Ozbekiston respublikasi oliy va



Download 0,95 Mb.
bet25/39
Sana03.07.2022
Hajmi0,95 Mb.
#734771
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
Ozbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi

Potensiometrik titrlash
Doimiy potensialli elektrod va ionlar konsentratsiyasi o’zgaradigan eritmalarga tushirilgan elektroddan element tuzilganda, shu elementning elektr yurituvchi kuchi o’zgarishidan eritmadagi ionlar konsentratsiyasining o’zgarishini topish mumkin. Neytrallanish, cho’ktirish va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining miqdoriy tahlilida qo’llaniladigan potensiometrik titrlash metodi shunga asoslangan.
Eritma intensiv rangga ega bo’lgan yoki eritmalariga reaktiv ta’sir ettirganda cho’kmaga tushadigan yoxud valentligini o’zgartiradigan (oksidlovchi) ionlar saqlagan eritmalarni indikator ishtirokida titrlashga nisbatan potensiometrik titrlashning ahamiyati kattadir. Bundan tashqari bu metod xohlagan pH qiymatigacha titrlash imkonini beradi.
Kislotani ishqor bilan titrlash boshlanishida vodorod ionlarining konsentratsiyasi sekin kamayadi, ammo ekvivalent nuqta yaqinida ozgina ishqor qo’shilganda esa keskin kamayadi. Ekvivalent nuqtadan so’ng yana sekin kamaya boradi. Agar 100 ml 0,1 N li kislota eritmasi bo’lsa, unda eritmaga 90 ml 0,1 N li ishqor eritmasi qo’shilgandan so’ng eritma 0,01 N li bo’ladi, ya’ni konsentratsiya 10 martaga kamayadi (eritma hajmining o’zgarishi inobatga olinmaydi), pH esa 1 ga teng bo’ladi. 0,1 N li xlorid kislota eritmasining 0,1 N ishqor eritmasi bilan titrlangandagi H+ ionlari konsentratsiyasi o’zgarishi 1-jadvalda keltirilgan. Vodorod ionlari konsentratsiyasining keskin o’zgarishi (10-4 dan 10-10 gacha) ekvivalent nuqta yonida kuzatiladi, shu bilan birga elektrod potensiali ham keskin o’zgaradi.
Titrlash natijalarini grafik tarzda ifodalash mumkin. Abssissalar o’qiga kislota yoki ishqorning ortiqchasi qo’yiladi. Ordinatalar o’qiga esa, to’g’ri keluvchi pH kattaliklari qo’yiladi. Kislotaning ishqor bilan yoki ishqorning kislota bilan neytrallanish nuqtasiga pH=7 muvofiq keladi. Shunga ko’ra 14–rasmda ko’rsatilgandek 0,1 N li xlorid kislota eritmasining 0,1 N li o’yuvchi ishqor eritmasi bilan titrlash egri chizig’i olinadi.

14 - rasm. 0,1 N xlorid kislota eritmasini 0,1 N oyuvchi natriy eritmasi
bilan titrlash egri chizig’i
Potensiometrik titrlashda elektrod bevosita titrlanayotgan eritmaga kiritilgan bo’lishi kerak. Titrlash egri chizig’ini chizish uchun E.Yu.K. kattaligi ordinata o’qiga, ishqor eritmasining millimetrlar soni abssissa o’qiga qo’yib chiqiladi. Ekvivalent nuqta egri chizigi vertikal kesmaning o’rtasidan topiladi.
Ishning maqsadi. Titrlashning potensiometrik metodi bilan tanishish.
Kerakli asbob va reaktivlar: Ionomer – И-130; 150-200 ml li stakan; 0,1 ml bo’linmali 50 ml li byuretka; 20-25 ml li pipetka. Eritmalar: 1 N HCl eritmasi va 1 N NaOH eritmasi.
1-jadval
0,1 N kislota eritmasini 0,1 N ishqor eritmasi bilan neytrallaganda
pH qiymatining o’zgarishi

Neytrallan-gan kislota, %

Kislotaning ortiqchasi, %

H+



OH



pH


Ishqorning ortiqchasi, %

H+



OH



pH


0
90
99
99,9
100

100
10
1
0,1
0

10-4
10-2
10-3
10-4
10-7

10-13
10-12
10-11
10-10
10-7

1
2
3
4
7

0,1
1,0
10



10-10
10-11
10-12

10-4
10-3
10-2

10
11
12

Ishning borishi. Tajriba. Kislotani ishqor eritmasi bilan potensiometrik titrlash uchun ionomer va elektrodlar ishga tayyorlanadi. Barcha kontaktlarni yaxshilab tozalab, stakanga pepitka bilan 20 – 25 ml noma’lum konsetratsiyali HCl eritmasi quyiladi, so’ngra elektrod eritmaga tushiriladi. Konsentratsiyasi aniq bo’lgan ishqor eritmasi bilan to’ldirilgan byuretka titrlanuvchi kislota eritmasi bor stakan ustiga o’rnatiladi va E.Yu.K o’lchanadi. So’ngra byuretkadan kislota eritmasiga elektr yurituvchi kuchning keskin o’zgarishi boshlanguncha 2 ml dan ishqor eritmasi qo’shilaveradi (tajriba yaxshi chiqishi uchun titrlashga konsentatsiyasi taxminan aniq bo’lgan kislota eritmasi olinadi). Keyin ishqor eritmasidan 0,1 ml dan quyiladi, keyin E.Yu.K sekin o’zgara borganda, 3 – 4 marta 2 ml dan ishqor eritmasi qo’shiladi. Kuzatilgan natijalar yozib olinadi va shu bo’yicha grafik tuziladi, bunda abssissa o’qiga ishqor eritmasining millitrlar soni, ordinata o’qiga E.Yu.K qiymatlari qo’yiladi. Grafikdan ekvivalent nuqta topiladi va kislota konsentratsiyasi hisoblanadi.
Ishning hisoboti. 1. Potensiometrik titrlash qurilmasining sxemasini chizish. 2. Potensiometrik titrlash egri chizig’ini chizish va neytrallanish ekvivalent nuqtasini aniqlash.

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish