Ikkinchi toifali mehmonxonalarning yashash qismi birinchi,
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi toifadagi xonalardan tashkil etiladi va ularning kamida 60 % i bir va ikki o‘rinli bo‘lishi kerak.
Mehmonxonada ikkinchi toifali restoran, kafe yoki bufetlar faoliyat ko‘rsatishi zarur. Shuningdek, umumiy vannalar yoki dushlar
va sanitariya uzellari, zaruriy xizmat ko‘rsatish xonalari har bir
qavatda bo‘lishi kerak. Mehmonxonada issiq ovqatlari bo‘lgan
bufet, umumiy vannaxona va dushlar bo‘lishi zarur.
Uchinchi toifali mehmonxonaning yashash qismi ikkinchi
va to‘rtinchi toifali xonalardan va umumiy yashash xonalaridan
iborat (yotoqxona). Mehmonxonada kafe yoki o‘z-o‘ziga xizmat
ko‘rsatish usulida ishlaydigan oshxona, bufet, umumiy vannaxona
yoki dushlar bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |