O’zbekiston respublikasi oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi


 O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorining rivojlanishi



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/62
Sana19.07.2021
Hajmi2,99 Mb.
#123081
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62
Bog'liq
tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari

4. O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorining rivojlanishi 

 

Ma‘lumki,  har  qanday  bozorda  sotuvchi  va  xaridor  bo‘ladi  hamda  ular 



o‘rtasida  tegishli  tovarlar  (xizmatlar)  ayirboshlanadi.  Xuddi  shunday,  sug‘urta 

bozorida  ham  sotuvchi  (sug‘urtalovchi)  va  xarid  or  (sug‘urtalanuvchi)  ishtirok 

etadi.  

Sug‘urta  bozori  hududiy  joylashuviga  qarab  xalqaro,  mintaqaviy  va  milliy 

sug‘urta  bozorlariga  bo‘linadi.  Milliy  sug‘urta  bozori  biron-bir  mamlakat 

hududidagi  sug‘urta  muassasalarini  va  ularni  faoliyatini  o‘z  tarkibiga  oladi. 

Jahondagi eng yirik milliy sug‘urta bozori Amerika Qo‘shma SHtatlaridir. Iqtisodiy 

jihatdan  rivojlangan  mamlakatlarda  yig‘iladigan  sug‘urta  tushumlarining  43 

foizdan ortig‘i AQSH  hissasiga to‘g‘ri  keladi.  Bu  yerda  hayotni  sug‘urta qiluvchi 

2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi 3800 

ta kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan ba‘zi birlari dunyo sug‘urta bozorida 

ham  oldingi  o‘rinlardadir.  Masalan,  ―Prudenshial  of  Amerika‖  kompaniyasi 

mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992  yil boshida  mavjud aktivlari, to‘plagan 

sug‘urta mukofotlari bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. 

Sug‘urta bozorlari hududiy bo‘linish bilan bir qatorda sug‘urta turlariga qarab 

ham  xilma-xil  bo‘lishi  mumkin.  Iqtisodi  rivojlangan  mamlakatlar  amaliyotida 

sug‘urta bozori ikkiga bo‘linadi: 1) Hayotni sug‘urta qilish bilan bog‘liq sug‘urta 

xizmatlari bozori; 2) Umumiy sug‘urta xizmatlari bozori.  

Bugungi  kunda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimov 

tashabbuslari  bilan  moliyaviy  bozorni  yanada  rivojlantirish,  uning  oshkoraligi  va 

barqaror 

faoliyatini 

ta‘minlash, 

zamonaviy 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini  tatbiq  etish,  xo‘jalik  yurituvchi  sub‘ektlar  tomonidan 

investitsiyalar  jalb  etilishini  faollashtirish  borasida  tegishli  vazirlik  va  idoralar 

tomonidan  jadal ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Bu  esa o‘z  navbatida,  aholi  turmush 

tarzini  yaxshilanishiga,  ishsizlikni  oldini  olishga  va  eng  asosiysi  kambag‘allikni 

yo‘qotishga  turtki  bo‘ladi.  Oxirgi  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasi 




iqtisodiyotining  barcha  sohalarida  shu  jumladan,  sug‘urta  sohasida  ham  chuqur 

islohotlar  amalga  oshirildi.  O‘zbekiston  Respublikasi  ―Sug‘urta  faoliyati 

to‘g‘risida‖gi  Qonuniga  kiritilgan  o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  hamda, 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi 618-sonli ―Sug‘urta 

xizmatlari  bozorini  yanada  isloh  qilish  va  rivojlantirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida‖gi  va  2008  yil  21  maydagi  872-sonli  ―Sug‘urta  xizmatlari  bozorini 

yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi 

Qarorlari,  sug‘urta,  sug‘urta  faoliyati  va  sug‘urta  nazoratining  qonunchilik  va 

me‘yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishning yaqqol misoldir. 

Bundan  tashqari,  Prezidentning  mazkur  qarori  asosida,  mol-mulk  sug‘urtasi 

va  hayotni  uzoq  muddatli  sug‘urtalash  bo‘yicha  aholi  va  korxonalarning  to‘lagan 

sug‘urta mukofotlari ularning daromad solig‘i bazasidan chiqarilishi belgilandi, bu 

bilan  shaxsiy  sug‘urtani  va  avvalo  jamg‘arib  boriladigan  sug‘urta  turlarini 

rivojlanishiga  ulkan  baza  yaratib  berildi.  Hozirda  O‘zbekistonda  29  ta  sug‘urta 

kompaniyasi  faoliyat  yuritib  kelmoqda.  Ushbu  sug‘urta  kompaniyalaridan  4  tasi 

davlat  ulushiga  ega  sug‘urta  kompaniyalari  hisoblanadi,  bular  ―O‘zbekinvest‖ 

YEIMSK,  ―O‘zagrosug‘urta‖  DASK,  ―Kafolat‖  DASK  va  ―Madad‖  Sug‘urta 

agentligidir. ―O‘zbekinvest hayot‖ sug‘urta kompaniyasi hayot sug‘urtasi sohasida 

faoliyat  yuritadi  va  yana  bitta  qayta  sug‘urta  faoliyatini  amalga  oshiruvchi 

―Transinshurans‖  sug‘urta  kompaniyasi  mavjud.  Qolgan  25  ta  sug‘urta 

kompaniyasi umumiy sug‘urta sohasida faoliyat yuritmoqda. 

Yalpi  sug‘urta  mukofotlari  hajmining  yalpi  milliy  mahsulotdagi  ulushi, 

sug‘urta  bozori  rivojlanishini  ifodalovchi  asosiy  makroiqtisodiy  ko‘rsatkich 

hisoblanadi.  Ushbu  ko‘rsatkich  oxirgi  yillarda  0,3%  atrofidagi  barqarorlikka 

erishdi,  bu  mahalliy  sug‘urtalovchilar  tomonidan  sug‘urta  xizmatlariga  bo‘lgan 

to‘lovga  qobil  talabning  to‘liq  qondirilganligidan  dalolat  beradi.  SHunday  qilib  , 

shuni  ta‘kidlab  o‘tish  joizki  O‘zbekistonda  sug‘urtalash  va  qayta  sug‘urtalash 

faoliyati  yuqori  o‘sish  sur‘atlarini  saqlab  turibdi  va  sug‘urtaning  iqtisodiyotdagi 

ahamiyati kundan kunga oshib bormoqda.  


Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish