O’zbekiston respublikasi oliy vao’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 1,49 Mb.
bet13/15
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#202711
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Tu-52 talabasi Qozoqboyev Saddamning iqtisod fanidan tayyorlagan kurs ishisi

ITC haqida - rivojlanayotgan va o'tish davri iqtisodiyotidagi kichik va o'rta korxonalarga global bozorlarda raqobatbardosh bo'lishiga yordam beradi va shu bilan Savdoga yordam dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida barqaror iqtisodiy rivojlanishga hissa qo'shadi.

1.4. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirishning dolzarb masalalari.
Oliy harbiy davlat bojxona instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan 2019 yil 25 martda imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan “Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Bojxona tartibga solinishi va bojxona to‘lovlari hamda Jahon iqtisodiyoti kafedralari hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida bojxona vakillari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda Jahon iqtisodiyoti kafedrasi professori, t.f.d. A. Shermuxammedov “O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirish muammolari” mavzusida ma’ruza qildi. Respublikamizda tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va rivojlantirish, bu jarayonni faollashtirishda tashqi savdoni erkinlashtirish, milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya-kredit, investitsiya, soliq-bojxona, valyuta va sug‘urta tizimiga integratsiyasini jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar ijrosi samarali amalga oshirilayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Davlat boshqaruv akademiyasi Iqtisodiyot va moliya kafedrasi dotsenti, PhD. U. Pardaev “Davlat xaridlari tizimida tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish masalalari” mavzusida o‘z ma’ruzasini davra suhbati qatnashchilariga taqdim etdi. Ma’ruzachi tomonidan bugungi kunda mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlanitirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, davlat xaridlari tizimida tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha islohotlarning tutgan o‘rni, xususan, bu boradagi o‘zgarishlar, rivojlanishlar, chegara va bojxona nazorati haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etildi. Soha rivojiga to‘siq bo‘layotgan va o‘z yechimini kutib turgan muammolar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi dotsenti, i.f.n. M. Qutbidinova “Erkin iqtisodiy zonalarga berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashib, respublikada erkin iqtisodiy zonalarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarning amalga oshirilayotganligini ta’kidlab, erkin iqtisodiy hududlarga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashadigan keng ko‘lamli soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalari tizimi shakllantirilganligi natijada esa hozirgi kunda respublikamizning 10 ta mintaqasida 14 ta erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari tashkil etilib, hozirgacha ushbu zonalarda 62 ta loyiha amalga oshirilib, yana 87 ta loyiha bo‘yicha ishlar davom ettirilayotganligi xususidagi ma’lumotlarni davra suhbati ishtirokchilariga ma’ruzasi davomida yetkazdi.

So‘ngra so‘z Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri i.f.n. dots. N. Ismailova “Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida O‘zbekistonning ishtiroki” deb nomlangan o‘z ma’ruza taqdimoti bilan chiqish qildi. Ma’ruzada respublikamiz xalqaro integratsion jarayonlarga tezkorlik bilan javob qaytarayotganligini ta’kidlanib, mavzuning amaliy va ilmiy jihatlari asoslab berildi.

Bojxona tartibga solinishi va bojxona to‘lovlari kafedrasi dotsenti, bojxona xizmati podpolkovnigi T. Pardaev “Tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirishda bojxona to‘lovlarining o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasida mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar va bojxona to‘lovlaridan berilayotgan imtiyozlar natijasida respublikamiz tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari ham yildan-yilga keskin o‘sib borayotganini qayd etdi.

Tadbir so‘ngida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Jahon iqtisodiyoti kafedrasi mudiri N. Ismailova mazkur innovatsion-korporativ hamkorlik doirasidagi davra suhbati juda mazmunli va qiziqarli o‘tganligi, mavzu yuzasidan o‘zaro almashilgan fikr va mulohazalar o‘zining ilmiy-amaliy, nazariy-uslubiy ahamiyatga ega ekanligi, tadqiqotlar natijasida tayyorlangan taqdimot ma’lumotlarga boy tarzda o‘tganligi, yangiliklarga to‘laligi bilan ahamiyatli bo‘lganligini ta’kidladi. Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti rahbariyati hamda Bojxona tartibga solinishi va bojxona to‘lovlari kafedrasi xodimlariga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.





Xulosa

Xulosa qilib aytganda mamlakatimizda tashqi iqtisodiyot, umuman iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qator islohotlar olib borilmmoqda. Bu yo’nalishda bir qator yangi qonunlar, tartib-tamoyillar, yangidan yangi imkoniyatlar, yangi eshiklar yaratilmoqda. Ayniqsa so’ngi yillarda olib borilayotgan islohotlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Xususan, 2019 - yilning 25 – dekabridagi O’RQ-598-sonli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonun hamda qo’shimcha sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga ko’ra 2017—2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “HARAKATLAR STRATEGIYASI” ni ham olishimiz mumkin. Mamlakatimizda iqtisodiy o’sish va barqarorlikni taminlash maqsadida bu kabi qonunlar va qator imkoniyatlar doimiy tarzda qabul qilinadi yoki isloh qilinadi. Chunki mamlakatni rivojlantirish, aholi turmush tarzini yaxshilash va farovonligini taminlash, bir gap bilan aytganda ularni hayotdan xursand holda yashashlari uchun mamlakatimiz bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi. Chunki zotan bu davlat qurilishining asosiy tamoyili hisoblanadi. Bu yo’lda iqtisodiyot katta ro’l o’ynaydi hamda iqtisodiyotning salmoqli ulushi tashqi iqtisodiyotga to’g’ri keladi. Bu esa uni isloh qilishni doimiy ravishda olib borish lozimligini anglatadi. Eksport, import, qo’shma korxonalar, investitsiyalarni jalb qilish va boshqa omillar natijasida tashqi iqtisodiyot rivojlanadi. Buning natijasi o’laroq mamlakatda yangidan-yangi korxona, firmalar paydo bo’ladi, ichki va tashqi ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat kuchayadi, mahsulotlar tannarxi arzonlashib, sifati ortadi. Shu bilan birga ko’plab bo’sh ish o’rinlari paydo bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonlari isloh qilinadi, yangi texnikalar, yangi metodlar jalb qilinadi, nisbatan kamxarj hamda ekologiyaga zarar kam bo’ladigan yo’llar o’ylab topiladi. Davlatga tushadigan soliq miqdori ham oshadi. YaIM oshadi. Bu esa aholining ijtiomoiy himoyasi hamda turmush tarziga ijobiy ta’sir qiladi. Mamlakatdagi oqsayotgan yoki isloh qilinishi kerak bo’lgan sohalar rivojlantiriladi. Bir so’z bilan tashqi iqtisodiyot mamlakat rivojlanishining muhim omili. Zotan mamlakatimiz YaIMining 67.8% qismi (Jahon Banki, 2018) tashqi iqtisodiyotga to’g’ri kelishi bunga yaqqol misol.



Shu sababdan bu sohaga e`tibor juda katta.


Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish