§10. Maktabgacha surdopedagogika fanining metodlari
Maktabgacha tarbiyada surdopedagogika fani bir qator mee todlardan foydalanadi. Ular quyidagilardir: kuzatish, eksperii ment, bolalar ishlarini, ta’lim-tarbiya muassasalari hujjatlarini o‘rganish metodi, suhbat, so‘rab-bilish metodi, ilmiy-metodik manbalarni o‘rganish.
Kuzatish metodi – bu pedagogik hodisani rejali ravishda o‘rganish bo‘lib, bu jarayonda tadqiqotchi hodisani butun holda uning alohida tomonlarini ko‘rishi, muhim, barqaror aloqalarr ni aniqlashi mumkin. Faktlarni to‘plash, ularning muhim too monlarini qayd etish – kuzatishning bosh vazifasidir. Tadqiqot metodi sifatida kuzatish aniq-ravshan anglangan maqsadning mavjudligi bilan izohlanadi. U avvaldan ishlab chiqilgan rejaga asosan o‘tkazilib, unda kuzatish ob’ekti, kuzatish maqsadi va vazifalari, dasturi, metodikasi va texnikasi ko‘rsatiladi. Ilmiy kuzatish faktlarini ob’ektiv va aniq qayd etish talab qilinadi.
Kuzatish metodi – eshitish qobiliyati buzilgan bolalar makk tabgacha tarbiya muassasalarida tashkil etilayotgan korrekk sion-tarbiyaviy ishlarni kuzatish maqsadida qo‘llaniladi. Pedaa gogik kuzatish jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar faoliyatining xususiyatlari, ta’lim dasturida belgilangan bilim va malakalarni egallash samaradorligi, qo‘llaniladigan metod va uslublar to‘g‘risidagi faktlarni to‘plash, sistemalashtirish va tahlil qilish kabi vazifalar amalga oshiriladi. Kuzatishdan avval kuzatish maqsadi, ob’ekti, rejasi, natijalarni qayd etish shakli belgilanadi. Kuzatish ob’ekti etib maktabgacha tarbiya yoshidagi eshitmaydigan va zaif eshituvchi bolalarning turli mashg‘ulotlardagi faoliyatlari hamda, erkin faoliyatlari belgii lab olinishi ham mumkin. Surdopedagog va tarbiyachilar faolii yatini kuzatish, metod va usullarni tahlil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Kuzatish materiallarini tahlil qilishda ijobiy faktlar bilan birga salbiy jihatlarning aniqlanishi muhimroqdir. Mazkur metodning afzalligi uning tabiiyligida va avvaldan ree jalashtirilgan ish tartibiga putur yetkazmaganidadir. Kuzatish natijalari aniq-ravshan bo‘lishi uchun yozma bayonnomalar
52
53
tashxis qilish, birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar xarakterini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim kar va zaif eshii tuvchi bolalarda eshituv qobiliyatining pasayishi bilan birga markaziy asab tizimining faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq boshqa kamchiliklar ham kuzatiladi. Psixik rivojlanishning sustlashuvi, aqliy zaiflik, bolalardagi serebral falajlik, xulq-att vor va hissiy-irodaviy buzilishlar bunga misoldir. Bunday buu zilishlarni to‘g‘ri tashxis qilish surdopedagog va psixonevrolog hamkorligida amalga oshiriladi.
Maktabgacha surdopedagogikada maxsus pedagogikaning logopediya, oligofrenopedagogika, tiflopedagogika sohalaridaa gi yutuqlar ham hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |