Yelimli materiallarga quyidagilar kiradi:
Yelim ip, o‘rgimchak uya tipidagi noto‘qim a yelim materiallar, yelim plyonka, asosi ip gazlama, sintetik gazlama va trikotaj polotnosidan iborat bir tomoniga yelim kukun sepilgan qotirmali material (dublirin). Bunda quyidagi parametrlarga e’tibor beriladi: harorat, vaqt, bosim va namlik .
Yelim ip 0,3-0,5 mm qalinlikda yakka ip b o iib , P-548, P-12 (6 G ‘66) poliam id sm olasidan olinadi. Yuviladigan kiyim larda ishlatiladigan ip yuqori bosim da olinadigan
polietilendan tayyorlanadi. Yelim ip bortlar, yoqa chetlari, cho‘ntak qopqoq chetlari, kiyim etagini ko‘rinmaydigan qilib puxtalashda ishlatiladi.
Quyidagi 1 -jadvalda yelim chok turlari keltirilgan. Bular detallami biriktirishda, kiyim uzellariga ishlov berishda qo‘llaniladi. Q ‘rgimchak uya tipidagi noto‘qima yelim materiallar P548, P-12(6G ‘66) poliam id yelimining eritm asidan olingan tolalar bir-biri bilan tartibsiz chalishganidan hosil bo‘lgan noto‘qima materialdir. Bu yelim material kiyim etagi va yeng uchini bukib yopishtirishda ishlatiladi.
Yelim plyonka termoplastik polietilen yelimidan tayyorlangan materialdir. Bu materialni maxsus mashinada 3-6 mm kenglikda kesib olinadi, keyin ulanadigan detallar chetiga maxsus M PP-1 yoki PPT-2 mashinasida yopishtiriladi.
Detal qirqimlari va ziylarini puxtalashda hozirgi vaqtda o‘rgimchak uya tipidagi yelim to ‘r eng istiqbolli kimyoviy materialdir. 1-rasmda ag‘darm a chok bilan tikiladigan bort chetiga {a), adip old bo’lak bilan yaxlit bichilgan bort chetiga (Z>), adipga asta ulangan chok chetiga (*/), kiyim etagini bukish haqiga (e) q o ‘yilishi ko‘rsatilgan. Erkaklar kostumining detallarini yelim to ‘r bilan yopishtirishda quyidagi parametrlarga rioya qilinadi: pressning harorati 140—150° C, press bosimi 0,03-0,04 M Pa, presslash davomiyligi 15-20 s, namlik 40%. Yelim to ‘rni qoMlash natijasida mahsulot sifati yaxshilanadi va m ehnat unumdorligi ortadi.
Kiyim detallarini turg‘unlashtirish, ularning tashqi ko‘rinishini va sifatini yaxshilash uchun ularga yelimli qotirmalar yopishtiriladi. Kiyim detallariga qotirm a yopishtirmasdan shakl berish m um kin. Bu usulda suyuqlik fazasidagi polimer aralashma kiyim detallarining teskari tomoniga sepiladi. Yelim aralashmasi bir necha sekund issiqlik ta’sir etish natijasida qotadi. To‘g‘ridan to ‘gri turg‘unlashtirish texnologiyasini qo‘llash tikuvchilik korxonasidagi qo‘shimcha qotirmalarni detallarga
yopishtirish operatsiyalariga xojat qolmaydi. Yelimlab ulash usuli detallar va umuman kiyim larni tikishni m exanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |