O’zbekiston respublikasi oriental universiteti nodavlat ta’lim muassasasi filologiya fakulteti filologiya va fanlari o’qitilish (arab tili) yo’nalishi o’rganilayotgan mamlakatlar



Download 2,03 Mb.
bet4/5
Sana23.12.2022
Hajmi2,03 Mb.
#895216
1   2   3   4   5
Bog'liq
arab ogzaki ijodi ertak

MING BIR KECHA" (arab. "Alif layla va layla") — oʻrta asr arab adabiyoti yodgorligi. Asosan, 15-asrda arab tilida tarkib topgan ertaklar toʻplami (qoʻlyozmalari 17—19-asrlarga mansub). Asarning yaratilish tarixi, qaysi xalqning adabiy merosi ekanligi haqida turli fikr-mulohazalar mavjud. Tadqiqotchilarning xulosalariga koʻra, "Ming bir kecha" toʻplamidagi ertak va hikoyatlarni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: qad. davrga mansub hind-eron, oʻrta davrga mansub Bagʻdod va soʻnggi davrga mansub Misr ertaklari. "Ming bir kecha" ning eng qad. asosi hind-eron ertaklaridan iborat eroncha "Hazor afsona" ("Ming ertak") toʻplami boʻlib, u 8-asrda fors tilidan arab tiliga tarjima qilingan. Oʻsha davrdayoq "Ming kecha" nomini olgan ushbu tarjima matni saqlanib qolmagan, uning aniq tarkibi haqida ham hech qanday maʼlumot yoʻq.

Arab olimi Ibn an-Nadimning yozishicha, bagʻdodlik adib al-Jahshiyoriy (942 yil v.e.) mazkur "Hazor afsona"ga oʻxshatib "Ming kecha" nomli ertaklar toʻplamini tuzishga kirishgan, biroq 480 ta toʻplagan paytda vafot etgan. 9— 10-asrlarga mansub, hind-eron va arab (Bagʻdod, Basra kabi shaharlarda yaratilgan) ertaklaridan iborat "Ming kecha" toʻplami 12—13-asrlarda Misrda yangidan-yangi mahalliy ertaklar bilan boyigan. Majmuaning "Ming kecha" oʻrniga "Ming bir kechak." deb atala boshlanishi ham shu davrga toʻgʻri keladi. Nemis olimi Litmann bu oʻzgarishni turkchada noaniq koʻplikni anglatadigan "bin bir" (ming bir) iborasi bilan bogʻlaydi. Keyinchalik esa "Ming bir" iborasi toʻplamdagi kechalarning aniq miqdori maʼnosida qabul etilgan va toʻplamni shu nomga moslash uchun unga qoʻshimcha materiallar kiritilgan (17-asrda asar hozirgi tugallangan shaklga keldi).

Ming bir kechak." asarining mazmuni, voqealar tasnifi turli davrlar, Sharq xalklari va mamlakatlarining tarixi bilan uzviy bogʻliq. Asar 300 dan ortiq qissa va hikoyalardan iborat boʻlib, ularda Sharq xalqlarining urf-odatlari, orzu-umidlari, tarixi, sarguzashtlari uz ifodasini topgan; xudbinlik, ochkoʻzlik, maishiy buzuklik, johillik kabi illatlar qoralanib, poklik, rostgoʻylik, donolik, kamtarlik, sahiylik singari fazilatlar ulugʻlangan.


Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish