O’zbekiston Respublikasi oliy va


OILAVIY KONFLIKT TURLARI, UNING KO’RINISHLARI VA KELIB



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/26
Sana17.06.2021
Hajmi0,99 Mb.
#69141
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
Oilaviy konfliktlar

OILAVIY KONFLIKT TURLARI, UNING KO’RINISHLARI VA KELIB 

CHIQISH SABABLARI 

Har  bir  xalq  va  milliy  an’analar  tarkibida  yoshlarni  oilaviy  turmushga 

tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ammo zamonaviy jamiyatdagi 

keskin o’sish sur’atlari hamda insonning juda katta ijtimoiy faoliyati, uning oilasi 

va  oila  a’zolari  munosabatlariga  doir  milliy  an’analari  yangitdan  vujudga 

kelayotgan  savollarga  to’liq  javob  bera  olmaydi.  Shu  bois,  milliy  an’analarni 

oilaviy  turmush  borasidagi  umumbashariy  nazariy  bilimlar  bilan  qo’shib  olib 

borish talab etiladi.  

Psixologik  jihatdan  o’rganish  lozim  bo’lgan  masalalaridan  biri  oilaviy 

konfliktlar  va  ularning  oldini  ola  bilish,  oilaviy  konfliktlar  yechimiga 

tayyorligidir. 

Mazkur  yo’nalish  bo’yicha  yoshlarda  quyidagi  bilim  va  ko’nikmalarni 

shaklantirishni  nazarda  tutadi:  Oila  va  konfliktlar,  konfliktlar  inson  hayotining 

tabiiy  xususiyati  ekanligi,  konflikt  oilaviy  va  ijtimoiy  hodisa  sifatida,  konfliktga 

nisbatan yoshlarda to’g’ri munosabatni shakllantirish, oilaviy inqirozlar va ularga 

to’g’ri  munosabat,  oilaviy  inqirozlarning  oldini  olish  choralari,  konfliktning 

yaratuvchanlik  va  buzg’unchilik  xususiyati,  oilaviy  konfliktlardan  chiqib  ketish, 

ularni  hal  etish  usullari,  konfliktlarni  boshqarish,  g’azab  va  jahlni  yengish 

usullarini  bilish,  shaxs  va  oila,  oilaning  har  bir  a’zosiga  hurmat  va  e’tibor 



 

16 


me’yorlari,  shaxs  erkinligi,  egoizm,  egoizmdan  qutulish  omillari,  oilada  o’zini 

ustun qo’yish, oilada uning a’zolari munosabatlaridagi uyg’unlik, shaxs va jamoa 

munosabatlari,  shaxs  va  oila  manfaatlari  birligi,  oila  manfaatlarining  ustunligi, 

shaxsning  muloqot  madaniyati  va  ichki  dunyosi  yetukligi  omillari,  ota-ona  va 

farzand majburiyatlari va huquqlaridir. 

Zamonaviy o’zbek oilasi ichidagi ziddiyatlar va inqirozlar nuqtai nazaridan oila 

institutiga  nazar  solinsa,  yuqoridagi  holatlar  o’zini  ochiq  namoyon  etayotgan 

holatlar hisoblanadi. Shu bilan birga, o’zini pinhona namoyon qilayotgan holatlar, 

oila ichida kechib, tashqariga ko’p ham chiqmayotgan, ammo ko’payib borayotgan 

konfliklar va konfliktli vaziyatlar ham mavjud.  

O’zbek  xalq  pedagogikasida  kelishmovchilik,  ziddiyat,  janjal  bo’lgan  uyda 

rohat  bo’lmaydi,  deb  hisoblashadi.  Oilada  uning  a’zolarini  xo’rlamaslik,  g’iybat 

qilmaslik,  qilgan  ishlaridan  ayb  topmaslik,  yemoq  –  ichmoqqa  qizg’anmaslik  

kabilar  har  doim  targ’ib  qilingan.    Oila  a’zolari  muomalasida  salbiy  his  -

tuyg’ularni  jilovlay  bilish,  bir-birini  tushunib  yetish,  ziyrak  bo’lish,  rashk,  gina-

kudratning oldini olish yo’llariga yoshlarni o’rgatish darkor.  

Yoshlarni  avvalo  oilaviy  turmushning  barcha  o’ziga  xosliklariga  ochiq  va 

samimiy  o’rgatish  lozim.  Erkak  psixologiyasi  va  ayol  psixologiyasi,  ular 

fiziologiyasi,  ma’naviy-ruhiy  va  jismoniy  ehtiyojlari  kabi  masalalarda  zamonaviy 

qarashlarning  barchasini  yoshlarga  bermoq  zarur.  Ayollarimizda  erkaklarga 

nisbatan  “g’arazli”,  “shaxsiy  moddiy  talablarni  qondiruvchi”    sifatidagi  egoistik 

munosabat keng tarqalgan. Erkaklar esa o’z ayollariga oilaning xizmatkori, uning 

yumushlarini bajaruvchi, barchaga  bo’ysunishi  lozim  bir  jihoz  sifatida qarashadi. 

Ikkala  stereotip  ham  noto’g’ri  hamda  o’zgarishi  lozim  bo’lgan  stereotiplardan 

hisoblanadi.  

Yigit  va  qizlarni  zamonaviy  bilimlar  asosida  oilaviy  munosabatlarga  to’g’ri 

yo’naltirish zarur. Oila – muqaddas dargoh. Shu bois, oilaga muqaddas munosabat 

zarur. Ayol va erkak  munosabatlari, ya’ni har ikki tomon munosabatlari, ayniqsa 

ularning noto’g’ri tashkil qilinganligi, ko’p hollarda oilaviy konfliktlar eskalasiyasi 

uchun zamin yaratadi. 




 

17 


Oilaviy  munosabatlarni  zamonaviy  tashkil  qilinishiga  bag’ishlangan 

bilimlardan  biri  –  erkak  va  ayol  tafakkur  tarzidagi  o’ziga  xos  farqlarni, bir  biriga 

o’xshamas  tomonlarni  ko’rsatuvchi  so’rovnoma  hisoblanadi.  Mazkur  masala 

yuzasidan  ijtimoiy  so’rovnomalar  berildi  va  ular  asosida  xulosalar  berilgan. 

Savollar  ayol  va  erkak  psixologik  holatlari  bo’yicha  keng  tarqalgan  stereotiplar 

asosiga  qurildi.  Mazkur  stereotiplar  to’g’ri  yoki  noto’g’ri  ekanligi  psixologik 

jihatdan tahlil qilindi. 


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish