Suving qattiqligini aniqlashga oid masalalar
1 – masala. Suv tarkibidagi tuzlar massasi bo’yicha uning umumiy qattiqligini aniqlash.
Agar 0,25 l suvda 16,20 mg kalsiy gidrokarbonat, 2,92 mg magniy gidrokarbonat, 11,1 mg kalsiy xlorid va 9,5 mg magniy xlorid bo’lsa suvning umumiy qattiqligini (mmol/l, gradus) aniqlang.
Yechish. Suvning bir daraja qattiqligi 100 l suvdagi 1 g CaO ning bo’lishiga to’g’ri keladi. Boshqa metallar miqdori CaO ekvivalent miqdoriga nisbatan hisoblanadi. Qattiqligi 4 mol/l gacha bo’lgan suvni yumshoq, 12,0 mol/l dan yuqorisini juda qattiq suv hisoblanadi. 1 l suvdagi ikki zaryadli ionlarga nisbatan umumiy qattiqlikni hisoblash quyidagicha olib boriladi.
Qat = m1/M1V + m2/M2V + m3/M3V
bu yerda m1, m2, m3 – suvdagi ikki zaryadli metallar kationlari (yoki ularning tuzlari) massalari, mg; M1, M2, M3 – metallar kationlarining (yoki ularning tuzlari) ekvivalent molyar massalari; V – suv hajmi, l.
M/2(Ca(HCO3)2)=Mr/2=162,11/2=81,05; M/2(CaCl2)=Mr/2=110,99/2=55,49 g/mol.
M/2(Mg(HCO3)2)=Mr/2=146,34/2=73,17; M/2(MgCl2)=Mr/2=95,21/2=47,60 g/mol.
Suvning umumiy qattiqligini aniqlaymiz:
Agar bir daraja qattiqlik 0,357 mmol ikki zaryadli metall kationlari miqdoriga to’g’ri kelsa, unda suv namunasi umumiy qattiqligi darajalarda aniqlansa: 2,56/0,357=7,17º. Bu suv namunasi nisbatan yumshoq hisoblanadi.
2 – masala. Suvning muvaqqat (gidrokarbonat) qattiqligini aniqlash.
Magniy gidrokarbonatli 0,1 l suv namunasini titrlashda 7,2· 103l 0,14 n. HCl eritmasi sarflangan bo’lsa, bu suvning vaqtinchalik (muvaqqat) qattiqligini aniqlang.
Yechish. Titrlashda boradigan kimyoviy reaksiya tenglamasini ifodalaymiz:
Mg(HCO3)2 + 2HCl = MgCl2 + 2CO2 + 2H2O
Agar ekvivalentlar qonuniga amal qilinsa unda reaksiyada sarflangan HCl ekvivalent miqdori suvdagi mavjud magniy tuzi ekvivalent miqdori bilan teng bo’lishi kerak.
Demak bundan quyidagi tenglik o’rinlidir: VHClCHCl=VH2OCH2O. Bundan esa:
Berilgan suv namunasi qattiqligi 9,36 mmol/l (suv o’rqacha qattiqlikda) ekan.
3 – masala. Muvaqqat va doimiy qattiqlikni uni yo’qotish uchun sarflangan reagentlar miqdori bo’yicha aniqlash.
Suvning umumiy qattiqligini yo’qotish uchun ohak-sodali usul bo’yicha 50 l suvga 7,4 g Ca(OH)2 va 5,3 g Na2CO3 qo’shilgan. Suvning muvaqqat va doimiy qattiqligini aniqlang.
Yechish. Suvga Ca(OH)2 qo’shilishi suvning muvaqqat qattiliqligini, Na2CO3 qo’shilishi esa doimiy qattiqligini mumkin. Bunda quyidagi reaksiyalar kechadi:
Me(HCO3)2 + Ca(OH)2 = MeCO3 + CaCO3 + 2 H2O
Me(NO3)2 + Na2CO3 = MeCO3 + 2NaNO3
Agar muvaqqat yoki vaqtinchalik Qatvaq qattiqlikni sarflangan kalsiy gidroksid, doimiy Qatdoim qattiqlikni esa soda miqdori belgilasa. Unda quidagilar o’rinli bo’ladi:
Me(Ca(OH)2) = Mr/2 = 74,09/2 = 37,04; Me(Na2CO3) = Mr/2 = 106,00/2 = 53,00
Qatvaq= 7400/(37,04·50) = 4 mmol/l; Qatdoim= 5300/(53,00·50) = 2 mmol/l.
Suvning umumiy qattiqligini aniqlasak.
Qatum= Qatvaq + Qatdoim= 4 mmol/l + 2 mmol/l = 6 mmol/l (o’rtacha qattiqlikda)
4 – masala. Suv qattiqligini yo’qotishda qo’llaniladigan kationitning almashish ε sig’imini aniqlash.
Agar sulfoko’mir adsorbent 50 g saqlagan kolonkadan umumiy qattiqligi 8,5 mmol/l bo’lgan 11,35 l suv o’tkazilgan (toki filtratda Ca2+ va Mg2+ ionlari paydo bo’lguncha) bo’lsa, sulfokumir adsorbentning almashinish sig’imini aniqlang.
Kationitning lamashinish hajmi sifatida lamashinish yo’li bilan 1 g kationitga yutilgan ionlar eng ko’p (mmol/g va mmol/l da) miqdori bo’lib quyidagicha topiladi:
ε = QatV/m
bu yerda V – kationit orqali o’tkazilgan suv hajmi, l; m – kationit massasi, g.
Sulfoko’mir kationiti almashinish hajmi: ε=8,5·11,35/50=1,93 mmol/l ga teng.
Nаzоrаt sаvоllаri
Ishqoriy metallarning kimyoviy xossalarini aytib bering.
Ishqoriy metallarning sifat reaksiyalarini ko’rsating
3. Syvning qattiqligi nima?
4.Syvning qattiqligi nech xil bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |