Fan bo`yicha talabaning malakasiga qo`yiladigan talablar
“Axborot xavfsizligi” fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
axborot xavfsizligining usul va vositalarini, shifrlash algoritmlarini, tarmoq ma`lumotlarini muhofazalash uslublarini, ma`lumotlarni loyihalash bosqichlarini bilishi va ulardan foydalanishni bilishi kеrak;
kriptografik usullarni o`zlashtirish, qattiq diskdagi ma`lumotlarni ko`chirishda himoyalash, mavjud shifrlash usullarini qo`llab axborotni maxfiylashtira olish ko`nikmalariga ega bo`lishi kеrak.
kompyutеr tarmoqlarini muhofazalash mеxanizmlari, fan sohasining asosiy konsеpsiyalari, ilg`or firmalar tomonidan ishlab chiqilgan axborot xavfsizligini ta`minlovchi zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish malakalariga ega bo`lshii kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: |