Uch ketma-ketlikda - bir xil rang yoki shakli shakllar (to'plar, toshlar va boshqalar) to'plash.
Elementlarni izlash - ma'lum bir vaqt uchun ish elementlarida ko'rsatilgan rasmda topish.
Maqsadlar - asosiy maqsadga erishish uchun jumboqlarni va mantiqiy muammolarni hal qilish.
Biznes o'yinlar, strategiyalar - shaharni rivojlantirish, korxona, tsivilizatsiya.
Arja - to'siqlarni bartaraf etish, ikkinchi darajali belgilarni tejash va bonus ball to'plash.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Abdullaeva S. 6-7 yoshli bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini aniqlashda test usulidan foydalanish. // «Maktabgacha ta’lim», 2002, 1-son. –10-12-b.
2. Alimov N. Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik ta’limga tayyorlash. // «Mak-tabgacha ta’lim», 2005, 2-son. –7-10 b.
3. Beloshistaya A.V. Obuchenie matematike s uchetom individualnыx osobennostey rebenka. // «Voprosы psixologii», M., 2000, № 5. –S. 116-123.
4. Bikbaeva N.U., Ibroximova Z., Qosimova X.I. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mate-matik tasavvurlarni shakllantirish. – T.: «O‘qituvchi», 1995. –184-b.
5. Jumaev M. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T.: «Ilm Ziyo», 2005. –223- b.
6. Kasitsыna M.A. Doshkolnaya matematika: 2-oy god obucheniya. / Uchebnoprak-ticheskoe posobie dlya pedagogov i roditeley. – M.: «GNOM i D», 2001. –S. 128.
7. Djenpeisova G.E.Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik ta’limda modellashtirish usullaridan foydalanish.Maktabgacha ta’lim jurnali.89-94betlar.
14-Mavzu: Bolalarning matematik rivojlanishidagi modellashtirish usullari.
Reja;
1.Modellashtirish-modellarni yaratish va ular yordamida matematik tasavvurlarni shakllantirish.
2.Namoyish etish, mustaqil topshiriqlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.
3.Tushuntirishlar, savollar, tahlil qilish vaumumlashtirish, o‘z-o‘zini baholash
Mamlakatimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga
tatbiq etish asosida ta’lim jarayonining potensial imkoniyatlarini yuzaga chiqarish
bosqichi davom etmoqda. Pedagoglar ayni paytda innovatsion texnologiyalarni
ta’lim-tarbiya jarayoniga kiritish orqali o’quv samaradorligi va sifatini oshirishni
ko’zlamoqdalar.Shuni ta’kidlash kerakki, ta’lim-tarbiya sohasida
mehnat qilayotgan har bir pedagog,pedagogikaning falsafiy jabhalaridan, ilm-fan va texnika sohasidagi o’zgarishlardan, yangi paydo bo’lgan dunyoqarash va ilmiy
oqimlardan xabardor bo’lishlari kerak. Respublikaning maktabgacha ta’limi tizimidagi zamonaviy talablar doirasida mavjud metodika va texnologiyalarni boyitish va yangilash bo‘yicha yo‘nalishlar dolzarbligi bolalarning yoshiga mos matematik modellash usullari bilan bog‘liq. Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik modellashtirish tushunchasi pedagog tomonidan shakllantiriladi. Matematik modellashtirish texnologiyalari tadqiqotchilarning mualliflik yondashuvlariga muvofiq quyidagi turlarga bo‘linadi: S.Abdullaevaning fikriga ko‘ra, texnologiyalarni mantiqiy harakatlarga ajratib quyidagicha tasniflash mumkin: matematik o‘yinlar, mantiqiy o‘yinlar, vazifalar, topshiriqlar, didaktik o‘yin va mashqlar. N.U.Bikbaeva, Z.Ibroximova, X.I.Qosimova tomonidan tavsiflangan texnologiyalarda esa aqliy rivojlanish samaradorligi darajasi bo‘yicha ikki turga tasniflanadi: taqlid qilish usuli va qonuniy modellarni anglashning evristik usuli.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan matematik modellashtirish texnologiyasi quyidagicha qurilishi mumkin.
Nazariy-ko‘plik mazmuni bo‘yicha:
– butun berilgan variant shaklni topish, uning turli sinflarini bo‘laklash;
– butun o‘zgaruvchan diskret shaklni topish, berilgan birlamchi shaklni konstant sinflarga bo‘laklash.
Fazoviy orientatsiya bo‘yicha:
– to‘g‘ri burchakni kesish negizida tekislikni loyihalash;
– to‘g‘ri burchakli parallelepipedni kesish negizida fazoviy modellashtirish;
– uzluksiz deformatsiyaga yo‘l qo‘yuvchi materiallar negizida (tipologik xususiyatlarga ega bo‘lgan);
– mumtoz origami va fleksagon negizida.
N.U.Bikbaevaning ta’kidlashicha, maktabgacha kichik yoshdagi yani, bir yarim yoshdan 3-4 yoshgacha bolalarning rivojlanishida o‘zining faoliyat maqsadi birinchi darajaga ko‘tariladi. Bolaning 4 yilgi harakatidan so‘ng yakuniy natijaga yo‘llanganlik belgisi paydo bo‘ladi. 4,5 yosh dan so‘ng turli xil bilishga oid qiziqishlar jiddiy o‘sishi kuzatiladi: harflar, sonlar, sensor etalonlar, o‘qish. Maktabgacha katta yoshdagi bola nafaqat kattalarning faoliyatini taqlid qila boshlaydi, balki o‘zining imkoniyati doirasida ishtirok etib, yakuniy natijani to‘g‘ri tushunadi. Bola olingan natijaga baho berishni o‘rganadi va uni etalon bilan taqqoslaydi. Oraliq natijalarga erishish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchisi etarli darajada erkin nazoratni amalga oshirib, u haqiqiy natijaga qiziqadi hamda uni o‘zi baholab, etalonlar bilan mutanosiblashtiradi.
Matematik modellashtirish jarayoni shunday nuqtalardan so‘ng bolaning atrof-muhitni qabul qilish qobiliyatining rivojlanishini nazorat qilishi mumkin:
kichik yoshda;
-sxemalar, modellarning ma’lum bir qismlari, real predmetlar bilan to‘ldirish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi,
o‘rta yoshda;
-tayyor modellarni ishlatish harakatlarini o‘zlashtirshi,
katta yoshda:
-mustaqil ravishda sxemalar orqali modellarni yaratish va yangi modellar va ularning sxemalarini konstruksiyalashi
Bolaning predmet va ularning xususiyatlarini qabul qilishda namoyon bo‘luvchi sensorik qobiliyatlari atrof-muhitni bilish sohasining rivojlanishida o‘zgacha ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan matematik modellashtirish kontekstida sensorik etalonlarni ishlatishda uchta turdagi harakatni amalga oshirish muhim:
- biror-bir ob’ektning etalonga to‘la mosligi yoki o‘xshashligini aniqlash;
-oddiy moslashtirish bilan echilmaydigan predmet bilan etalonni taqqoslash;
-perseptiv modellash- etalon materialidan qabul qilinadigan sifatni yaratish.
Sensorik qobiliyatlardan tashqari, maktabgacha yoshdagi bolaning aqliy rivojlanish tizimiga intellektual qobiliyatlar ham kiradi va ular turli xil masalalarni echish uchun zarur, ya’ni ular fikrlash bilan bog‘liq. Ularning rivojlanish negizida yaqqol modellashtirish xarakati yotadi. Ularni uch xil tur ajratib turadi:
-o‘rnini qoplash harakatlari,kichik va o‘rta yoshlarda - haqiqiy predmetlar, katta yoshda esa shartli belgilar;
-tayyor modellardan foydalanish modelni yoshi kattalar,o‘qituvchi, ota-onalar beradi va ular yordamida bola intellektual masalani hal etadi;
-bolalarning model qurish bo‘yicha harakatlari.
Maktabgacha yoshda tasavvur bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum bir masalalarni echishga qaratilgan ijodkorlik qobiliyatlari jadal rivojlanadi. Tasavvur qilish unumdor bo‘lib, u borliqni kengaytiradi, uni reallashtiradi. Tasavvuri yuqori darajada rivojlangan bolalarda faoliyat natijalari unumdor bo‘ladi. Sensor, intellektual, ijodkorlik kabi dunyoni anglash qobiliyatlarini rivojlantirish ikki yo‘nalish bo‘yicha boradi: masalani hal etish bo‘yicha vositalarni qiyinlashtirish hamda ma’lumotlar vositasini o‘zgartirish. SHunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolaning dunyoni anglash qobiliyatlarini matematik modellar doirasida ma’lum bir mantiq asosida tekshirish mumkin. Maktabgacha yoshda matematik modellash ko‘nikmasini rivojlantirish negizidagi, boshlang‘ich maktab o‘quvchilari echishi mumkin bo‘lgan masalalar turlarini taqdim etamiz. Ular maktabgacha ta’lim tashkilotlari va boshlang‘ich maktablarning amaldagi ta’lim dasturlarining bog’liqligi tahlili asosida tuzilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlanganlik darajasini belgilab beruvchi diagnostik orientir bo‘lib xizmat qilishi mumkin:
1) CHizmada chizilgan shakl qanday geometrik sodda shakllardan tashkil topganligi, tarkibida nechta to‘g‘ri burchakli uchburchak, uchburchak, doira va kvadratlar borligini aniqlash.
2) Geometrik shakllardan naqsh qurish.
3) Rasmda tasvirlangan chizmalarning bir o‘qqa nisbatan simmetrikligini aniqlash.
4) Berilgan o‘q simmetriyasiga nisbatan unga simmetrik shaklni yasash.
5) Bir xil ko‘pburchaklarga taqsimlagan holda maydon yuzasining necha barobar kattaligini aniqlash.
6) Berilgan kompozitsiyani ikki hajmli geometrik shakllar yoyilmasidan yasash.
7) Berilgan shakllar bir xilligi, simmetriya o‘qiga egaligi, qanday geometrik shakllardan tashkil topganligi, ular orasida bir xillari borligini aniqlash.
8) Hajmli qutini berilgan geometrik shakllar orqali turli xil yo‘llar bilan to‘ldirish.
Shundan so‘ng bolalar bilan matematik modellash texnologiyasini ko‘rib chiqamiz.
Maktabgacha katta yosh.
1.Topshiriqlar bolani barcha kvadratlarni rang va raqamlar bo‘yicha joylashtirishga yo‘naltirib, ularni qisqa muddat ichida to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtirishidan iborat (bola va yoshi katta inson o‘rtasida individual va o‘zaro aloqador).
2.Kvadratni kesish va tayyorlash bo‘yicha yangi variantli topshiriqlar beriladi: bun-da etalon kvadratlarni ajratishda bolalar muqaddam taklif qilgan variantlardan farq li o‘laroq, ular bergan takliflarni qo‘shishi kerak; bolalar qaychi bilan ishla-ganlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish lari lozim.
Bolaning maktabga shaxsiy tayyorgarligi sifatida o‘zini erkin tutishi, shakllangan muloqot, o‘qishga baho berish va motivatsiya, yoshi katta insonni o‘qituvchi sifatida qabul qilish. Real pedagogik amaliyotda u quyidagi hollarda namoyon bo‘ladi:
umumiy masalalarni hal etishda faollik va qiziquvchanlikda;
tengdoshlariga qo‘maklashish istagida;
belgilangan qoidalarga bo‘ysuna olishlik va intizomlilikda;
javoblar sifati va harakatlar natijasida;
qat’iyatlilik va tirishqoqlikda.
Maktabgacha yoshdagi bola intellektual tayyorgarligining markaziy ko‘rsatkichi obrazli fikrlashning shakllanganligi, tasav vur qilish, ijodkorlik, so‘z-mantiqiy fikrlashning asoslari hamda bilishga oid faoliyat vositalarini egallaganlik: sinf-lashtirish mahorati, umumiylashtirish, jad-vallashtirish, modellashtirish, ona tilini bilish, nutqning asosiy shakllari:dialog va monologni bilish hisoblanadi.
Maxsus tayyorgarlik savodlilik asoslarini egallashda namoyon bo‘ladi: o‘qish, yozish, hisoblash, ta’lim jarayoni elementlarida,faoliyatning umumiy kontekstidagi masalalarni ajratishda, masalani echish usullarini anglash va umumiylashtirishda, rejalashtirish va nazorat qilishda, ishlashning umumiy sur’at va ritmlarini o‘zlashtirishda.
Diagnostik topshiriqlar. Ranglarni nomla.
Do'stlaringiz bilan baham: |