Pedagogik masala № 6
Katta tarbiyachi bitta gruppada faqat 2 ta tarbiyachi o’tkazgan matematika mashg’ulotini kuzatdi. Mana bu yozuvlarni analiz qiling: «Zahpo Voxidovnada» mashg’ulot uchun hamma narsa oldindan tayyorlangan. Bolalar mashg’ulotga kirishdilar. Tarbiyachi bolalarga hulqlari haqida eslatishni yodidan chiqarmadi. Mashg’ulot davomida bolalar faol qatnashdilar, o’rtoqlariga yordam berdilar, aniq bo’lmagan narsalarni to’g’riladilar. Sanash ko’nikmasi mustahkam, ko’z bilan chamalashlari rivojlangan, lekin fizkult daqiqa jarayonida bolalar engashganlarida yo’nalishni adashtiradilar. Naima Hoshimovna bolalarni mashg’ulotga 10 minut kechga qolib taklif qildi, ya’ni navbatchilar stolga tarqatma materiallarni tarqatib chiqishga ulgurmadilar. Mashg’ulot jarayonida bolalarning diqqatlari bo’lindi, o’tirgan joylarida shovqin qildilar. Harakat vaqtida oriyetirovka qilishda xatolar ko’p bo’ldi, bolalar o’ng va chap yo’nalishda ko’p adashdilar. Tarbiyachi bolalarni shoshiltirdi, mashg’ulotga yakun yasamadi, lekin bolalarning xulqiga ob’ektiv baho berdi.
Savollar:
1. Siz har bir tarbiyachining ishini qanday baholaysiz?
2. Mashg’ulotda bolalarning turli xulqlarini nima bilan tushuntirasiz?
3. Berilgan gruppada qaysi vazifa bo’yicha ishni kuchaytirish kerak?
4. Mashg’ulot qaysi yosh gruppasida o’tkazilgan?
Pedagogik masala № 7
«Kunduzi kim qayerda ishlaydi?» o’yinini boshlagach, tarbiyachi kunduz — shunday vaqtki, bunda hamma kishilar ishlaydilar. Ba’zilar chiroyli buyumlar qiladilar, uy quradilar, meva va sabzavot yetishtiradilar, fabrika va zavodlarda ishlaydilar. Yaxshi mehnat kishini bezatadi va xursand qiladi. Mana biz ham shahar ko’chalariga boramiz, kim qanday ishlayotganini ko’ramiz. Kunduzi ko’chalarda odamlar, mashinalar ko’p, ko’cha harakati qoidalariga rioya qilish kerak. Qani eslab ko’ringlar, ko’chadan o’tayogganda qanday qoidalarga rioya qilish kerak. Ko’chada o’zini qanday tutish kerak. Shahar ko’chalari bo’ylab sayohatdan so’ng tarbiyachi illyustratsiyadan foydalanib, bolalar olgan bilimlari va tasavvurlarini kengaytiradi.
Savollar:
1. O’yinda qanday didaktik vazifalar hal qilingan? (yechilgan)
2. Shunga o’xshash o’yinlarga misol keltiring.
3. Bunday o’yinlarning tarbiyaviy qimmati nimada?
Pedagogik masala № 8
Eksperiment 4 sinfiga matematika darsiga o’qituvchi «Bilmasvoy»ni olib kiradi va unga yordam berishni bolalarga aytadi. «Bilmasvoy» birinchi marta maktabga keldi. O’qituvchi undan so’radi: “Hafta kunlarini tartib bilan ayta olasanmi? U kulib yubordi va «Avval yakshanba — dam olish kuni, keyin — chorshanba, keyin shanba—o’ynash kerak — Mana bo’ldi!”
Sizlar nima deb o’ylaysizlar, savollarga to’g’ri javob berdimi? Xuddi shunday asosda bolalar Bilmasvoyning oylarning yil fasllarning nomini aytishda xatolarini tuzatadilar. Dars yakunida bolalar «Bilmasvoy»ga hafta kunlarining oylar va yil fasllarining ketma — ketligini aks ettirgan xat yozadilar.
Savollar:
1. «Bilmasvoy»ga bolalar nima deb maslahat qilishgan, nima deb o’ylaysizlar?
2. Ta’lim berishda o’yin metodining qimmati nimada?
3. 6 yoshli bolalarni o’qitishda didaktik o’yinchoqlardan qanday foydalaniladi? Misollar keltiring.
P
Do'stlaringiz bilan baham: |