1-Laboratoriya mashg„uloti
Mavzu: Elektrokimyoviy taxlil usullari. Dori vositalarini suvli eritmalarini potensiometrik usulda rN ni aniqlash. Tozalangan suvning taxlili.
Maqsadi: Elektrokimyoviy taxlil usullari. Potentsiometriya. Eritmalarning elektrod potentsiali. Suvli eritmalarning rN aniqlash usullari, ionoselektiv elektrod yordamida eritmalarning rN aniqlash. Dori moddalarning elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchashga asoslangan usullar, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik.
Tozalangan suv
Tabiatda suvning xili ko‗p bo‗lib, dengiz, ko‗l, kuduq, buloq va mineral suvlar shular jumlasidandir. Suv er yuzining 3/4 qismini tashkil qiladi. Tabiiy suv o‗z tarkibida erigan holda turli mineral tuzlar, organik birikmalar, gazlar (kislorod, karbonat angidridi, ammiak va b. q.) saqlaydi. Hatto eng toza hisoblangan yomg‗ir suviga ham havodan har xil gazlar, chang va mikroorganizmlar qo‗shilgan bo‗ladi.
Dorixonalarda turli eritmalarni tayyorlashda erituvchi sifatida faqat maxsus apparatlarda (akvadistillyatorlar) ichimlik suvdan haydash yo‗li bilan tozalab olingan suv — Agua purificata ishlatiladi.
Tozalangan suv, rangsiz, hidsiz va mazasiz suyuqlik bo‗lib, uning rN qiymati 5,0—6,8 ga zichligi esa 4°S haroratda 1,000 g/sm3 ga teng.
Haydab olingan suvni ham mutlaqo toza deb bo‗lmaydi. U o‗z tarkibida juda ham oz miqdorda bo‗lsada, yot qo‗shilmalarni saqlashi mumkin. Ular havodan chang holida, metalldan yasalgan haydagich apparatdan metall ioni yoki suvni haydash jarayonida uning bug‗lari bilan birga qabul qiluvchi idishga uchuvchan moddalar, gazlar holida o‗tib qolishi mumkin. Suvning sifatiga qo‗yilgan talablardan biri, undagi muhit yuqorida ko‗rsatilgan rN qiymati darajasida bo‗lishi kerak ya‘ni suvda ortiqcha kislota va ishqoriy muhit bo‗lmasligi lozim. Uni farmakopeya maqolasi potensiometrik usulda aniqlashni tavsiya qiladi. Tozalangan suvning tarkibida qaytaruvchi xossali moddalar, nitrit va nitrat tuzlari, karbonat angidridi bo‗lmasligi kerak.
Qaytaruvchi xossali moddalar bor-yo‗qligini aniqlashda, ma‘lum hajmda olingan suvga sulfat kislota va kaliy permanganat eritmasini qo‗shib, uni 10 daqiqa davomida qaynatganda ham eritmada pushti rang o‗chmasligi kerak. Aks holda suvning tarkibida qaytaruvchi birikmalar borligini bildiradi.
Tozalangan suvda yot qo‗shilma sifatida karbonat angidridning bor-yo‗qligini bilish uchun uning ma‘lum hajmiga baravar miqdorda kalsiy gidroksid eritmasi
qo‗shib chayqatiladi. Aralashma bir soat davomida loyqalanmasdan, tiniqligicha qolishi kerak. Uning loykalanishi suvning tarkibida karbonat angidridi borligini bildiradi:
SO2 + Sa(ON)2→SaSO3↓ + N20
Tozalangan suvda yot qo‗shilmalardan nitrit va nitrat birikmalari bor-yo‗qligini aniqlashda farmatsevtika tahlilida keng qo‗llanadigan difenilaminning konsentrlangan sulfat kislotadagi eritmasi ishlatiladi. Uning ta‘sirida tekshiriluvchi suv rangsiz qolishi kerak. Aksincha suvning havo rangga bo‗yalib qolishi, unda nitrit yoki nitrat yot birikmalarining borligini bildiradi.
Tozalangan suv tarkibida yot qo‗shilmalardan ammiak hamda xlor, sulfat, og‗ir metall, kalsiy ionlarining miqdori, ularning har qaysisiga maxsus tayyorlangan etalon (standart) eritmalardagi miqdordan oshib ketmasligi kerak. Bu qo‗shilmalarning bor-yo‗qligini odatdagicha har biriga tegishli oddiy reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Masalan, ammiak Nessler reaktivi yordamida aniqlanadi. Nessler reaktivi ta‘sirida suvning sariq rangga bo‗yalishi, unda ammiak yoki ammoniy ioni borligini bildiradi. Uning Davlat farmakopeyasi ruxsat etilgan miqdordaligini bilish uchun etalon eritma bilan taqqoslab ko‗riladi. Ammiak bilan Nessler reaktivi o‗rtasidagi reaksiyani quyidagi kimyoviy tenglama bo‗yicha ifodalash mumkin:
SHuningdek xlor ionini kumush xlorid, sulfat ionini bariy sulfat, kalsiy ionini esa oksalat tuzi holida cho‗ktirib aniqlanadi.
100 ml hajmdagi tozalangan suvni to‗la bug‗lantirilgandan keyin qolgan qoldig‗i 0,001 % dan oshmasligi kerak. Suvning tarkibi toza bo‗lsa, u hech qanday qoldiq qoldirmasdan to‗la bug‗lanib ketadi. Bu bilan tozalangan suv tarkibida turli mineral moddalarning bor-yo‗qligi ma‘lum bo‗ladi.
In‘eksiya uchun ishlatiladigan eritmalarni tayyorlashda DF talabiga to‗la javob beradigan maxsus tayyorlangan suv— Agua proinjectionibus ishlatiladi. Uni dorixonalarda sog‗liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiklangan qo‗llanma asosida tayyorlanadi.
In‘eksiya uchun ishlatiladigan suv tarkibida yot modda sifatida tozalangan suvga nisbatan qo‗shimcha ravishda pirogen moddalar va mexanik qo‗shilmalarning bor-yo‗qligini sinab ko‗rildi.
Tozalangan suv, og‗zi berkitilgan va uning tarkibini o‗zgartirmaydigan idishlarda to‗laligicha saqlanadi. Har yangi haydab olingan va bir kun davomida saqlangan
suv albatta sifat nazoratidan o‗tkazilishi shart.
In‘eksiya uchun tayyorlangan suvni 5°S dan 10°S yoki 80°S dan 90°S haroratda, og‗zi berk idishlarda 24 soatgacha saqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |