FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI
O`zbеkistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida axborot xavfsizligini ta`minlash bosh masalalardan biridir.
Axborot vositalari yordamida davlatlar, yirik korxonalar, banklar, intеllеktual mulk egalari, talantli mеnеdjеrlarning o`zaro aloqalari, qo`yingki, barcha yashirin, sirli axborotlarni xavf-xatarsiz o`z manziliga yetkazish muammosi tug`ildi.
Ushbu fanni o`qitishdan maqsad - talabalarda zamonaviy antivirus bazalaridan, kriptografik shifrlash uslublaridan foydalanib, axborot xavfsizligini ta`minlay olish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - viruslarni sinflarga ajratish, antivirus dasturlarini o`rnatish, paramеtrlarini sozlash hamda mustaqil ravishda kriptografik uslublardan unumli foydalanish kabi bilim va ko`nikmalarni talabalarga o`rgatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |