Arxivatorlar-maxsus dasturlar bulib, ular ma`lumotlarni to’la saklagan xolda bir
yoki bir nechta fayllarning xajmini kichraytirish hisobiga magnit disklarida joyni
tejash uchun xizmat kiladi.
Arxivator tomonidan arxivda joylashtirilgan fayllar–arxivli fayllar deyiladi.
Arxivli faylga yangi fayllarni qo’shish yoki olib tashlash mumkin. Xar bir arxivli fayl
o’zining mundarijasiga ega bulib, uning yordamida arxivdagi fayllarning nomi, xajmi
xamda yaratilgan sana va vakti haqida ma`lumotlarga ega bo’lish mumkin.
Arxivdagi fayllarni aynan oldingi holga kaytarib tiklash jarayoni - arxivli faylni
ochish orkali amalga oshiriladi. Shuning uchun fayllarni arxivlarga joylashtirish yoki
ularni qayta ochish jarayonlari uchun arxivator - dasturlardan foydalanish lozim.
Xozirgi paytda o’nlab arxivator - dasturlar mavjud bulib, ular asosan
imkoniyatlari, funktciyalari xamda ish rejimlari bilan bir - biridan farq kiladi. Keng
tarkalgan ARJ arxivator-dasturi bilan tanishib chikamiz.
ARJ arxivator va u bilan ishlash
ARJ arxivator-dasturining quyidagi imkoniyatlari mavjud:
joriy katalogdagi fayllarni (jami 32000 faylga) yagona arxivli faylga
joylashtirish;
arxivga yangi fayllarni kushish yoki arxivdan olib tashlash;
arxivli fayl tarkibini ko’rish;
arxivator xakida ma`lumotga ega bo’lish;
arxivdagi fayllarni ketma-ketligini tartiblash, izohlarni fayllarda ko’llash;
o’z - o’zini ochuvchi arxivli fayllarni yaratish va xokazo.
ARJ arxivatori hakida to’la ma`lumot olish uchun buyruk satrida quyidagini
kiritish kerak.
ARJ - ? yoki ARJ / ?
Uning umumiy formasi kuyidagi kurinishga ega:
ARJ < buyruk > [<1-kalit> [<2-kalit>...]] [fayllarning ismlar ruyxati>]
Bu parametrlardan ikkitasi, ya`ni:
va majburiy parametrlar bulib xisoblanadi, shuning uchun
ularni ko’rsatish majburiydir.
parametri bitta simvol kurinishida ARJ arxivator nomidan keyin yoziladi
va kuyidagi funktciyalarni bajarishni belgilaydi:
a - fayllarni arxivga yig’ish;
u - yangi fayllarni arxivli faylga qo’shish;
f - fakat yangi fayllarni arxivga qo’shish;
e - arxivdagi fayllarni joriy katalogda ochish;
d - fayllarni arxivdan o’chirish;
t - arxivni to’la testdan o’tkazish;
w - matnli qatorni arxivdan topish va xokazo;
< Arxiv ismi > parametrida arxivli faylning nomi beriladi. Arxivli faylning
kengaytmasini yozish shart emas, chunki yangi arxivli fayl xosil kilinganda, u
avtomatik ravishda o’zlashtiriladi (ARJ kengaytmasini oladi). Arxivatorning umumiy
ko’rinishidagi kvadrat kavs ichida keltirilgan parametrlar majburiy bo’lmagan
parametrlardir. Unda xar bir kalit " _ " belgi bilan boshlanadi. Bundan tashkari kalit
belgi sifatida " / " belgini ham ishlatish mumkin.
ARJ arxivatorini amalda qullash bo’yicha misollar ko’rib chiqamiz:
1. Masalan DOKUMENT nomli katalogdagi fayllarni arxivga yig’ish talab etilsin.
Unda DOKUMENT katalogiga kirib, MS DOS ning buyruk satriga kuyidagi buyruk
beriladi:
ARJ a dokument (Enter)
bu erda arj - arxivator;
a - arxivga yigish buyrugi;
dokument - arxivli faylga berilgan nom.
Buyruk bajarilgandan so’ng joriy katalogda dokument. ARJ nomli arxivli fayl
xosil buladi.
Bu arxivli faylni kayta ochish uchun kuyidagi buyruk beriladi: ARJ e dokument
(Enter) bu erda : ARJ - arxivator;
e -arxivni ochish buyrugi;
dokument - ochilishi kerak bo‘lgan arxivli faylning nomi.