tugallanmaydi. Yakunlov qismining bosh vazifasi darsga yakun yasash, ya’ni
o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini baholash. Darsga yakun yasash
o‘qituvchi o‘quvchilarni kelgusi darsga mo‘ljallaydi, uyga vazifa beradi,
yakunlov qismida albatta takrorlash zarur. Uyga berilgan vazifani ham darsni
hohlagan qismida berish mumkin. Uni tekshirish yakka tartibda va frontal
47
SHunday qilib yakunlov qismni erishilgan va oldinda turgan ishlar orasida
alohidagi aloqa laxzasi deb qarash zarur.
Jismoniy tarbiya darsi uchun shug‘ullanuvchilar faoliyatini va yuk
me’yorini o‘lchash tartib va qoidaga bo‘ysundirish uni xarakterlari tomonlaridan
iborat. Bu bilan darsga sog‘lomlashtirishga yo‘lantirilganligiga qisman
erishiladi. Oz yuk zaruri samaradorlikni bermaydi, uchta yuqorilari esa bolalar
salomatligiga ziyon etkazadi. Har bir mashqni o‘zlashtirib olishlik ma’lum
darajada qaytalash sonini talab etadi. Nihoyat organizmga yuqori talablarni
qo‘ymasdan, jismoniy yuk me’yorini to‘g‘ri belgilamasdan jismoniy sifatlarni
tarbiyalash mumkin emas. Jismoniy yuk bu shug‘ullanuvchilar organizmiga
jismoniy mashqlarni ma’lum me’yori. Jismoniy yuk me’yorini o‘lchash-demak,
uning hajmini va tezligini almashtirishdan iborat.
Jismoniy yuklar hajmi bajarilgan mashqlar soni, og‘irligi, bosib o‘tilgan
masofani uzunligi bilan aniqlanadi. Intensivlik aniq ish hajmini bajarishga
sarflangan vaqt bilan xarakterlanadi. Aytilgan xarakteristikalar - bu yukni
tashkiliy ko‘rinishi xolos. Ulardan o‘qituvchi darsga tayyorlanishidan
foydalanadi.
Fiziologiyadan ma’lumki, jismoniy yuklarga organizmni reaksiya javobi
ko‘p. Integral ko‘rsatgich –yurak qisqarishi chastotasining miqdoridan iborat,
YUKCH. Asosiy meditsina guruhidagi o‘quvchilar uchun intensiv jismoniy
mashqlardan so‘ng YUKCHni yuqori chegarasi minutiga 170-180 uradi, yaxshi
tayyorlangan o‘quvchilar uchun minutiga 200 gacha.
Dars jarayonida, ayniqsa mashqlanishda, trenirovka chidamlilik, tezlik,
kuchni tarbiyalash vazifalarini hal etish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar puls
chastotasini nazorat qilib turishi kerak. Ayniqsa tolishni tashqi belgilari vujudga
kelayotganini sezishi zarur. Tolishni o‘rta darajasidagi nafas olish tezlashida
intensiv kuchlanish pasayadi, harakat tezligi pasayadi, uyg‘unlik yo‘qoladi.
Ma’lum darajada tolganda, nafas olish tezlashadi, yuz oqaradi, uyg‘unlik
tez buziladi, harakat tangligi vujudga keladi. Kuchli tolish belgilari sezilganda
48
jismoniy yuklarni pasaytirib, o‘quvchilarga dam berish zarur. Darsda eng
samarali jismoniy yuklarni boshqarish usullari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: