2. Tashqi iqtisodiy faoliyatda vositachilik operatsiyalari va ularning tasnifi.
3. Tashqi iqtisodiy faoliyatda hamkorlik munosabatlari va ularni rasmiylashtirish
Tashqi iqtisodiy faoliyatning muhim shakllaridan biri – tashqi savdo bo‘lib, uni
sotti va tovar almashish kelishuvlariga ajratishni tushunish mumkin. Bu tasnif oldi-
sotti kelishuvlarida sotuvchi (tashqi savdo kelishuvlarida eksportchi deb ataladi)
kelishuv ob‘ekti bo‘lgan tovarni kelishuvning bevosita qatnashchisi bo‘lgan
xaridorga (tashqi savdo kelishuvlarida importchi deb ataladi) qandaydir pul
summasini to‘lash majburiyatini olgan taqdirda, berish majburiyatini oladi, tovar
almashish kelishuvlarida esa bir tovar kelishuv turiga bog‘liq shartlarga rioya
qilingan tarzda ikkinchisiga almashtiriladi. Tabiiyki, oldi-sotti va tovar almashtirish
to‘g‘risidagi kelishuvlarda tovarni chet elga olib ketish (eksport) yoki chet eldan
olib kelish (import) bo‘ladi.
Xalqaro savdoda reeksport va reimport tushunchalari ham mavjuddir.
Reeksport operatsiyalari mamlakatga oldin olib kirilgan tovarlarni qayta ishlovsiz
olib ketish va sotishni nazarda tutadi. Tovarlarni o‘ziga olib kelgan va keyin
uchinchi mamlakatga olib chiqqan mamlakat (yoki undagi tadbirkorlik faoliyati
sub‘ektlari) reeksportchi deb ataladi. Reeksport operatsiyalari reeksportchi bilan
ikki tashqi savdo shartnomasining tuzilishini nazarda tutadi. Birinchi shartnomaga
ko‘ra, u tovarni sotib oladi, ikkinchisiga ko‘ra esa sotadi.
Reeksportchi bitimlarining eng asosiy sharti shuki, reeksportchi tovarlarni
qayta ishlashga yo‘l qo‘ymaydi, tuzilishi va dizayniga hech qanday o‘zgartirish
kiritmaydi. Reeksport operatsiyalari asosan oxirgi importchining buyurtmasiga
binoan amalga oshiriladi. Agar u eksportchi mamlakat bozoriga chiqa olmasa va
bu chiqish uchun xarajatlarni hohlamasa, unga eksportchi bilan yaxshi aloqada
bo‘lgan reeksportchiga murojaat qilish osonroq, balki reeksportchi oxirgi importchi
oldidagi qandaydir boshqa majburiyatlar uchun unga sotuvning foydaliroq
shartlarini taklif etishi mumkin. Ba‘zan alohida mamlakatlarga nsibatan eksport
yoki importni cheklovchi savdo-siyosiy sharoitlar reeksport operatsiyalariga sabab
bo‘ladi.
Agar sotuvchi uchinchi mamlakatda tovarni sotish huquqini cheklamoqchi
bo‘lsa, odatda bu narsa o‘z sotish bozorlari manfaatini himoya qilish bilan bog‘liq
bo‘ladi, bu narsa oldi-sotdi shartnomasida aniq ko‘rsatilishi kerak.
Reimport operatsiyalari o‘z mohiyatiga ko‘ra – amalga oshmagan eksport
operatsiyalaridir, ular mamlakatga undan oldin olib ketilgan tovarlarni qayta olib
kelishni bildiradi. Ularga xaridor tomonidan brak qilingan, auktsionda sotilmagan,
konsignatsion omborlar orqali sotilmagan tovarlarning qaytarib kelishi kiradi.
Reimport operatsiyalarining asosiy belgilaridan biri mamlakatda chiqarilgan
tovarlarning o‘z mamlakati chegarasini ikki marta, ya‘ni olib chiqishda va olib
kelishda kesib o‘tishidir. Ko‘rgazma va yarmarkadan qaytarilayotgan tovarlar
reimport qilishga kirmaydi.
Kompensatsiya operatsiyalarining barter operatsiyalaridan farqi shundaki, unda
har ikkala tomondan bir qancha tovarlar almashiladi. ―Konvertatsiya
qilinmaydigan saldo‖ tushunchasi kompensatsiya bitimlari bilan bog‘liqdir.
Kompensatsiya bitimlarini amalga oshirish mexanizmi quyidagicha bo‘ladi:
– har bir kontragent tovarlarning ikkita ro‘yxatini tayyorlaydi: birida u
sotmoqchi bo‘lgan tovarlar ro‘yxati, ikkinchisida esa u xarid qilmoqchi bo‘lganlari
ko‘rsatiladi;
– uchrashgach, kontragentlar tovarlar ro‘yxatini muhokama qiladi va natijada
ikki ro‘yxat aniqlanadi: birinchisida Daniya firmasi yetkazib beradigan tovarlar,
ikkinchisida esa o‘zbek firmasi yetkazib beradigan tovarlar ko‘rsatiladi;
– tovarlar ro‘yxatini kelishgach, kontragent-tomonlar ro‘yxatning har bir bandi
bo‘yicha baholarni kelishib oladilar;
– yetkazib berish bahosi va boshqa shartlarni kelishgach, tomonlar ikki ilovali
shartnomalar imzolaydilar: bitta ilovada O‘zbekistonga yetkazib beriladigan
tovarlar ro‘yxati, ikkinchisi esa – Daniyaga yetkzib beriladiganlari bo‘ladi.
Ilovalarda har bir tovar nomi bo‘yicha baho ko‘rsatiladi, shartnoma matnida esa
o‘zaro yetkazib berishlarning umumiy summasi beriladi.
Oxirgi paytda kompensatsiya asosida keng ko‘lamli operatsiyalar rivojlanib
ketdi. Bunday operatsiyalarning mohiyati shundaki, bir mamlakat boshqa
mamlakatning jihoz va texnologiyasidan foydalanib, o‘z hududida masalan, yerida
sanoat ob‘ekti quradi. Bu ob‘ekt qurib ishga tushirilgach, uning mahsuloti bilan
yetkazib berilgan jihoz va texnologiya uchun hisob-kitob qiladi. YUqorida
ta‘riflangan oddiy kompensatsiya operatsiyalaridan keng ko‘lamli operatsiyalar
quyidagilar bilan farq qiladi:
– kompensatsiya operatsiyalari odatda mablag‘ jihatdan kam summada bo‘lgan
paytda, keng ko‘lamli operatsiyalar yuz minglab, xatto millionlab dollar hajmida
bo‘lishi mumkin;
- keng ko‘lamli operatsiyalarga kredit (kredit bo‘lganda ham uzoq muddatli va
katta summalarga) berishni amalga oshirish uchun yirik banklar jalb etiladi;
- odatda keng ko‘lamli operatsiyalar to‘g‘risidagi bitimdan oldin
mamlakatlararo davlat darajasidagi bitim imzolanadi;
- odatda keng ko‘lamli operatsiyalar uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘ladi (10
yilgacha va undan ortiq). Bundan tashqari ob‘ektning qurib bo‘linishi va kreditlar
to‘lab bo‘lingandan so‘ng ham kontragentlar orasidagi munosabatlar ham davom
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: