PUBLITSISTIKA (lot. publicus – ij-timoiy) — davrning ijtimoiy-siyosiy va b. dolzarb masalalariga bagʻishlangan adabiy ijod turi. Publitsistikaning vazifasi ij-timoiy fikr uygʻotish va uni shakllan-tirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirish, hujjatli faktmaʼlumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan ibo-rat. Hoz. zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador oʻtmish va kelajak faktlari Publitsistikaning predmetidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ongqarashlarning salmogʻi ortgan sari publitsistning, yaʼni ijod-korning voqelikka faol aralashuvi, fikrni bevosita oshkora, dangal ifo-dalash tamoyili ham oshdi. Publitsistika fan, sanʼat, adabiyot asarlari tarkibiga tobora koʻproq kirib bormoqda. Publitsistik roman, pyesa, kino asarlari pay-do boʻlmoqda.
SEMA (yun. sema — belgi) — mazmun, maʼno jihatining eng kichik birligi, semema (leksik maʼno)ning tarkibiy qismi. Mas, "atrof" leksemasining maʼnosi (sememasi) "hamma" va "tomon" S.laridan iborat. Yoki "daraxt" leksemasining sememasi "predmet", "oʻsimlik", "erda oʻsuvchi", "tanali", "ildizli", "shoxli", "bargli" va boshqa S.lardan tashkil topadi. Maʼlum leksiksemantik guruhga oid sememalardagi S.lar shu sememalar uchun umumiy yoki xususiy ekaniga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi; umumiy, birlashtiruvchi (integral) S. va farqlovchi (differensial) S. Umumiy S. — bir semantik maydondagi sememalarning tutashtiruvchi Sema Mas, aka, opa, singil kabilardagi "qarindoshlik" Sema Chopmoq, oqmoq, sakramoq kabilardagi "harakat" Sema Farqlovchi S. — koʻp maʼnoli soʻz sememalaridan har birining oʻziga xos boʻlgan, ular sememasini birbiridan farqlaydigan S. Mas, aka, uka soʻzlari kattakichiklik S.si bilan, opa, aka soʻzlari esa jins S.si bilan farqlanadi.
TIL deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6—7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til soʻzlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, koʻrish, sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoki hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan mustaqil boʻlgani uchun ilojli. Keng maʼnoda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga, yaʼni belgilarni tegishli maʼnolarga bogʻlash jarayoniga tayanadi. Ogʻzaki va imo-ishora tillari ramzlar ketma-ketligini soʻz yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda soʻz va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni oʻz ichiga oladi. Odam tili unumdorlik, rekursivlik va siljuvchanlik xususiyatlariga ega ekanligi hamda ijtimoiy kelishuv va oʻrganishga butunlay asoslangani uchun unikaldir. Binobarin, uning murakkab tuzilishi hayvonlar muloqotiga nisbatan juda keng ifoda va qoʻllanishlar koʻlamini beradi. Til erta homininlar asta-sekin primat muloqot tizimlarini oʻzgartira boshlagan paytda, boshqa onglar nazariyasini shakllantirish qobiliyati va intensionallikni oʻrganayotganida yuzaga kelgan, deb taxmin etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |