O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta


mavzu: Ion xromatografiyasi. Ion xromatogrofini tuzilishi. Dori vostalari taxlilida qo„llanilishi. Eksklyuziv xromatografiya mexanizmi



Download 2,11 Mb.
bet67/107
Sana09.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#539986
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107
Bog'liq
dvf-ktu

13 mavzu: Ion xromatografiyasi. Ion xromatogrofini tuzilishi. Dori vostalari taxlilida qo„llanilishi. Eksklyuziv xromatografiya mexanizmi.


Reja:

  1. Ion almashinish xromatografiyasi tuzilishi.

  2. Ion almashinish xromatografiyasini dori vostalari taxlilida qo‗llanilishi.

  3. Eksklyuziv xromatografiya mexanizmi

Ion almashinish xromatografiyasi tahlil qilinayotgan eritma ionlari va sorbentning ionogen guruhlari o‘rtasidagi o‘zaro qaytar ion almashinish jarayoniga asoslangan. Ionitlar suvda deyarli erimaydigan yuqori molekulali polimer birikmalar bo‘lib, tarkibida ion almashinish xususi- yatiga ega bo‘lgan ionogen guruhlarni saqlaydi. Ionogen guruhlarning hususiyatiga qarab ular kation va anion almashuvchi sorbentlarga bo‘linadi.


Eritma tarkibidagi (M2+) va kation almashuvchi sorbent tarkibidagi (M,+) kationlar o‘rtasidagi almashinish reaksiyasi quyidagicha bo‘ladi:

2
R·M1++M2+A= R·M ++M1+A-
Bu yerda R — kation almashuvchi sorbent anioni; A —eritma tarkibidagi anion.
Kationlarning kimyoviy tuzilishida harakatchan ionogen guruh sifatida kislota xarakteridagi —SO3H; -COOH; —RO3N, va boshqa funksional guruhlar mavjud. Masalan, farmatsevtik tahlilda keng qo‘llaniladigan KU-1 va KU-2 kationitlari fenolformaldegid, stirol va divinilbenzol asosida sintez qilib olingan yuqori molekulali birikmalar bo‘lib, ularning kimyoviy tuzilishida ion
almashinuvchi sulfo-(—SO3H) guruh bo‘ladi:











Kationitlardagi funksional guruhda vodorod ionlari yoki vodorod ioniga almashinuvchi kationlar odatda harakatchan bo‘ladi.


Anionitlar o‘z molekula tuzilishida — NH,; =NH; =N; to‘rtlamchi azot va piridin kabi asos xossaga ega faol ionogen guruhlarni saqlashlari bilan farqlanadi. Ionitlarning naqadar kuchli kislota yoki asos xossaga ega bo‘lishi ulardagi ionogen guruhlarining dissotsiatsiyalanish darajasiga bog‘liq va bu xossalarga
ko‘ra ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

    1. Kuchli kislota xossali kationitlar. Bu guruhga molekulasida —SO.H funksional guruhi saqlaydigan kationitlar kiradi. Ular birmuncha kuchli dissotsiatsiyalanish xossasiga ega bo‘lib, kislotali. ishqoriy va neytral muhitlarda ham ion almashinish qobiliyatiga ega. Bu turdagi kationitlarga KU-1, KU-2, SDV, DAUEKS-5 kationitlari kiradi.

    2. Kimyoviy tuzilishida -COOH; —PO.H,; —ON kabi kuchsiz dissotsiatsiyalanuvchi funksional guruhlar saqlagan kationitlar, kuchsiz kislota xossali kationitlar guruhini tashkil qiladi. Ularga KV-2, KV-4 kabilar kiradi. Bunday kationitlar eritmalarida pH qiymati 7 dan ko‘p bo‘lgan muhitda ion almashinish oson kechadi.

  1. Kuchli asos xossali anionitlar. Ular kimyoviy tuzilishlarida to‘rtlamchi azot yoki piridin saqlaydi. Ur.hbu anionitlar kislotali, neytral va asosli muhitda ion almashtirishi mumkin. Ularga AV-17, AV-18, amberlit IRA-400, amberlit IRA-410 kabi anionitlar kiradi.

  2. Kuchsiz asos xossali anionitlarning kimyoviy tuzilishida birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi azot (-NH2; =NH; =N) saqlagan funksional guruhlar bor. Bunday anionitlar pH qiymati 7 dan kam bo‘lgan muhitda oson ion almashtiradi. Ularga AN-23, AN-2F ion almashinuvchi sorbentlar kiradi.

Farmatsevtik tahlilda hozirgi vaqtda kationitlardan SBS, SDV, SDV-2, SDV=-3, KU-1, KU-2, anionitlardan esa N-O, EDE-10, AV-17, AV-18, ASD-3,
AN-2F va boshqa anion almashinuvchi yuqori molekul- yar birikmalar ishlatiladi. Kationitlar bilan tekshirilayotgan modda o‘rtasidagi ion almashinish reaksiyasini quyidagi umumiy tenglama orqali ifodalash mumkin:






Kationitning tuz bilan ion almashinishi natijasida ekvivalent miqdorda


kislota ajralib chiqadi.
Anionitlar bilan tuzlar o‘rtasidagi ion almashinuvi natijasida quyidagi tenglama bo‘yicha ekvivalent miqdorda ishqor ajralib chiqadi:




So‘ngra ion almashinuvi natijasida ajralib chiqqan kislota yoki ishqor tegishli titrantlar bilan titrlanadi.


Tarkibida H+ ionlarini almashuvchi sorbentlarga kislota shaklidagi kationitlar, metal kationlarini saqlovchi ionitlar, tuz shaklidagi, OH- ionini almashuvchi ionitlarga esa — OH shaklidagi anionitlar kiradi. Shuningdek, xlorid, karbonat va boshqa ko‘rinishdagi anion almashuvchi ionitlar ham ishlatiladi.
Miqdoriy tahlil olib borilayotganda ion almashinish xromatografiyasi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Ionitni tayyorlash.

  2. Kolonkani tayyorlash.

  3. Xromatografiyalash va tahlil qilinayotgan modda miqdorini aniqlash.

  4. Ionitni regeneratsiyaiash (qayta ishlash yoki tozalash).

Ionitni tayyorlash
5—10 g ionit (zarracha kattaligi 0,2—0,5mm) stakanga joylashtirilib, 2 - 3 marta tozalangan suv bilan yuviladi, suyultirilgan xlorid kislota eritmasidan quyib, vaqti-vaqti bilan chayqatib turgan holda bo‘kish uchun 12 soatga qoldiriladi.
Agar anion almashuvchi ionit ishlatilsa, buning uchun natriy kar- bonatning 5 % li eritmasi yoki o‘yuvchi natriyning 2 % li eritmasidan solib, 2—4 soatga qoldiriladi. Ishqor bilan ishlash vaqtida havodagi karbonat angidridini yutib olmasligi uchun ajratish voronkasidan foydalaniladi. Keyinchalik ionitlar kislota yoki ishqor eritmalaridan ajratilib, yana 1—2 marta suv bilan yuvilib kolonkaga joylashtiriladi va yana neytral reaksiyagacha suv bilan yuviladi.

Kolonkani tayyorlash Xromatografiyalash va tahlil qilinayotgan


moddaning miqdorini aniqlash.
Kolonkadan oqayotgan suvning muhiti tekshiriladi. Muhit neytral bo‘lishi kerak. Agar neytral bo‘lmasa, unda ionitni qo‘shimcha suv bilan yana yuviladi. So‘ngra maxsus maqolada ko‘rsatilgan usulda tayyorlangan aniqlanuvchi eritmadan 5—10 ml olib kolonkaga quyiladi. Bunda kolonkadan oqayotgan suyuqlikning te- zligi minutiga 20—25 tomchi bo‘lishi kerak. Oqayotgan suyuqlik tagi yassi kolbaga yig‘iladi, kolonka neytral muhitgacha suv bilan yuvilib, suyuqliklar birlashtiriladi.
Olingan suyuqlik tarkibidagi aniqlanayotgan modda miqdori ishqor yoki kislota eritmalari bilan titrlab yoki boshqa usulda aniqlanadi.

Ionitni regeneratsiyalash


Kation almashuvchi ionit 4% li xlorid kislota eritmasi. Anionit esa 2% ishqor yoki natriy karbonatning 5% li eritmasi bilan ishlanadi. Ionitlarni yuvish jarayonida ular kislota yoki ishqor eritmalari bilan so‘ng suv bilan neytral muhitgacha yuviladi.


Kationitlar yordamida aniqlanuvchi ba‘zi bir organik va mineral moddalar

Preparat

Ekvivalen
t

Aniqlanuvchi
moddaning titri

Indikator

Amnioniy sulfat [(NH4)2SO4]

M.m/2

0,00661

Metil zarg‘aldog‘i

Bariy nitrat [Ba(NO3)2]

M.m/2

0,01306

Metil zarg‘aldog‘i

Bariy xlorid [BaCl2]

M.m/2

0,01221

Metil zarg‘aldog‘i

Kaliy atsetat [CH3-COOK]

M.m

0,00981

Fenolftalein

Kaliy bromid [KBr]

M.m

0,01190

Metil zarg‘aldog‘i

Kaliy yodid [KJ]

M.m

0,1660

Metil zarg‘aldog i

Kalsiy laktat




M.m/2



0,01541



Fenolftalein

Natriv bromid [NaBr]

M.m

0,1029

Metil zarg‘aldog‘i

Natriy sitrat






M.m/3



0,01190



Fenolftalein

Eruvchan streptotsid






M.m



0,0288

Metil zarg‘aldog‘i



Kationitlar yordamida aniqlanuvchi ba‘zi bir alkaloidlar va azotli asoslarning tuzlari

Preparat

Ekvivalent

Aniqlanuvchi
moddamns titri

Indikator

Apomorfin gidroxlorid

M.m

0,03173

Metil zarg‘aldog‘i

Atropin sulfat

M.m/2

0,03474

Metil zarg‘aldog‘i

Bigumal

M.m

0,02902

Metil zarg‘aldog‘i

Dikain

M.m

0,03008

Metil zarg‘aldog‘i

Karboxolin

M.m

0,01826

Metil zarg‘aldog‘i

Kodein fosfat

M.m/2

0,02120

Fenolftalein

Kokain gidroxlorid

M.m

0,03338

Metil zarg‘aldog‘i

Pilokarpin gidroxlorid

M.m

0,02447

Metil zarg‘aldog‘i

Strixnin nitrat

M.m

0,03974

Metil zarg‘aldog‘i

Tiamin bromid

M.m/2

0,02176

Metil zarg‘aldog‘i

Xinin gidroxlorid

M.m

0,03969

Metil zarg‘aldog‘i

Etilmorfin gidroxlorid

M.m

0,03859

Metil zarg‘aldog‘i

Efedrin gidroxlorid

M.m

0,02017

Metil zarg‘aldog‘i

Natriy sitrat miqdorini ion almashinish xromatografiyasi yordamida aniqlash














Aniqlash tartibi:


0,1 g (aniq tortma) natriy sitrat hajmi 100 ml li o‘lchov kolbasiga solinadi, oldindan qaynatib sovitilgan suvda eritiladi va belgisigacha suv bilan yetkaziladi. Eritmadan 10 ml olib N+ shakldagi KU-1 yoki KU-2 kationiti solingan kolonkaga joylashtiriladi.
Solingan eritmaning kolonkadan o‘tish tezligi 20—25 tomchi/min bo‘lishi kerak. Xromatografik kolonka yangi qaynatib sovitilgan suv (5070 ml) bilan neytral muhitgacha yuviladi (metil zarg‘aldog‘i indikatori ishtirokida) va 0,05 mol/l natriy gidroksid eritmasi bilan titrlanadi (indikator — fenolftalein). 1 ml 0,05 mol/l natriy gidroksid 0,004301 g C6H5Na3O7 ga to‘g‘ri keladi. Quruq moddaga nisbatan natriy sitrat miqdori 99,9% dan kam va 101,0% dan ko‘p
bo‘lmasligi kerak.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish