O’zbekiston respublikasi o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,16 Mb.
bet1/2
Sana17.04.2023
Hajmi1,16 Mb.
#929323
  1   2
Bog'liq
Toshkent davlat Moliya instituti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Toshkent davlat Moliya instituti


“Bank ishi” fakulteti
“Iqtisodiyot” kafedrasi

KURS ISHI




Mavzu O’ZBEKISTONDA PUL MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA PUL-KREDIT
SIYOSATINI O’RNI.


Bajardi: BIA-76 guruhi talabasi Suyunboyev Nurislom
Ilmiy rahbar: i.f.d., prof. Namozov Olim Botirovich
Toshkent-2023


Mavzu: O’ZBEKISTONDA PUL MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA PUL-KREDIT
SIYOSATINI O’RNI

Kirish
1 Markaziy bankning pul-kredit siyosati xususidagi ilmiy-nazariy qarashlar
2 Markaziy bankning pul-kredit siyosati
3 Markaziy bankning strategik maqsadlari
4 Markaziy bank diskont siyosatining tijorat banklarida pul-kredit faoliyati ta’siri va taxlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH
Kursi ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida monetar siyosat vositalarini takomillashtirish xususida quyidagi asosiy muammo va kamchiliklarni keltirib o’tmoq maqsadga muvofiqdir. Fikrimizch, ularning asosiylari quyidagilar: bilvosita vositalarning barcha yangi turlarini joriy etish; majburiy zahira talablari me’yorini pasaytirish, Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalarini va muomaladagi ortiqcha likvidlilikni tartibga solish mehanizmlarini rivojlantirish; kapital bozorini to’liq shakllantirish va rivojlantirish; yalpi ichki masulot deflyatori bo’yicha umumiy inflyatsiya indeksini yanada pasaytirish hamda pulga bo’lgan talabni oshirishmuammolarini bartaraf etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
“O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz va uning etakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o’sish sur’atlariga erishganimizni ta’kidlash joiz. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2014 yilda 9,4 foiz, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 foizga o’sdi. Inflyatsiya darajasi yil yakunlari bo’yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir”1. Shuningdek, tijorat banklari balansida yuqori likvidli qimmatli qog’ozlar miqdorining kamligi ham, Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarini rivojlantirish imkoniyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. 2009-
2013 yillar aprel holatiga ko’ra “ Toshkent ” RFB birja aylanmasining ko’rsatkichlariga muvofiq 5,4 mlrd.so’mlik bitimlar imzolangan bo’lib, shulardan biri
2013 yil aprel holatiga Qimmatli qog’ozlar birja aylanmasining tarmoqlar bo’yicha tarkibida banklar 67,1 % ni tashkil qilgan.2 Bu boradagi muammolardan yana biri – monetar siyosatning iqtisodiy o’sishiga nisbatan ta’sirining zaifligi hisoblanadi. Monetizatsiya koeffitsienti darajasining past ekanligi fikrimizning isbotidir. 2011 yilda monetizatsiya koeffitsienti 21,7 foizni, 2012 yil holatiga ko’ra esa, 22 foiz atrofida tashkil etgan. Xolbuki bu ko’rsatkich, Xalqaro valyuta fondi ekspertlarining tavsiyasiga ko’ra, kamida 30 foizni tashkil etishi lozim.
Iqtisodiyotdagi ijobiy va salbiy holatlarni yaxshilash va bartaraf etish uchun har qanday mamlakat hukumati har doim iqtisodiyotni barqarorlashtirishda aniq maqsadlarga yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi. Buning uchun hukumat pul-kredit va soliq-byudjet siyosatini davlat makroiqtisodiy siyosatida belgilangan aniq maqsadlardan kelib chiqqan holda muvofiqlashti radi.
Jahon iqtisodiy amaliyotidan ma’lumki, ishlab chiqarishning pasayishini to’xtatish, inflyatsiya darasini jilovlash va uni keskin pasaytirish hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdek ma’suliyatli maqsadga qisqa vaqtda erishib bo’lmaydi. Ushbu maqsadga bir necha yillar davomida qator islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish orqaligina erishiladi. Shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikga erishish bilan, har doim ham qisman amalga oshiriladigan islohotlar yoki alohida olingan pul-kredit va fiskal siyosatining ta’siri yetarli deb bo’lmaydi, albatta. Buning uchun hukumat tomonidan aniq maqsadlarga yo’naltirilgan qator tuzilmaviy va iqtisodiy islohotlarni qamrab oluvchi makroiqtisodiy barqarorlashtirish dasturi majmuasi ishlab chiqilishi hamda uni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi zarur.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublikamizda Markaziy bankning monetar siyosatini takomillashtirish va uni iqtisodiy o’sish sur’atlariga ta’sirini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishining zarurligi bilan, hamda mazkur holat iqtisodiy adabiyotlarda chuqur o’rganilishi, ushbu ilmiy ishni tanlanishiga asos bo’ldi.
1 O'zbekiston tijorat banklari, av­valo, ixtisoslashgan kredit institutlari si­fatida ko'zga ko'rina boshladi. Bu, bir tomondan xo'jaliklarning vaqtincha bo'sh mablag'larini jalb etishi, boshqa tomondan esa jalb etilgan mablag'lar hisobidan korxonalar, xususiy tad­birkorlar va aholining moliyaviy ehtiyojlarini qondirishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etdi.
Xorijiy va mahalliy ekspertlarning qayd etishicha, so'nggi yillar davomida respublikada asosiy tamoyil — ixtisoslashuvdan uzoqlashish va bank faoliyatida universallashtirishni chuqurlashtirish kuzatilmoqda. Bu esa bank ope­ratsiyalari mazmuni va kredit munosabatlari mohiyatini oldindan belgilab beradi. Ushbu yillarda aholi va tadbirkorlik sub'ektlari uchun bank chakana mahsulotlarini rivojlantirish bank faoliyati­ning muhim yo'nalishiga aylandi.
Mazkur yo'nalishda banklar o'z faoliyatini dunyoviy amaliyotning “oltin” printsipidan ke­lib chiqqan holda olib bordilar. Ya'ni, aholiga ko'rsatiladigan xizmatlarning jozibadorligi tadbirkorlarning kreditlardan foydalanish keng imkoniyati bilan mutanosib holda rivojlantirildi. Davom ettirilgan islohotlar bank faoliyatini aholining turmush darajasini oshi­rishda muhim ahamiyat kasb etuvchi, ilgari qabul qilingan “Iste'mol krediti to'g'risida”gi va “Ipoteka to'g'risida”gi qonunlar doirasidagi faolligini yanada kuchaytirdi.

O'zbekiston tijorat banklari respublika­mizdagi va jahon bank hamjamiyatidagi yangi voqelikka javoban o'zlari taklif etayotgan xizmatlari to'plamini kengaytirdi, bozorga yangi bank mahsulotlarini chiqardi va ayni paytda moliya institutlari faoliyatining xalqaro standartlarini faol joriy etishga kirishdi. Ipotekaviy kreditlash­ning rivojlanish davri. Bank xizmatlarining mazkur yangi shakli mahalliy aholi tomoni­dan darhol ijobiy baholandi. Aholining bar­cha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni ijtimoiy himoyalashni ko'zda tutuvchi ushbu manba O'zbekiston Respublikasi “Iste'mol krediti to'g'risida”gi va “Ipoteka to'g'risida”gi Qonunlari orqali mustahkamlandi.
O'zbekiston Respublikasining“Iste'mol krediti to'g'risida”gi Qonuni iste'molchilar­ning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qonun turar-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash borasida aholining imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, binobarin, banklarda iste'mol kre­ditlash hajmining sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi.
2006 yilning oktyabr oyida esa O'zbekiston Res­publikasi “Ipoteka to'g'risida”gi qonuni kuch­ga kirdi. Ko'chmas mulkni xarid qilish uchun kreditlar ajratishning huquqiy mexanizmini o'zida mustahkamlagan ushbu qonun hujjati bank ipote­kaviy kreditlash rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Undan ko'zlangan asosiy maqsad ko'chmas mulk­ka garov qo'yishda yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solishdan iborat edi. O'zbekiston Respub­likasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori doirasida uy-joylar qurilishini uzoq muddatli ipotekaviy kreditlash tizimida bir qator mexanizmlar joriy etildi.
Bu davrda, shuningdek, banklarning strategiya­lari naqd pul muomalasini mustahkamlashga, har bir filialda naqd pul zahiralarini shakllan­tirishga va o'z faoliyatida samaradorlikni oshi­rishga qaratildi.
“2005–2007 yillarga mo'ljallangan bank tizi­mini isloh qilish va rivojlantirish dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi banklar kapitallashuv darajasi va ko'rsatkichlarining barqaror o'sishini ta'min­lagan holda, bank tizimini yanada isloh qilish va liberallashtirishda muhim omil bo'ldi. Bu borada pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta,­ uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish, banklarda aholi omo­natlarini ko'paytirishni rag'batlantirishga ustuvor yo'nalishlar sifatida e'tibor qaratildi. Rivojlanish sari doimiy ravishda intilayotgan tijorat banklariga mamlakatimiz hukumati to­monidan o'z vaqtida taqdim etilgan imtiyozlar kredit muassasalari o'z yangi instrumentlari­ni ishlab chiqadigan va taklif qiladigan bank-moliya bozorining shakllanishini oldindan belgilab berdi. Mamlakatimiz banklari kapitallashuv darajasining oshishi va ular­ning investitsiya jarayonlarida hamda iqtisodiy-tuzilmaviy o'zgarishlarda ishtiroki yanada faol­lashgan davri. O'sha kezlarda mamlakat hukumati banklarning foyda (daromad) solig'idan ozod qilinishiga banklar faolligi oshuvining yana bir zahirasi sifatida qaradi. Boz ustiga, tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq, ti­jorat banklarining mini-banklar tashkil etish bilan bog'liq xarajatlari ham soliq undirish ba­zasidan chiqarildi. Shu tariqa, asosiy e'tibor pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirbosh­lash kursi barqarorligini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu esa fuqarolarda katta rag'bat uyg'otib, ular­ning banklarga nisbatan ishonchini yanada orttirdi. Aholining banklarda depozit hisobraqamlar ochishga kirishishi bilan bog'liq ijo­biy holatlar ko'paydi. Banklarning depozit ba­zasi hajmi oshdi, bank xizmatlari bozori shakl­lana boshladi. E'tiborlisi, bank mahsulotlari qatoridan yangi xizmat turlari, masalan, lizing xizmatlari joy ola boshladi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, mamlakatimiz­da chakana xizmatlar rivoji xalqaro bank va mo­liya kapitalini keng jalb qilgan holda qo'shma banklarning tashkil etilishiga ta'sir ko'rsatdi. Respublikamiz bank bozori 100 foizli xususiy kapital asosidagi yangi banklarning vujudga ke­lishi natijasida tubdan o'zgardi. Xususiy bank­larning xizmatlar bozoridagi raqobatni kuchay­tirib yuborgani mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo'ldi. Mamlakati­miz hukumati va Markaziy banki soliq imtiyozla­ri va kadrlarni tayyorlash jarayonida texnikaviy ko'mak taqdim etgan holda ularning rivojlani­shini muntazam rag'batlantirib bormoqda. Ayni paytda xususiy banklar soni tijorat banklari umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etadi. Respublikamizda xususiy banklar rivojlani­shini izchil rag'batlantirish raqobatni kuchayti­rishga, ko'rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarning samara­li taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o'z navbati­da, xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish va rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.


Mamlakatimizda liberal­lashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida bank tizimini rivojlantirish davri. Bu davrda aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, banklarni res­publikamizdagi yan­gilanishlarning moliyaviy tayanchiga aylantirish maqsadi qo'yildi. Uning muvaffaqiyati bank­larning kelgusi rivojida dolzarb ahamiyat kasb etishi lozim edi. Korxonalarni aktsiyadorlashti­rish va ularning mulkchilik shaklini o'zgartirish jarayonlari jadallashdi. Banklar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichi talab­laridan kelib chiqib, o'z rivojlanish kontsep­tsiyasiga rioya etgan holda strategiyasini tako­millashtirib bordi. Ularning resurs bazasini kengaytirish va kapitallashuv darajasini oshi­rish o'z faoliyatini diversifikatsiyalash, yangi aktsiyadorlarning mablag'larini jalb etish, IT-texnologiyalar asosida yangi bank mahsulotlari va instrumentlarini ishlab chiqish hisobiga amalga oshirildi.
Valyuta bozorini liberallashtirishni davom ettirish va joriy xalqaro operatsiyalar bo'yicha so'm konvertatsiyasini ta'minlash uchun zarur shart-sharoit yaratish bilan bog'liq bo'lgan omillar ham banklar faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatdi. Chu­nonchi, 2003 yilning 15 oktyabridan O'zbekiston Re­spublikasi Xalqaro Valyuta jamg'armasi Bitimi­ning VIII moddasidagi majburiyatni qabul qildi. Natijada korxonalar joriy operatsiyalar bo'yicha konvertatsiyani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu masala yuzasidan O'zbekistonning tashqi mablag'larni jalb etmay, amalda o'z resurslariga tayanib maqsadga erishgani yuksak e'tirofga sazo­vor. Mazkur choralar milliy valyuta konvertatsi­yasidan foydalangan mahalliy tadbirkorlar fao­liyatini kengaytirishga yaqindan yordam berdi.Bu haqiqatan ham boy va sermahsul faoliyat­ning qiziqarli davri edi. Markaziy bankning valyuta siyosati inflyatsiya darajasini ushlab turish va milliy valyuta kursi keskin tebra­nishining oldini olish barobarida eksport­ni rag'batlantirish hamda valyuta resurslari­dan samarali foydalanishga qaratilgan edi. O'zbekistonning asosiy eksport tovarlariga nis­batan dunyo bozorlarida qulay narx kon'yunktura­si, shuningdek, eksportga yo'naltirilgan valyuta siyosatining olib borilishi eksport va oltin-valyuta zaxiralari hajmining oshishiga imkon berdi. Bank tizimini isloh qilishga qaratilgan ish­lar davom ettirildi. Uning asosiy yo'nalishlari sifatida banklar boshqaruvida aktsiyadorlarning rolini oshirish orqali korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, banklar moliyaviy barqarorligini ularning aktivlari, jumladan, valyuta aktivlari sifatini yaxshilash evaziga ku­chaytirish, bank ishini yanada takomillashtirish va banklar tomonidan ko'rsatiladigan xizmat turlarini tobora kengaytirish, tijorat bankla­rining investitsion jarayonlardagi rolini oshi­rish va mulkchilikning barcha shaklidagi tadbir­korlik tuzilmalarining kredit resurslaridan (jumladan, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning liniyalari bo'yicha ham) foydalanish mexanizmi takomillashtirilganini qayd etish joiz. 2002 yil aholining banklardagi omonatlarini himoyalashning ishonchli va samarali mexanizmi yaratildi. O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafo­latlari to'g'risida”gi Qonuni doirasida Fuqa­rolarning banklardagi omonatlarini kafolat­lash fondi tashkil etildi. Davlat-tijorat Xalq bankidan tashqari, respublikamiz hududida o'z faoliyatini olib boruvchi barcha banklar unga a'zo bo'ldi. Ishonchlilik, xizmat ko'rsatishning yuqori sifati, barcha mijozlar bilan o'zaro sheriklik munosabatlari O'zbekiston banklari faoliyatida asosiy printsiplarga aylana bordi. Bank tizimi faoliyatining institutsional asoslari takomillashtirildi. Bank sektorini liberallashtirish va isloh qilishni ko'zda tu­tib qabul qilingan dasturiy hujjatlar uning samaradorligini oshirishni oldindan belgilab berdi. Mazkur hujjatlar zamirida bank fao­liyatini liberallashtirish jarayonining ti­zimli va bosqichma-bosqichlik tamoyillari yota­di. Ushbu tamoyillarga amal qilish aholining mamlakat banklariga nisbatan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini berdi. Bunday yondashuv, shubhasiz, barqaror va ishonchli bank tizimini tashkil qilish jarayonida ulkan yutuqdir. Ushbu yilning 1 iyulidan e'tibo­ran kichik biznes korxonalari o'zlari ishlab chiqargan eksport tovarlar (ish va xizmatlar)ni bank muassasalari kassalari orqali belgilangan tartibda valyuta ulushini o'z hisobiga o'tkazish yo'li bilan naqd xorijiy valyutada amalga oshi­rish imkoniyatiga ega bo'ldi. Respublikamiz hukumati kichik biznes va xususiy tadbirkor­likni rag'batlantirishni hamda uning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengay­tirish borasida muhim qadam qo'ydi. Aynan shu yili erkin ayirboshlovchi valyutadagi Birlash­gan barqarorlashgan jamg'arma tashkil etildi. Bu o'z navbatida, O'zbekistonda birjadan tashqari va­lyuta bozorini yanada rivojlantirishning muhim vositasi bo'lib xizmat qildi.
Bu vaqtda bank tizimi bilan xususiy sektor o'rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada ri­vojlandi. Mazkur hamkorlik rivojiga turtki bergan muhim omillar sifatida banklar tomoni­dan xizmat ko'rsatish sifatining tobora yaxshila­nishi, banklarda raqo­batchilik muhitining yuzaga kelishi, mamlakatimizda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq jarayonlarni ko'rsatish mumkin. Aynan shu davrda banklar kreditlash siyo­sati kuchayganini, mijozlar so'rovlarini sinchkov­lik bilan o'rgana boshlaganini va bank xodimlari­da mijozlarning talab-ehtiyojlariga javoban tez harakat qilish qobiliyati shakllanganini yaqqol kuzatish mumkin. Mazkur davr O'zbekiston bank tizimini mustahkamlashda salmoqli yutuqlarga erishilgani bilan ahamiyatlidir. Aynan shu yil­larda zamonaviy infratuzilmaga ega samarali bank tizimini tashkil etish bilan bog'liq ishlar amalga oshirildi.
Bank tizimi oldiga uning rivojlanish istiqbollarini belgilab beruvchi strategik vazi­falar qo'yildi. Vazifalarning birinchisi bank­lar moliyaviy barqarorligini oshirish va ichki bozorda moliyaviy xizmatlar doirasini kengay­tirishdan iborat bo'lsa, ikkinchisi — O'zbekiston banklarining xalqaro kapital bozorida faolli­gini ta'minlashdir. Mazkur davrda O'zbekiston Respublikasi ­Prezidenti Islom Karimov mamlakatimiz moliya-bank tizimini rivojlantirish, uning faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash masalalariga yanada ko'proq e'tibor qaratdi. Shu munosabat bilan qator etakchi ban­klar (“O'zsanoatqurilishbank”, “Asaka” banki va boshqalar)ning kapitallashuv darajasini oshi­rish bo'yicha muhim qarorlar qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mi­krokreditbank” ustav fondini ko'paytirish to'g'risida”gi Farmoni mazkur bankni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashti­rish bo'yicha asosiy kredit markazlaridan biri­ga aylantirgan holda uning faoliyatini sifat jihatidan yanada yaxshiladi. Ushbu yillarda valyuta siyo­sati yanada liberallashtirilgan holda, birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutalar savdosi mexanizmi amalga kiritildi.
Mazkur mexanizm vakolatli banklarning xo­rijiy valyutada talab va taklifdan kelib chiqib, o'z mijozlaridan shartnoma asosida erkin kurs bo'yicha valyutalarni sotib olishini ko'zda tutadi Ushbu yilda respublika bankla­ri Bazel tavsiyalariga muvofiq holda faoliyat ko'rsatish uchun zarur tadbirlar amalga oshirildi. Bank nazorati va xalqaro amaliyoti bo'yicha Bazel qo'mitasining tavsiyalaridan kelib chiqib, tijorat banklari faoliyatini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari doirasida tar­tibga soluvchi kompleks me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Bunda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida ular ba­lansida mavjud muammolarni oldindan aniqlash hamda bank likvidligi pasayishi va kapital tuga­shi yuzaga kelishidan oldin ogohlantiruv chorala­rini ko'rish tamoyillaridan foydalanildi. Ushbu yilda islohotlarning strate­gik yo'nalishlaridan biri bank sektorida xusu­siy kapital oqimini rag'batlantirishdan iborat bo'ldi. Mazkur jarayon 1997 yilda O'zbekiston Res­publikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni e'lon qilinganidan so'ng jadallashdi. Unda jismoniy shaxslarning 50 foizdan kam bo'lmagan ulushi bi­lan banklar ochish uchun imtiyozlar taqdim etish ko'zda tutilgan edi. 1997 yil bank tizimining rivojlanish tarixida bank faoliyatida axborot tizimlarini joriy etish boshlangani bilan ahamiyatlidir. Ma'lumki, o'sha vaqtgacha respu­blika hududida amaldagi barcha hisob-kitoblar kun bo'yi olib borilar edi. 1997 yilning mart oyidan yangi dasturiy ta'minot joriy etilib, barcha hisob-kitoblar avtomatik rejimda amalga oshirila boshlandi. Bu esa to'lovlarni respubli­ka tashqarisida 15 daqiqa mobaynida, Toshkentdan chekka joylarda atigi 3 daqiqada amalga oshirish imkonini berdi. Aynan o'sha vaqtda hisob-kitoblar mexaniz­mi ishlab chiqildi va banklararo elektron to'lovlarning zamonaviy tizimi joriy etildi. Banklarga o'sha vaqtdagi noyob imkoniyat — kom­pyuter va telekommunikatsiya uskunalarini xa­rid qilish va departamentlarni ular bilan jihozlash imkoniyati berildi. Ular mablag'larni o'z faoliyati uchun zarur uskuna-anjomlarni mo­dernizatsiya qilishga yo'naltirishi hisobga oli­nib, qator soliq to'lovlaridan ozod qilindi. Shu tariqa, moliyaviy va iqtisodiy axborot­ning sifat jihatidan yangi iste'molchilari – mahalliy va xorijiy investorlar paydo bo'ldi. Ushbu yilda qabul qilingan O'zbe­kiston Respublikasining “Banklar va bank fao­liyati to'g'risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi — tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini konkretlashtirdi. Bank tizimiga taalluqli ikki asosiy hujjat — “O'zbekiston Respublikasining Markaziy ban­ki to'g'risida”gi hamda “Banklar va bank faoliya­ti to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonun­larining ishlab chiqilishida rivojlangan moliya tizimiga ega mamlakatlar tajribasi inobatga olinganini alohida ta'kidlash joiz. Mazkur qonunlar, shuningdek, “Aktsiyadorlik jamiyatla­ri va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonun nodavlat banklarning xususiy va aktsiyadorlik-tijorat shaklida tashkil etili­shiga qulay huquqiy sharoit yaratdi. Bu davrda bank tizimi rivojiga alohida ta'sir etgan ikki omilni ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchisi, olib borilgan islohotlar natijasida 1996 yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar boshqaruv va bank nazoratining to'la huquqli organi bo'ldi. Ikkinchisi, O'zbekiston Respubli­kasi “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi – tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini aniq-puxta belgilab berdi. Unda bank aktivlarini diversifikatsiyalash va xorijiy kapital jalb qilish asosida universal tijorat banklarini shakllantirish printsiplari mustahkamlangan.Bu davrda iqtisodiyotning alohida tarmoqlari­ga xizmat ko'rsatuvchi kredit-moliya tashkilotlari tashkil etildi. Bunday ixtisoslashuv qishloq xo'jaligi, avtomobil sanoati, aviasozlik kabi xalq xo'jaligining muayyan soha va tarmoqlarini moliyalashtirish zarurati bilan bog'liq edi. Kel­gusida ixtisoslashgan banklar o'z operatsiyalari va mijozlari doirasini mamlakat iqtisodiyoti ri­vojlanishining yangi darajasi va biznes-muhit talablariga ko'ra kengaytira boradi. Mazkur davrda O'zbekiston Respublikasi Mar­kaziy bankining bank sektorini boshqaruvchi va nazorat qiluvchi organ sifatida shaklla­nish jarayonlari davom etdi. Bank tizimiga taalluqli qonunchilik bazasi sifat jihatidan yangilanib, xalqaro bank amaliyoti bilan muvofiqlashtirildi.


2. Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadi bo`lgan iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta`minlashda transmission mexanizm foiz kanali ta`sirchanligini oshirish maqsadida pul-kredit operatsiyalari amalga oshiriladi.Pul-kredit operatsiyalari bank tizimi umumiy likvidligini tartibga solish orqali qisqa muddatli foiz stavkalarini boshqarishga yo`naltirilgan.Markaziy bank tomonidan ushbu operatsiyalar foiz koridori mexanizmi asosida amalga oshiriladi va pul bozori foiz asosiy stavkaga nisbatan ±2 foizlik koridorda shakllanishini ta`minlaydi. REPO auksioni – bu kredit tashkilotlaridan qimmatli qog`ozlarni markaziy bank tomonidan sotib olish va keyinchalik ularni oldindan belgilangan narxda ma`lum muddatdan keyin sotish bo`yicha ikki tomonlama bitim. Markaziy bank REPO stavkasini – asosiy stavka darajasida belgilaydi – bu o`z o`rnida REPO operatsiyalari bo`yicha taqdim etilgan mablag`lar uchun narx hisoblanadi. Davlat qimmatli qog`ozlari va Markaziy bank obligatsiyalari oldi-sotdi predmeti hisoblanadi.Valyutaviy SVOP auksioni  oldindan belgilangan valyuta kurs (forvard operatsiyasi) bo`yicha ma`lum vaqtdan keyin teskari operatsiyani amalga oshirish sharti bilan ikki tomonlama valyuta ayirboshlash operatsiyasi (spot operatsiyasi).Forvard kursini hisoblashda milliy valyutaning qiymati sifatida Markaziy bankning asosiy stavkasidan foydalaniladi. Bitim predmeti xorijiy valyuta hisoblanadi.  Overnayt REPO va Overnayt valyutaviy SVOP operatsiyalari – bir kun muddatga “asosiy stavka + 2%” stavkada muntazam qo`llaniladigan operatsiyalar. Markaziy bank obligatsiyasi – obligatsiya egasi tomonidan belgilangan tartibda daromad olish huquqini beruvchi Markaziy bank tomonidan elektron shaklda emissiya qilinadigan qimmatli qog`ozlar. Depozit auksionlari – Markaziy bankning tijorat banklaridan depozitlarga asosiy stavka darajasida mablag`larni jalb qilish operatsiyalari. Ushbu auksionlar 2022 yilning mart oyidan boshlab “to`liq qoplanadigan o`zgarmas foiz stavkali” operatsiyalar (fixed rate – full allotment) ko`rinishida amalga oshiriladi. Overnayt depozit - “asosiy stavka - 2%” stavkasi bo`yicha 1 kun muddatga muntazam foydalaniladigan operatsiyalar. Markaziy bank asosiy stavkasi – inflatsion targetlash rejimi doirasida pul-kredit siyosatini yuritishning asosiy instrumenti bo`lib, Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiradigan pul-kredit operatsiyalari bo`yicha mo`ljal foiz stavkasi hisoblanadi. Ushbu stavkani o`zgartirish orqali Markaziy bank iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan pul-kredit sharoitlarini belgilab boradi. Markaziy bankning tijorat banklari bilan likvidlikni taqdim etish va jalb etish bo`yicha asosiy operatsiyalari (muddati 2 haftagacha bo`lgan depozit, REPO va SVOP auksionlari) asosiy stavka doirasida amalga oshiriladi va banklararo pul bozoridagi operatsiyalarga ta`siri orqali bank xizmatlari (depozitlar va kreditlar) bo`yicha foiz stavkalarning belgilanishida muhim omillardan hisoblanadi.
Pul-kredit siyosati - hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam sak/gab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. P.-k.s. davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi. P.-k.s. orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpay-tiriladi, inflyasiyann pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank P.-k.s.ni olib borishda pul bo-zoriga toʻgʻridan-toʻgʻri — oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin. P.-k.s. bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular haj-mini toʻgʻridantoʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit kurinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qili-nadi. Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zaxiratalablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir etiladi. Markaziy bank foydalanadigan vositalarning har biri foiz stavkalarining oʻsishiga, kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim boʻlganda foiz stavkalarini oshirishga yoki, aksincha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar, majburiy eng kam zaxiralarning boʻlishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosati P.-k.s.ning asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyasiya darajasini 2023 yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan. Markaziy bank Boshqaruvining 2021 yil 21 oktyabrdagi yig‘ilishida “Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”ning dastlabki konseptual loyihasi ma’qullandi. Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyasiya darajasini 2023 yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan. Jahon iqtisodiyoti 2020 yilda koronavirus pandemiyasi va uning ta’sirida yuzaga kelgan global iqtisodiy inqiroz sharoitida qat’iy karantin cheklovlarining kiritilishi sababli iqtisodiy faollikning pasayishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlar hamda pul-kredit va soliq-byudjet siyosatlarining sezilarli darajada yumshatilishini boshdan o‘tkazdi. 2021 yilda esa pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning nisbatan yaxshilanishi, karantin choralarining yumshatilishi, iqtisodiyot sub’yektlarining pandemiyaga moslashuv darajasining ortishi hisobiga iqtisodiy faollikning sezilarli tiklanishi kuzatilib, yalpi talab hajmining pandemiyagacha bo‘lgan darajasiga yetishiga xizmat qilmoqda. Bunda, global iqlim sharoitlarning o‘zgarishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlarning saqlanib qolishi fonida yalpi taklif hajmining talabga nisbatan sekinroq tiklanishi jahon miqyosida inflyasion jarayonlarning tezlashishiga olib keldi. 2020 yilning so‘nggi choragidan boshlab asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va 2021 yil boshidan energiya resurslari narxlarida kuzatilgan sezilarli o‘sish aksariyat davlatlarda inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichidan yuqori shakllanishiga sabab bo‘ldi. 2020 yil va 2021 yilning o‘tgan 9 oyida mamlakatimizda fiskal, monetar va tarkibiy iqtisodiy islohotlar borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar iqtisodiy faollikni va yalpi talabni rag‘batlantiruvchi omillardan bo‘ldi. Natijada, 2020 yil yakunlari bo‘yicha real iqtisodiy o‘sish sur’ati 1,7 foizni va 2021 yilning dastlabki 9 oyligida 6,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yil yakunida 6,5-7,2 foizga teng bo‘lishi kutilmoqda.
Pandemiya sharoitida 2020 yilda iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash va narxlar barqarorligini ta’minlash vazifalari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash maqasadida Markaziy bankning asosiy stavkasi 16 foizdan 14 foizgacha pasaytirildi hamda pul-kredit sharoitlari biroz yumshatilib nisbatan qat’iy fazaga o‘tkazildi. 2021 yilning o‘tgan 9 oyida esa mazkur pul-kredit sharoitlari o‘zgarishsiz saqlab qolindi.Ta’kidlash lozimki, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning kelgusidagi o‘zgarishi bo‘yicha noaniqliklar hali ham yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Shu bois o‘rta muddatli makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari tashqi va ichki omillarning ta’siri ko‘lami va davomiyligini inobatga olib asosiy va muqobil ssenariylari ishlab chiqildi.Ssenariylarni shakllantirishda tashqi iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishlari, xalqaro moliya tashkilotlarining jahon iqtisodiyoti va asosiy eksport tovarlari narxlari bo‘yicha prognozlari, asosiy savdo-hamkor davlatlarda kutilayotgan vaziyatlar, ichki iqtisodiy sharoitlardagi ehtimoliy tendensiyalardan kelib chiqildi.Jahonda vaksinatsiyalash jarayonining borishi rivojlangan davlatlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tezroq tiklanishi, rivojlanayotgan davlatlarda esa nisbatan sustroq tiklanishini belgilovchi asosiy omillardan bo‘layotgan sharoitda ssenariylar shartlarini belgilashda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhim omil sifatida qaraldi.Shuningdek, bu yilgi hisob-kitoblarda iqlim o‘zgarishlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari taklifi, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari, amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan islohotlar va ularning kutilayotgan natijalari shartli omillar sifatida inobatga olindi.Makroiqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysida tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning bosqichma-bosqich yaxshilanib borishi kutilayotgan bo‘lib, keskin tashqi xatarlar yuzaga kelishi ko‘zda tutilmaydi. Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat normallashib, inson resurslari migratsiyasi va transchegaraviy harakatlar bo‘yicha uzoq muddatli cheklovlar joriy etilmaydi.Mazkur ssenariyga ko‘ra, iqtisodiy faollik yuqori sur’atlarda jadallashib borib, investitsion va iste’mol talabi pandemiyagacha bo‘lgan darajaga to‘liq tiklanadi.Ushbu ssenariy doirasidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2022 yilda yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zining potensial darajasiga ko‘tarilib, real iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5-6,5 foizni tashkil etadi va 2023-2024 yillarda 6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Asosiy ssenariy doirasida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashning muhim drayveri sifatida xususiy ichki va tashqi investitsiyalar hamda iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan tarkibiy islohotlar qaralmoqda. Kelgusi yillarda mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasi 2022 yildan bosqichma-bosqich fiskal konsolidatsiya boshlanishini taqozo qiladi va fiskal taqchillikning YaIMga nisbati 2023-2024 yillarda 2,0-3,0 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda.Yuqorida keltirilgan omillar va tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish darajasidan kelib chiqib inflyasiya sur’atlarining 2022 yilda 8-9 foizga tashkil etishi, 2023-2024 yillarda esa 5 foizgacha pasayishi kutilmoqda.Makroiqtisodiy rivojlanishning muqobil ssenariysi shartlari sifatida jahonda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning keskinligicha qolishi sababli tashqi sharoitlarning noqulay shakllanishi va iqtisodiy faollikni pasayishi kabi ehtimollar asos qilib olingan.Ushbu ssenariy bo‘yicha yalpi ichki mahsulot hajmining real o‘sishi 2022 yilda 3-4 foiz atrofida bo‘lishi mumkin. Vaziyatning normal fazaga o‘tishi bilan 2023 yildan iqtisodiy faollik va yalpi talabning tiklanishi kuzatilib, 2023 yilda 4,8-5,8 foizni va 2024 yilda 5,5-6,5 foizni tashkil etishi taxmin qilinmoqda.Bunda, ichki iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash uchun 2022 yilda ham fiskal rag‘batlantirishlar davom ettiriladi va umumiy fiskal taqchillikning YaIMga nisbati 4-5 foiz atrofida bo‘lishini taqozo etishi mumkin. Fiskal konsolidatsiya 2023 yildan boshlanib, fiskal taqchillikning YaIMga nisbati 2023 yilda 3-4 foizgacha, 2024 yilda esa 2,0-2,5 foizgacha pasayishi baholanmoqda.Makroiqtisodiy rivojlanish shartlari muqobil ssenariy bo‘yicha shakllangan holatda tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi kelgusi davrlarga kechiktiriladi. Natijada, ushbu ssenariy shartlari ro‘y bergan sharoitda umumiy inflyasiya darajasi 2022 yilda 7,5-8,5 foizni tashkil etishi va 2023 yilda esa 5,6-6,6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.Yuqorida keltirilgan ssenariylarning har birida pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda inflyasiyaning target ko‘rsatkichiga erishishga qaratiladi.
Bunda, ssenariylarda keltirilgan vaziyatlarning shakllanishiga qarab pul-kredit sharoitlarining qat’iylik darajasi belgilab boriladi.Asosiy ssenariyda pul-kredit siyosatini nisbatan qat’iy sharoitlari saqlab qolinsa, muqobil ssenariyda esa pul-kredit sharoitlarini biroz yumshatish hamda narxlar barqarorligi va iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilishi mumkin.Kelgusi yillarda operatsion mexanizmni yanada takomillashtirish va pul bozorini rivojlantirish bilan birgalikda, ichki valyuta bozorida islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish, tahliliy-prognozlash salohiyatini rivojlantirish va pul-kredit siyosati transmission mexanizmi samaradorligini oshirish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Markaziy bankning diqqat markazida bo‘ladi.Transmission mexanizm samaradorligini oshirish vazifasi moliya bozorini, xususan davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish, xususiy kapital bozori ko‘lamini oshirish va iqtisodiyotda banklardan tashqari moliyaviy vositachilik institutlarini rivojlantirish bilan bog‘liq hisoblanadi. Kelgusi yillarda alohida ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan masala – bu inflyasiyaning uzoq muddatli barqaror omillarini bartaraf etish masalasi hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda, iste’mol bozorida raqobatni rivojlantirish, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, tovarlar importida konsentratsiyalashuv darajasini pasaytirish, hududlarda savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish kabi choralarni amalga oshirishni taqozo etadi. Ushbu tarkibiy islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi inflyasiyaning target darajasiga yetganidan so‘ng pul-kredit sharoitlarini bosqichma-bosqich neytral shartlarga o‘tkazish imkonini beradi.
3. O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonuni 3-moddasiga muvofiq Markaziy bank yuridik shaxs bo‘lib, u davlatning mutlaq mulkidir va o‘z xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi. Markaziy bank o‘z vakolatlari hamda vazifalari doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlaridan mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni 4-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi va litsenziyalash, tartibga solish hamda prudensial nazorat bo‘yicha vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organidir.



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish