Aqliy tarbiyada tevarak-atrof haqidagi bilimlarning roli
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy tarbiyasi faqatt gina bilish jarayonlarini – idrok, tasavvur, tafakkurning rivv ojlanishidan iboratgina bo‘lmasdan, balki uning mazmuniga bolalarda ma’lum hajmdagi bilimlarni shakllantirish ham kiradi. Bu bilimlar bolalarga atrof-hayotda moslashishga, elementar munosabatlarni va o‘zaro aloqadorlikni tushunu ishga imkon beradi.
Aqli zaif bolalarda atrof, dunyo haqidagi bilim va tasavv vurlarining stixiyali ravishda to‘planishi aqliy rivojlanishning manbai bo‘la olmaydi. Shuning uchun aqli zaif bola bilimlarii ni egallashda ta’lim yetakchi rol o‘ynaydi. Ta’lim aqli zaif bola o‘zlashtirib olgan bilimlarini tizimga yo‘naltiradi va bolaning aqliy rivojlanishi uchun yordam beradi.
Pedagog va tarbiyachilar maktabgacha tarbiya muassasaa sida butun hayot va faoliyat jarayonida bolalarga tevarakk atrof haqidagi bilimlarni beradilar. Bu jarayonda alohida rolni mashg‘ulotlar, kuzatishlar va maxsus tashkil etilgan bolalar faoliyati o‘ynaydi.
Har bir mashg‘ulot turi va har bir faoliyat turi bolaning aqliy rivojlanishga o‘zining alohida hissasini qo‘shadi.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish mashh g‘ulotlari bolalarning bilim tizimiga va shuningdek bilish jaa rayoniga ijobiy ta’sir etib, ularni rivojlantiradi.
Matematik tasavvurlarni rivojlantirish – maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar o‘rtasidagi son va sifat muu nosabatlarini bilib olishlariga asoslanadi. Bunday munosabatt larni bolalar taqqoslashni, solishtirishni, (predmetlar va pred-
32
33
ularning organizmlarini chiniqtirish, harakatlarini rivojlantii rish, madaniy-gigienik malakalarini tarbiyalash kiradi.
Aqli zaif bolalarning ahvoli asosan markaziy nerv tizimining organik jarohatlanishi natijasida fiziologik, morfologik, bioxii mik o‘zgarishlarning yuzaga kelishi bilan namoyon bo‘ladi. Bular bolaning o‘zini yomon his qilishi, organizmning umm umiy kuchsizlanishi, tez charchashi, nevroz holatlarini yuzaga kelishi bilan ifodalanadi.
Massaj va davolash gimnastikasi maxsus bolalar bog‘chasida davolash ishlari bo‘yicha asosiy vazifa bo‘lib hisoblanadi.
Aqli zaif bolalar jismoniy tarbiyasining asosiy jihati madd aniy-gigienik vazifalarni to‘g‘ri tashkil etish, bunda shaxsning kamol topishida gigienik malaka va odatda umumiy tarbiya madaniyatining rivojlanishiga asos bo‘ladi.
Jismoniy tarbiyaning umum qabul qilingan metodlarini maxsus ish usullari bilan bog‘lab olib borish, individual va guu ruhli mashg‘ulotlarni to‘g‘ri uyg‘unlashtirish aqli zaif bolalarnn ing jismoniy tarbiyasini samarali bo‘lishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |