O‘zbekiston respublikasi oliy va va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari



Download 1,51 Mb.
bet16/80
Sana12.07.2022
Hajmi1,51 Mb.
#779555
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80
Bog'liq
Матем мажмуа.2 (2)

O‘yin qoidasi: Bolalar ikki guruhga bo‘linib turadilar. O‘rtaga doira shakli chizilgan bo‘lib, ichiga uzun, kalta, yo‘g‘on, ingichka buyumlar aralash qo‘yilgan. Tarbiyachi ko‘rsatma berish bilan 1-guruh bolalari yo‘g‘on, ingichka buyumlarni, 2-guruh bolalari esa uzun, kalta buyumlarni ajratadilar. Buyumlarning ranglari, nechtadan yig‘ganlari so‘raladi. Bir xil predmetlardan guruhlar tuzishda va guruhlarni ayrim predmetlarga bo‘lib tashlashda jamoa bo‘lib bajariladigan o‘yin mashqlari miqdor haqidagi tasavvurni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu mashqlar davomida bolalar har bir guruh (to‘plam) ning ayrim predmetlardan iborat ekanligini tushunishlari, guruh ichidan ayrim predmetlarni ajratib olishni o‘rganishlari, yaxlit to‘plam bilan uning elementi o‘rtasidagi nisbatni aniqlashlari kerak. Bolalarni guruhlarga birlashtirilgan predmetlarning umumiy belgilarini ko‘ra bilishga va atay olishga, guruhni yaxlit bir butun narsa deb idrok etishga o‘rgatish davom ettiriladi. Yig‘indidagi hamma predmetlarning 1-2 umumiy belgisini ajratib ko‘rsatish bilan birga bolalar shu guruhdagi predmetlarning faqat biror qismi uchungina umumiy bo‘lgan belgilarni, ya’ni boshqa qismlarning belgisidan farq qiluvchi belgilarni ham ko‘rishga o‘rganadilar. Ular guruhni bir necha guruhchaga bo‘ladilar, ya’ni to‘plamni to‘plamchalarga ajratadilar. Masalan: guldastada ko‘p gul borligini, ularning ba’zilari qizil, ba’zilari esa oq ekanligini, qizil gullar ham, oq gullar ham ko‘pligini aniqlaydilar. Bolalar ana shunday qilib to‘plamlardagi sonlar bilan to‘plamchalardagi sonlarni taqqoslashga, ular o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni aniqlashga tayyorlanadilar. Ikkinchi kichik guruhda matematik tushunchalarni rivojlantirish yuzasidan maxsus ishlar o‘tkaza boshlanadi. Bolalarni komil inson qilib tarbiyalash aniq fanlarning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllarini birinchi marta idrok etishning qay darajada muvaffaqiyatli tashkil etilishiga bog‘liqdir.
Zamonaviy matematikada ,,son”, ,,figura” va boshqa tushunchalarni asoslashda to‘plamlar nazariyasidan foydalaniladi. Bu o‘z navbatida bolalarda miqdoriy munosabatlarni shakllantirishga va natural son haqidagi tushunchani paydo qilishga sharoit yaratadi.
Xar bir yosh guruhda miqdoriy tasavvurlarny shakllantirish usuli.
Alohida predmetlarni, to‘plamni hosil qilishga, «ko‘p», va «bitta» tushunchalarini ajratishga, turli to‘plamlarni solishtirishga o‘rgatish usullari matematik tasavvurni shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. Bu jarayonda tarbiyachi bolalarga: «Bolalar, stolda har biringizga konvert qo‘yilgan, qani konvertlarni ko‘ringlarchi, nima bor ekan? To‘gri, doiralar bor ekan. Doiralar qanday rangda? Ko‘rsatkich barmogingizni doiraning chetidan yurgizib chiqing. (Tarbiyachi topshiriqni bajarishga qiynalgan bolalarga yordam beradi.) Endi katta doirani yumalatib ko‘ringlar. Yaxshi, yumaladimi? Kichkinasini yumalatinglar. Ko‘rdingizmi, hamma doiralar yumalaydi. Bu doiralardan nimalar yasash mumkin?” kabi savollar bilan murojaat qiladi. Bolalarning javob qaytaradilar. Tarbiyachi: “Kelinglar, bolalar, doiralardan chiroyli gullar yasaymiz va guldasta hosil qilamiz”.Tarbiyachi va bolalar birgalikda doiralardan turli gullarni yasaydilar. “Ko‘p” va “bitta” predmetlarni ajratadilar. Har bir bolaga bitta va ko‘p sharlar va tasvirlash uchun qog‘oz beriladi, bolalar sharlarni o‘zlari xohlagan rangga bo‘yaydilar. Bolalar ishni tugatganlaridan so‘ng tarbiyachi so‘raydi: “Bitta sharni qaysi rangga bo‘yadingiz? Ko‘p sharlarni qaysi rangga bo‘yadingiz?” Shunday mashq va masalalar yordamida bolalarda “Ko‘p”va Bitta” tushunchalari haqida bilim berish samarali bo‘ladi.



Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish