Ozbekiston respublikasi oliy va



Download 0,95 Mb.
bet35/54
Sana23.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#403845
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
Ozbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi

Nazorat savollari

1. Konduktometrik titrlash nimaga asoslangan?

2. Kuchli kislota eritmasini ishqor bilan titrlaganda elektr o’tkazuvchanlikning kamayib borishi sababi nimada?

3. Kuchsiz kislota eritmasini konduktometrik titrlash qanday amalga oshiriladi?



Bufer eritmalar

Ko’pgina fiziologik jarayonlar doimiy konsentratsiyali vodorod ionlariga ega bo’lgan muhitda boradi. Vodorod ionlari konsentratsiyasi (pH qiymati) ning kamayishi yoki ko’payishi fiziologik jarayonning buzilishiga yoki uning to’liq to’xtab qolishiga olib keladi. Shuningdek, organizmning normal holatida qonning pH qiymati 7,3 ga teng (kuchsiz ishqoriy muhit). Qon pH qiymatining o’zgarishi organizmning o’limiga olib keladi. Qonga to’xtovsiz moddalar almashinuvining kislotali muhitga ega bo’lgan maxsulotlari, asosan karbonat kislota kelib turadi, ammo shunga qaramasdan, u doimiy pH ga ega. Bu qonda organizmning boshqa to’qimamalaridagi kabi vodorod ionlari konsentratsiyasini doimiy tutuvchi regulyatorlar borligi bilan tushuntiriladi. Shunday regulyatorlardan biri bufer eritmalar hisoblanadi. U kuchsiz kislota va uning ishqoriy tuzi aralashmasidan, masalan, sirka kislota va uning natriyli tuzi eritmasi yoki kuchsiz asos va uning kuchli kislota bilan hosil qilgan tuzi eritmasidan tashkil topgan. Bu eritmaga misol qilib, ammoniy gidroksid eritmasining ammoniy xlorid bilan aralashmasini olish mumkin.

Bufer eritmalarga kam miqdorda kislota yoki ishqor qo’shilganda hamda ularni suyultirganda vodorod ionlarining konsentratsiyasini doimiy saqlab turiladi.

Sirka kislota va natriy asetat aralashmasi misolida bufer eritmaning ta’sir mexanizmini ko’rib chiqamiz. Sirka kislota eritmasida quyidaicha muvozanat mavjud:

CH3COOH ↔ CH3COO + H+

Massalar ta’siri qonuniga binoan kislotaning elektrolitik dissosilanish konstantasi:



bundan

Sirka kislotaning elektrolitik dissotsilanish darajasi juda kichik, shuning uchun eritmada uning dissotsilanmagan molekulalari ko’proq bo’ladi. Sirka kislotaning eritmasiga suvli eritmalarda qariyb to’liq parchalanuvchi uning natriyli tuzi qo’shilganda sirka kislotaning elektrolitik dissotsilanish darajasi juda pasayib ketadi, bunda dissotsilanmagan molekulalar konsentratsiyasi analitik kimyoning oddiy metodlari bilan aniqlangan kislota konsentratsiyasiga deyarli teng bo’ladi.

CH3COONa ↔ CH3COO + Na+

Bunda formulaga [CH3COOH] o’rniga oddiygina kislota konsentratsiyasi qo’yilsa ham bo’ladi. Xuddi shunday CH3COO ioni konsentratsiyasining kattaligi tuz konsentratsiyasiga teng bo’ladi, chunki atsetat ioni amalda faqat natriy atsetatning elektrolitik dissotsilanishi natijasida hosil bo’ladi. Shunga asoslanib, formuladan quyidagi ifodani keltirib chiqarich mumkin:



Berilgan sharoitda K (kislotaning elektrolitik dissosilanish konstantasi) doimiy bo’ladi. Shuning uchun vodorod ionlari konsentratsiyasining qiymati bufer aralashmani tayyorlash uchun olingan kislota va tuz konsentratsiyasining nisbati bilan aniqlanadi. Kuchsiz asos va kuchli kislota aralashmasi uchun ham shularni qo’llab quyidagi tenglamani chiqarish mumkin.



Bu tenglamadan ko’rinib turibdiki, bufer eritmadagi vodorod ionlarining konsentratsiyasi kislota va tuz konsentratsiyasining absolyut qiymatiga emas, balki ularning nisbatiga bog’liq bo’ladi. Shuning natijasida bufer eritma suyultirilganda, vodorod ionlarining konsentratsiyasi amalda o’zgarmaydi.

Faqat kislota (yoki faqat asos) tutgan eritmadan farqli o’laroq, bufer aralashma vodorod ionlari konsentratsiyasini o’zgarishini pasaytiradi. Haqiqatan ham, atsetatli bufer aralashmaga xlorid kislota kislota qo’shilsa, u natriy atsetat bilan almashinish reaksiyasiga kirishadi va kuchsiz sirka kislota hamda natriy xloridni hosil qiladi:

H+ + Cl + CH3COO + Na+ ↔ Na+ + Cl + CH3COOH

Shunga ko’ra, bufer aralashma quyidagi xususiyatlarga ega bo’ladi:

1. Bufer aralashmalardagi vodorod ionlarining konsentratsiyasi suyultirishga bog’liq emas.

2. Bufer aralashmalarga kam miqdorda kuchli kislota yoki asos qo’shilishi ulardagi vodorod ionlarining konsentratsiyasini (eritmaning bufer sig’imi chegarasida) juda kam o’zgartiradi.

Bufer ta’sirning namoyon bo’lish chegarasi bufer sig’imi deb ataladi va B harfi bilan belgilanadi. Bufer sig’imning miqdoriy qiymati pH qiymatini 1 birlikka o’zgartirish uchun 1 l bufer eritmaga qo’shish zarur bo’lgan kuchli kislota yoki asosning g-ekv lar miqdori bilan aniqlanadi:



B=

Bufer eritmada kislota va tuzning konsentratsiyasi qancha yuqori bo’lsa, ularning bufer sig’imi ham shuncha yuqori bo’ladi.




Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish