O`zbekiston respublikasi oliy va


Davlat budjetining iqtisodiyot xarajatlari tarkibi



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/229
Sana18.01.2022
Hajmi6,56 Mb.
#386224
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   229
Bog'liq
budjet tizimi

Davlat budjetining iqtisodiyot xarajatlari tarkibi,  

jamiga nisbatan foizda 

 

Ko’rsatkichlar



 

2013 


yil

 

2014 


yil

 

2015 


yil

 

2016 yil 

(prognoz) 

Davlat budjeti xarajatlari 

100 


100 

100 


100 

Iqtisodiyotga ajratilgan xarajatlar 

10,6 


10,7 

10,1 


10,6 

Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi 

tasarrufidagi suv xo’jaligi tashkilotlari 

tomonidan iste’mol qilinadigan elektr-

enyergiyasi to’lovlari 

3,5 


3,4 

3,3 


3,3 

Moliya vazirligi huzuridagi 

Sug’oriladigan yerlarning meliorativ 

holatini yaxshilash fondiga maqsadli 

ajratmalar 

0,8 


0,9 

0,8 


0,9 

Hosildorligi past yerlarda davlat 

ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi 

mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 

fermer xo’jaliklarini moliyaviy 

qo’llab-quvvatlash uchun maqsadli 

mablag’lar 

0,8 


0,9 

0,6 


0,6 

Boshqa xarajatlar 

5,7 


5,8 

6,1 


2,1 

 



 

 

41 



      

 

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2007 yil 29 oktyabrdagi 



«Yerlarning  meliorativ  holatini  yaxshilash  tizimini  tubdan  takomillashtirish 

chora-tadbirlari  to’g’risida»gi  Farmoniga  muvofiq  “Sug’oriladigan  yerlarning 

meliorativ  holatini  2008-2012  yillarda  yaxshilash  bo’yicha  chora-tadbirlar 

dasturi”  ishlab  chiqilgan.  Ushbu  dastur  doirasida  maxsus  fond  tashkil  etilgan 

bo’lib,  ushbu  fond  mablag’larini  shakllantirishga  budjetdan  xarajatlar  amalga 

oshirilmoqda.  Ushbu  fondga  ajratmalarning  2016  yildagi  miqdori  jami  budjet 

xarajatlariga nisbatan 0,9 foizni tashkil etgan. 

“Hosildorligi  past  bo’lgan  yerlarda  davlat  ehtiyojlari  uchun  paxta  xom 

ashyosini  yetishtiruvchi  qishloq  xo’jaligi  korxonalarini  moliyaviy  qo’llab-

quvvatlash  tartibi  to’g’risida”gi  Nizomda  davlat  budjetidan  ajratiladigan 

mablag’lar quyidagi yo’nalishlarda sarflanishi ko’zda tutilgan: 

 



fermer  xo’jaliklarining  soliqlar  va  majburiy  to’lovlar  bo’yicha 

qarzdorliklari,  boshqa  joriy  majburiyatlari,  asosiy  maxsulotlarni 

etishtirish uchun moddiy-texnika resurslar va ko’rsatilgan xizmatlar 

uchun qarzlarini to’lashga; 

 

kelgusi yil hosili uchun sotib olinadigan resurslar va ko’rsatiladigan 



xizmatlar uchun oldindan to’lovlarga; 

 



yerlarni  meliorativ  holatini  yaxshilash  tadbirlarini  va  xo’jalikning 

ishlab  chiqarish  faoliyati  bilan  bog’liq  boshqa  xarajatlarini 

moliyalashtirishga yo’naltiriladi. 

Ushbu xarajatlarning jami budjet xarajatlaridagi salmog’i 2016 yilga kelib 

0,6  foizni  tashkil  etmoqda.  Umumiy  tendentsiyada  pasayish  kuzatilayotgan 

bo’lsa-da, nominal mazmunda uning o’sib borayotganligi kuzatilmoqda. 

Investitsiyaviy  moliyalashtirish  va  xalqaro  chegaralar  orqali  o’tadigan 

kapital  oqimlari  iqtisodchilar  va  hukumatning  e’tibor  qaratadigan  asosiy 

ko’rsatkich  bo’lib  qolishda  davom  etadi.    Globallashuv  atamasi  ustida 

hanuzgacha  bahslar  davom  etmoqda  va  u  haqida  aniq  bir  tugal  xulosaga 

kelinmagan.  Tarixan,  boshqa  mamlakatlar  ishlab  chiqarish  salohiyatini 



 

 

42 



      

 

belgilashda  investitsiyalar sezilarli o’ringa ega bo’lgan. Biror kompaniya yoki 



investitsiyalovchi banklar guruhining xorijdagi birorta ishlab chiqarish sohasiga 

investitsiya  kiritishi,  investitsiya  kiritilgan  mamlakatning  ishlab  chiqarish 

salohiyatini  oshirgan  va  investor  investitsiya  qilgan  mablag’ini  tezda  qaytarib 

olib chiqib ketishi osonlik bilan hal etib bo’lmaydigan masalaga aylangan. 1980-

yillarning oxirida jismoniy kapitaldan farqli ravishda, aktsiya va obligatsiya kabi 

moliyaviy instrumentlarga xalqaro transaktsiyalar hajmi sezilarli darajada o’sdi.  

1990-yillardagi  Osiyo  va  rivojlananayotgan  bozorlardagi  inqirozlarning 

tezlashishining  asosiy  sabablaridan  biri  investorlarga  o’zlari  kiritgan 

sarmoyalarni  tezda  qaytarib  olish  imkonini  beruvchi  savdoga  oid  moliyaviy 

instrumentlarga  qilingan  xorijiy  investitsiyalar  hajmi  bilan  bog’liq  edi.  2007-

yildagi  yuzaga  kelgan  bozor  inqirozi  Qo’shma  Shtatlarga  jiddiy  darajada 

takrorlanmadi.  Biroq,  Portugaliya,  Italiya,  Gretsiya  va  Ispaniya  kabi  boshqa 

mamlakatlar  investorlar  mazkur  mamlakatlar  moliya  bozorlaridan  o’zlarining 

portfel  investitsiyalarini  olib  chiqib  ketganligi  sababli  qattiq  bosimni  boshdan 

kechirdilar.  

Savdo  balansida  yuz  berayotgan  harakatlarning  muhimligi  bu  hatti-

harakatlar  iqtisodiyotni  moliyalashtirilishida  qanchalik  darajada  ishtirok 

etayotganligi  bilan  belgilanadi.  XIX  asr  o’rtalaridan  1980-yillarning 

o’rtalarigacha  bo’lgan  davrda  AQSH  iqtisodiyoti  mamlakatning  ichki 

manbaalari  hisobiga  moliyalashtirilgan.  Milliy  jamg’armalar  xorijda  amalga 

oshirilgan  milliy  jamg’armalar  o’rtasidagi  ijobiy  saldo  sababli  milliy 

investitsiyalarni  mablag’  bilan  ta’minlash  uchun  etarli  bo’lgan.  Iste’mol 

tovarlariga  uy  xo’jaliklarining  sarflarining  ortishi,  jamg’arishning  qisqarishi, 

davlat budjeti defitsiti holatida, iqtisodiyotni investitsiyalashni tashqi manbaalar 

hisobidan  moliyalashtirishga  majbur  bo’lindi.  AQSH  iqtisodiyotining  muhim 

qismi  ichki  jamg’armalar  hisobidan  emas,  balki  xorijiy  investitsiyalar  orqali 

moliyalashtirildi. Bu xorijiy investitsiyalar AQSH hududidagi, biroq AQSHning 

iqtisodiyotining o’ziga tegishli bo’lmagan xorijiy aktivlar bo’yicha kelajakdagi 

da’volarni o’zida ifodalaydi. 



 

 

43 



      

 

Qo’shma  Shtatlarda  sanoat  aktsiya  va  obligatsiyalarini  chiqarish  orqali, 



davlat  qarzini  istisno  qilgan  holda,  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish  orqali 

moliyalashtirish  iqtisodiyotni  kengaytirish  uchun  foydali  bo’lgan  bo’lardi.  Bu 

holada,  AQSH  davlat  qarzi  hisobiga  investitsiyalash  AQSH  ning  ichki  ishlab 

chiqarish  salohiyatini  oshirmadi,  balki  bu  erda  moliyaviy  ta’minlanish  uchun 

hukumatning  ehtiyojlari  bilan  investitsiyaviy  moliyalashtirish  uchun  sanoat 

ehtiyojlari  o’rtasida  raqobpt  yuzaga  keladi.  Makroiqtisodiy  nuqtai  nazardan, 

byujdet  defitsitini  bunday  tashqi  moliyalashtirish,  kelgusida  AQSH  davlat 

sektori  qarzlarining  xorijiy  kreditorlariga  to’lovlarni  amalga  oshirish  uchun 

AQSH  tovar  va  xizmatlarining  katta  qismini  uzoq  vaqt  davomida  xorijda 

sotishga  majbur  bo’ladigan  vaziyatni  yuzaga  keltiradi.  Bu  miqdor  AQSH 

iste’moli  yoki  investitsiya  uchun  mavjud  bo’lmaydi.  Shunday  qilib,  savdo 

balansi, shuningdek umumiy to’lov balansi beqarorligi, federal hukumat budjet 

defitsiti bilan chambarchas bog’liqdir.   

1990 yillar oxiridagi AQSH dagi jadal iqtisodiy o’sish bu fikrni tasdiqladi. 

Federal budjet 1998-yilda balansga erisha oldi. Bunda AQSH hukumati nafaqat 

budjet  defititsitini  moliyalashtirish  uchun  uzoq  muddatli  qimmatli  qog’ozlar 

chiqarishga  ehtiyoj  sezmadi,  balki  uch  yil  ichida  budjetning  profitsit  qismiga 

G’aznachilik amalda oliy jinsdagi qarzlarini qaytarib sotib oldi.  XX asr oxiriga 

kelib,  defitsitni  qoplash  uchun  xorijiy  qarzdan  foydalanish  muammosi  o’z 

dolzarbligini yo’qotib borayotgan edi, biroq 2002 yilning boshlarida yana yirik 

budjet  defitsitining  yuzaga  kelishi,  federal  budjet  kamomadini  qoplash  uchun 

xorijiy  investorlar  rolini  oshirib  yubordi.    Buning  ustiga  Amerika  Qo’shma 

Shtatlarida uy maishiy jamg’arish darajasi nisbatan past darajada ekanligi qayd 

etildi.  



AQSH  iqtisodiyotida  xorijiy  investitsiyalarning  o’sib  borishi  mamlakat 

iqtisodiyotiga  nisbatan  xorijliklarda ishonch borligini ifodalaydi.  2011-  yildagi 

bozor  parokandaligi  yuzaga  kelganda,  AQSH  iqtisodiyotiga  investorlarning 

ishonchi      boshqa  mamlakatlarga  qaraganda  mutloq  ustunlikda  bo’lmagan 


 

 

44 



      

 

bo’lsa  ham  nisbatan  kuchliroq  bo’ldi,  shu  davrda  boshqa  mamlakatlarda 



AQSHdagiga  qaraganda  nisbatan  kam  investitsion  qarorlar  amalga  oshirildi

.

1



 

Xorijiy  investorlar  AQSH  G’aznachiligi  banknotalarini ularga belgilangan  foiz 

stavkalari  va  risklardan  himoyalanganligi  uchun  investitsiya  kiritish  uchun  eng 

maqbul variant deb hisoblashdi.  

AQSH  Kongressi  2011  yilda  imkon  qadar  jahon  moliya  bozorlarida 

to’lovlarini  o’z  vaqtida  to’lash  uchun  AQSH  ning  imkoniyatlari  darajasida 

kontsernlar  tashkil  qilish  orqali  davlat  qarzlari  miqdorining  oshib  borishini 

to’xtatmay  turishiga qaramasdan, AQSH hukumati yuridik noxushliklarga duch 

kelishdi,    davlat  budjeti  defitsini  qisqartirish  uchun  qarzlarning  oshirib 

borilishiga bog’liq ravishda kelishuvga erishildi. 




Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish