Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari fanining tayanch
ma‘ruzasi Termiz davlat universiteti ―Iqtisodiyot‖
kafedrasi umumiy yig‘ilishining 2014-yil 27-
avgustdagi № 1-sonli bayonnomasi qarori bilan
muhokama qilinib, me‘yoriy xujjat sifatida tavsiya
etildi.
Kafedra mudiri _________ dots. E.X.Avazov
Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari fanining tayanch
ma‘ruzasi Termiz davlat universiteti ―Iqtisodiyot‖
fakulteti
ilmiy
kengashining
2014-yil
29-
avgustdagi № 1-sonli qarori bilan muhokama
qilindi va me‘yoriy xujjat sifatida tasdiqlashga
tavsiya etildi
Ilmiy kengash raisi:_______i.f.n. A..A.Avliyaqulov
Tuzuvchilar:
E.X. Avazov-- TermDU Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti.
Taqrizchilar:
«Iqtisodiyot» kafedrasi katta o‘qituvchisi, i.f.n: A. Q. Mirzaev
Ushbu ma‘ruza matnida «Tashqi iqtisodiy faoliyat» fani bo‘yicha materiallar
chop etilgan.
© E.X. Avazov. Termiz: TerDU.
KIRISH
Mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ham iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanishini
yanada yuksaltirish imkonini bermoqda. Ayniqsa mamlakatimizning tashqi
iqtisodiy faoliyatini yanada izchil takomillashtirish eng asosiy vazifalardan biri
hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida milliy iqtisodiyotimizning barqaror sur‘atlar
bilan rivojlanishiga, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishga olib keladi.
Birgina 2013 yilda YaIM 8,2%ga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,7 %ga,
qishloq xo‘jaligi 7%ga, chakana savdo aylanmasi hajmi 13,9%ga oshdi.
―Eksport hajmi,-deb ta‘kidlaydi prezidentimiz Islom Karimov,- sezilarli
ravishda, ya‘ni 11,6%ga o‘sdi, eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati
yahshilanib bormoqda. Buning natijasida xomashyo bo‘lmagan tayyor tovarlarning
ulushi 70%dan ziyodni tashkil etmoqda. Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1
milliard 120 million dollardan oshdi.‖
1
Tаlаbаlаrgа ―Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari‖ fаnini хususiyаtlаri dоirаsidа
Respublikamiz miqyosida eksport va import sohasida faoliyat yuritayotgan
korxona va firmalarning strategik to‘g‘ri yo‘l tanlab olishlarida katta rol o‘ynashini
chuqur bilim berish bilan bir qatorda uni yanada erkinlashtirish, xorijiy
sarmoyalarni keng jalb etish, valyuta tushumlarini o‘stirishga o‘rgatishdan
iboratdir.
Shu bilan bir qatorda, ushbu o‘quv-uslubiy mаjmuа ―Tashqi iqtisodiy
faoliyat asoslari‖ fаnidаn chuqur nаzаriy vа аmаliy bilimlаrni еgаllаshdа, tаshqi
iqtisоdiy muhitni chuqur tаhlil qilishdа, iqtisоdiy rivоjlаnish strаtеgiyаlаrni ishlаb
chiqishdа, rivоjlаngаn vа rivоjlаnаyotgаn mаmlаkаtlаr tаjribаsini o‘rgаnishdа
muhim аhаmiyаt kаsb еtаdi.
Mazkur o‘quv-uslubiy mаjmuаni tayyorlash jarayonida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2012 yil 26 dekabrdagi 507-
sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv dasturiga mos ravishda TDIU (prof. J.J.
Jalolov) va O‘zMU (prof. A.A. Vahobov) olimlari tomonidan ishlab chiqilgan
o‘quv-uslubiy mаjmuаlardan foydalanib tuzildi. Shu bois ushbu mualliflarga o‘z
minnatdorchiligimizni bildiramiz.
1
I.A. Karimov ―Bosh maqsadimiz-keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat‘iyat bilan davom ettirish‖. Toshkent-O‘zbekiston-
2013y.-3b.