47
Genetik kod barcha organizmlarda bir xildir (universal), ya’ni bitta triplet AAA
bakteriyada, o ‘simlikda, hayvonda va odamda ham aminokislota lizinni aniqlaydi.
OQSIL BIOSINTEZI
Oqsil biosintezi ikkita bosqichda boradi: Transkripsiya va Translatsiya
1) Transkripsiya(yadroda)-- i-RNK DNK molekulasidagi oqsil to ‘g‘risidagi axborotni
o ‘ziga ko‘chirib oladi.
Bir molekula — i-RNK DNK molekulasining bitta genga to‘g‘ri keladigan bo‘lagidan
axborotni ko‘chirib oladi va bu axborot asosida bir molekula oqsildagi
aminokislotalaming ketma ket oylashishini belgilaydi. i-RNK yadrodan sitoplazmaga
chiqib ribosoma bilan birlashgach, sintez qilinishi kerak bo‘lgan oqsilga nisbatan
nusxa beruvchi (matritsa) bo‘lib xizmat qiladi. RNK ning DNK asosida sintez qilinish
jarayoniga transkripsiya (nusxa ko‘chirish) deyiladi. DNK asosida RNK ni sintez
qiladigan RNK polimeraza fermenti ishtirok etadi.
RNK polimeraza uch xil, ya’ni i-RNK, t-RNK, r-RNK lami ham sintez qila olishi
mumkin.
2)Translatsiya(ribosomada)—t-RNK oqsil sintezi uchun kerakli aminokislotalami
oqsil sintez
qilinayotgan joyga olib keladi. t-RNK ning i-RNK kodoniga to ‘g‘ri keladigan joyi
antikodon deyiladi. t-RNK molekulasi odatda uzun ipcha holida bo‘lmasdan,
komplementar qismlari (azotli asoslari) bilan bir-biriga yaqinlashganda ular orasida
vodorod bog‘lari hosil bolganligi uchun yig‘ilgan holda bo‘ladi. t-RNK
molekulasining mustahkam va turg‘un bolishi undagi komplementar qismlar orasidagi
vodorod bog’larining ko‘pligi bilan belgilanadi. Vodorod bog’lari qancha ko‘p bo‘lsa
molekula shuncha mustahkam va turg‘un bo‘ladi.
t-RNK ning shunday mustahkam strukturasi beda bargining shakliga o‘xshab ketadi
Bu molekulaning ikkita faol nuqtasi bo‘lib, biri (antikodon) bilan i-RNK ga (kodon)
birlashsa, ikkinchisi bilan aminokislotaga birikadi.
t-R N K o ‘zining i-RNK (kodon)ga mos keladigan nukleotidlari bo‘lgan qismi
(antikodon) bilan birlashadi. Shunday qilib, i-RNK, ribosomaning kichik bo‘lagi va t-
RNK lardan iborat bo‘lgan bog‘lam hosil bo‘ladi.
Oqsil sintezi—UAS nukleotidli t-RNK (antikodon), i-RNK dan (kodon) o‘ziga mos
keladigan nukleotidni (AUG) topishi bilan boshlanadi.Demak boshlovchi kod AUG
kodoni yani metionin oqsili.
Ribosomada aminokislotalar bir-biriga ketmaket birika boshlaydi. Ribosoma i-RNK
bo‘ylab 5'—3" tomonga qarab harakat qiladi. t-RNK olib kelgan aminokislotalar
o‘zaro birlashib oqsilning polipeptid zanjirini hosil qiladi
Terminatsiya. Oqsil biosintezining tugallanishi haqidagi xabarni uchta — UAA, UAG,
UGA terminatsiya kodonlaridan biri beradi.
Chunki hujayrada bu kodonlarga to‘g‘ri keladigan t-RNK (antikodon) yo‘q. Shuning
uchun ribosomaning A markaziga — i-RNK ning yuqoridagi kodonlaridan biri to‘g‘ri
kelganda hosil bolayotgan polipeptid zanjirining uzayishi to‘xtaydi.
Odatda DNK asosida RNK sintez qilinadi. Lekin RNK asosida DNK sintez qilinishi
ham mumkin. RNK asosida DNK ni sintez qiladigan fermentni topishdi. Bu ferment
teskari transkriptaza yoki RNK asosida DNK ni
sintez qiluvchi DNK polimeraza deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: