O’zbekiston respublikasi oliy vao’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


O’zbekiston tashqi iqtisodiyotini rivojlantirish va mustahkamlash



Download 1,49 Mb.
bet12/15
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#202711
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Tu-52 talabasi Qozoqboyev Saddamning iqtisod fanidan tayyorlagan kurs ishisi

3. O’zbekiston tashqi iqtisodiyotini rivojlantirish va mustahkamlash.

Tashqi iqtisodiyotimizni rivojlantirish yo’lida mamlakatimizda bir qator chora tadbirlar o’tkazilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5-fevral kuni tashqi iqtisodiy faoliyat tizimini isloh qilish bo’yicha ustuvor vazifalarga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazdi17.

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida tashqi savdo bilan bog’liq nazorat tizimi va infratuzilmani yaxshilash, jumladan, xorijiy tajribadan kelib chiqib, bojxona postlarida nazoratni amalga oshiradigan bojxona, sanitariya, karantin, veterinariya va boshqa idoralar faoliyatini isloh qilish lozimligini ta’kidlagan edi.

Bu sohada uzoq yillardan buyon samarali ishlar olib borilmagani tashqi savdo amaliyotlarida muayyan qiyinchiliklar tug’dirmoqda. Jahon bankining «Biznes yuritish» reytingida «Xalqaro savdo» yo’nalishi bo’yicha mamlakatimiz 190 ta davlat orasida 152-o’rinda qayd etilgani ham shundan dalolat beradi.

Yig’ilishda mazkur reytingda mamlakatimiz pozitsiyasini yaxshilash, jahon tajribasi asosida nazorat idoralarining ishini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumki, ko’plab davlatlarda yuklar chegaraga yetib kelmasidan oldin ular haqida axborot berilib, yukning tez chiqib ketishi ta’minlanadi. O’zbekistonda esa o’tgan yili 416 mingta deklaratsiyadan atigi 344 tasi yuk chegaraga kelguncha rasmiylashtirilgan. Yuk to’g’risida oldindan ma’lumot berish avtomobil transportida 98 foizni tashkil etsa, temir yo’lda umuman yo’lga qo’yilmagan.

Shu bois nazoratni chegarada emas, balki yuklar kirib kelishidan oldin yoki mamlakat ichkarisida erkin muomalaga chiqarilgandan keyin amalga oshirish tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha topshiriq berildi.

Bugungi kunda 1 ming 836 ta turdagi tovar bir vaqtda uchta idora tomonidan tekshirilishi, oqibatda import-eksport hujjatlarini rasmiylashtirish haftalab cho’zilayotgani tanqid qilindi.

Bojxona, veterinariya, karantin, sanitariya, standart, ekologiya idoralari ish uslubini o’zgartirishi, ularning asosiy vazifasi mahsulotlar eksportini qo’llab-quvvatlashdan iborat bo’lishi zarurligi ko’rsatib o’tildi.

Tovarlarning bojxona qiymatini tezkor aniqlash imkoniyati bo’lmaganda, tadbirkor to’lov qilib o’sha zahoti mahsulotini olib ketadigan, bunga aniqlik kiritilganidan keyin farqni to’laydigan tizim joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo’mitasiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda yangi Bojxona kodeksini ishlab chiqish, bojxona organlari tashkiliy tuzilmasi va ma’murchiligini takomillashtirish vazifasi qo’yildi.

O’simliklar karantini davlat inspeksiyasi xodimlari ekin maydonlariga chiqib, xorijiy mamlakatlarning kimyoviy va biologik vositalarni qo’llash bo’yicha talablarini dehqonlarga tushuntiradigan, amaliy ko’mak beradigan tuzilmaga aylanishi kerakligi qayd etildi.

Prezidentimiz raqamli texnologiyalarni joriy qilib, inson omilini maksimal qisqartirish orqali korrupsiya va noqonuniy tovar aylanmasiga barham berish zarurligini ta’kidladi.

Import mahsulotlarining chegaradan to yakuniy iste’molchigacha bo’lgan harakati bojxona va soliq idoralari tomonidan yagona elektron tizim orqali nazorat qilinishi kerak. Misol uchun, bojxona deklaratsiyasini elektron hisob-faktura va onlayn nazorat kassasiga bog’lash orqali bu masalani hal etish mumkin.

Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga ruxsatnoma va laboratoriya tekshiruvlari hujjatlarini to’liq raqamlashtirish, avtomatlashtirilgan «risk-analiz» tizimini joriy etish bo’yicha topshiriqlar berildi.

Yig’ilishda yuklarni chegara punktlaridan o’tkazish vaqtini qisqartirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Tahlillarga nazar tashlasak, so’nggi 3 yilda qo’shni davlatlar bilan chegara orqali o’tgan insonlar soni 2 baravarga, transport vositalari soni qariyb 3 baravarga oshgan. Lekin hozirgi infratuzilma bunday talabga to’la javob bermaydi.

Masalan, ayrim veterinariya va karantin punktlarida zarur jihozlar yo’q. Chegaradagi sanitariya va epidemiologiya xizmati ham tashqi xavflarga tayyor emas.

Yuklar oqimini taqsimlash ishlari oqilona tashkil etilmagan. Bojxona xizmatida postlarni masofadan nazorat qilish tizimi – Situatsion markaz yo’qligi oqibatida postlarda tirbandliklar paydo bo’lmoqda. Bu tadbirkorlar uchun ham, davlat budjeti uchun ham ortiqcha xarajat keltirib chiqarmoqda.

Shu bois mutasaddilarga chegara postlarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, joriy yil 1 oktyabrga qadar Situatsion markazni ishga tushirish bo’yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, chegaradosh davlatlar bilan yuklarni «bir bekatda tekshirish» tizimini yo’lga qo’yish lozimligi qayd etildi.

Tashqi savdo nazorati idoralari chet ellardagi hamkasblari bilan yaqindan ishlab, tajriba almashishi, ularning tekshiruv-sinov laboratoriyalarini yurtimizda tashkil etib, tovarlarni xorijiy talablarga mos ruxsatnomalar bilan jo’natishni yo’lga qo’yishi kerakligi ta’kidlandi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini soddalashtirish uchun milliy qonunchilikni bojxona, sanitariya-epidemiologiya, transport, standart, veterinariya, karantin yo’nalishidagi xalqaro kelishuvlarga uyg’unlashtirish zarurligi ko’rsatib o’tildi.

Yig’ilishda kadrlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bojxona institutida o’qitish jarayoni zamon talabiga javob bermasligi qayd etilib, uning faoliyatini tubdan takomillashtirish, shuningdek, veterinariya va karantin xodimlarini xalqaro andozalar asosida qayta tayyorlash muhimligi qayd etildi. Xalqaro bojxona tashkiloti bilan erishilgan kelishuvga muvofiq kadrlar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarga to’xtalib o’tildi.

Yana bir tashqi iqtisodiyotimizni rivojlantirish yo’lidagi islohotlardan biri Xalqaro Savdo Markazi (International Trade Center) tomonidan Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekistonga savdoni rivojlantirishni maqsadli qo'llab-quvvatlash uchun to'rt yillik Ready4Trade Central Asia 18loyihasini amalga oshirilishidir.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan 15 million evrolik loyiha investitsiyalar, raqobatbardoshlik va savdoni qo'llab-quvvatlash orqali mintaqaning barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo'shadi.

ITC xalqaro savdoni sezilarli darajada buzgan va mintaqadagi KO'K (Kichik va O’rta korxonalar) larni vayron qilgan COVID-19 pandemiyasi fonida ushbu loyihani boshlamoqda. Chet elda savdoni yengillashtirish, shaffoflikni oshirish va elektron tijoratni amalga oshirish kabi savdoni yumshatish choralarini joriy etish - pandemiyaning Markaziy Osiyodagi KO'Klarga salbiy ta'sirini yumshatishga va uning keskin iqtisodiy oqibatlarini yumshatishga yordam beradi.

So'nggi yillardagi ba'zi iqtisodiy o'sishlarga qaramay, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy diversifikatsiyaning past darajasi bilan ajralib turadi va oz sonli savdo sheriklariga juda bog'liqdir. Kichik va o'rta korxonalarning (KO'K) Markaziy Osiyoda yalpi ichki mahsulot va ish bilan ta'minlashga qo'shgan hissasi va ularning jahon iqtisodiyotidagi ishtiroki Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi va Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkilotining ko'plab davlatlariga nisbatan past. KO'Kning mintaqaviy va jahon bozorlaridagi to'liq ishtiroki iqtisodiy faoliyatni diversifikatsiya qilish va ish o'rinlarini yaratish uchun juda muhimdir.

Iqtisodiy o'sishni rivojlantirishga yordam berish uchun Ready4Trade Central Asia loyihasi:



  • Xalqaro savdo uchun asosiy tartibga soluvchi va protsessual to'siqlarni hal qilish

  • Transchegaraviy talablarga rioya qilish uchun KO'Kning imkoniyatlarini yaxshilash

  • Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan ayollar rahbarligidagi kompaniyalarning transchegaraviy elektron tijoratni amalga oshirishga tayyorligini oshirish

  • Ayollar boshchiligidagi korxonalarning xalqaro savdoda ishtirok etish imkoniyatlarini oshirish.

Ready4 Trade Central Asia loyihasining navbatdagi bosqichini boshlash 2020 yil iyun oyida yakunlangan olti oylik bosqichdan so'ng amalga oshiriladi. Loyiha har bir benefitsiar mamlakatning boshlang'ich bosqichida o'ziga xos ehtiyojlariga mos keladigan yondashuvni moslashtirdi. ITC loyihani amalga oshiradi, mamlakatdagi loyiha idoralari esa mamlakat miqyosidagi tadbirlarni muvofiqlashtiradi. Yevropa Ittifoqining Qozog'istondagi Delegatsiyasi aktsiyaning umumiy boshqaruvini nazorat qiladi. 


Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish