A) Faqat analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar. B) Faqat raqamli axborot bilan ishlaydigan qurilmalar. D) Yorug‘lik signali bilan ishlaydigan vositalar.
3-ILOVA: KICHIK GURUHLARGA BO‘LIB, ISHLASH QOIDASI.
Klasterni tuzish qoidasi
1-aqlingizga nima kelsa barchasini yozish. G‘oyalarni sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing
Klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog’oz varag‘ining o‘rtasiga asosiy so‘z yoki 1-2 so‘zdan iborat bo’lgan mavzu nomi yoziladi
KLASTER
(Klaster-tutam, bog‘lam) -axborot xaritasini tuzish
Yo‘li-barcha
tuzilmaning mohiyatini
markazlashtirish va
aniqlash uchun
qandaydir biror asosiy
omil atrofida
g‘oyalarni yig‘ish.
Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu
bo‘yicha yangi
o‘zaro
bog‘lanishli
tasavvurlarni erkin va
ochiq jalb qilishga
yordam beradi.
Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog’liq so’z va takliflar kichik doirachalar “yo‘ldoshlar” yozib qo‘shiladi. Ularni “asosiy” so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo‘ldoshlarda” “kichik yo’ldoshlar” bo‘lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g’oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.
Muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar
4-ILOVA: O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARI BAHOLASH MEZONI:
“5” bal - “a’lo”. O‘quvchi o‘zlashtirgan mavzu yuzasidan to‘liq bilimga ega bo‘lsa va bunda o‘zlashtirilgan mavzuga doir barcha savollarga to‘liq og‘zaki javob berganda va bunda nutqi ravon bo‘lsa, berilgan masala yoki mashqlarni to‘la va aniq bexato bajarganda, mustaqil fikrlash asosida turli xil muammoli masala va savollarni ko‘tara olsa va ularni yechish uchun harakat qilsa, fikrlash doirasi umuminsoniy qadriyatlarga mos kelganda, qo‘yilgan muammoli masalalarga ijodiy yondosha olsa va o‘zining shaxsiy fikriga ega bo‘lsa qo‘yiladi.
“4” bal - “yaxshi”. O‘quvchi o‘zlashtirgan mavzu yuzasidan to‘liq bilimga ega bo‘lsa va bunda o‘zlashtirilgan mavzuga doir savollarga javob qaytarishda ba’zi bir xatoliklarga yo‘l qo‘ysa, berilgan masala yoki mashqlarni to‘la lekin bazi bir xatoliklarga yo‘l qo‘yib bajarganda, mustaqil fikrlash asosida turli xil muam-moli savol va masalalarni ko‘tara olsada, ularni yechish yo‘llarini bilmaganda, fikrlash doirasi umuminsoniy qadriyatlarga mos kelganda va o‘zining shaxsiy fikriga ega bo‘lganda qo‘yiladi.
“3” bal – “qoniqarli”. O‘quvchi o‘zlashtirgan mavzu yuzasidan bilimga ega bo‘lsa va bunda o‘zlashtirilgan mavzuga doir savollarga javob qaytarishda qiynalsada, lekin mavzuninig mohiyatini tushunsa, berilgan masala va mashqlarni bajarishda xatoliklarga yo‘l qo‘ysada, lekin ularning mazmunini tahlil qila olsa, Mavzu: yuzasidan savollar qo‘ya olsada ularning yechish yo‘llarini bilmasa, fikrlash doirasi umuminsoniy qadriyatlarga mos kelsa va o‘zining shaxsiy fikriga ega bo‘lsa qo‘yiladi.
“2” bal – “qoniqarsiz”. O‘quvchi o‘zlashtirgan mavzu yuzasidan bilimga ega bo‘lmasa, mavzuga doir savollarga javob bera olmasa, berilgan masal va mashqlarni yechishda qiynalsa, ularni yechish yo‘llari va usullarini bilmasa, mustaqil fikrlay olmasa qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |