3. Bilim, hunarsiz kishi o ‘tindan
boshqaga yaramaydigan
mevasiz daraxtga o ‘xshaydi.
4. Ilmga amal qilmaydigan mulla do‘stiga katta kitoblar ortilgan
eshak misoli befoydadir.
5. H ar bir yosh ota mansabi, shon-shuhratiga mag‘rurlan-
masdan, o‘z yo‘lini mustaqil tanlashi va ilm -hunar o ‘rganishi shart.
6. H unar o ‘rganish har bir kishi uchun, u yoshmi, keksami,
shohmi, oddiy fuqaromi barchaga barobardir.
7. Haqiqiy insonlarga xos bo ‘lgan
xislatlardan yaxshilik,
saxiylik, shirinsuxanlik, kamtarlik, sabr-qanoat, do ‘stlik,
rost-
go‘ylik, mehnatsevarlikni tarbiyalashga e ’tibor qaratish zanir.
8. Saxovat biror narsaga qarab yoki evaziga biror narsa talab
qilinsa, xatto talab etilgan narsa maqtov va minnatdorchilik bo'lgan
taqdirda ham, u saxovat emas.
9. Inson bir-biri bilan munosabatda bo'lar ekan, uning boshqa-
larga nisbatan do‘stona munosabati ham kamolot belgisidir. Haqiqiy
do‘stlikning belgilari do'stga sodiqlik,
qiyin paytlarda undan qoch-
maslik, hamdard, ham m ehr bo‘lish, d o ‘stligi evaziga biror narsa
talab etmaslikdir.
10. Qoldiray desang jahonda yaxshi nom,
Yaxshilik qil, yaxshilik qilgin mudom,
Yaxshilikni sen o ‘zingga pesha qil,
Hech kishiga ranju ozor bermagil.
11. Agar rahbar nodon, johil bo‘lsa, el boshiga juda ko‘p
nadomat, kulfat va zulm yog‘ilishi mumkin.
Buni yod oling!
Odamning
qiymati emas, duru-zar,
Odamning qiymati bilim ham hunar.
Nazar sol, dunyoda hunar tufayli,
Hojasidan qadri ortiq ko‘p qullar.
Eslab qoling!
Abdurahmon Jomiyning «Solomon va Absol» dostonida esa
tubdan his-tuyg‘ulardan
tozalanib, m a’naviy kamolotga erishish
yo‘li badiiy tarzda ifoda etiladi.
82
Jomiy m azkur dostonida ibratli rivoyatlar misolida kishilarga
tuban hislardan tozalanib, m a’naviy kamolotga erishish yoMlarini
ko‘rsatib beradi. Inson har qanday hirsu m ayldan yuqoriroq
bo‘lishi, aql-idrok va sog'lom fikr yuritib ish ko‘rishi lozim degan
fqarashni ilgari suradi va tasaw uf g ‘oyalarini tarannum etadi.
Xulosa
qilib aytish mumkinki, alloma o ‘z asarlarida insonni
ulug‘laydi, uni m a’naviy kamolot darajasiga ko'tarishning asosiy
mezoniaridan biri bilimlilik, aqliy kamolotning yuksak darajasiga
erishishi zarurligiga alohida e ’tibor bergan.
Jomiy m a’naviy barkamol insonni tarbiyalashning ikkinchi
bir jihati ahloqiy barkamollik deb bildi va ahloqiylik -
yuksak xulq-
odob mezonlari sifatida insoniylik, adolat, mehnatsevarlik, sahovat
va karam, m ehr-m uruw at, chin insoniy muhabbat, rostgo‘ylik,
kamtarlik, jasorat, mardlik kabi xislatlarni ulug‘ladi va takabburlik,
mol dunyoga hirs qo ‘yish, yolg‘onchilik, johillik bilan bog‘liq
illatlarni qoraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: