9.2.2.Umumrivojlantiruvchi mashqlar ayrim mushaklar guruhini taranglashtirish va bo'shashtirish vositasi sifatida
Ma'lumki, taranglashish va bo'shashtirishning birin-ketin bajarilishi mushaklarning uzoq vaqt ishga layoqatli bo'lishini ta'minlaydi va harakatlarni to'liq ko'lamda bajarish imkonini beradi. Undan tashqari, skelet mushaklarining erkin taranglashish va bo'shashtirish harakat malakasini tezroq shakllantirishga yordam beradi hamda harakatlarni yengil va erkin bajarish imkonini beradi.
Mushaklarni ixtiyoriy taranglashish va bo'shashtirishga o'rga- tishda turli umumrivojlantimvchi mashqlar qo'llaniladi: bo'shash- tirib siltash harakatlari, silkinishlar, ayrim mushak guruhlarini (tik turib, o'tirib, yotganda) taranglashish va bo'shashtirishni ketma-ket bajarish, bir mushakni taranglashish bilan bir vaqtda boshqa mushaklarni bo'shashtirish, kaft, bilak, yelka, gavda, oyoq mushaklarini birin-ketin bo'shashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |