Oʻzbеkistоn rеspublikаsi оliy vа



Download 8,9 Mb.
bet51/62
Sana12.03.2022
Hajmi8,9 Mb.
#491788
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62
Bog'liq
uslubiy qo`llanma Norganik kimyo

Nazorat savollari

  1. Uglerod va uning metallar va metalmaslar bilan reaksiyasi

  2. Uglerodning kislorodli birikmalari

  3. Kremniy va uning metallar va metalmaslar bilan reaksiyasi

  4. Silikаt kislоtа tuzlаri va ular gidrоlizi



Laboratoriya ishi 14
Mavzu:Azot va fosfor. Ammiak va gidrazinning olinishi, xossalari. Nitrat kislota tuzlarining qaytaruvchilik xossalarini izohlash. Fosforning kislorod, kislotalar bilan reaksiyaga kirishuvi. Fosfat kislota tuzlari gidrolizini o‘rganish.


1-tajriba.Azotni olinishi va xossalari
Kеrаkli аsbоblаr va rеаktivlаr: prоbirkаlar(4ta), shtаtiv, qizdirgich, gаz o`tkаzuvchi nаychа, propkalar, qizdirgich, silindr, shisha plastinka,yog’och tayoqcha. Pаxtа, KNO3, tеmir qirindisi, NH4Cl, NaNO2, ko’mir, Zn, Cu, Al, distillangan suv.
Ishning bajarilish tartibi:
а) Prоbirkаgа3 g mаydаlаngаn KNO3 vа 6-8 g tеmir qirindisidаn sоling (Аgаr tеmir kukuni оlinsа, rеаktsiya tеz bоrаdi). Kеyin tuz zаrrаchаlаrini tutib qоlish uchun prоbirkаgа pаxtа tiqing, prоbirkаni gаz o`tkаzuvchi nаychаli tiqin bilаn yoping vа shtаtivgа o`rnаting. Аrаlаshmаni аstа-sеkin qizdiring vа prоbirkаdаn hаvо chiqib bo`lgаch аjrаlаyotgаn gаzni suv ustidа silindrgа yig`ing. Silindr gаzgа to`lgаch uni suv оstidа shishа plаstinkа bilаn yoping vа suvdаn chiqаring. Rеаktsiya tеnglаmаsini yozing (kаliy vа tеmir оksidlаri hоsil bo`lаdi).
Аzоt fizik xоssаlаrini (rаngi, hidi, suvdа eruvchаnligi) аniqlаng. Аzоtli silindrgа yonаyotgаn tаyoqchа tushiring. Nimа kuzаtilаdi? Аzоtni uglеrоd (II) оksididаn qаndаy fаrqlаsh mumkin?



Rasm.55.


b) Prоbirkаgа2 g mаydаlаngаn nаtriy nitrit sоling vа ustigа 4-5 ml аmmоniy xlоridning to`yingаn eritmаsidаn sоling. Prоbirkаni gаz o`tkаzuvchi nаychаli tiqin bilаn yoping, shtаtivgа o`rnаting vааstа-sеkin qizdiring. Rеаktsiya bоshlаngаndаn 1-2 min o`tgаch (nimа uchun?) аjrаlаyotgаn gаzni silindrgа suv ustidа yig`ing. Silindr to`lgаch uni shishа plаstinkа bilаn yoping. Аmmоniy nitritni pаrchаlаnish rеаktsiyasini yozing. Аmmоniy nitrit o`rnigа nаtriy nitrit vааmmоniy xlоrid tuzlаri аrаlаshmаsidаn fоydаlаnish mumkinligini tushuntiring.



Rasm.56
2-tajriba Ammiakni olinishi va xossalari. Ammiakni qaytaruvchanlik xossalari
Kеrаkli аsbоblаr va rеаktivlаr: Shtativ, probirkalar(3ta), gaz o’tkazuvchi naychali propkalar(3ta), lakmus qog`oz, shisha tayoqcha, konussimon kolba, pipetkalar(2ta), fenolftalein eritmasi, kaliy permanganat eritmasi, ammoniy xlorid, Ca(OH)2, konsentrlangan xlorid kislota eritmasi.


3-tajriba Ammiakni olinishi
a-tajriba.Probirkaga 1g ammoniy xlorid va 1g so`ndirilgan ohak solib, aralashtiring. Aralashma solingan probirkaga gaz nay o`tkazgich naychali tiqinni o`rnatib, probirkani temir shtativga joylashtiring va kichik alangada qizdiring. Gaz o`tkazgich naychaning uchiga suv bilan ho`llangan qizil lakmus qog`ozini tutib turing va uning ko`k rangga bo`yalishiga qarab, ammiak ajralayotganligiga ishonch hosil qiling.
Konsentrlangan xlorid kislota bilan shisha tayoqchani ho`llab, gaz o`tkazgich naychaning uchiga yaqinlashtiring. Nima kuzatiladi? Ammiakning olinishi, ammiakning suv va xlorid kislota bilan o`zaro reaksiya tenglamalarini yozing.

Rasm.57
Ammiakning suvda erishi
b-tajriba.Yuqoridagi tajriba bo`yicha gaz ajralib chiqayotgan naychaning uchini hajmi 100-150 ml bo`lgan konussimon kolbaga (to`nkarilgan holatdagi ) kiriting. 3-5 minut davomida gaz o`tishini ta’minlagach, kolbaning ichiga ammiak to`lganligini bilish uchun kolbani ko`tarib, uning og`ziga suv bilan ho`llangan universal indikator qog`ozini yaqinlashtiring. Indikator qog`ozining ko`karishi ammiak ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. So`ngra ammiak bilan to`lgan konussimon kolbani oldindan tayyorlab qo`yilgan fenolftalein tomizilgan suvli shisha kristallizatorga to`nkaring va suv fenolftalein ta’sirida qizil rangga bo`yalib, konussimon kolbaga kirishini kuzating. Ammiakning suvdagi eruvchanligi to`g`risida xulosa chiqaring va ammiakning suvda erishi reaksiya tenglamasini yozing.


Ammiakning qaytaruvchilik xossasi
c-tajriba.Probirkaga kaliy permanganat eritmasidan 3-4 tomchi va 25% li ammiak eritmasidan 5 tomchi quying. Olingan aralashmani biroz isiting. Kaliy permanganat rangining yo`qolishini kuzating. Ammiakning erkin azotgacha oksidlanishini va mangan(IV)-oksidining hosil bo`lishini hisobga olib, reaksiya tenglamasini yozing.
4-tajriba Nitrit kislotasi, oksidlovchilik va qaytaruvchanlik xossalari. Nitrat kislotasining olinishi, metall va metallmaslarga ta’siri. Nitratlarni qizdirilganda parchalanishi


Kеrаkli аsbоblаr va rеаktivlаr: probirkalar,pipetkalar, shisha tayoqcha, gaz o`tkazgich nayli tiqin, shtativ, chinni kosacha, filtr qоg`оz, kristallizator, qizdirgich, shisha tayoqcha, kaliy permanganat eritmasi, natriy nitrat, konsentrlangan sulfat kislota, fuksin va lakmus eritmalari, oltingugurt, Zn, Sn, Fe, Al bo`lаkchаsi, NaNO3, Pb(NO3)2, AgNO3, distillangan suv.
Ishning bajarilish tartibi:
Nitrit kislotaning qaytaruvchi xossasi
Toza probirkaga 2-3 ml sulfat kislotaning suyultirilgan eritmasidan quying va ustiga 5-6 tomchi kaliy permanganat tuzi eritmasidan soling. Hosil qilingan eritmani natriy nitritli idishga tomchilab quying. Eritmada kaliy permanganat rangining yo'qolishini kuzating. Qilingan tajriba quyidagi reaktsiyaga asosan borishini e'tiborga olib, tenglama koefitsentini to'liq yozing.


Nitrat kislotaning olinishi
Probirkaga 4g ga yaqin natriy nitrat solib, ustiga sulfat kislotaning konsentrlangan eritmasidan 8-10 ml qo`ying va shisha tayoqcha yordamida aralashtiring. Probirka og`zini gaz o`tkazgich nay o`rnatilgan po`kak tiqin bilan berkitib, uni temir shtativga mahkamlang. Gaz o`tkazgich nayning uchini sovuq suvga tushirilgan quruq va toza probirkaga kiritib qo`ying. Nayning uchi probirka tubidan 2sm balandroqda bo`lsin. Shundan keyin tuz va kislota aralashmasini asta qizdiring. Reaksiya natijasida hosil bo`lgan nitrat kislota yuqoriroq temperaturada bug`lanib, quruq probirkaga haydaladi va pastroq temperaturada yana kondensatlanadi. Reaksiya tenglamalarini yozing.



Download 8,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish