O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Download 1,55 Mb.
bet99/112
Sana03.02.2022
Hajmi1,55 Mb.
#428132
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112
Bog'liq
GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Yangi materialni o'zlashtirish vazifasi shug'ullanuvchilarga unga qiziqishni uyg'otishi va qo'yilgan vazifaga to'g'ri javobni tez topishini ta'minlaydi. Yangi materialni o'rganish, izlanish xarakteriga ega, bu yerda ko'proq nazariy bilimga tayanib, ko'rgazmalar, video- filmlar, uslubiy qo'llanmalardan foydalaniladi.
Darsni takomillashtirish va takrorlash— oldin berilgan mashq­lar, kombinatsiyalarni o'zlashtirish va takomillashtirishga yo'nalti- rilgan. Ular nazorat darsidan oldin o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Aralash darslar, ko'pincha, maktablarda uchraydi, bu yerda oldingi mashqlarni takrorlash va takomillashtirish birgalikda olib boriladi.
Nazorat darsi mavzu yoki dasturning oxirida o'tkazilib, o'quv- chilar materialni o'zlashtirganligiga va ularning tayyorgarlik dara- jasini aniqlashga ko'maklashadi. Gimnastika bo'limining oxirida o'tkaziladigan nazorat darsini musobaqa shaklida o'tkazish mumkin.
Gimnastika mashg'ulotlari dars va mustaqil mashg'ulotlar shak­lida o'tkaziladi. Mashg'ulotlarni dars shaklida o'tkazishning afzal- ligi — uni o'qituvchi boshqaradi. Darsda u tashkilotchi vazifasini bajarib, o'quv-o'rganish mashg'ulotlarining samaradorligini ta'­minlaydi, mashq bajarish, o'rganish jarayoni va mashg'ulot davo-

mida o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni to'g'ri belgilab, o'quvchilarga malakali yordam ko'rsatadi, axloqiy va jismoniy sifatlarni tarbiya- laydi.
Mashg'ulotlarni dars shaklida olib borishning afzalligi, o'quv­chilarni jamoada mehnat qilishi bilan ajralib turadi. O'quvchi o'rtoqlari bilan birgalikda mashq bajarganda o'z kamchiliklarini sezishi va tuzatishi oson bo'ladi.
Mashg'ulotlar tashkillashtirilishiga qarab, o'quv va mashg'u- lotlardan iborat bo'ladi. Amalda ko'proq o'quv-dars mashg'ulotlari o'tkaziladi.
Mashg'ulotlarning mazmuni, tashkil etilishi va o'tish usullari bir-biridan farq qilishiga qaramasdan, barcha mashg'ulotlar tuzilishi jihatidan uning umumiy tamoyili — o'rgatishdir.
17.2. Darsning tuzilishi
Darsning tuzilishi deganda, pedagogik masalalarni hal qilish- dagi muayyan izchillik va shunga muvofiq jismoniy mashqlarning takrorlanish tartibini tushunamiz.
Darsning maqsadga muvofiq izchilligini, uning to'g'ri tashkil etilganligini belgilaydigan omillar quyidagilar:

          1. O'quvchilarning jismoniy tayyorgarlik va kam vaqt sarflab, yuqori natijalarga erishishi.

          2. Dais jarayonida o'quvchilarning yuqori ish qobiliyatini saqlashi.

          3. Mashg'ulotni tashkillashtirishga, uning tartibini belgilash, o'quvchilarning sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash uchun sharoit yaratish.

Gimnastika mashg'ulotlarini tashkillashtirish uchun uch bos- qich mavjud:

  • birinchi bosqichda o'quvchilar asosiy ishga tayyorlanadilar;

  • ikkinchi bosqichda asosiy ish bajariladi;

  • uchinchi bosqichda esa darsga yakun yasaladi.

Dars qismlari — darsning tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlariga bo'linadi.
17.2.1. Dars o'tishga oid uslubiy ko'rsatmalar
O'rgatish, vazifalarni aniqlash
. O'qituvchining darsdagi fao- liyatini belgilaydigan omil, darsning maqsadidir. O'rgatish, vazifani aniq belgilash — darsni muvaffaqiyatli o'tkazish va yakunlashning asosi. Dars vositalari, usuli va uni tashkil qilish shakllarini tanlash, o'rgatish maqsadiga bog'liq. O'qituvchining har bir xatti-harakati



maqsadga muvofiq bo'lishi shart. Mashg'ulotning maqsadini ko'z oldiga keltirish darsda o'quvchilarning faolligini oshiradi, zarur bo'lgan yo'nalishda chuqurroq o'rganishga da'vat etadi.
Dars o'tish uchun vositalar tanlash
. Gimnastika darsining mazmunini, asosan, namunaviy dastur, yillik va ishchi reja belgi- laydi. Biroq mashg'ulotlar har xil sharoitda o'tkaziladi, buni yagona dastur orqali boshqarib bo'lmaydi, shu sababli u uslubiy tahlil qilinishi va ayrim hollarda dastur hamda ishchi rejaga qo'shimchalar kiritilishi kerak bo'ladi.
Har bir o'quv-mashg'ulot jarayoni bosqichining (jony, oraliq va yakuniy) semestrda qisqa vaqt bo'lagi uchun, mazkur dars uchun navbatdagi mashg'ulotlarga vazifalar, vositalar belgilanadi.
O'qituvchi darsda o'quvchilarga amaliy va sport mashqlarini bajarishning qulay usullarini o'rgatadi.
Gimnastika darsining asosiy vositalari quyidagilar:

    1. O'quvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini tarbiyalay- digan va rivojlantiradigan mashqlar.

    2. O'quvchilarning muvaffaqiyatli o'zlashtirishini tarbiyalay- digan yordamchi va maxsus mashqlar.

    3. O'quvchilarning muvozanatini saqlash qobiliyatini oshirishni tarbiyalaydigan har xil gimnastika mashqlari.

    4. O'quvchilarning sport tayyorgarligi toifasi uchun mansub bo'lgan va davlat dasturida nazarda tutilgan mashqlar.


Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish