Ozbekiston respublikasi oliy va



Download 0,95 Mb.
bet11/39
Sana03.07.2022
Hajmi0,95 Mb.
#734771
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
Ozbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi

Nazorat savollari
1. Qanday suyuqliklar bir-birida cheksiz va cheklangan miqdorda eriydi? Misollar keltiring.
2. Fraksion haydashning mohiyati nimada? Suyuqliklarni fraksiyalarga bo’lib haydashdan amalda qayerda foydalaniladi?
3. Qaynatish uchun olingan idishga nima uchun chinni bo’lakchalari yoki shisha kapillyarlar solinadi?
4. Tajriba natijasida olingan diagrammadan foydalanib 30% sirka kislota saqlagan eritmaning qaynash haroratini aniqlang.


Elektrolit eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini aniqlash
Birinchi tur va ikkinchi tur elektr o’tkazgichlari farqlanadi. Birinchi turdagi o’tkazgichlarga metallar va ularning qotishmalari, ayrim qiyin eruvchan oksidlar va boshqa materiallar; ikkinchi turdagi o’tkazgichlarga esa kislota, ishqor va tuzlarning eritmalari, tuzlarning suyuqlanmalari va ayrim qattiq tuzlarning kristallari (masalan, NaCl va KCl) kiradi.
Birinchi tur o’tkazgichlarda elektr tokini moddalar elektrodlarga o’tkazishi bilan bog’liq emas, ikkinchi tur o’tkazgichlar, ya’ni elektrolitlarda esa, elektr toki elektrodlar o’rtasidagi elektr maydonida ionlarning harakati natijasida paydo bo’ladi.
Elektr o’tkazuvchanlik – elektr tokining qarshiligiga teskari kattalikdir. O’tkazgichning elektr tokiga qarshiligi quyidagi formula bilan ifodalanadi:

bunda R – elektr tokining qarshiligi, Om;  - solishtirma qarshilik; l – o’tkazgich uzunligi, sm; S – o’tkazgichning yuzasi, sm2.
Elektr o’tkazuvchanlikni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
L = (S/l) (1)
bunda L–elektr o’tkazuvchanlik, Om-1; =1/ – solishtirma elektr o’tkazuvchanlik, Om-1sm-1.
Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik deb, bir-biridan 1 sm uzoqlikda joylashgan, yuzasi 1 sm2 bo’lgan elektrodlar orasiga joylashtirilgan 1 ml eritmaning elektr o’tkazuvchanligiga aytiladi.
Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik deb, 1 g-ekv erigan modda saqlagan eritma hajmi sig’adigan bir-biridan 1 sm masofada joylashgan elektrodlar orasidagi eritmaning elektr o’tkazuvchanligiga aytiladi.
Bundan kelib chiqadiki, berilgan 1 g-ekv erigan modda tutgan eritmaning millilitrlar soniga ko’paytirilgan solishtirma elektr o’tkazuvchanligi ekvivalent elektr o’tkazuvchanlikka tengdir, ya’ni, ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik solishtirma elektr o’tkazuvchanlikdan V marta katta bo’ladi:
= (1000) / c = 100V (2)
bunda – eritmaning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi, Om-1sm2;  - solishtirma elektr o’tkazuvchanlik; c – 1 l eritmadagi moddaning g-ekv soni; V – 1 g-ekv modda erigan hajm.
Eritmalarning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi ularni suyultirganda kuchayadi. Chunki elektrodlar orasidagi elektrolit miqdori doimiy qoladi (g-ekv), suyultirilganda hosil bo’ladigan ionlar soni esa ortadi, bunda barcha ionlar elektrodlar orasida elektr tokini o’tkazishda qatnashadi. Demak, berilgan elektrolit eritmasi elektr o’tkazuvchanligining suyultirilganda ortishi elektrolitik dissotsilanish darajasining ortishi bilan aniqlanadi va shu bilan birga suyultirib borish natijasida dissotsilanish maksimum darajaga yetadi, so’ngra doimiy bo’lib qoladi. Elektr o’tkazuvchanlikning bu xususiyati cheksiz suyultirilgandagi elektr o’tkazuvchanlik deb ataladi va  bilan ifodalanadi. Elektr o’tkazuvchanlikni o’rganish shuni ko’rsatdiki, agar turli elektrolitlarning eritmalari cheksiz suyultirilsa, dissotsilanish darajasi 1 ga teng bo’ladi, lekin ular har xil ekvivalent elektr o’tkazuvchanlikni namoyon qiladi. Buni turli elektrolitlar ionlarining har xil tezlik bilan haraktlanishi bilan tushuntirish mumkin. Demak, elektrolit eritmasining cheksiz suyultirilgandagi elektr o’tkazuvchanligi ionlarning harakatchanliklari yig’indisiga teng.
Eritmaning ekvivalent elektr o’kazuvchanligini va ionlarning harakatchanligini aniqlab, dissotsilanish darajasini quyidagi formula asosida hisoblab topish mumkin:
 =  /  (3)

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish