash

Tanaffus

2.6. Talabalarga amaliy ishning rejasi va qadamma- qadam bajarilishi tushuntiriladi.

2.7. Talabalar o’z qo’llari bilan amaliy ishni mustaqil bajarishadi va natijalarni daftarlarga bayonnoma tarzida yozishadi.

2.8. TMI mavzusi e’lon qilinadi va muxokama qilinadi


Kasallik tarixi yozish uchun bemorlar kuratsiyasi va muxokama qilish.

Savollarga javob beradilar.
Muhokama qiladilar, aniqlashtiruvchi savollar beradilar

Amaliy qism materiallarini muhokama qiladilar,

aniqlaydilar, savollar beradilar.

Mustaqil ravishda tahlil qilish varag’ini to’ldiradilar, muammoni yechadilar.


Vaziyatli masalalarni muhokama qiladilar

taqdimot kiladilar boshqa talabalar munozarada ishtirok etadilar, savollar beradilar



3-bosqich.

Yakuniy


10 daqiqa

3.1. Xulosa: Mavzu bo’yicha xulosa qiladi.

3.2. Faol talabalar baholanadi Guruh bo’yicha baxolash mezonlari e’lon qilinadi

3.3. Mustaqil tayyorgarlik ko’rish uchun savollar va topshiriqlar beriladi


Tinglaydi

O’z- o’zini baholaydilar.

Savollar beradilar

Topshiriqni yozadilar







1.Kirish qism:
1.1 Mashg’ulotni o’tkazish joyi va jihozlanishi:

  • Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya auditoriyalari.

  • Amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun: rentgen tasvirlar, skelet, jarrohlik anjomlari.

  • Yangi axborot texnologiyasi vositalari, ko’rgazmali qurollar, videofilmlar.






1.2 Motivatsiya

Ushbu darsni o’tkazish talabalar uchun suyak to’qimasining reparativ regeneratsiyasi va uni stimullash turlari haqida tasavvur beradi va ambulator sharoitda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish prinsiplari bilan tanishish, ochiq singan sohani mahalliy og’riqsizlantirish, , dastlabki taxminiy tashxisni qo’yish va bemorni davolash taktikalarini belgilash imkonini beradi. Shu bilan birga talabalarga bu mavzu orqali singan suyak to’qimasining reparativ regeneratsiyasining umumiy qonuniyatlari, suyak to’qimasining reparativ regeneratsiyasi bosqichlari haqida tasavvurni shakllantiriladi. Talabalarga bolalar shikastlarining o’ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot beradi. Talabalar amaliy ko’nikma orqali chap kurak suyagi ochiq sinishida birinchi yordam ko’rsatish ketma-ketligini to’liq o’zlashtiradilar va keyingi ish faoliyatida to’g’ri qo’llashni o’rganadilar. Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi, travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari haqida to’liq tasavvur va ma’lumotga ega bo’lish UASHning ish faoliyatida amaliyotni to’g’ri tashkillashtirishga yordam beradi.






1.3. Tashqi va ichki fanlararo bog’liqlik



Ushbu mavzu bo’yicha talabalarni o’qitish odam anatomiyasi, topografik anatomiya va operativ jarrohlik, radiologiya, anesteziologiya-reanimasiya va umumiy jarrohlik bilimlariga asoslangan.



2. Nazariy qism:

2.1 MASHG’ULOTNING QISQACHA MAZMUNI.

Osteosintez - jarroxlik usulida suyak bo’laklarini turli usullarda birlashtirish. Sinishlarni jarroxlik usulida davolashning muayyan ko’rsatmalari va moneliklari, shuningdek osteosintez uchun u yoki bu materiallar va apparatlarni ishlatishga aniq, ko’rsatmalar bor. So’nggi paytlarda keng ishlatiladigan suyak bo’laklarini qotiruvchi ashyolardan tashqari (krzikchalar, Len, Myuller plastinalari, burama mixlar, sim choklar, boltlar va xokazo) barqaror osteosintez metodi, jumladan, kompression apparatlar keng tarqalmoqda. Plastina va qoziqchalar suyak bo’laklarini bir-biriga yaxshi yopishtira olmagan xollarda fiksastiyaning yangi metodlari tavsiya qilindi.

Barqaror osteosintez uchun qoziqcha qalinligi suyak-ilik kanali diametridan 1 mm ga qalin bo’lishi kerak, buning uchun maxsus parma yordamida qoziqcha qalinligiga mo’ljallab kanal kengaytiriladi va qoziqcha zich qilib kiritiladi(42-rasm).

Sivash, Kalnberz, Gudushauri, Ilizarov va boshqalarning kompression apparatlarini qo’llanilishi kompressiyadan tashqari (suyak bo’laklarining bir-biriga zich tegib turishi), ko’pincha, suyak­ning singan joyiga tegmay bo’laklarni yopik xolda repozistiya qilish imkonini yaratadi. Osteosintezning har qanday usuli barqaror va



42-rasm. Yo’g’on qoziqcha bilan osteosintez qilish.

kompression osteosintezdan tashqari, gips boylami qo’yishni inkor qilmaydi.

Osteosintez turini to’g’ri tanlash uchun ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak:

Metall fiksatorlar po’latning faqat tekshirilgan markasidan bo’lishi shart.

Metall fiksatorlarni to’g’ri ishlatish uchun sinish yuzasini, uning xarakteri va bo’laklarning ko’zg’alishini xisobga olish kerak.

Metall krzikchalar ishlatishda ularning qo’l-oyoq segmenti uzunligiga va naysimon suyak ilik kanali diametriga to’g’ri kelishini bilish kerak.

Osteosintez jarroxlik usulidan oldin bemorning umumiy axvoliga, terisini tayyorlanganligaga ahamiyat berish kerak (infektiyalangan jaroxatlar, yiringlagan joylar va boshqalar).

Osteotomiya - suyakni operativ usulda qirqish demakdir. Odatda osteotomiyani qo’l-oyoqning turli xil qiyshayishlarini to’g’rilash maqsadida, uzaytirishda, ma’lum ortopedik kasalliklarda, masalan, sonningtugma chiqishi va boshqalarda bajariladi (43-rasm). Suyak transplantastiyasi turli suyak to’qimalarini suyak nuqsonlarini to’lg’azish maqsadida (masalan, xavfsiz o’smalar olib tashlangandan keyin) o’tkazish. Suyak kortikal qatlamidan tayyorlangan transplantatlar intra va ekstramedullyar osteosintezi maqsadida ishlatiladi, bu suyak xosil bo’lishida rag’batlantiruvchi

43-rasm. Osteotomiya turlari.



i — ko’ndalang; b — qiyshiq; v — 2-simon; g — bogoraz usuli; d — sharnirsimon; e — ponasimon; j — boychev usulida.

yordamchi jarroxlik usulidir. Ko’pincha suyak to’qimasi bemorning o’zidan, odam murdasidan yoki kamdan-kam xollarda xayvonlardan olinadi.

Xalqaro anatomik nomenklatura bo’yicha qanday to’qima o’tkazilishidan qatiy nazar, jumladan, suyak to’qimasi ham bemorning o’zidan-o’ziga o’tkazilsa — autoplastika, boshqa odamdan bo’lsa - alloplas­tika, xayvonlardan olib o’tkazilsa — ksenoplastika deyiladi.

Transplantastiya uchun quyidagilar ishlatilishi mumkin: a) «util» (nokerak) to’qimalar — amputastiyada rezekstiya qilingan qovurg’a; b) sog’lom donorlardan olingan; v) murdalardan olingan suyaklar.

Suyak autoplastikasi qo’shimcha shikast yetkazishini inobatga olib, so’nggi paytlarda murda suyagi konservastiyasining takomillashganligi tufayli ular ko’proq ishlatilmoqda.

Ko’chirib o’tkazilgan suyak to’qimasining muvaffaqiyatli bitishi uchun (assimilyastiya) uning biologik xususiyatlarini saqlab qolish va transplantat to’qimasida parchalanish jarayonlarini kamaytirishi kerak. Begona oqsil immunogen xossalarini pasaytirish zarur. Shu bilan birga, asosiy talablardan biri olingan suyakning sterilligini saqlab qolish xisoblanadi. Konservant atrofdagi to’qimalarga zararli ta’sir ko’rsatmasligi kerak.

Xozirgi paytda suyak to’qimasini konservalashning bir necha usullari bor: a) kimyoviy moddalarda va maxsus eritmalarda saqlash (formalin va b.); b) past xaroratda saqlash; v) suyuq oziqli muxitlarda konservalash (glyukoza va b.); g) polimerlarda konservalash; d) liofilizastiya usulida konservalash (muzlatish va vakuumda kuritish); e) suyakni qaynatish va suyuqlik shimdirib yumshatish.

Xayvonlardan (cho’chqa, buzoq va boshqalardan) olingan suyak to’qimalarini ham shu usulda konservalash mumkin.

Morfologik va biokimyoviy tekshiruvlarda radiologik va elektron-mikroskopik usullarni qo’llash natijasida shu narsa aniqlandiki, ancha osteostitlarning ko’p xalok bo’lishiga qaramay, konservalangan suyak to’qimasi o’zining biologik aktivligini ma’lum darajada saqlab qolar ekan, bu ularda fermentlar va oqsillarning borligi tufaylidir.

Suyak to’qimasini katta miqdorlarda tayyorlash suyak banklari tayyorlashga zamin hozirladi va bu, o’z navbatida, turli xil qayta tiklash jarroxlik operastiyalarida transplantastiyani keng ishlatishga imkon berdi.


BO’G’IMLARDA JARROHLIK MUOLAJALARI
Bo’g’imlarda qilinadigan jarroxlik muolajalari ikki guruhga bo’linadi:

1. Bo’g’im yumshoq to’qimalarida qilinadigan muolajalar. Bu art­rotomiya — bo’g’imni ochish, sinovektomiya - bo’g’im xaltachasini olib tashlash, xalta — bog’lam apparatining plastikasi.

2. Bo’g’imni tashkil qiladigan, suyaklardagi jarroxlik muolajalari.

Bo’g’imni rezekstiya qilish — suyaklarning bo’g’im uchlari biror patologik jarayon bilan kasallanganda ularni olib tashlash. Artroplastika – bo’g’imda xarakatni tiklash. Bu to’liq suyak ankilozida (bo’g’im to’liq xarakatsizlanganda) va bo’g’imda xarakat ancha cheklanganda (fibroz ankiloz, deformastiyalovchi artroz). Bo’g’im yuzalari shakllantirilgach, xajmi kichiklashtirilgach, ular birorta plastik material bilan o’raladi: teri, fasstiya, alloplastik material -lar va xokazo (44-rasm).

Artrodez — bo’g’imni sun’iy ravishda xarakatsiz qilish. Artrodez usullari ko’p. Artrodez usuli qo’llanilayotganda bo’g’im biomexanikasi, uning anatomiyasi va funksiyasi inobatga olinishi kerak. Chunonchi, chanoq son bo’g’imini artrodez qilganda bemorni kasbini bilish muxim (ish jarayonining tik turgan yoki o’tirgan xolatda kechishi) va shuni xisobga olgan xolda chanoq son bo’g’imida bukish burchagi rejalanadi.

Tirsak bo’g’imlarini arfodez qilishda bemorning o’ziga-o’zi xizmat qilishi inobatga olinadi. So’nggi vaqtlarda bo’g’imlarni artrodez qilishda turli metall apparatlardan keng foydalaniladi, bu bo’g’im yuzalarini bir-biriga kuchli kompressiya xolatida ushlaydi (Grishin, Sivash, Ilizarov va boshqalarning apparatlari), bo’g’im yuzalarini kegaylar bilan qotirish, metall mixlar, biostimulyastiya uchun suyak gomotransplantatini ishlatish kabi usullar qo’llaniladi (45-rasm).

Shuni unutmaslik kerakki, artrodez - bu nogiron qiluvchi jarroxlik muolajasi, chunki bo’g’imni yo’q qiladi, shuning uchun bu



44-rasm. Chanoq-son bo’g’im i artroplas­ti kasi.

a — Kolon usuli; b — Volkov usulidagi amnioplastika; v - Fishkin usuli bo’yicha alloplastika.
jarroxlik muolajasiga ko’rsatma ehtiyotlik bilan qo’yilishi kerak Masalan, chanoq-son bo’g’imi artrodezidan so’ng oldinga,orqaga va yon tomonga (chanoq ishtirokida) harakatlari ikkinchi tomonidagi chanok-son bo’g’imi va umurtka pogonasining bel-dumg’aza sohasidagi harakatlar bilan ancha kompensastiyalashadi. Shuning uchun, agar ikkinchi chanoq-son bo’g’imi va umurtka pogonasining bel sohasi o’zgarmagan bo’lsa, bu jarroxlik muolajasini qilish mumkin. Agar ikkinchi chanoq-son bo’g’imi ham jarohatlangan bo’lsa, artrodez jarroxhlik muolajasini qilish mumkin emas, chunki bemor umuman harakat qilolmay qolishi mumkin.

Artroriz — bo’g’imda harakatlarni qisman chegaralash uchun qilinadigan jarroxlik muolajasi. Bu jarroxlik muolajasini ko’pincha ayrim mushaklar parezi va falajlarida qilinadi. Ammo falajlikda qilingan artrorizda qoniqarsiz natijalar olingan, shuning uchun ko’pincha yaqin joylashgan bo’g’imlarda qo’shimcha artrodez qilinadi (oyoq panjasida). Artroriz eng ko’p tizza va bolder panja bo’g’imlarida qilinadi (46-rasm).

Bo’g’imlarni ko’chirish. Bu jarrohlik muolajasi ko’pincha bo’g’imlarning oshiq deformastiyasida, o’smalarda bo’g’imlar olib tashlanganda, ankiloz va kupol travmatik shikastlanishlarda bajariladi.

Birinchi marta alloplastik boshchani oldindan tayyorlangan bo’g’im uchiga o’rnatishni Smit-Petersen taklif etgan. Ammo qoniqarsiz nati­jalar bu usulni deyarli kam ishlatishga majbur kildi. Keyinchalik ortopedlar texnika yutuqlaridan foydalanib, biologik to’qimalarga indifferent bo’lgan turli materiallardan sun’iy bo’g’im protezlar tayyorlashni amalga oshirishdi (vitalium, titan, organik shisha va boshqalar). Taklif etilgan sun’iy bo’g’imlar shikastlangan bo’g’im



45-rasm. Uch parrakli mix (1) va

suyak transplantati (2) yordamida

chanoq-son bo’g’imi artrodezi.

46-rasm. Boldir-panja bo’g’imi artrodrizi.



47-rasm. Endoprotezlarkonstrukstiyalari.
a — Sivash chanoq-son total endopro-gezi; b — son suyagi boshchasi endop-rotezi (MurЦITO); v - tizza bo’ri-mi endoprotezi.
o’rnini to’liq egallay boshladi, buning uchun diafiz qismi davomini bir xil materialdan yasash kerak edi, xolos. Odatda, sun’iy bo’g’imni kiritish uchun suyak ilik bo’shligiga pro­tez oyoqchasi o’rnatiladi yoki diafizni qamrab olish yo’li bilan qotiriladi (47-rasm). Ammo bo’g’imning faqat bir qismini protezlash, bo’g’imning protezlanmagan ikkinchi qismidan suyak o’simtalari paydo bo’lishi sababli qoniqarsiz natijalar berdi. Shuning uchun so’nggi o’n yillikda bo’g’imni to’liq almashtiradigan alloplastik protezlar ishlab chiqildi va keng tarqaldi. Bunday sun’iy bo’g’imlar, ko’pincha, chanoq-son, tirsak kaftning falangalararo bo’g’imlari va so’nggi vaktlarda tizza bo’g’imini ham almashtirish uchun ishlatilmoqda.

ENDOPROTEZLASH

Son suyagi bo’yinchasi singanda Smit-Pegersen tipidagi uch parrakli mixlar bilan osteosintez khishngan 20-30% bemorlarda suyak bitmasdan soxta bo’g’im xosil bo’lgan, 10-20% bemorlarda esa son boshchasining aseptik nekrozi kuzatilgan va shunday qilib, 50 % bemorlarda qoniqarsiz natijalar olingan. Bu kupchilik travmatologlarni son boshchasini alloplastik sun’iy boshcha bilan almashtirishga undadi. So’nggi yillarda keng tarqalgan chanoq-son alloplastik protezlaridan Sivash konstruk-stiyasidagi metall endoprotez xisoblanadi. Bunday endoprotezning afzalligi shundaki, u bir yo’la son suyagi boshchasi va chanoq kosachasining o’rnini bosadi (47-rasm, a).

Alloplastikaga ko’rsatmalar huyidagilar hisoblanadi: ikki tomonlama ankiloz, chanoq-son bo’g’imi og’ir koksartrozi, yoshligida ikki tomonlama tug’ma son chiqishi natijasida 30-40 yoshda uchraydigan artrozoartritlar, mushaklarning bo’g’im yuzasidagi suyak o’smalari oqibatida yuz bergan nuqsonlar, travma asoratlari va boshqalar.

Chanoq-son bo’g’imini quyidagi xolatlarda almashtirish mumkin emas: a) chanoq-son bo’g’imi soxasidagi yiringli jarayonlarda; b) oqmalarda; v) yangi hosil bo’lgan sil granulemasida.

Korund-keramik protezlar bilan bo’g’imlarning tog’ay qismi va birinchi galda chanoq-son bo’g’imi almashtiriladi. Vakt o’tishi bilan (1-1,5 yil orasida) keramik endoprotezlar, yangi tashkil topgan suyak to’qimalari bilan to’lib, chanoq-suyagi bilan bitib ketadi. Protezlarning turli tiplarini tayyorlashning qulayligi keramik protezlarning istiqbolli ekanligidan dalolat beradi. Qayta tiklash jarrohligining turli soxalarida ishlatilishi mumkin.

1980-yil boshlaridan 1 Moskva tibbiyot instituti travmatologiya va ortopediya kafedrasi xodimlari «Grafit» ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda uglerodli materiallardan sun’iy yarim bo’g’imlarni (chanoq-son, elka, tizza bo’g’imlari) ishlab chiqdilar va xozir ular amaliyotga joriy etilmoqda. Maxsus tekshirishlar va amaliyotda qo’llanish uglerodli materiallarning yuqori darajada pishiqligi, orga­nizm uchun intaktligi (beziyonligi) va turli tabiiy aralashmalarni qo’shish mumkinligi (kovakli, yaxlit va boshqalar) ularning qayta tiklash jarroxligida g’oyat istiqbolli ekanligidan dalolat beradi.



KOMPRESSION - DISTRAKЦION OSTEOSINTEZ USULI

Xozirgi paytda yopiq va ochiq sinishlarni davolashning keng tarqalgan usullaridan suyak orqali (jarohatlangan joydan uzoqroqdan) va ilikka qoqiladigan kompression usullar keng ishlatilmoqda.

Kompression osteosintezning afzalligi avvalo oraliq qadoq paydo bo’lib, singan suyakning birlamchi bitib ketishi xisoblanadi.

Ilikka metall shtiftlarni qoqish ochiq usulda bajarilib, suyak bo’laklari bir-biriga maxkam bosiladi. Kompression osteosintez usulida bo’laklarning bir-biriga maxkam siqilib turishi va uning ushlanib turishi maxsus moslamalar yordamida bajariladi. Ilikka o’rnatilgan (intramedullyar) osteosintez bajarilganda gips bog’lamini qo’yish kerak

Intramedullyar osteosintez konservativ davolash naf bermaganda, repozistiya muvaffaqiyatsiz chiqqanda va suyak bo’laklari ikkilamchi qo’zg’alganda qilinadi.

Singan sohadan uzoqroqda kompression osteosintez bajarish keng tarqalgan usullardan sanalib, shu maqsadda Ilizarov, Gudushauri, Volkov-Oganesyan, Kalnberz va boshqalarning apparatlari ishlatiladi (48-rasm).

Kompression apparat bir necha asosiy talablarga javob berishi kerak:

a) suyak bo’laklarini yopiq xolda to’liq repozistiya qilishi;

b) suyak bo’laklarini mustaxkam qotirishi;

v) sinishning o’rni, xarakteri, yumshoq to’qimalarning qanday shikastlanganini inobatga olgan xolda apparatni individual ishlatish imkoniyati;

g) fiksastiyadan keyin bo’g’imlarda xarakatning saqlanib qolishi;

d) apparat o’rnatilgandan keyin bemorni transportirovka qilish


mumkinligi va uning xarakatchanligi.

48-rasm. Kompreesion-distrakstion apparatlar. a - Ilizarov; b —Gudushauri; v — Demyanov; g — Kalnberz; d - Tkachenko; e - Volkov-Oga­nesyan sharnir-distrakstion apparati.

Suyak orqali qilinadigan kompression osteosintezga, asosiy ko’rsatmalar: a) boldir va elka suyaklarining yopiq sinishi va uzun naysimon suyaklarning soxta bo’g’imi; b) yirik bo’rimlarni artrodez qilish; v) suyaklar diafizini uzaytirish; g) ingichkalashgan naysimon suyaklarni qalinlashtirish; d) infekstiya bilan asoratlangan sinishlar.

Volkov-Oganesyanning kompression-distrakstion sharnirli apparatini o’rnatishga ko’rsatmalarga metafizar, metaepifizar va bo’g’im ichidan parchalanib sinishlar kiradi.

Ilizarovning kompression-distrakstion apparata ikkita va bundan ortiq halqalardan va yana 2-3 ta tortuvchi sterjenlardan iborat bo’lib, ikki tomonida gayka buraladigan rezbasi bor, unga gayka va kontrgayka buraladi. Apparatni sterilizastiya qilish qaynatish bilan ta’minlanadi. Suyaklardan xochsimon o’tkaziladigan kegaylar naysimon suyaklarning istalgan joyidan o’tkazilishi mumkin, bundan qon tomirlar va nervlarning topografiyasi inobatga olinadi, xolos. Kegaylarni o’tkazishda terini teshishdan oldin uni 1-1,5 sm ga surish kerak Kegaylar o’tkazilgach, ikki tomonidan etil spirtiga bo’ktirilgan doka salfetkalar kiydiriladi va tikinlar yordamida teri tomonga zich qisib qo’yiladi va kegaylarning ortiqcha qismi kesib tashlanadi. Kegaylarni xalqalarga qotirib qo’yish uchun qisqich kegay asosiga qo’yilib, bukiladi. Kegaylarni qotirishda suyak bo’laklarining joylashishi ikkala xalqada xam bir xil bo’lishi kerak Ikkita xalqani ulaydigan sterjenlar xalqalardagi simmetrik teshiklarga bir-biriga parallel qilib ko’yiladi. Sterjendagi gaykalarni tortish repozistiya imkoniyatini yaratadi. Apparat o’rnatilgandan keyin nazorat rentgenografiyasi qilinadi, agar zaruriyat bo’lsa, suyak bo’laklari kor­rekstiya qilinadi. Kompression osteosintez fiksastiyasini mahkam ushlab turish uchun har bir sterjen gaykasi har 5-7 kunda 1/4 ga aylanaga teng buralib (2mm gacha) turadi.

Suyak orqali qo’yiladigan kompression apparatlarni distrakstion apparatlar deb xam ataladi, chunki kompressiyadan (qisishdan) tashqari, u bilan cho’zish (distrakstiya) xam mumkin. Cho’zish operastiyadan 5-7 kun o’tgach, sutkasiga 1 mm dan bajariladi. Bu usul bilan oyoq yoki qo’lni 10-15 sm ga uzaytirish mumkin.

Travmatologiya va ortopediyada ko’pincha mushaklarda, paylarda va fasstiyalarda jarroxlik muolajalari bajariladi. Eng ko’p tarqalgan muolajalar kuyidagilardir:


  1. Chok qo’yish.

  2. Paylar plastakasi.

  3. Mioliz va tenoliz — mushaklar va paylarni turli xil
    chandiqlardan holi etish. Bu jarrohlik muolajasi son suyagi sinib,
    uzoq muddatli fiksatsiya natijasida to’rt boshli mushak o’rta qorinchasi
    chandiq tufayli qotganda qilinadi.

  4. Miotomiya va tenotomiya - mushak va paylarini kesish.
    Mushaklarni kesish jarroxlik muolajasi ko’pincha bo’g’im
    kontrakturalarida bajariladi (masalan, sonni yaqinlashtiruvchi
    mushakning chanoq-son bo’g’imini yaqinlashtiruvchi kontrakturasida).

  5. Fasstiotomiya — fatsiyani kesish, ko’pincha uzaytirish maqsadida
    2-simon kesish (masalan, tizzaning bukuvchi kontrakturasida),
    oyoqlarning spastik kontrakturasida va xokazo.

  6. Tenodez — suyak po’stlog’iga yoki suyakka payni qotirib qo’yish.

  7. Mushak va paylarda jarroxlik muolajalari (mushak va paylarni
    uzaytirish, qisqartirish va yo’nalishini o’zgartirish va xokazo).

  8. Markaziy va periferik nerv sistemasida jarroxlik
    muolajalari. Ko’pincha, ayniksa, spastik falajlarda nerv tolalari
    kesiladi — nevrotomiya, nervlar shikastlanganda — ularni
    chandiqlardan holi etiladi (nevroliz).

Teri plastikasi. Teri jaroxati yuzasini berkitish maqsadida turli teri yopishtirish usullari ishlatiladi (49-rasm). Keng tarqalgan usullardan jarohatga yaqin mahalliy teri plastikasi qo’llaniladi (qirralarini yaqinlashtirib — bo’shashtiruvchi kichik kesmalar yordamida, teri kiykimi o’rinlarini almashtirish va boshqalar); terini teri osti yog’i bilan jarohatdan uzoq joyidan olib foydalanish ("italyancha plastika" yoki o’tkir, migratsiyalovchi teri dastagi, kon tomirlari saqlangan Filatov usulidagi plastika); erkin teri plastikasi, ya’ni jarohat yuzasiga jarohatdan uzoq joydagi teridan yupqa yog’siz transplantat olib, uni berkitish.



49-rasm. Teri plastikasi turlari. a — mahalliy to’qimalar yordamida; b — tovon terisi nuqsonida «italyancha» usulda plastika; v - Filatov dastagini yuz plastikasi uchun tayyorlash; g — erkin teri plastikasi (strelkalar yorda­mida teri laxtagini almashtirish ko’rsatilgan).






  1. Erkin teri plastikasida turli usullardan foydalaniladi. Bu masalada turli apparat — dermatomlarni ishlatish eng ko’p tarqalgan, bu usul teri transplantatini xoxlagan qalinlikda 1 mm gacha olish imkonini beradi (50-rasm). Olingan teri laxtaklarining yaxshi bitib ketishi uchun uni jaroxat yuzasiga zich yopishgan xalda ushlab turish kerak buning uchun olingan teri laxtaklari elaksimon teshiladi va «laxtak-elak» deb ataladi. Bu teshiklar orqali jaroxatdan qon va suyuqliklar bog’lamga ajralib chiqib turadi, bu laxtakni ko’chishidan saqlaydi. Agar jaroxat yuzasi juda katta bo’lsa, unda turli fizik va kimyoviy sharoitlarda saqlangan murdaning teri laxtaklari ishlatiladi. Shuni aytish kerakki, murdadan olib o’tkazilgan teri laxtaklari, to’qimalarning immunologik mos kelmasligi tufayli ko’chadi. Ammo teri nuqsonini allogen teri bilan krplash, uni infeksiyadan ximoya qiladi va organizmdan jaroxat orqali xaddan tashqari ko’p suyuklik chiqib ketishining oldini oladi va o’z yo’lida allogen teri yaxshi biostimulyatorlik vazifasini bajaradi, teri ostida yaxshi granulyastion to’qima paydo bo’ladi.



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish