O’zbekiston respublikasi oliy va o’rtamaxsus ta`lim vazirligi farg`ona davlat universiteti



Download 222,55 Kb.
bet2/8
Sana20.06.2022
Hajmi222,55 Kb.
#684785
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni kattalar va tengdoshlari bilan muloqotini o’ziga xosligi

Tadqiqot maqsadi :Kichik maktab yoshidagi bolalarning muloqot xususiyaqlarini o‘rganish . Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni belgilab oldik :
1 . Ilmiy adabiyotlarda muammoning yoritilish holatini o‘rganish
2 . Kichik maktab yoshidagi bolalarning muloqot xususiyatlarini eksperimental o‘rganish;
3.Kichik maktab yoshidagi bolalar muloqotining o‘ziga xosligini inobatga olgan holda korreksion rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish ;
Tadqiqot ob’yekti :Kichik maktab yoshdagi bolalar nutqi.
Tadqiqot predmeti ;Kichik maktab yoshidagi boloalarning muloqot xususiyatlarini rivojlantirish jarayoni .
Tadqiqot metodlari : - mavzuga doir ilmiy – pedagogik psixologik adabiyotlarni o‘rganish ; - bolalarni o‘yin , mehnat jarayonida kuzatish ; - bolalarning tibbiy – pedagogik hujjatlarini o‘rganish ; - ota – onalar bilan suhbatlashish ; - tajriba - sinov natijalarini son va sifat jihatdan tahlil qilish ;
Tadqiqotning metodologik asosi : Sh.Mirziyoyev: “ Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” Sh.Mirziyoyev: “Insonparvarlik ezgulik va bunyodkorlik milliy g`oyamizning poydevoridir”. “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik”
I-BOB .Kichik maktab yoshidagi oquvchilarni kattalar va tengdoshlari bilan muloqotining nazariy asoslari
1.1 Jahon psixologlari asarlarida yosh davrlari muammosi
AQShlik psixolog Dj.Bruner(1915) shaxsning tarkib topishi bilan ta‘lim o’rtasida ikki yoqlama aloqa mavjudligini aytib, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o’qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvi jarayonini tezlashtiradi, deb uqtiradi. Shu tarifa yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan o’tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga O’rta Osiyo allomalari; rus va chet ellar psixologlari munosib hissalarini qoshdilar. Yuqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy mahlumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalar o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Hozirgi psixologiyaning yirik vakili A.V.Petrovskiy inson kamolotiga, shaxsning tarkib topishiga sotsial-psixologik nuqtai nazardan yondashib, yosh davrlarining o’ziga xos tasnifini yaratdi. 13 A.V.Petrovskiygacha psixologlar shaxsning bir tekis kamol topishini o’rgangan bo’lsalar, u shaxs shakllanishining prosotsial(ijtimoiy qoidalarga muvofiq) va asotsial (aksilijtimoiy) bosqichlari ham bo’lishi mumkinligini isbotlab berishga harakat kiladi: shaxsning kamol topishi uchta makrofazadan iboratligini qayd etib, birinchisi - bolalik davriga to’g`ri kelishini, unda ijtimoiy muhitga moslashish, ko’nikish(adaptatsiya) ro’y berishini; ikkinchisi – o’smirlarga xos individuallashish; uchinchisi – o’spirinlikda, yahni yetuklikka intilish davrida o’ziga xos holatlarni muvofiqlashtirish(birlashtirish) xususiyatlari paydo bo’lishini bayon qiladi, shaxsning shakllanishi quyidagi bosqichlarda amalga oshishini tahkidlaydi: 1. Ilk bolalik(maktabgacha tarbiya yoshidan oldingi davr) – tug`ilganidan 3 yoshgacha. 2. Bog`cha davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha. 3. Kichik maktab yosh davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha. 4. O’rta maktab yoshi (o’smirlik) davri- 11 yoshdan to 15 yoshgacha. 5. Yukori sinf o’quvchisi(ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha. A.V.Petrovskiyniyag tasnifi mukammal bo’lsa-da, kamolotning oraliq bosqichlarini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalamaydi. Vaholanki, o’sish ijtimoiy qoidalarga muvofiqmi yoki aksil ijtimoiymi, baribir, har ikki yo’nalishning ham oraliq jabhalari bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Lekin bu g`oyani chuqur ifodalab berish joiz. D.I.Feldshtsin tasnifi ham shaxsga ijtimoiy yondashuvga asoslangan bo’lsa-da, A.V.Petrovskiy tasnifidan keskin farq qiladi. Uning fikricha, inson shaxs sifatida shakllanishda ikkita katta bosqichdan o’tadi, ulardan biri «Men» jamiyat bilan nuqtai nazardan iborat bo’lib, quyidagi yosh pallalarini qamrab oladi: 1) ilk bolalik - 1 yoshdan 3 yoshgacha;
2) kichik maktab yoshi davri - 6 yoshdan 9 yoshgacha;
3) katta maktab yoshi davri- 15 yoshdan 17 yoshgacha.
Shaxs kamolotidagi ikkinchi nuqtai nazar – «Men va jamiyat» deb nomlanib, quyidagi yosh bosqichlaridan iborat. 1) go’daklik – tug`ilganidan 1 yoshgacha;
2) maktabgacha davr - 3 yoshdan 6 yoshgacha;
3) o’smirlik-10 yoshdan 15 yoshgacha.
D.I.Feldshtsin boshqa tadqiqotchilardan farqli ravishda o’smirlik davrini uch bosqichga ajratadi: Birinchi bosqich (10-11 yosh) o’ziga munosabatni kashf qilishdan iborat bo’lib, o’zini shaxs sifatida his qilish va qathiy qarorga kelish bilan yakunlanadi. Ikkinchi bosqich (12-13 yosh) bir tomondan o’zini shaxs sifatida tan olish, ikkinchi tomoadan o’ziga salbiy munosabatda bo’lishdir. 14 Uchinchi bosqich (14-15 yosh) tezkorlik, o’zini-o’zi baholashga moyillik bilan farqlanadi. Bolalarda «Men jamiyat bilan» nuqtai nazari ilk bolaliq kichik maktab yoshi, katta maktab yoshi davrlarida faol va keng tus oladi, faoliyatning amaliy-predmetli jihatlari jadal o’sish jarayonida bo’ladi. Ularda «Men va jamiyat» nuqtai nazari vujudga kelishi maktabgacha va o’smirlik davrlariga to’g`ri kelib, ularning ijtimoiy xatti-harakat normalarini, qoidalarini o’zlashtirishlari va boshqa shaxslar bilan munosabat o’rnatishlari, o’zaro muloqotga kirishishlari bilan ifodalanadi. Ana shu murakkab jtimoiy-psixologik harakatlarga asoslangan. D.I.Feldshtsin bolaning ijtimoiy o’sishdagi jamiyatga munosabatini asosiy (bosh) va oraliq munosabatlarga ajratadi. Bolada jamiyatga munosabatning shakllanishi ijtimoiylashuv, individuallashuvning tarkibiy qismlarini egallash va bir davrdan ikkinchi davrga o’tish orqali amalga oshadi. Asosiy (bosh) munosabat - insonning kamol topishida keskin iljish nuqtalari paydo bo’lishi, ichki sifat o’zgarishlari vujudga kelishi va yangi xislatlar tarkib topishining mahsulidir. Shuni alohida tahkidlash kerak-ki, D.I.Feldshtsinning yosh davrlariga ajratish nazariyasi ontogenezdagi barcha psixologik holat va fazilatlarni ifodalash imkoniyatiga ega emas, ammo u ta‘lim-tarbiyaning sifatini oshirishga ijobiy ta‘sir ko’rsatishi bilgn amaliy ahamiyat kasb etadi. Umuman psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta ilmiy-metohologik negizga ega bo’lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan. Ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa bo’lib qo’shildi, amaliy va nazariy muammolarni hal qilishda keng qo’llanmoqda. Ammo hozir ontogenezni to’la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyani yaratish zarurati tug`ildi. Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananev singari yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug`ullanuvchilar safi kengayib bordi. L.I.Bojovich har bir bosqichni psixologik tavsiyalashda unda namoyon bo’ladigan o’zgarishlarni, bu o’zgarishlarning sabablari, omillari, manbalari, turtkilari, mexanizmlarini ham bayon qiladi. D.B.Elkonnnning tasnifi yetakchi faoliyat(A.N.Leontev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida faoliyatning biror ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning negizini tashkil qiladi. D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi:
go’daklik davri – tug`ilgandan 1 yoshgacha asosiy faoliyat - bevosita emotsional muloqot;
ilk bolalik davri- 1 yoshdan 3 yoshgacha;
faoliyat-predmet bilan nozik harakatlar qilish;
maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha;
asosiy faoliyat - rolli o’yinlar;
kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha;
asosiy faoliyat – o’qish;
kichik o’smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha:
asosiy faoliyat -shaxsning intim muloqoti;
15 katta o’smirlik yoki ilk o’spirinlik davri 16 yoshdan 17 yoshgacha;
asosiy faoliyat – o’qish, kasb tanlash;
D.B.Elkonin tasnifini, ko’pchilik psixologlar mahqullashiga qaramay, unda ayrim munozarali jihatlar ham bor. Umuman esa D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim o’rin tutadi.
1.2.Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi Ijtimoiy munosabatlar aslida odamning siyosiy munosabatlaridan tortib, uning shaxslararo munosabatlari xususiyatlarini o’z ichiga olgan murakkab jarayondir. Bu jarayonni turli nazariy oqim vakillari o’zlaricha o’rganishlari ma‘lum. Masalan, interksionizm vakillari uni shaxslararo o’zaro ta‘sirning turlicha namoyon bo’lishi shaklida tushunsalar, ijtimoiy almashinuv nazariyasi tarafdorlari – odamlarning bir-birlariga nisbatan talablari, kutishlari va manfaatdorliklarining o’zaro almashinuvi jarayoni sifatida tasavvur qiladilar. Shunga o’xshash xozirda turli tuman yondoshuvlar mavjud, lekin ularning barchasini birlashtiradigan yagona g`oya – bu odamlar o’rtasida sodir bo’ladigan o’zaro ta‘sir va aloqa jarayonlarining mexanizmlarini aniqlash xamda ushbu jarayonni boshqarish usullarini ishlab chiqishdir. Yana bir muxim fikr shunday iboratki, xar qanday ijtimoiy munosabatlar ko’pqirrali, bo’lib, xar birining o’ziga xos kechish xususiyatlari va shart-sharoitlari, qonuniyatlari bo’ladi. Agar raxbar o’z jamoasidagi insoniy munosabatlar asosan nimaga asosan kechishini bilsa, uni boshqarish oson. Shunga ko’ra ta‘kidlash mumkinki, agar jamoada xaqiqiy smarali, ijodiy mexnatga safarbar etuvchi iqlim tashkil qilinmagan bo’lsa, odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va muomala xam asosan xissiyotlarga, odamlarning bir-birlarini xurmat qilishlari, yoqtirishyoqtirmasliklariga asoslanib qoladi. Odamlar ishga otlanar ekanlar, avvalo kimlarni ko’rishlari, kimlar bilan tushlikka chiqishlari yoki bir sol atrofida o’tirishlari, vaqtni o’tkazish uchun qaysi krossvord yoki gazetani o’qishini g`amini yeb keladi. Demak, bunday jamoada ish qoniqarsiz tashkil etilgan bo’lib, odamlar o’rtasidagi munosabatlar sof emosional-xissiy muomalaga tayanadi. Ana shunday yerlarda guruxbozlik, jamoaning kichik-kichik guruxchalarga bo’linib ketishi, buning oqibatida bir nechta norasmiy liderlarning paydo bo’lib, xar biri o’z ―ixlosmandlarini o’ziga xos manfaatlar bilan atrofida birlashtirayotganligini ko’rish mumkin. Boshqa jamoada esa ish butunlay boshqacha tashkil etilgan bo’lishi mumkin. Oqil va tashabbuskor raxbar qo’l otsida ishlayotganlar jamoani bir yaxlitlik deb tasavvur qilib, ishga ketayotganda, eng avvalo kecha oxiriga yetkazolmagan ishlari bor-yo‘qligini, bugun qanday ishni va kim bilan, kim orqali bitkazishini, ishni yanada yaxshilash uchun bugun yana qanday choralar ko’ra olishi xaqida o’ylaydi. Jamoaning xar bir a‘zosi eng avvalo ishni o’ylab uyidan chiqadi. Demak, bunday jamoadagi o’zaro shaxslararo munosabatlar xam ishchanlikka asoslannadi va jamoaning eng tashabbuskor, fidoiy, aqlli a‘zosi kim bo’lishidan, yoshi yoki jinsidan qat‘iy nazar, norasmiy obro’ga ega bo’lishi va liderlikka da‘vogar bo’lishi mumkin. Raxbar esa ana shunday tashabbuskor, mexnatkash, jonkuyar odamlar bilan doimo xisoblashadi va ular fikriga quloq soladi. Bundan raxbarning maxorati uning ana shu jamoadagi norasmiy va rasmiy liderlar bilan xamkorlikda ishlash olish san‘ati bilan baxolanadi. 17 Bundan tashqari, xar bir konkret vaziyatda va jamoada odamlar o’rtasidagi munosabatlarning tukrli shakllari namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, ular o’rtasidagi o’zaro munosabat faqat rasmiy aloqalar bilan cheklanmay, bir vaqtning o’zida norasmiy, shaxsiy munosabatlar bilan uyg`unlashadi. Agar umuman jamiyat miqyosida oladigan bo’lsak, ijtimoiy munosabatlarning siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy, mafkuraviy, diniy, ma‘naviy soxalarda ro’y beradigan shakllarini xam farqlash mumkin 18 1.3. Kichik maktab yoshidagi o„quvchilar psixikasi Kichik maktab yoshi davriga 6-10 yoshli boshlang`ich (I-IV) sinflarning o’quvchilari kiradi. Bola maktab ta‘limiga bog`chada tarbiyalanayotganida tayyorlanadi. Bunda u maktabda o’quvchilarga quyiladigan har xil talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o’rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo’ladi. Ta‘limga psixologik tayyorlik deganda, bolaning obhektiv va subhektiv jihatdan maktab talabiga munosibligi nazarda tutiladi. U maktab ta‘limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi, binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi, shu yoshdagi bola idrokining o’tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o’zining qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta‘limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo’ladi. Bola diqqatining xususiyatlari rolli va syujetli o’yinlarda, rasm chizish va qurish-yasash mashg`ulotlarida, loy hamda plastilindan o’yinchoqlar tayyorlashda, o’zgalar nutqini idrok qilish va tushunishda, matematnk amallarni yechishda, hikoya tinglash va tuzishda ko’rinadi. Bola o’z diqqatini muayyan obhektga yo’naltirish, to’plash, taqsimlash bo’yicha mahlum darajada ko’nikmaga ega bo’lib, o’z diqkatini boshqarish va kerakli paytda to’plashga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli, ajoyib-g`aroyib, kishini taajjubga soladigan mahlumot va hodisalarni puxta esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o’zlashtirib kelgan bo’lsa, o’z xohish-irodasi bilan zarur mahlumotlar to’plash, o’z oldiga aniq maqsad va vazifa qo’yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganini bildiradi. U shehr, hikoya va ertaklarni esda qoldirish uchun ko’p takrorlashi, yod olishning eng qulay yo’l va usullaridan foydalanishita‘lim jarayonida unga juda qo’l keladi, birinchi sinf o’quvchisi ko’pincha yaqqol obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini tashkil etsa ham, bu ish xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi, aksincha, ta‘lim so’z-mantiq xotirasini taqozo etadi. So’z-mantiq xotirasining mavjudligi mahnosini tushunib esda olib qolish jarayonining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi. Tajribadan mahlumki, bola mahnosiz so’zlardan ko’ra mahnodor tushunchalarni birmuncha tez va mustahkam eslab qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi maktab ta‘limiga tayyorgarlik bosqichida kattalar bilan muloqotga kirishish, kishilarning fikrini uqib olish va to’g`ri idrok qilish darajasida, nutqining tuzilishi esa, grammatnka qoidalariga mos, mantiqan izchil, ifodali, miqdor va ko’lam jihatdan fikr almashishga yetarli bo’ladi. U eshitgan va ko’rganlari to’g`risidagi mahlumotlarni tushuna oladi. O’zidagi axborotlarni muayyan tartibda bayon qila biladi, aqliy faoliyat operatsiyalaridan o’rinli foydalanadi(ularni taqqoslaydi, oydinlashtiradi, guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi, hukm va xulosa chiqarishga harakat qiladi). Yirik psixologlarning tadqiqotlari oqilona tashkil qilingan ta‘lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalarnint tafakkurini jadal rivojlantiradi. 19 Masalan, ular lingvistika, fizika, matematnkaga doir ilmiy tushunchalarni o’zlashtiradilar, soddaroq masalalar tuzadilar, yengilroq mashqlarni bajara oladilar, ijodiy va mahsuldor fikr yuritishga intiladilar. Olti yoshli bolaning psixik tayyorligi to’g`risida gapirilganida ko’pincha muayyan reja asosida, tartibli, ko’p qirrali maqsadga yo’naltirilgan, o’zaro mantiqiy bog`liq, izchil boshlang`ich ta‘limga zamin vazifasini o’tovchi psixik o’sish darajasini nazarda tutamiz. Shuningdek, ta‘lim uchun psixik o’sish darajasidan tashqari, bola turmushi va faoliyatining tafovutlari, sharoitlari, o’ziga xosligi, uning sihat-salomatligi, usuliy jihatdan tayyorgarligi, oddiy ko’nikmalarni o’zlashtirgani kabi omillarni hisobga olish maqsadga muvofikdir. Yuqorida aytilganlarning hammasi bolaning maktab ta‘limiga psixologik jihatdan tayyorligining obhektiv tomonlarini ifodalaydi. Bola maktab ta‘limiga psixologik tayyorlannshining subhektiv tomoni ham mavjuddir. Uning maktabda o’qish xohishi, intilishi, katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish istagi mazkur tayyorgarlik bilan uzviy bog`liqdir. Bolada shu davrga kelib, o’qish, bilim olish haqida to’g`ri tasavvur shakllanadi. U maktab jamoasi ahzolarining mashuliyatli vazifalarini anglaydi va ularga itoat qilishga, ularning ko’rsatmalarini bajarishga moyil bo’ladi. Lekin bolalar hammasi bir xil emasligi sababli ular o’rtasida muhim farqlar vujudga keladi. Bahzi bola maktabga butun vujudi bilan talpinadi, o’qishga qancha vaqt qolganligini uzluksiz sanaydi, o’kuv ashyolarini oldinroq tayyorlab qo’yishga harakat qiladi. Boshqa bir bola esa maktabdan qathiy voz kechishgacha borib yetadi. O’qishga salbiy munosabat ko’pincha kattalarning qo’rqitishlari oqibatida vujudga keladi. Shuningdek, aka va opalarining maktabdagi qiyin kechinma va vaziyatlar to’g`risidagi gaplari, uyda bolalarni ko’proq dars tayyorlashga majbur qilish ham o’qishga salbiy munosabat uyg`otadi. O’qishga salbiy munosabatdagi bolalar ta‘lim muhitiga kirishishga qiynaladilar, qator ruhiy to’siklarga duch keladilar. Maktabda ta‘lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda kichik maktab yoshidagi bolalarning anatomik-fiziologik xususiyatlari, jismoniy kamolot darajasini hisobga olish muvaffaqiyat garovidir. Boshlang`ich sinf o’quvchisi biologik-jihatdan nisbatan uyg`un o’sadi, uning bo’yi va og`irligi, o’pkasining hajmi mutanosib rivojlanadi. Biroq, bolaning suyaklari(ko’krak qafasi, tos, qo’l suyaklari), umurtqa pog`onasida hali tog`aysimon to’qimalar uchraydi, bu esa uning suyak tizimi takomillashib bo’lmaganini ko’rsatadi. Yurak muskullari tez o’sadi, qon tomirlarining diametri sal kattaroq bo’ladi, miyaning og`irligi boshlang`ich sinflarda 1250-1400 grammni tashkil etadi. Miya po’stining analitik-sintetik faoliyati takomillashadi, qo’zg`alish bilan tormozlanish o’rtasidagi munosabat o’zgaradi, lekin qo’zg`alish nisbatan ustunlikka ega bo’ladi. Shuning uchun bolaning to’g`ri o’sishiga g`amxurlik qilish, toliqishining oldini olish, o’qish va ham olish rejimiga qathiy rioya etish zarur. Maktab ta‘limi o’quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamoasi va oila muhitidagi ahvolini o’zgartiradi, uning asosiy vazifasi o’qishdan, bilim olish, ko’nikma va malakalarni egallash, tabiat 20 va jamiyat to’g`risidagi qonuniyatlarni o’zlashtirishdan iborat bo’lib qoladi. Ta‘lim muayyan darajada uyushqoqliq intilish, irodaviy zo’r berish, faollik va maqsadga muvofiq faoliyatni talab kiladi. Ixtiyorsiz xatti-harakat o’rnini anglashilgan, rejali, aqliy mehnat egallay boshlaydi. O’quvchi doimo tengdoshlari bilan birga muayyan sinf jamoasida bo’ladi. Demak, uning oldida hamma vaqt sinf jamoasining manfaatini himoya qilish, shaxsiy istaklarini umumjamoa yig`ilishiga bo’ysundirish, o’zaro yordam, o’zaro talabchanlik, ijtimoiy javobgarlik va burch hislarini egallash vazifasi turadi. Ta‘lim jarayonida esa o’quvchi oldiga qo’yiladigan talablar tobora ko’payib va murakkablashib boraveradi. O’qishning dastlabki kunidanoq kichik maktab yoshidagi bolaning o’sishini harakatga keltiradigan turli ziddiyat, qarama-qarshiliklar, ichki ixtiloflar vujudga keladi. Ana shular zamirida boladagi psixik kamolotning darajasi va ijobiy xislatlar bilan talablar o’rtasidagi qaramaqarshiliklar yotadi. Talablarning tobora ortishi bolaning psixik jihatdan to’xtovsiz o’sishini taqazo etadi va shu berk zanjirning uzluksiz harakati natijasida insonning kamoloti amalga oshadi. Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri unda o’ziga xos ehtiyojlar mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o’z mohiyati bilan muayyan bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga, tevarak-atrofdagi voqelikni o’zlashtirishga qaratilmay, balki faqat o’quvchilik istagini aks ettirishdan iboratdir. Shu ehtiyojlar o’z portfeliga, dars tayyorlash burchagiga, kitob qo’yish javoniga ega bo’lish istagi, kattalardek har kuni maktabga qatnash tuyg`usi yotadi, xolos. Bundan tashqari, bilimlar kunidagi shodiyona ayyom, o’quvchilik safiga qabul payti, maktab mahmuriyati va o’qituvchilarning unga bildirgan samimiy tilaklari, yuqori sinf o’quvchilarining tabriklari bolaning his-tuyg`usiga ijobiy ta‘sir etadi. Sinfdagi o’rtoqlari bilan qatorlashib saf tortib yurishlar, birgalashib o’ynash, oshxonaga borish, o’qituvchining o’gitlari ham bolani o’ziga rom etadi. Umuman, kichik maktab yoshidagi bola o’qishning tub mohiyati va vazifasiii tushunib yetmaydi, balki hamma maktabga borishi kerak, deb tushunadi. Ammo, u kattalarning ko’rsatmalariga amal qilib tirishqoqlik bilan mashg`ulotlarga kirishib ketadi. Oradan mahlum vaqt o’tgach shodiyona lahzalarning ta‘siroti kamayishi bilan maktabning tashqi belgilari o’z ahamiyatini yo’qota boradi va o’qishning kundalik aqliy mehnat(irodaviy zo’r berish, yoqtirmagan narsa bilan shug`ullanish, diqqatni taqsimlash o’z xulqini idora qilish) ekanligini anglaydi. Shunday aqliy mehnat ko’nikmasiga ega bo’lmasa, uning o’qishdan ko’ngli soviydi, unda umideyzlik hissi vujudga keladi. O’qituvchi esa bunday holning oldini olish uchun bolaga ta‘limning o’yindan farqi, qiziqarliligi haqida mahlumotlar berishn va unishu faoliyatga tayyorlashi kerak. Birinchi sinf o’quvchisida o’qish faoliyatining aynan o’ziga qiziqish ko’zga tashlanadi. Maxsus tadqiqotlarda bolalar bilan keraksiz mashqlar o’tkazilgan va ularga oldindan bu mashqlar 21 keyinchalik kerak bo’lmasligi aytilgan, lekin bolalar ularni bajonidil bajarishga kirishganlar. O’quvchi shaxsiy faoliyatda erishgan dastlabki yaxshi natija uni boshqa natijalarni egallashga undaydi. Uning o’qish faoliyatidagi birinchi mehnat mahsuli shodlik va quvonch his-tuyg`usini keltirib chiqaradi. Masalan, ayrim o’quvchilar u yoki bu matnni bir necha marta o’qishga harakat qiladi. O’qish faoliyatiga qiziqish, uning mazmuniga ham qiziqishni vujudga keltiradi, bilim olish ehtiyojini tug`diradi va o’qish motivlarini tarkib toptiradi. Ta‘limning mazmuniga, bilimni egallashga qiziqish o’quvchining o’z aqliy mehati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy bog`liqdir. Bu his o’qituvchining rag`batlantirishi bilan namoyon bo’ladi va o’quvchida samaraliroq ishlash mayli, istagi, ishtiyoqini shakllantiradi. Bolada paydo bo’lgan faholayani, o’z kuchiga ishonch hislari, bilimlarni o’zlashtirish va malakalarni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Rag`batlantirish va jazolash mehyorida bo’lsagina, ularning tarbiyaviy ta‘siri ortadi.Blonskiy, L. S. Vigotskiy va boshqa olimlar yosh psixologiyasi bo’yicha qimmatli tadqiqotlarni amalga oshirdilar va yangidanyangi qonuniyatlarni yaratdilar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida G`arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda yosh psixologiyasi va pedagognk Psixologiya fanlarida ilmiy tadqikotlarga asoslagan qaqor asarlar paydo bo’ldi. Amerikalik psixolog U.Djems «O’qituvchilar bilan psixologiya to’g`risida suhbat» (1902) asarida yosh davrining xususiyatlari haqidagi ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan mahlumotlarni chuqur tahlil qildi. K.Byuler xonim(1879-1963) o’zining ilmiy tadqiqotlarida faoliyatning har xil yosh davrlaridagi rolini, faoliyat turlarida fantaziya, tafakkur, nutq jarayonlarining rivojlanishini, aqliy faoliyat hamda uning rivojlanish bosqichlari(instinkt, dressura, intellekt)ni, shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyatini izchil o’rgandi. Mazkur sohada tubdan farqlanuvchi g`oyalar, nazariyalar yuzaga keldi. Masalan, amerikalik psixolog S.Xoll(1844-1924) Gekkelning evolyutsiya qonuniyatini psixologiyaga bevosita ko’chiradi. Uning fikricha, irsiyat filogenezni ontogenezda takrorlaydi, xolos. Shvsitsariyalik psixolog E.Klapared(1873-1940) S.Xolldan farqli o’laroq, ontogenez va filogenezda psixik funksiyaning o’sishini o’rganish uchun quyidagi holatlarga ehtibor beradi:
a) organizm ehtiyojini qondirish;
b) reflektor harakat to’siqda duch kelsa, ongli harakat vujudga keladi;
v) unga nisbatan ehtiyoj sezsa, u holda mahlum faoliyat turiga yo’naltiriladi. E.Klapared «Bola psixologiyasi va eksperimental pedagogika» kitobida qiziqish, motiv, ehtiyojlarning metohologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, ularda dastlabki umumlashtirishning sinkretligi(aralash holatdaligi), o’xshashlik va farqlanishning bola ongida aks etishi to’g`risida mulohaza yuritadi. L. S. Vigotskiy, A. N. Leontev, A.R. Luriya, D.B.Elkonin, A. V. Zaporojets, M. I.Lisina tadqiqotlarida ko’rsatilishicha, bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridan biri - bu muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V.Zaporojets va M. I. Lisinalar tadqiqotlarida ta‘kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlar tarzida rivojlanib boradi: Fransuz psixologi E.Dyurkgsim(1858-1917) o’sish-kishilarning his-tuyg`usini o’zlashtirish ekanini, shu boisdan idrok qilingan tashqi fikrlar va emotsiyalar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bola tajriba, anhana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik 12 ahamiyatli bo’lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o’rin tutishini uqtiradi. E.Dyurkgsimning fikricha, bola taqlid qilish qobiliyati bilan tug`iladi. Fransuz psixologi P.Jane(1857-1947) psixik rivojlanishning biologik va ijtimoiy munosabatlar muammosi bilan shug`ullandi. Uning nazariyasiga binoan inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog`liq, zotan jamiyat va tabiat o’rtasidagi turli aloqalar sistemasining shakllanish insonning o’sishini belgilaydi, u aloqa deb, xatti-harakatni tushunadi. Bu esa kishining atrof muhitga shaxsiy munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P.Janening fikricha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorlikdagi faoliyatda o’z ifodasini topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning prinsipi hisoblanadi. P.Jane o’z tadqiqotlarida psixikaning to’rt darajasi: a) motor reaksiyasiyaing o’sishi; b) perseptiv harakatning o’sishi; v) shaxsiy-ijtimoiyharakatning o’sishi(o’zining harakatini boshqa kishilarga moslashtirish); g) intellektual sodda xatti-harakatning o’sishi(nutq va tafakkurning rivojlanishi) mavjud ekanliginn asoslagan. Shvsitsariyalik psixolog J.Piaje(1896-1980) insonning kamol topishini bir necha davrlarga ajratib o’rganishni tavsiya qiladi: Bola tashqi muhit mahlumotlarni qayta ishlash. Tafakkur: a) ijtimoiy davrgacha; b) ijtimoiy davr. Intellekt:a) sensomotor - 2 yoshgacha; b) operatsional davrgacha - 2-7 (8); v) yaqqol operatsiya davri - 7 (8)-11 (12) yoshgacha; g) rasman (formal) operatsiya davri- 11 (12)-15 yoshgacha.

Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для вузов. Т.: Sotsiologiya molodeji. Uchebnik. /Pod red. V.T.Lisovskogo. SanktPeterburg, 1996



Download 222,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish