Maqsad va vazifaning belgilanishi:
(2.2-ilova)
Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.
yANGI Mavzu: Kiyim bo’laklarini yelimli birlashtirish uskunalar va atamalar.
Reja:
1. Tikuvchilik buyumlari detallarini payvandlash
2. Ultratovush bilan payvandlash
3. Payvand chok turlari va ularning shlatilishi
O’quvchilar faoliyatini faollashtirish:
(2.3-ilova)
Tezkor so’rov usuli orqali bilimlarni faollashtiradi.
Tezkor so’rov uchun savollar
1. Tikuvchilik buyumlari detallarini payvandlash turlari?
2.Ultratovush bilan payvandlash qanday?
3.Payvand chok turlari va ularning ishlatilishi?
Yangi o’quv materiali bayoni:
(2.4-ilova)
Nazariy darsning asosi bayon qilinadi.
Sintetik smolalar paydo boigandan buyon yelimlab ulash tikuv sanoatida keng tarqalgan. Ko‘p texnologik jarayonlarda yelimlab ulashning afzalliklari detallarni boshqa usulda ulashga nisbatan katta. Yelimning asosiy tarkibiy qismlari bogiovchi, erituvchi va qo‘shimcha moddalardir. Fizikaviy holati jihatidan yelim suyuq, quyuq, yuqori elastik, qattiq va dag‘al boiadi. Yelimlar termoplastik va termoreaktiv boiadi. Tikuvchilik sanoatida termoplastik yelimlar qoilaniladi. Asosi qizdirilganda suyuqlanib, soviganda yana qotadigan elim termoplastik yelim deyiladi.
Yelimlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Gazlam alarga nisbatan adgeziya yuqori bo’lib , chok pishiq chiqishi.
2. Yuqori elastik.
3. Mayinlik.
4. Suvga va kiyimni kimyoviy tozalashda ishlatiladigan moddalarga chidamligi.
5. Ob-havo o ‘zgarishlariga va yorugiikka chidamligi.
6. Fizik-mexanikaviy xossalarning kiyim kiyiladigan sharoitdagi haroratga chidamligi.
7. Qimmat va taqchil boim aslik.
Tikuchilik sanoatida yelimli materiallar kiyim detallariga uqa qo‘yish, detal chetlarini pishiqlash, yoqa, manjet, yeng uchiga qotirma yopishtirish, kiyim etagini bukib yopishtirish, bort qotirmalarini tayyorlash, cho‘ntak qopqoq, yoqa shu kabilarni yelim lab yig‘ishda ishlatiladi. Quyidagi yelimli materiallar kiyim ning shaklini turg‘un qiladi va ko‘rkamlashtiradi:
— bir tom onga nuqtalar tarzida polietilen qoplangan
yarimqattiq qotirmalik gazlama;
— bir tom oniga yaxlit polietilen qoplangan yoqabop
qotirmalik gazlama;
— yelim qoplangan uqabop qotirmalik gazlama;
— qotganda qattiqlashadigan modda shimdirilgan qotirmalik material;
— o‘rgimchak uya tipidagi yelimlangan noto‘qima material;
— yelim qoplangan noto‘qima qotirmalik material;
— yelim ip.
Uqa va qotirmalarga ishlatiladigan materiallarni bir to
moniga P-54,P-548, P-12(6G ‘66) surkab yopishtiriladi.
Yuviladigan kiyim larga (erkaklar va ayollar ko‘ylagi,
bluzkalar) yuqori bosim ostida olingan polietilen ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |