§19. Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarga logopedik yordamni tashkil etish
1960 yillardan nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan maktabgacha tarbiya muassasalari tarmog‘i rivojlana boshladi. Dastlab bular ommaviy bog‘chalar qoshida tashkil qilingan alohida eksperimental guruhlar edi, keyinchaa lik esa nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan alohida bolalar bog‘chalari va yasli bog‘chalari tashkil topa boshladi.
Dastlabki bosqichda bolalar bog‘chalarida engil nutq kamm chiligiga ega bo‘lgan (nutqiing fonetik tomoni rivojlanmagan) bolalar uchun guruhlar ochildi. Keyin birmuncha murakkab nuqsonli bolalar (duduqlanadigan, nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar) guruhlari tashkil qilindi. Maorif vazirligining 1972 yil 21 noyabrdagi 125 - sonli qaroriga asosan maorif sistemasidagi anomal bolalar uchun maxsus maktabgacha tarbiya muassass alari nomenklaturasi (ro‘yxati) tasdiqlandi.
Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan bog‘chalar, yasli-bog‘chalar va umumiy tipdagi bog‘cha, yaslii bog‘chalar qoshidagi tegishli maktabgacha tarbiya guruhlari yuqorida nomlari ko‘rsatib o‘tilgan muassasa qaraydigan xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan komplektlashtiriladi.
Normal nutqni o‘zlashtirgan, ta’limni muvaffaqiyatli taa momlagan va 7 yoshga to‘lmagan bolalar umumiy tipdagi bog‘chaga o‘tkaziladilar.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida turli xil nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalarga beriladigan logo-
mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Logoped otaa onalarni bolani ommaviy maktabda, nutq maktabida ta’lim olishi yoki zarurat bo‘lsa, bog‘chaning maxsus guruhida qayta tarbiyalanishi haqida komissiyaning qarori bilan tann ishtiradi. Komissiyaning qarori to‘liq asoslanadi.
Shanba yoki chorshanba kunlari (kunning ikkinchi yarmii da) har hafta ota-onalar uchun qisqa muddatli majlislar (pyaa timinutka) o‘tkaziladi. Ba’zi bir ota-onalar bolalari bilan taklif qilinadilar. Logoped ota-onalarni tovushlarni mustahkamlashh ning asosiy usullari bilan tanishtiradi. Uyda qanday mashqlar bajarish kerakligani ko‘rsatib beradi.
Ota-onalarning ochiq logopedik mashg‘ulotlarda ishtirok etishi butun o‘quv yili davomida rejalashtiriladi (3 oyda 1 marr ta). Bunday mashg‘ulotlarda logoped ota-onalarni ta’limning asosiy usullari, materialni tanlash, shuningdek, mashg‘ulot davomida bolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar bilan tanishtii radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |