Maqsad va vazifaning belgilanishi:
(2.2-ilova)
Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.
yANGI Mavzu: Yengil kiyim turlari va ishlov berish usullari
Reja :
1.Yengil kiyim haqida ma’lumot
2. Yngil kiyim turlari chizmasini tayyorlash
3.Yngil kiyim detallariga ishlov berish texnologiyasi
O’quvchilar faoliyatini faollashtirish:
(2.3-ilova)
Tezkor so’rov usuli orqali bilimlarni faollashtiradi.
Tezkor so’rov uchun savollar
1.Yengil kiyim haqida ma’lumot
2. Yngil kiyim turlari chizmasini tayyorlash
3.Yngil kiyim detallariga ishlov berish texnologiyasi
Yangi o’quv materiali bayoni:
Yoqalar konstruktsiya bo’yicha turli xil bo’lib, ular asosiy yoqa bezak matolardan, sun’iy yoki tabiiy mo’ynadan tayyorlanadi. Yoqalar 3 bo’lakdan ustki yoqa va qotirmadan iborat: ostki yoqa tayyorlash, ustki yoqaga ostki yoqani ulash va yoqalarni o’mizga o’tkazish.
Gazlamalarni taxlash va yoqalarga yaxshi shakl berish uchun ostki yoqalar bir necha bo’lakdan tikilishi mumkin. Bo’laklar kengligi 1 sm chok bilan «Zinger» yoki universal mashinada tikiladi, choklar yorib dazmollanadi, yorma chok solinadi. Ostki yoqaga qotirma ip yordamida yoki yelimlab ulanadi. Yoqa qotirmasi bir tomonga yelim kukuni qoplangan zig’ir tolali gazlamadan bichilgan bo’lib, press yordamida ulanadi.
Ayollar ko‘ylagining yoqalari konstruktiv jihatdan qaytarma yoqa, shal yoqa, tik yoqa va matroscha yoqalarga ajratiladi. Gazlama turiga qarab ularga qotirma qo‘yiladi yoki qo‘yilmaydi. YOqa o‘miziga ulanish usuliga qarab o‘tkazma va yaxlit bichilgan (old bo‘lak bilan va adip bilan) bo‘lishi mumkin.
YOqa tayyorlash 2 bosqichdan iborat:
YOqa tayyorlash;
YOqani yoqa o‘miziga o‘tqazish.
YOqalar ustki va ostki qismi alohida bichilgan, yalang qavat va olib qo‘yiladigan bezak yoqalar turlariga bo‘linadi.
Erkaklar va o‘g‘il bolalar ko‘ylagining ustki va ostki yoqasi orasiga qo‘shimcha qatlam qo‘yiladi. Yanada qattiqroq bo‘lishi uchun yana bir qavat qo‘shimcha qatlam yopishtiriladi. Keyingi qo‘shimcha qatlamning chetlari yoqaning ag‘darma chokiga qo‘shib tikilmasligi kerak. Yoqalarning qaytarma qismi bilan ustki va ostki qismi alohida bichilgan, yalang qavat va olib qo‘yiladigan bezak yoqalar turlariga bo‘linadi. Ko‘tarma qismi alohida yoki yaxlit bichiladi.
Ustki yoqani yaxshilash va sifatini oshirish uchun ustki yoqani uchlariga pressda qo’shimcha yelimli qotirma qo’yiladi. Ular siniq bahyaqatorli yoki universal mashinada kengligi 0,2 sm chok bilan ulanadi. Chok haqini ko’tarma tomonga qayirib chokdan 0,2 sm naridan bostirib tikiladi. Ustki yoqa ostki yoqaga 2 xil usul bilan ulanishi mumkin: tikib yoki yelimlanib.
Tikib ulash qaytarmani cheti bo’ylab buklama ag’darma chok hosil qilib ulanadi.
Tik yoqa kiyimning hamma turi –erkaklar, ayollar va bolalar ko’ylagi, bluzka, ko’ylaklar, kostyumlar, palto va h.k. Tik yoqa qotirma yoki qotirmasiz bo’lishi mumkin. Qotirmali andoza bo’yicha chok haqisiz bichiladi. Tik yoqa fasonga qarab ip yo’nalishini turlicha bichish mumkin. Bu yoqa to’g’ri burchak qilib 2 ta poloska ko’rinishda bichiladi. Ustki va ostki chok haqi 0,5-0,7 sm.
Qirqma ko’tarmali qaytarma yoqani tikish texnologiyasi quyidagicha. Bu yoqa hamma turdagi kiyimlarda ishlatiladi. Yoqa 2 qismdan iborat bo’lib, qaytarmali qism va tik yoqasidir. Yaxlit bichilgan yoqadan bu yoqa tik yoqasi bo’lak bichilishi bilan farq qiladi. Tik yoqa va qaytarmasi qotirma bilan tikiladi. Qotirma bichish vaqtida chok haqqi tashlanmaydi. Yoqa va tik yoqani bichish uchun 2 ta to’g’ri burchak uzunligi yoqaning uzunligi –0,5-0,7 sm. Bu to’g’ri burchakli gazlamalardan birining teskarisiga qotirma ko’klanadi va ikkinchi to’g’ri burchakli gazlamaning o’ngini o’ngiga qaratib qo’yiladi va qotirma qirqim bo’ylab tikiladi. Yoqaning burchaklari chiroyli bo’lishi uchun 2 usul bilan tikiladi. Qotirma chok kirmaydi. Yoqani tikib bo’lgandan so’ng chetidan chok haqqi tashlanib ortiqchasi qirqiladi, burchaklar kertiladi, choklar ochib dazmollanadi va o’ngiga ag’dariladi. Qotirma qirqim choklarga mahkamlanadiki yoqa ustida bezak qavig’i bo’lsa, shu chok bilan mustahkamlanadi. Tik yoqani ham 2 ta usul bilan kesiladi va ulardan birining teskarisiga andoza bo’yicha chok haqisiz bichilgan tik yoqa astari ko’klanadi va qirqim bo’ylab balandligi bo’yicha tikiladi. Ortiqchasi kesiladi. Choklar dazmollanadi. Tayyor yoqa ko’ylak yoqa o’mizi bilan solishtirilib o’lchanadi. Agar fason bo’yicha bezak bo’lsa, bezak choki bo’yicha tikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |