1-rasm. Mehmonxona binolari: Samarqanddagi «Prezident Otel»
(chapda) va Toshkentdagi «Sheraton» mehmonxonasi (o‘ngda).
Xonalarda bittadan to‘rttagacha o‘rin bo‘lishi mumkin, besh va
undan ko‘p o‘ringa ega bo‘lgan xonalar umumiy yashash binolari
(yotoqxona) toifasiga kiradi.
Xonalarning santexnik jihozlanishi turlicha bo‘lishi mumkin:
to‘liq (yuvinish joyi, unitaz, vanna, bide) yoki qisqartirilgan (yuvinish joyi, unitaz, vanna yoki dush). Yanada qisqartirilgan tizim ham
mavjud: yuvinish joyi va unitaz yoki bitta yuvinish joyi.
Mehmonxona binolari, motellar va kempinglardagi xonalar soni, turi, yashash maydoni va santexnik jihozlanishi ularning quyidagi qurilish toifasi jadvaliga asosan qabul qilinadi.
Mehmonxona xonalarining qurilish toifasiga ko‘ra tasniflanishi
Xonaning
qurilish
toifasi
|
Xonadagi
o‘rinlar
soni
|
Xonalar
ichkarisidagi
qo‘shimcha
xonalar soni
|
Xonaning
yashash
maydoni
tuzasi, m2
|
Xonadagi santexnik
jihozlar
|
Oliy
(luks)
|
1222
|
1123
|
12–14
14–20
22–40
50–60
|
Vanna, yuvinish mosla
masi, unitaz, bide, sochiq,
quritish moslamasi
|
1- toifa
|
122
|
112
|
9–12
12–14
22–25
|
Vanna, yuvinish mosla
masi, unitaz, bide, sochiq,
quritish moslamasi
|
2- toifa
|
1232
|
1112
|
9
12–14
22 25
|
Dush, yuvinish mosla
masi, unitaz
|
3- toifa
|
123
|
111
|
9
12–14
15–18
|
Dush, yuvinish mosla
masi, unitaz
|
4- toifa
|
12334
|
11111
|
9
12–14
15–18
18–20
23–24
|
Dush, yuvinish mosla
masi, unitaz
|
O liy (luks) toifadagi mehmonxonaning yashash qismi oliy toifali
xonalardan, bir va ikki o‘rinli birinchi va ikkinchi toifali xonalardan
tashkil topadi. Bu mehmonxonada oliy toifadagi restoran, kafe, bar,
xonalarda ovqatlanish imkoniyatining ta’minlanishi, to‘liq xizmat
ko‘rsatuvchi xonalar majmuasi bo‘lishi kerak.
Mehmonlar uchun barcha xonalarni havoni konditsiyalash va sovitish uskunalari bilan ta’minlash taklif etiladi. Mehmonxonada suzish havzasi, proyektorli konferens-zal va shaxsiy avtomobillar uchun garajlarning
bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Birinchi toifali mehmonxonaning yashash qismi oliy, birinchi, ikkinchi va uchinchi toifali xonalardan iborat bo‘lib, ularning
kamida 80 % i bir va ikki o‘rinli bo‘lishi kerak. Mehmonxonada
birinchi toifali restoran, kafe, bar va to‘liq xizmat ko‘rsatuvchi
xonalar majmuasi faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, proyektorli konferens-zal va shaxsiy avtomobillar uchun garajlarning mavjudligi
maqsadga muvofq.
2-rasm. Mehmonxonalarning asosiy funksional
bog‘lanish chizmasi: 1 – turar joy qismi; 2 – restoran; 3 – jamoat xonalari; 4 – zina; 5–lift; 6 – ma’muriyat; 7 – idora xonalari; 8 – savdo xonasi; 9 – yordamchi
xonalar; 10 – vestibyul; 11 – ma’muriyat navbatchisi; 12 – porte; 13,14
– aloqa bo‘limi; 15 – garderob; 16 – hojatxona.
Do'stlaringiz bilan baham: |